22.05.2025 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-maydagi PQ-186-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, ularni yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning uzluksizligi, tezkorligi va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihani amalga oshirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xalqaro ekspertlar va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishtirokida tibbiyot xodimlari hamda ota-onalarni saraton kasalliklariga (onkologik va onkogematologik) hushyorligini va bilimlarini oshirish boʻyicha soʻrovnoma ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrovnomani qoʻllash, unga muvofiq tibbiy koʻrik oʻtkazish hamda birlamchi skrining tartib-qoidalariga oʻqitish orqali tibbiyot xodimlarini onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlashga oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soʻrovnomaga asosan saraton kasalligiga gumon qilingan har bir bolani individual yoʻnaltirish xaritasini tuzish va bajarilishini nazorat qilish boʻyicha elektron tizimni yaratish hamda unda sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davolash boʻyicha onkologik kasalliklarga gumon qilingan bolalarni 100 foiz uzluksiz raqamli yoʻnaltirish tizimi bilan qamrab olishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoʻnaltirish xaritasiga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashxislash muddatini onkologik kasalliklar boʻyicha 14 kungacha, onkogematologik kasalliklar boʻyicha 4 kungacha qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik va onkogematologik kasallik aniqlangan kundan boshlab 10 — 20 kunda davolashni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bemor bolalarning raqamli maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonasi, hududiy tibbiyot muassasalari shifokorlariga bolalar onkogematologiyasiga oid shubhali alomatlar boʻyicha doimiy oʻquv-seminarlar tashkil etish orqali ularning bu sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha quyidagi bosqichlar asosida amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) I bosqichda (2025-yil iyun-iyul):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ishchi guruh shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari va kadrlar salohiyati xatlovdan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun soʻrovnoma va yoʻnaltirish xaritasini oʻz ichiga olgan yoʻnaltirish tizimining raqamli moduli ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy brigadalar ishlab chiqilgan soʻrovnoma va yoʻnaltirish tizimining raqamli modulini qoʻllagan holda bolalarni skriningdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oilaviy salomatlik” kursi doirasida oilaviy shifokorlar va hamshiralarni onkologik va onkogematologik kasalliklarini aniqlash boʻyicha bilim va malakalari oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlar asosida bemor bolalar uchun tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollar yangilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlanadi, qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi hamda qurilish ishlari boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalarining shtat normativlari qayta koʻrib chiqiladi hamda zarur mutaxassislar lavozimlari kiritilishi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, jumladan ota-onalarning onkologik va onkogematologik kasalliklar boʻyicha xabardorligini oshirishga qaratilgan tarqatma materiallar tayyorlanadi hamda tushuntirish ishlari olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) II bosqichda (2025-yil iyul — dekabr) — Samarqand shahri va Ishtixon tumanida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erta tashxislash va davolash boʻyicha ishlab chiqilgan soʻrovnoma hamda yoʻnaltirish tizimining raqamli moduli amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemor bolalar tasdiqlangan tashxislash va davolash standartlariga asosan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) orqali zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriyalarga immuno-gistokimyo boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali tahlillarni oʻtkazish imkoniyatlari kengaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) III bosqichda (2026-yil yanvar — dekabr):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish Samarqand viloyatining barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun soʻrovnoma va yoʻnaltirish xaritasini oʻz ichiga olgan yoʻnaltirish tizimining raqamli moduli viloyat boʻyicha amaliyotga toʻliq joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda onkogematolog va palliativ yordam boʻyicha shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlarni monitoring va tahlil qilish natijasida olingan maʼlumot va takliflar asosida Loyiha takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaning amaliyotga joriy etilishi boʻyicha monitoring oʻtkaziladi, yakuniy natijalari boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash, shuningdek, boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz Loyihani amalga oshirish, umumiy muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun masʼul organlar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarda onkologik kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha Milliy strategiya doirasida ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning grantlari, kreditlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-iyunga qadar Loyihani amalga oshirish boʻyicha reja-grafikni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand shahri va Ishtixon tumani hokimliklari, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga Loyiha doirasida samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatilishi va mavjud muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-dekabrga qadar Loyiha yakuni boʻyicha uni amalga oshirish natijalari va Loyihani respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorga muvofiq Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-maydagi 327-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash

1.

