13.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2821-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 13.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2821-5
Kuchga kirish sanasi
14.10.2025
Hujjat 14.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2821-5]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2025-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292-son

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 11-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 292-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar ular ushbu markazlarda boʻlgan vaqt mobaynida toʻlovdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar 2028-yil 1-yanvarga qadar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik banddagi “guvohnomasi.” degan soʻz “guvohnomasi;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari uchun ularning onasi ushbu markazlarga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandligini tasdiqlovchi maʼlumot.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/2821-5/0932-son)