09.10.2025 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash va keng targʻib qilish, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning bolalarni ovqatlantirishdagi masʼuliyatini yanada oshirish, bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan talablarga rioya etilishini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha respublika kengashi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xalqaro standartlar va tajribalarni joriy etish, xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni sotish boʻyicha xalqaro qoidalar toʻplami” talablarini toʻliq joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni targʻib va reklama qilish chekloviga qaratilgan qoidalarning buzilishi holatlarini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishi jarayonlarini doimiy monitoring qilish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona sutining oʻrnini bosuvchi sifatsiz mahsulotlarni aniqlash va ularning aylanmasini cheklash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, import va eksport qilish, saqlash, sotish va yetkazib berish jarayonlariga oid talab va standartlarni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirish va bolalarni ovqatlantirish boʻyicha malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati haqida aholining xabardorlik darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribaning ijobiy amaliyotlaridan kelib chiqib, ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishini yaxshilashga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida ona suti bilan oziqlantirish qadriyatlarini targʻib qilish, tibbiyot va taʼlim tashkilotlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng qamrovli tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimi faoliyatini tahlil qilish hamda masʼul vazirlik va idoralar oʻrtasida muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar ishlab chiqilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash maslahat va muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanib, oʻz faoliyatini har oylik yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi Kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash oʻz faoliyatini masʼul vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati, uning bola rivojlanishi va onalar salomatligiga ijobiy taʼsiri, shuningdek, sunʼiy oziqlantirishning ehtimoliy xavflari haqida turli maqsadli guruhlar uchun (yosh ota-onalar, homilador ayollar) televideniye, radio, Internet jahon axborot tarmogʻi hamda bosma ommaviy axborot vositalari orqali uzluksiz va keng qamrovli axborot kampaniyalarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va taʼlim tashkilotlari hamda mahallalarda ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyatini targʻib etuvchi maxsus bannerlar va maʼlumot stendlarini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot kampaniyalari doirasida jamoatchilik oʻrtasida qiziqish uygʻotuvchi ijodiy yondashuvlardan foydalanish, jumladan, yetakchi soha mutaxassislarining fikrlari, misollar va hayotiy voqealar asosida videomateriallar yaratish, ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati boʻyicha ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ularni muntazam namoyish etib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
636-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 636-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Ona suti bilan oziqlantirish, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Ona suti bilan oziqlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni sotish boʻyicha xalqaro qoidalar toʻplami” (The International Code of Marketing of Breast-milk Substitutes) talablariga moslashtirish.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni sotish boʻyicha xalqaro qoidalar toʻplami” (The International Code of Marketing of Breast-milk Substitutes) talablari, ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro tashkilotlarning xulosalari va tavsiyalari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

tibbiyot xodimlarining goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha amalga oshiradigan majburiyatlari, huquqlari va javobgarligini belgilash;

goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar hamda onalar bilan ishlashga masʼul boʻlgan tibbiyot xodimlarini ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha malaka talablarini qonunosti hujjatlar bilan belgilash boʻyicha modda kiritish;

goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha ota-onalarning majburiyatlarini belgilash.

2025-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni isteʼmol qilish targʻiboti va reklamasini cheklash sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish.

Ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulot (OSOʻBM)larni targʻib qilish borasida nazorat va javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Bunda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar OSOʻBMlarini ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilariga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali homilador ayollar yoki emizikli onalar, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish muammolari hamda bolalar salomatligi bilan bogʻliq tadbirlar, kampaniyalar, konferensiyalar va ilmiy-amaliy anjumanlarda hamda shu kabi masalalarga aloqador boshqa tadbirlarda homiylik qilishni taqiqlashni inobatga olish.

2025-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

3.

Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi va sotilishiga oid sifat standartlari va gigiyena talablarini qayta koʻrib chiqish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalari hamda “Codex Alimentarius” talablari asosida bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi va sotilishiga oid quyidagi yangilangan gigiyena talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar quruq aralashmalari uchun Kodeks standarti (CODEX STAN 66-2008);

goʻdaklar uchun moʻljallangan bolalar aralashmalari va maxsus tibbiy preparatlar uchun Kodeks standarti (CODEX STAN 72-1);

goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun ishlov berilgan donli oziq-ovqat mahsulotlariga Kodeks standarti (CODEX STAN 74-1981);

oziq-ovqat mahsulotlari gigiyenasining umumiy tamoyillari boʻyicha Kodeks standarti (CODEX STAN 1-1969);

maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash va ularning xususiyatlari toʻgʻrisidagi bayonot boʻyicha Kodeks standarti (CODEX STAN 180-1991).

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

2. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari uchun sifat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda yosh boʻyicha ozuqa moddalariga boʻlgan ehtiyojni inobatga olish (tarkibga qoʻyiladigan talablar, allergenlar, boʻyoqlar, konservantlar va boshqa zararli qoʻshimchalarning mavjud emasligini nazorat qilish).

2026-yil iyun

II. Ona suti bilan oziqlantirish, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishi sohasida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish

4.

“Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoit yaratgan tibbiyot muassasasi” va “Ona suti bilan muvaffaqiyatli oziqlantirishga oʻn qadam” tashabbuslarini keng joriy etish.

“Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoit yaratgan tibbiyot muassasasi” (Baby-Friendly Nospital Initiative) (keyingi oʻrinlarda — BFNI) va “Ona suti bilan muvaffaqiyatli oziqlantirishga oʻn qadam” (keyingi oʻrinlarda — “oʻn qadam”) tashabbuslarini joriy etishni muvofiqlashtirish, jumladan:

2026-yildan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

a) BFNI va “oʻn qadam” tashabbuslarini amaliyotga joriy etish uchun JSST va YUNISEF tavsiyalariga asoslangan milliy uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va tasdiqlash;

2025-yil oktabr

b) tugʻruqqa koʻmaklashish, pediatriya va birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati tibbiyot xodimlari uchun sertifikatlangan xalqaro trenerlar va ekspertlarni jalb qilgan holda BFNI va “oʻn qadam” tashabbuslari boʻyicha treninglar va oʻquv kurslarini tashkil etish;

Reja-jadval asosida

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida,

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

100 ming AQSH dollari

v) tibbiyot xodimlarining ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash va chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha bilimlari va amaliy koʻnikmalarini muntazam ravishda baholab borish;

2026-yildan boshlab

g) tibbiyot muassasalarida BFNI va “oʻn qadam” standartlarining bajarilishini nazorat qilish va baholash tizimini yaratish.

Bunda amaliyotga tatbiq etish jarayoni BFNI va “oʻn qadam” tashabbuslarini joriy etish yuzasidan sertifikat mavjudligi va oʻtkazilgan treninglar soni oʻsib boruvchi koʻrsatkich sifatida doimiy ravishda baholanadi.

2025-yil dekabr

5.

“Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish masalalari boʻyicha maslahat berish” integratsiyalashgan kursini joriy etish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalari asosida “Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish masalalari boʻyicha maslahat berish” milliy uslubiy qoʻllanmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida,

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish masalalari boʻyicha akusher-ginekolog, neonatolog va pediatrlar hamda tibbiyot brigadalari xodimlari uchun oʻquv-treninglar tashkil etish.

Reja-jadval asosida

6.

Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha yoʻriqnomalar tamoyillarini joriy etish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalari asosida “Ona suti bilan oziqlanayotgan bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha yoʻriqnomalar” milliy uslubiy qoʻllanmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida,

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

20 ming AQSH dollari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha pediatrlar va tibbiyot brigadalari xodimlari uchun oʻquv-treninglar tashkil etish.

Reja-jadval asosida

7.

Alohida tibbiy ehtiyojli onalar va ularning bolalari uchun ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini joriy etish.