Bolalarda saraton kasalliklarini (onkologik va onkogematologik) erta bosqichda aniqlash uchun soʻrovnoma ishlab chiqish.

1. Xalqaro ekspertlar va JSST ishtirokida tibbiyot xodimlari hamda ota-onalarni saraton kasalliklariga hushyorligini va bilimlarini oshirish boʻyicha soʻrovnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(keyingi oʻrinlarda — Markaz),

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

2. Soʻrovnomani qoʻllash, unga muvofiq tibbiy koʻrik oʻtkazish hamda birlamchi skrining tartib-qoidalariga oʻqitish orqali tibbiyot xodimlarini onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlashga oʻrgatish.

2025-yil iyul — sentabr

3. Soʻrovnomaga asosan saraton kasalligiga gumon qilingan har bir bolani individual yoʻnaltirish xaritasini tuzish va bajarilishini nazorat qilish boʻyicha elektron tizim yaratish va unda sunʼiy intellektdan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil iyul — dekabr

2.

Loyihani amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilib borish.

1. Loyihani samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ishchi guruhini shakllantirish va ular bilan fuqarolik huquqiy shartnomalarini tuzish.

2. Loyihani amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich reja-grafikni tasdiqlash.

2025-yil iyun

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz

3.

Onkologik va onkogematologik kasallikka chalingan bolalarni yoʻnaltirish va davolash tizimini takomillashtirish.

1. Onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish.

2. Onkologik va onkogematologik kasallikka chalingan bolalarni yoʻnaltirish xaritasini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi onkogematologiya boʻlimini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ehtiyojga koʻra taʼminlash.

1. Bolalar saratoni boʻyicha dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining xaridi va yetkazilishini taʼminlash.

3. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlashga moʻljallangan omborlarni xatlovdan oʻtkazish, zaruratga koʻra ularni belgilangan talablarga moslashtirish.

2025-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari,

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi

(2026-yil uchun hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz

5.

Loyihani amalga oshirish.

1. Birinchi bosqichda Loyihani Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman(shahar) tibbiyot birlashmalari va Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida joriy etish.

2025-yil iyul — dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari,

Bolalarda onkologik kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha Milliy strategiya doirasida ajratilgan mablagʻlar,

xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz

2. Ikkinchi bosqichda Loyihani Samarqand viloyatining barcha hududlarida joriy etish.

2026-yil davomida

3. Loyihani amalga oshirish natijalari boʻyicha monitoring ishlarini olib borish, statistik va boshqa maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.

2026-yil dekabr

II. Kadrlar salohiyatini oshirish

6.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish.

1. Bolalar saratoni boʻyicha tibbiyot xodimlarining bilim va salohiyatini baholash.

2. Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi malaka oshirish dasturiga kiritiladigan xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil iyun

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi,

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz

3. Tibbiyot xodimlarini (pediatr, onkolog shifokorlar, diagnostika mutaxassislari va boshqalar) onkologik kasalliklarni erta aniqlash algoritmlari va elektron platforma bilan ishlash boʻyicha oʻqitish dasturini ishlab chiqish.

4. Markaz hamda Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari orasidan tibbiyot xodimlarini oʻqitish boʻyicha trenerlarni tayyorlash.

2025-yil iyul

5. Birlamchi boʻgʻin, tuman (shahar) markaziy shifoxona, hududiy tibbiyot muassasalari shifokorlariga bolalar onkogematologiyasiga oid shubhali alomatlar boʻyicha doimiy oʻquv-seminarlar tashkil etish orqali ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish.

2025-2026-yillar

III. Moddiy-texnik bazani yaxshilash va raqamlashtirish

7.

Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini oʻrganish.

1. Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining moddiy-texnik bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil iyun

Milliy strategiya doirasida ajratilgan mablagʻlar,

xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(11,3 mln AQSH dollari)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz

2. Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining binosida qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirish.

