14.08.2025 yildagi PF-133-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson hayoti, shaʼni va qadr-qimmatini ulugʻlash, muhtojlarga mehr bilan yondashish, ezgulik va adolat tamoyillariga sodiq qolish dinimiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda yurtimizda davlat va jamiyat oʻrtasida insonparvarlikka asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash, ehtiyojmandlarga yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ezgu yoʻnalishda yurtimiz har qanday davrlarda oʻz bagʻrikengligi, mehr-shafqati va insonparvarlik anʼanalarini namoyon etib kelmoqda. Jumladan, Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga (keyingi oʻrinlarda — mehmonlarga) boshpana berilishi hamda koʻmak koʻrsatilishi xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlarga sodiqligi va davlatimizning haqiqiy insonparvarlik siyosati amalda ifoda boʻlayotganidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonlarga adolat tamoyili asosida doimiy gʻamxoʻrlik va ijtimoiy koʻmak koʻrsatishni taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Mehmonlar ijtimoiylashuvini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi ishlar bajarilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehmonlarni vaqtincha yashash obyektlariga joylashtirish, ularning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan masalalar hal etildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va zarur dori-darmonlar bilan taʼminlash choralari koʻrildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehmonlarning jamiyatga integratsiya qilinishi va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash maqsadida madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar va doʻstlik kechalari kabi tadbirlarni (shu jumladan, bolalar uchun) oʻz ichiga oluvchi maxsus dasturlar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mehmonlarni jamiyatga integratsiya qilish ishlarini jadallashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasida yashashga moslashtirish jarayoniga koʻmaklashish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehmonlarga yaratilgan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarni hududlar kesimida joylashtirish hamda mazkur chora-tadbirlar bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehmonlarni jamiyatga integratsiya qilish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilish hamda bu boradagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish va muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar koʻrib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mehmonlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qisqa va uzoq muddatlarga moʻljallangan takliflarni ishlab chiqish, joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mehmonlar uchun belgilangan uy-joy ijara toʻlovlari miqdoriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilish. Bunda uy-joy ijara toʻlovlarining belgilangan miqdordan oshgan qismi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mehmonlar ehtiyojlarini aniqlash ishlarini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi (S. Umurzakov) bir oy muddatda mehmonlar ehtiyojlari va imkoniyatlarini baholash orqali ularning jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha har bir oila uchun zarur boʻlgan ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlar bilan mahalla darajasida bevosita ishlar “mahalla yettiligi” va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehmonlar uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish rejalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning boʻlinmalari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mehmonlarni ijtimoiy xizmat va yordam bilan qamrab olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) bilan birgalikda ikki oy muddatda nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan mehmonlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan davolanish muddatidan qatʼi nazar nogironlikni belgilash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki hafta muddatda mehmonlarga zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har bir mehnat yoshidagi mehmon (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bundan mustasno) uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili boʻyicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehmonlarga farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda dafn etish uchun nafaqa toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar (oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari toʻplami) xaridi uchun bir martalik koʻtarma pul qoʻshimcha ravishda toʻlab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mehmonlarning oila aʼzolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual koʻmak koʻrsatish, shuningdek, ularning ehtiyojlari va individual talablarini roʻyobga chiqarish maqsadida bittadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mehmonlarning farzandlarini taʼlimga jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehmonlar yashash manzillari boʻyicha ularning farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarning har bir farzandi oʻquv va tarbiya jarayoniga moslashishi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarning direktorlari oʻrinbosarlarini biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda taʼlim tashkilotlarida mehmonlar farzandlarining moslashuvi va har tomonlama kamol topishi yuzasidan doimiy monitoring amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehmonlar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovidan 2028-yil 1-yanvariga qadar ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarori doirasida mehmonlarning farzandlarini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlimga (kasb-hunar, axborot texnologiyalari, oliy taʼlim tashkilotlariga tayyorlash yoʻnalishida) jalb qilish hamda ularni oʻqitish xarajatlarining 100 foizi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) ikki oy muddatda mehmonlarning xorijiy davlatda umumiy oʻrta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olishni test sinovlarisiz va yigʻim undirmagan holda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehmonlarning sogʻligʻini qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehmonlarning yashash manzillari boʻyicha oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida hisobga qoʻyilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mehmonlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatishda kambagʻal oilalarga mansub shaxslar toifasi qatorida yoʻllanma ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Mehmonlar bandligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) bilan birgalikda bir oy muddatda mehmonlarning xohishiga koʻra ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy kasb-hunarni egallashiga koʻmaklashish boʻyicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, AT “Xalq banki” va boshqa tijorat banklari tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan mehmonlarni oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash”, “Biznesga birinchi qadam” va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturlari doirasida tadbirkorlikka jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda dasturlar doirasida mehmonlar moliyaviy koʻmaklardan foydalanishi uchun buyurtmalar qabul qilish va ajratilgan mablagʻlardan foydalanishni monitoring qilish hokim yordamchilari va mahalla bankirlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. “Mahalla yettiligi”ning mehmonlar bilan ishlashini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining 2-ilovaga muvofiq mehmonlarni hamjihatlikda mahallaning maʼnaviy muhitiga qoʻshish boʻyicha “mahalla yettiligi” va boshqa vakillarga qoʻshimcha vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova) bir oy muddatda “mahalla yettiligi” va boshqa vakillarga qoʻshimcha yuklatilgan vazifalarga asosan ichki dasturlarni qabul qilsin va reja-jadvalga muvofiq zarur choralar koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Mehmonlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish va Farmon ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligining mehmonlarning masalalarini hal etish chora-tadbirlarini moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz maxsus jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maxsus jamgʻarma quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xalqaro tashkilotlarning grantlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) maxsus jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maxsus jamgʻarma mablagʻlari mehmonlarning quyidagi ehtiyojlariga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) zarur shart-sharoitlar yaratish va tegishli xizmatlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) turli xarajatlarni qoplash va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) moddiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maxsus jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish Respublika komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maxsus jamgʻarma xarajatlar yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritish Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mehmonlarga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan begʻaraz beriladigan mol-mulklar (uy-joy va avtomototransport) mahalliy hokimliklar balansiga oʻtkazilib, Respublika komissiyasi tomonidan tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bosh prokuratura (I. Adxamov) Ijtimoiy inspeksiya (X. Kutpiddinov) bilan birgalikda ushbu Farmonning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam ravishda nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) va Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda bir oy muddatda mehmonlarga yashash guvohnomasi (ID-karta) rasmiylashtirilishini hamda ularning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-133-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son Farmoniga
1-ILOVA

Falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni Oʻzbekiston Respublikasida yashashga moslashtirish jarayoniga koʻmaklashish boʻyicha Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

S. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi

M. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

M. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari

K. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

I. Adxamov

Bosh prokuror oʻrinbosari

B. Rashidov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

E. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

K. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

A. Tashkulov

adliya vaziri

B. Saidov

tashqi ishlar vaziri

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

S. Annaklichev

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi

Sh. Atabayev

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi

O. Boʻtayev

“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi

S. Abdullayev

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Respublika komissiyasi zarur hollarda boshqa masʼul vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarning vakillarini jalb etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonlarni hamjihatlikda mahallaning maʼnaviy muhitiga qoʻshish boʻyicha “mahalla yettiligi”ga yuklatiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOʻSHIMCHA VAZIFALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalla raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) milliy qadriyatlar va ibratli anʼanalarni hisobga olgan holda xalqaro va milliy bayramlarga, toʻylar hamda boshqa marosimlarga keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mehmonlar orasida sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash, Oʻzbekistonning madaniy merosiga hurmat tuygʻularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) oʻzbek xalqining maʼnaviy hayoti, milliy ong va qadriyatlari, eʼtiqod va tafakkuri, shuningdek, koʻp asrlik urf-odat va anʼanalari bilan yaqindan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yoshlar yetakchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan oʻtkaziladigan maqsadli tanlov, festival, forum va musobaqalarga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yoshlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida oʻtkaziladigan tanlovlarga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha dasturlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xotin-qizlar faoli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qizlar tarbiyasi, oilada oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ijtimoiy xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam toʻgʻrisida, shuningdek, ularning mazkur xizmatlarni olishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) muhtoj mehmonlarga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, zarur hollarda mahallada hamrohlik qiluvchilar (volontyorlar)ni biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mehmonlarning oila aʼzolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual koʻmak koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) hokim yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mehmonlarning iqtisodiy holatini baholash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va ularni xohishiga koʻra bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy koʻmak dasturlariga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mehmonlarga mahalladagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan samarali foydalanish toʻgʻrisida axborot berish, ularning iqtisodiy barqarorlashuviga koʻmak beruvchi “tayanch shaxs” vazifasini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mehmonlarni ijtimoiy faol iqtisodiy hayotga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) profilaktika inspektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mehmonlar bilan yaqindan muloqot oʻrnatish, ularning yashash joyidagi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ular orasida qonun talablariga itoatkorlik hissini shakllantirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mahallada mehmonlarga nisbatan tushunmovchilik yoki chetlatish holatlariga yoʻl qoʻymaslik, mahallada doʻstlik va hamkorlik muhitini yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mehmonlarning huquqiy himoyasiga doir ehtiyojlarini aniqlash, zarur hollarda ularning huquqiy muammolarini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamkorligida hal etishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) soliq inspektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mehnatga layoqatli mehmonlarning xohishiga koʻra ish bilan taʼminlanishi yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun ularning mavjud soliq imtiyozlari va subsidiyalar toʻgʻrisida xabardorligini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mehmonlar orasida rasmiy faoliyatni boshlashga qiziqish bildirgan shaxslarga soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish, hisob yuritish va hisobot topshirish tartiblari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) patronaj hamshirasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mehmonlarning oilalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) onalar va voyaga yetmagan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek, emlash va boshqa turdagi koʻriklar reja-jadvali bilan tanishtirish hamda ularga hamrohlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tibbiy kuzatuv natijalari boʻyicha xavf omillari yuqori boʻlgan bemorlarni shifokor oldi koʻrigi xonalari hamshiralari hamda oilaviy shifokorlarga yoʻnaltirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) mahalla bankiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mehmonlarning tadbirkorlik gʻoyalarini loyihalarga aylantirish masalasida koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mehmonlarning xohishiga koʻra kredit olish va qaytarish, biznes ochish, mahsulotini bozorda sotish koʻnikmalariga oʻqitilishi hamda ularning tadbirkorlik yoʻnalishida rivojlantirilishiga qaratilgan maslahatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mehmonlarning biznes loyihalarini amalga oshirish jarayonida ularga hamrohlik qilish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarini tushuntirish va ularning iqtisodiy faolligi oshishiga koʻmaklashish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/133/0736-son; 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)