1. Tugʻruqdan keyingi erta davrda ona yoki bolaning holatidan (masalan, qandli diabet, chala tugʻilish va boshqa holatlar) kelib chiqib, ona suti bilan oziqlantirishning kechiktirilishida onalar uchun maxsus tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Asoratlangan laktatsiyasi mavjud ayollarga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish boʻyicha klinik protokolni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Bunda laktostaz, mastit, gipogalaktiya va (sut bezi) soʻrgʻich yoriqlari va boshqalar kabi eng keng tarqalgan asoratlarning oldini olish boʻyicha aniq tavsiyalar kiritish.

2025-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Emizikli onalar uyda ona suti bilan oziqlantirishni davom ettirishlarini qoʻllab quvvatlash tizimini joriy etish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalari asosida “Emizikli onalarni uyda kuzatib borish” milliy uslubiy qoʻllanmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Emizikli onalar uchun amaliy maslahat berish va uyda qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish yuzasidan tibbiyot brigadalari xodimlarini oʻqitish.

Reja-jadval asosida

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida,

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

3. Emizikli onalarga hamrohlik qiluvchi tibbiyot xodimlarini sertifikatlashtirish.

4. Tugʻruqdan keyingi dastlabki olti oy davomida emizikli onalar uchun muntazam ravishda uyga tashrif buyurish tizimini kuchaytirish hamda ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash va chaqaloqni parvarishlashga alohida eʼtibor qaratish.

2025-2026-yillar davomida

III. Ona suti bilan oziqlantirish, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

9.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining ona suti bilan oziqlantirish, goʻdak va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish mavzusi boʻyicha malakasini oshirish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalari asosida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun ona suti bilan oziqlantirish hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish mavzusida malaka oshirish oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tibbiyot sohasida kasbiy va oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi turli taʼlim bosqichlarida taʼlim dasturlarini moslashtirib borish.

3. Tibbiyot texnikumlari, oliy tibbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv rejalariga, magistratura va ordinatura dasturlariga ona suti bilan oziqlantirish kurslarini kiritish.

Bunda ona suti bilan oziqlantirish mavzulari fanlararo kurslarga integratsiya qilinishini taʼminlash.

2025-2026-yillar davomida

4. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda kasbiy va oliy tibbiy taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun treninglar va mahorat darslarini oʻtkazish.

Reja-jadval asosida

10.

Tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosqichlarida ona suti bilan oziqlantirish kurslarini joriy etish.

1. Akusher-ginekolog, neonatolog va pediatrlar hamda tibbiyot brigadalari xodimlari uchun ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Akusher-ginekolog, neonatolog va pediatrlar hamda tibbiyot brigadalari xodimlari uchun qisqa muddatli intensiv kurslar va onlayn treninglar tashkil etish.

3. Akusher-ginekologlar, pediatrlar, psixologlar va oilaviy shifokorlar uchun perinatal psixologiya asoslari va ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash texnikasi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida,

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

4. Tibbiyot kadrlari malakasini oshirish dasturlariga tugʻruqqacha va tugʻruqdan keyingi davrda onalarni psixologik qoʻllab-quvvatlash modullarini joriy etish.

2025-2026-yillar davomida

11.

Ona suti bilan oziqlantirish masalalari boʻyicha maslahatchilar (lactation consultant)ni tayyorlash.

1. Akusher-ginekolog, neonatolog va pediatrlar hamda tibbiyot brigadalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha maslahat berish va goʻdaklarni oziqlantirishni optimallashtirish, shu jumladan, shaxslararo muloqot koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2. Ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha maslahatchilarning malakasini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish choralarini koʻrish.

3. Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari va koʻngillilarning ona va bola salomatligiga ona sutining ijobiy taʼsiri boʻyicha trener-maslahatchilarni tayyorlash kurslarida ishtirok etishi va oʻqitilishini taʼminlash.