Tibbiyot uskunalari va jihozlariga (laboratoriya uskunalari, ultratovush tekshirish va rentgen apparatlari, kompyuter tomograflari va boshqalar) boʻlgan ehtiyojni aniqlash va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

3. Zarur tibbiyot uskunalari va jihozlarining xarid qilinishi, tibbiyot muassasalariga yetkazilishi va oʻrnatilishini taʼminlash.

2025-2026-yillar

8.

Onkologik kasallikka chalingan bemor bolalarni yoʻnaltirish tizimini raqamlashtirish.

Onkologik kasallikka chalingan bemor bolalarni yoʻnaltirishning raqamli modulini ishlab chiqish va joriy etish.

Raqamli modulni “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2025-yil iyul

Xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Markaz,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

9.

Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida onkologiya va onkogematologiya kasalliklarini barvaqt aniqlash tizimini takomillashtirish

Laboratoriyalarning infratuzilmasini baholash va inventarizatsiyadan oʻtkazish;

Laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar va sarf materiallari bilan jihozlash boʻyicha dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2025-2026-yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(0,14 mln AQSH dollari)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

10.

Bolalarda uchraydigan ustuvor saraton shakllari (6 ta indeks nozologiya) uchun yuqori texnologiyali tashxis usullarini joriy etish.

Immunogistokimyoviy tashxis xizmatlarini shartnoma asosida mexanizmlarini ishlab chiqish.

Immunogistokimyoviy va molekulyar-genetik tashxis usullarini bepul bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlash.

Namunalarni tanlash va tayyorlash boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish.

Laboratoriyalar va klinik onkologlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun klinik-laboratoriyaviy oʻzaro hamkorlik protokollarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-2026-yillar

Ijrochilar mablagʻlari,

xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(2026-yil uchun hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Patomorfologiya xizmatida standart operatsiya protseduralarini (SOP) joriy etish va sifatni baholash tizimlarida ishtirokni taʼminlash

Patomorfologik tadqiqotlarning barcha bosqichlarini qamrab oladigan standart operatsiya protseduralarini ishlab chiqish va joriy etish.

Patomorfologik laboratoriyalarni xalqaro tashqi sifatni baholash dasturlarida, jumladan, muntazam ravishda oʻtkaziladigan laboratoriyalararo sinovlar va taqqoslama tahlillarda qatnashishini tashkil etish.

Validatsiya tadbirlari natijalarini tahlil qilish va olingan maʼlumotlar asosida ichki usullarni tegishlicha tuzatish.

2025-2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(0,3 mln AQSH dollari)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

IV. Bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish

12.

Ambulator kimyoterapiya va kunduzgi statsionarlarni rivojlantirish.

Hududiy tibbiyot muassasalarida bolalar onkogematologiya ambulator kabinetlari va kunduzgi statsionarlar tarmogʻini yaratish.

Kerakli uskunalar bilan jihozlash, xodimlarni oʻqitish va sitotoksik preparatlar bilan xavfsiz muomala qilish boʻyicha protokollar asosida ishlashni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari,

xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

13.

Bolalar onkologiya va onkogematologiya bemorlari uchun milliy reabilitatsiya standartlarini ishlab chiqish va joriy etish

Klinik protokollar, jismoniy, psixologik va nutritiv reabilitatsiya dasturlarini tayyorlash.

Xalqaro tajribalarni integratsiya qilish va multidissiplinar yondashuvni taʼminlash.

2026-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Markaz

14.

Onkoreabilitatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash.

Bolalar onkologiyasi va gematologiyasida reabilitatsiya yoʻnalishlari boʻyicha tibbiyot xodimlari uchun malaka oshirish kurslari, dasturlari va sertifikatlashni tashkil etish.

2026-2027 oʻquv yilidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari, hamkorlik dasturlari

(hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Markaz

15.

Bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan lavozimlarni kiritish.

Bemor bolalarni yoʻnaltirish xaritasidagi tibbiyot muassasalarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish hamda zarur mutaxassislar lavozimlarini kiritish.

2025-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Markaz

V. Palliativ yordam va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish

16.

Palliativ yordam infratuzilmasini shakllantirish va bolalar xospislari tarmogʻini yaratish.

