14.10.2025 yildagi PQ-302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini samarali boshqarish, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni ta’minlash, shuningdek, ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 160 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarining 50 foizini 2026-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish bo‘yicha Namangan viloyatining namunali tajribasini inobatga olgan holda 2027-yil yakuniga qadar viloyatdagi 100 foiz nasos stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 141 ta tumanda kamida 3,5 ming gektar yer maydonida o‘quv dala-shiyponlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) suv resurslarini boshqarish va ularning hisobini shaffof yuritish bo‘yicha Do‘stlik tumanida amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 437 ta fermer xo‘jaligi tomonidan foydalanilgan suv hajmi va suv iste’molini shaffof kuzatib borish, ajratilgan suv resurslarini belgilangan limitlar doirasida yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 1 804 ta “aqlli” suv hisoblagich uskunalarini o‘rnatish hamda yiliga 107 million kub metrgacha yoki 33 foiz suv resurslarini iqtisod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) sug‘orish tarmoqlarining 159 km qismini betonlashtirish va 541 km qismini texnik soz holatga keltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda — Suv yetkazib berish xizmatlari) faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ehtiyoj va moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) suv resurslaridan oqilona foydalanishidan kelib chiqib, Suv yetkazib berish xizmatlari xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni belgilash va ular asosida rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Suv yetkazib berish xizmatlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ularga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moliyaviy holatdan kelib chiqib hamda mavsumga qarab mustaqil ravishda shtat birliklari sonini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shu jumladan, quyidagilarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni mustaqil yo‘naltirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish materiallari (sement, qum-shag‘al, tayyor beton va inert materiallari)ni xarid qilish hamda betonlashtirish ishlariga jalb qilingan xodimlarni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) maxsus texnika (beton aralashtirgich, yuk ko‘targich, yuk avtomobili, ekskavator va boshqalar) xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) zarur bo‘lgan uskuna va jihozlar (maxsus kiyim-bosh, skuter, velosiped, suv o‘lchash uskunalari, planshet va boshqalar) xarid qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan mustaqil ravishda shtat birliklar sonini belgilash tartibini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Suv yetkazib berish xizmatlari rahbar xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyi bo‘g‘in xodimlarining suv resurslaridan oqilona foydalanishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab tuman uchun olingan suv hajmi hamda yakuniy iste’molchilarga yetkazilgan suv hajmi orasidagi farqqa (suv yo‘qotishlariga) mutanosib ravishda xodimlarning lavozim maoshiga oylik ustama belgilash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Suv resurslarini boshqarishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Namangan viloyati hokimligi va Suv xo‘jaligi vazirligining nasos stansiyalari va ularga biriktirilgan maydonlarda joylashgan sug‘orish tarmoqlarini “bir nasos — bir tizim” tamoyili bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish, ya’ni suvdan foydalanuvchilarga suvni bevosita xususiy sherik tomonidan yetkazib berish tizimini (Chortoq tajribasi) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Chortoq tajribasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nasos stansiyalari va sug‘orish tarmoqlari agar ularga sug‘orish uchun biriktirilgan maydonlarda bir nechta suv iste’molchilari mavjud bo‘lsa, ular orasidan kelishilgan holda bitta talabgorga istisno tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nasos stansiyalari va sug‘orish tarmoqlari agar ularga sug‘orish uchun biriktirilgan maydonlarda bitta suv iste’molchisi mavjud bo‘lsa, unga istisno tariqasida davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olingan sug‘orish tarmoqlariga o‘rnatilgan va soliq organlarining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan suvni real vaqt rejimida o‘lchash qurilmalari orqali hisoblangan suv solig‘i tushumining 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari tomonidan xususiy sherikka to‘lab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olgan xususiy sherik zimmasiga, shu jumladan, quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) suv iste’molchilari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mavjud barcha suv xo‘jaligi obyektlarini davlat sherigi bilan kelishilgan holda boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) suv hisobi va hisobotining, shu jumladan, avtomatlashtirilgan tizimlar orqali to‘liq yuritilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda suv omborlari va yirik kanallarni to‘yintiruvchi nasoslardan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida nasos stansiyalarining 50 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil yakuniga qadar Namangan viloyatida 100 foiz nasos stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, “Agrobank” ATB bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrdan boshlab suv xo‘jaligi sohasi, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillariga Chortoq tajribasi asosida nasos stansiyalari va sug‘orish tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berishning mazmun va mohiyati, afzalliklari hamda tartib va shartlarini tushuntirish bo‘yicha alohida reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Agrobank” ATBga 2025-2026-yillarda “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida har bir tumanda bittadan fermer xo‘jaligining paxta va g‘alla maydonlarida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda o‘quv dala-shiyponlarini tashkil etish bo‘yicha namunaviy loyihalarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari hamda “Agrobank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv dala-shiyponlarida seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha reja-grafikni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman hokimlari seminar-treninglarda dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillarining ishtirokini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, O‘zbekiston fermerlari kengashi hamda Jizzax viloyati hokimligining suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Do‘stlik tumanida 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida Suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish va hisobini yuritish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Tajriba-sinov loyihasi)ni amalga oshirish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tajriba-sinov loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgani va davlat ekspertizasidan o‘tkazilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tajriba-sinov loyihasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar kooperativi (keyingi o‘rinlarda — Kooperativ)ni tashkil qilgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi, bunda Kooperativning Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida “Agrobank” ATB tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Adliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi va Jizzax viloyati hokimligi Do‘stlik tumanida Kooperativ tashkil etilishiga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, Kooperativ tashkil etilgandan so‘ng yangi hisobot yilidan boshlab “Do‘stlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari Kooperativga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kooperativ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik bitimi tuzilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) irrigatsiya tizimi va fermerlararo sug‘orish tarmoqlaridagi suv taqsimlash va suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobini yuritishning muqobil energiya manbalari asosida ishlaydigan avtomatlashgan zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kooperativ tomonidan kamida 21 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ajratilgan suv resurslarini belgilangan suv olish limitlari doirasida har bir iste’molchiga yetkazib berish hamda irrigatsiya tizimi va fermerlararo sug‘orish tarmoqlarini texnik soz holda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) har bir iste’molchi tomonidan foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni suv xo‘jaligi hamda soliq organlariga taqdim qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) real vaqt rejimida suv iste’molini shaffof kuzatish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” axborot tizimini yaratish hamda Suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) suv iste’molchilariga suvni yetkazib berish xizmatlari bo‘yicha to‘lov miqdorini Kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq belgilash va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar Kooperativni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) suv iste’molchilariga ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-2027-yillarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning “Do‘stlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga tushishi belgilangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Kooperativ va suv iste’molchilari o‘rtasida suv yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar shartlarini buzganlik uchun undiriladigan jarimalarning Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan qismining 40 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro moliya institutlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish reglamenti hamda tegishli hujjatlar (konsepsiya, loyihani baholash hujjati, moliyaviy model, bitim) namunalarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Moliyaviy resurslar va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Suv yetkazib berish xizmatlariga mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori hududlar kesimida har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda indeksatsiya qilib borilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bir oy muddatda Suv yetkazib berish xizmatlariga 2025-yil uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larni indeksatsiyani hisobga olgan holda belgilangan tartibda qayta hisoblab, ajratilmasdan qolgan qismi ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar Tajriba-sinov loyihasini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev, suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev — belgilangan topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishini har oyda muhokama qilib, tizimli nazorat o‘rnatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev — Suv yetkazib berish xizmatlarining faoliyati samaradorligini, shu jumladan, moddiy-texnik resurslardan mustaqil foydalanishini ta’minlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari A. Xaydarov, S. Sadullayev — moliyaviy masalalar bilan bog‘liq belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev, iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari I. Umrzakov — suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berishda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish hamda bu borada samaradorlikni ta’minlashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qaror ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-302-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-oktabrdagi PQ-302-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni bekor qilish (2028-yil 1-yanvardan boshlab Do‘stlik tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 20-banddagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 21-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ko‘p yillik mehnati uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab har oylik lavozim maoshiga ustamalar (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 20 yilgacha — 0,4;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan ortiq — 0,6”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 24-banddagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/302/0955-son)