2026-yildan boshlab,

reja-jadval asosida

YUNISEF, JSST grantlari

(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

IV. Ona suti bilan oziqlantirish, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishi sohasida tarmoqlararo hamkorlikni kuchaytirish

12.

Ish joylarida, taʼlim tashkilotlarida va jamoat joylarida emizikli onalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish (“Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoitlar” siyosati, tashabbusi).

1. Ish joylari, taʼlim tashkilotlarida, jamoat joylarida ona suti bilan oziqlantirish va ona sutini sogʻib olish hamda goʻdaklarni oziqlantirish uchun maxsus joylar, parvarish xonalarini ajratish va jihozlash, zarur shart-sharoitlar yaratishning sanitariya talablarini belgilash.

2025-yil dekabr

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

2. Ish joylarida, taʼlim tashkilotlarida va jamoat joylarida emizikli onalar uchun maxsus joylar ajratish, shu jumladan, mebel bilan jihozlash va zarur sanitariya sharoitlari bilan taʼminlash.

2025-2026-yillar davomida

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va tajriba almashish.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida muntazam onlayn konferensiyalar, vebinarlar va davra suhbatlarini tashkil etish orqali ilgʻor tajribalar va eng yaxshi amaliyotlarni oʻzaro almashish.

2025-2026-yillar davomida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

“Onalar maktabi” va “Onalarni qoʻllab-quvvatlash guruhlari”ni qayta tiklash.

1. “Onalar maktabi” va “Onalarni qoʻllab-quvvatlash guruhlari”ni zarur qoʻllanmalar, namoyish qilish uchun media vositalari (videomateriallar, ona suti bilan oziqlantirish texnikasini oʻrgatish uchun yoʻriqnoma va boshqalar) bilan jihozlash.

2. “Onalar maktabi” va “Onalarni qoʻllab-quvvatlash guruhlari”da tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlar hamda koʻngillilarni jalb qilish.

2025-2026-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

15.

Ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini ragʻbatlantirish.

1. Bolalarni ona suti bilan oziqlantirish tadqiqotlari uchun grantlar ajratish.

2. Ilmiy anjumanlar tashkil etish hamda tadqiqot natijalarini eʼlon qilish.

2025-2026-yillar davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

V. Ona suti bilan oziqlantirish, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar ovqatlanishi sohasida monitoring va nazoratni kuchaytirish

16.

Ona suti bilan oziqlantirish amaliyotini targʻib qilish boʻyicha baholash mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqish.

1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, JSST va YUNISEF, ilmiy tashkilotlar mutaxassislari va ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha ekspertlardan iborat ishchi guruhni tuzish.

2025-yil sentabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Doimiy monitoring uchun koʻrsatkichlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda monitoring qilishning asosiy koʻrsatkichlari sifatida quyidagilarni belgilash:

tugʻilgandan keyin birinchi soat ichida chaqaloqni ilk bor koʻkrakka tutish;

6 oygacha boʻlgan davr mobaynida faqat ona suti bilan oziqlangan goʻdaklar ulushi;

1 yoshgacha va 2 yoshgacha ona suti bilan oziqlanishni davom etayotgan bolalar ulushi;

sunʼiy yoki aralash ovqatlantirishda boʻlgan chaqaloqlar va bolalar ulushi;

ona suti bilan oziqlantirishning oʻrtacha davomiyligi;

tugʻruqxonalarda va poliklinikalarga tashriflari paytida ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha maslahat olgan onalar soni;

BFNI va “oʻn qadam” tashabbuslari boʻyicha sertifikat olgan muassasalar soni.

2025-yil noyabr

3. Tibbiyot tashkilotlarining mavjud statistika hisoboti shakllarini yangi indikatorlarni joriy etish uchun moslashtirish.

2025-2026-yillar davomida

17.