Respublika va hududiy tibbiyot tashkilotlarida ehtiyojlardan kelib chiqib, ixtisoslashgan palliativ yordam boʻlimlarini tashkil etish.

Shtat birliklarini shakllantirish va multidissiplinar yondashuv modelini joriy etish.

Jihozlash, tuzilma, shtat jadvali va bemorlarni yoʻnaltirish standartlarini belgilash.

Normativ-huquqiy bazani tayyorlash va dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasini tasdiqlash.

2026-2027-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari,

xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(1 456 mln soʻm)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaz,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

17.

Palliativ yordamning sayyor shakllarini rivojlantirish.

Tibbiyot xodimlari, psixologlar, ijtimoiy xodimlar va iborat sayyor brigadalarni shakllantirish.

Brigadalarni transport vositalari, tibbiy uskunalar va aloqa vositalari bilan taʼminlash.

Birlamchi va ikkilamchi tibbiyot muassasalari bilan logistika va muvofiqlashuvni taʼminlash.

2026-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari,

hamkorlik dasturlari

(2 900 mln soʻm)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

18.

Palliativ yordam sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish

Shifokorlar, hamshiralar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar uchun oʻquv dasturlari va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Markaz,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

19.

Palliativ yordam boʻyicha jamoatchilik xabardorligini oshirish va volontyorlik harakatini rivojlantirish.

Palliativ yordamning maqsadi, vazifalari va ahamiyati haqida axborot-maʼrifiy kampaniyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Jamiyatda palliativ yordamga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish.

Volontyorlarni jalb etish, ularni etika, bemor oilalarini qoʻllab-quvvatlash va hamrohlik qilish asoslariga oʻrgatish.

2025-2026-yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning krediti, granti va texnik koʻmagi

(1 490 mln soʻm)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

nodavlat notijorat tashkilotlari,

OAVlar,

Markaz,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

20.

Xavfli va hayotni cheklovchi kasalliklarga chalingan bolalarni tarbiyalayotgan oilalar uchun psixologik va ijtimoiy koʻmak tizimini rivojlantirish.

Palliativ yordamga muhtoj bolalar oilalarining ehtiyojlarini barvaqt baholash mexanizmlarini joriy etish.

Tibbiyot muassasalari va nodavlat tashkilotlar huzurida psixosotsial qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini yaratish va rivojlantirish.

Oilalarni maslahat, psixologik va huquqiy koʻmak bilan taʼminlash, shu jumladan ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish.

2026-yil davomida

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz,

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

21.

Palliativ yordam sifatini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Bolalarga palliativ yordam koʻrsatish samaradorligini baholash indikatorlarini belgilash.

Oilalar va mutaxassislardan olinadigan fikrlar asosida xizmatlar sifati boʻyicha muntazam baholash mexanizmlarini yaratish.

Yillik hisobotlar tayyorlash, tahlil va tizimni yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Markaz mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaz,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

VI. Raqamli texnologiyalar va bemorlarni yoʻnaltirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish

22.

Bemorlarni turli bosqichlarda yoʻnaltirish va klinik muvofiqlashtirish tizimining ishlashini taʼminlash.

Bolalar onkologiya va onkogematologiya kasalliklarining har bir turi boʻyicha aniqlash, tashxis, davolash, reabilitatsiya va dispanser kuzatuvi jarayonlarini qamrab olgan yoʻnaltirish sxemalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Onkologik va onkogematologik patologiyaga gumon qilinganda tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar boʻyicha standart operatsiya protseduralarini joriy etish.

Bolalarning funksional holatini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mezonlari asosida baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

23.

Konsiliumlar va masofaviy maslahatlar uchun telemeditsina infratuzilmasini rivojlantirish.

Telemeditsina maslahatlarini amalga oshirish uchun tibbiyot muassasalarini zarur uskunalar va dasturiy taʼminot bilan jihozlash.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida muntazam hududlararo konsiliumlar oʻtkazish.

Telemeditsinaning huquqiy va texnik standartlarini ishlab chiqish.

2025-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Markaz

VII. Tashkiliy masalalar

24.

Loyiha yuzasidan aholi xabardorligini oshirish.

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

2025-2026-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Markaz

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 09/25/327/0934-son)