Ona suti bilan oziqlantirish sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar va ularning sifatidan aholining qoniqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

1. JSST va YUNISEF tavsiyalarini inobatga olgan holda, aholining qoniqishini baholash, ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha maslahatchilarning professionalligi, axborot sifati, onalarni psixologik qoʻllab-quvvatlash darajasi va boshqalarni hisobga olgan holda standartlashtirilgan soʻrovnomalar va anketalarni ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Soʻrovlar oʻtkazish va fikr-mulohazalar yigʻish uchun “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida soʻrovlar oʻtkazish va fikr-mulohazalarni toʻplash imkoniyatini yaratish.

3. Ayollar maslahatxonalari, tugʻruqxonalar, oilaviy poliklinikalar va jamoat joylarida soʻrovnomalar oʻtkazish.

2025-2026-yillar davomida

4. Ona suti bilan oziqlantirish sohasidagi xizmatlardan aholining qoniqishini muntazam ravishda tekshirish.

2026-yildan boshlab har yili

VI. Ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati toʻgʻrisida aholining xabardorligi va bilimini oshirish

18.

Ona suti bilan oziqlantirish afzalliklari hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish haqida keng qamrovli milliy kampaniyani tashkil etish.

1. Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha axborot-kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) aholi oʻrtasida ona suti bilan oziqlantirishning foydasi, shuningdek, OSOʻBM bilan oziqlantirishning salbiy taʼsirlari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, jamiyatda ona suti bilan oziqlantirishga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida media-reja asosida axborot kompaniyalar oʻtkazilishini belgilash;

b) ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati toʻgʻrisida televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda milliy darajada keng koʻlamli axborot kompaniyalarini oʻtkazish;

v) oilani jalb etishni ragʻbatlantirish, oila aʼzolarining uy yumushlari yoki bolalarni parvarish qilishda yordam beradigan qoʻllab-quvvatlovchi uy muhitini yaratish;

g) emizikli onalar oʻzlari uchun foydali ona suti bilan oziqlantirish haqida maʼlumotlarni topishi mumkin boʻlgan manbalarni ommalashtirish (mobil ilova, “Call markaz”, internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish va boshqalar);

d) masjid va mahallalardagi diniy yetakchilarning maʼruzalariga ona suti bilan oziqlantirish, laktatsiya davrida toʻgʻri ovqatlanish, shuningdek, ona suti bilan oziqlantirishdan voz kechishning oldini olish hamda OSOʻBM bilan oziqlantirishdan foydalanmaslik masalalarini kiritish.

2025-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

3,2 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ona suti bilan oziqlantirish afzalliklari hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish haqida televideniye, radio, internet va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng koʻlamli milliy axborot kampaniyalarini tashkil etish.

2026-yildan boshlab har yili

19.

Ayollarga ona suti bilan oziqlantirish masalalari boʻyicha maslahat berish uchun kecha-kunduz ishlaydigan “Call markaz”ni tashkil etish.

1. Yagona qisqa bepul raqam boʻyicha zamonaviy telefon va internet infratuzilmasiga ega qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash markazini tashkil etish.

2025-2026-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

800 mln soʻm

shundan

350 mln soʻm

yagona qisqa raqam uchun

(bir martalik toʻlov)

450 mln soʻm

“Call markaz” faoliyati uchun

(har yili)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzbektelekom” AK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Ona suti bilan oziqlantirish va bemorlar bilan muloqot qilish sohasida JSST va YUNISEFning zamonaviy standartlari boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtkazish.

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

1 mlrd soʻm

3. Tibbiyot tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali ona suti bilan oziqlantirish masalalari boʻyicha “Call markaz”ni ishga tushishi yuzasidan keng axborot kampaniyasini oʻtkazish.

-

20.

Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi doirasida ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha milliy va mintaqaviy konferensiyalarni oʻtkazish.

1. Shifokorlar, hamshiralar, ijtimoiy xodimlar va jamoat tashkilotlari ishtirokida har yili konferensiyalar tashkil etish, eng yaxshi amaliyotlar va yutuqlarni muhokama qilish, ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tavsiyalarni tarqatish.

2. Onalar va ularning oilalari uchun maʼruzalar, seminarlar va koʻrgazmalar tashkil etish.

3. Axborot materiallarini tarqatish va tadbirga jamoatchilik fikri yetakchilarini jalb qilish.

2026-yildan boshlab har yili

Sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 636-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha respublika kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Z.B. Maxkamova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Kengash raisi

2.

A.A. Xudayarov

—

sogʻliqni saqlash vaziri

3.

E.I. Basitxanova

—

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

4.

F.E. Karabayev

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

5.

D.R. Maxsudov

—

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari

6.

X.B. Nuritdinov

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari

7.

D.J. Aniyozova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi masʼul xodimi

8.

N.M. Egamberdiyeva

—

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori

9.

N.S. Nadirxanova

—

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

10.

N.A. Oʻrinbayeva

—

Respublika perinatal markazi direktori

11.

A.Sh. Inoyatov

—

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori

12.

U.E. Eraliyev

—

Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi

13.

A.A. Abduqayumov

—

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi zarur hollarda, Kengash tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 636-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

I. Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash

1.

6 oygacha boʻlgan chaqaloqlarni istisnosiz ona suti bilan oziqlantirish darajasi

foiz

25

30

35

50

65

80

2.

Tugʻilgandan keyin ona suti bilan oziqlantirishni erta boshlash darajasi

foiz

85

85

87

87

90

90

3.

Tugʻilgandan keyin birinchi soat ichida chaqaloqni ilk bor koʻkrakka tutish darajasi

foiz

75

75

80

85

85

90

4.

1 yoshgacha ona suti bilan oziqlanishni davom etayotgan bolalar ulushi

foiz

44

50

60

65

75

80

5.

2 yoshgacha ona suti bilan oziqlanishni davom etayotgan bolalar ulushi

foiz

39

45

50

55

60

60

6.

2 yoshgacha soʻrgʻichli idishchalardan oziqlanishni davom etayotgan bolalar ulushi

foiz

25

22

19

16

13

10

7.

Kam vazn bilan tugʻilish darajasi

foiz

5,8

5,6

5,4

5,2

5,2

5,0

8.

Boʻy oʻsishi kechikishi mavjud boʻlgan 5 yoshgacha bolalar ulushi

foiz

6,9

6,7

6,5

6,3

6,1

6,0

9.

Vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi

foiz

1,8

1,7

1,6

1,6

1,5

1,5

10.

Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi

foiz

5,5

5,4

5,2

5,0

4,8

4,6

11.

5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda oʻsmirlar orasida semizlik darajasi

foiz

6,4

6,3

6,0

5,8

5,5

5,0

II. Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish

12.

Tibbiyot muassasalarida ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona ichki siyosat ishlab chiqilganligi va joriy etilgani

yagona ichki siyosat ishlab chiqilishi va joriy etilishi

-

yagona ichki siyosat ishlab chiqiladi va joriy etiladi

-

-

-

-

13.

Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, ishlab chiqarilishi, tashilishi, saqlanishi va sotilishiga oid yangilangan sanitariya meʼyorlari va qoidalari, gigiyena talablari JSST va YUNISEF tavsiyalari hamda Codex Alimentarius talablariga muvofiq moslashtirilgani

yangilangan sanitariya meʼyorlari va qoidalari, gigiyena talablari soni

3

2

2

2

2

2

14.

“BFNI” va “oʻn qadam” tashabbuslarini joriy etish boʻyicha milliy uslubiy qoʻllanma qabul qilingani

tasdiqlangan uslubiy qoʻllanma

-

qoʻllanma tasdiqlanadi

-

-

-

-

15.

Tugʻruqqa koʻmaklashish muassasalarida ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zamonaviy yoʻriqnomalar mavjudligi

tugʻruqqa koʻmaklashish muassasalari soni

(foiz)

-

100

-

-

-

-

16.

Ona yoki bolaning holatidan kelib chiqib, shu jumladan, asoratlangan laktatsiyasi mavjud onalar uchun maxsus tavsiyalar tasdiqlangani

tasdiqlangan tavsiyalar

-

tavsiyalar tasdiqlanadi

-

-

-

-

17.

Bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha yoʻriqnomalar tamoyillari joriy etilgani

tasdiqlangan yoʻriqnomalar

-

yoʻriqnomalar tasdiqlanadi

-

-

-

-

18.

“BFNI” va “oʻn qadam” tashabbuslari boʻyicha oʻtkazilgan treninglar soni

treninglar soni

-

14

28

42

56

84

19.

“BFNI” va “oʻn qadam” tashabbuslari boʻyicha oʻqitilgan akusher-ginekolog, neonatolog, pediatrlar va oilaviy shifokorlar ulushi (kompetensiyalari mosligi)

oʻqitilgan tibbiyot xodimlari ulushi

(foiz)

-

30

50

70

90

100

20.

“BFNI” va “oʻn qadam” tashabbuslarini joriy etgan tugʻruqqa koʻmaklashish muassasalari soni

tugʻruqqa koʻmaklashish muassasalari soni

(foiz)

25

30

50

70

90

100

21.

Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan treninglar soni

treninglar soni

-

14

28

42

56

84

22.

Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish masalalari boʻyicha oʻqitilgan akusher-ginekolog, neonatolog, pediatrlar va oilaviy shifokorlar soni

oʻqitilgan shifokorlar ulushi

(foiz)

-

30

50

70

90

100

23.

Emizikli onalar uchun amaliy maslahat berish va uyda qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan treninglar soni

treninglar soni

-

14

28

42

56

84

24.

Emizikli onalar uchun amaliy maslahat berish va uyda qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻqitilgan oilaviy shifokorlar soni

oʻqitilgan oilaviy shifokorlar ulushi

(foiz)

-

30

50

70

90

100

25.

Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha yoʻriqnomalar tamoyillari tasdiqlangani

tasdiqlangan yoʻriqnomalar

-

yoʻriqnomalar tasdiqlanadi

-

-

-

-

26.

Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha oʻtkazilgan treninglar soni

treninglar soni

-

14

28

42

56

84

27.

Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarni qoʻshimcha oziqlantirish boʻyicha oʻqitilgan pediatrlar va oilaviy shifokorlar soni

oʻqitilgan pediatrlar va oilaviy shifokorlar ulushi

(foiz)

-

30

50

70

90

100

28.

Ona suti bilan oziqlantirish masalalari boʻyicha sertifikatga ega maslahatchi (lactation consultant)lar soni

sertifikatga ega maslahatchilar soni

-

60

60

60

60

60

29.

Ona suti bilan oziqlantirish, qoʻshimcha ovqatni kiritish qoidalari boʻyicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilgan onalar (tuqqan ayollar) ulushi

onalar ulushi

(foiz)

-

20

40

60

70

90

30.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun malaka oshirish oʻquv dasturlarining mavjudligi

tasdiqlangan oʻquv dasturi

-

oʻquv dasturi tasdiqlanadi

-

-

-

-

31.

Tibbiyot xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha oʻquv dasturlari joriy etilganligi

tasdiqlangan oʻquv dasturi

-

oʻquv dasturi tasdiqlanadi

-

-

-

-

32.

Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoit yaratgan tashkilotlar va jamoat joylarining ulushi

tashkilotlar va jamoat joylari ulushi

(foiz)

-

10

30

50

70

80

33.

Ona suti bilan oziqlantirish masalalari boʻyicha maslahat berish uchun “Call markaz” tashkil etilgani

“Call markaz” tashkil etilishi

-

“Call markaz” tashkil etiladi

-

-

-

-

34.

Ona suti bilan oziqlantirish hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish tamoyillari boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochilishi

ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan sahifalar soni

-

5

10

10

10

15

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 09/25/636/0918-son)