1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish | |||||
1. | Urganch davlat tibbiyot institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) taʼlim jarayonini xalqaro oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish. | 1. Institutning amaldagi oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish, ularni tanqidiy baholash asosida tibbiyot sohasidagi xalqaro oliy taʼlim standartlariga moslashtirish choralarini koʻrish. Bunda talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish, taʼlim jarayonini kredit-modul tizimida olib borilishini toʻliq taʼminlash. | 2025/2026 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan (Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME), QS, THE standartlari va boshqalar) oʻtkazish uchun tayyorlash. Jumladan: xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzish; xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish; xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish uchun belgilangan talablarni bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | ||||
2. | Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida yangi taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan bakalavriatning “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida, “Stomatologiya” yoʻnalishida 3+2 formatida qoʻshma taʼlim dasturi tashkil qilish va 2025-2026 oʻquv yilidan talabalar qabulini amalga oshirish. 2. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish. | 2026-yil | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
3. | Klinik ordinatura boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish. | 1. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan ularning ilgʻor tajribalaridan foydalangan holda, dastur yakunida 2 ta mutaxassislik beradigan shaklda klinik ordinaturaning tanlangan mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish. 2. Qozogʻistonning Ostona va Qaragʻanda shaharlarining yirik tibbiyot markazlarida Urganch davlat tibbiyot institutining tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha klinik ordinatura mutaxassisliklarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 2026/2027 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
4. | Institut va uning Ilmiy-tadqiqot instituti professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun masofaviy taʼlim, oʻquv kurslari, malaka oshirish va seminarlar koʻlamini oshirish. | Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ingliz tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar ulushini 85 foizga yetkazish. | 2025/2026 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
5. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Web of Science kabi ilmiy nashriyotlar maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil dekabr | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
6. | Davlat tibbiyot muassasalarini Institut talabalarining dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun klinik baza qilib belgilash. | Talabalarning dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun xonalarni jihozlash. | 2025-yil noyabr | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
7. | Institutga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bilan Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash. 2. Universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil qilish. 3. Universitetlarning tibbiyot kollejlariga texnikumlarning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. | 2026-yil davomida | Institut va texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
II. Ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish | |||||
8. | Sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy va texnikaviy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish va amaliyotga tatbiq etish. | 1. Institutning ilmiy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilab olish. | 2025-yil dekabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Institut talabalari, doktorant va yosh olimlarning muntazam ravishda startap-loyihalar tanlovlarida ishtirokini taʼminlash. | Doimiy | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
9. | Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish. | Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari asosida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, bunda: 2025-yilda — 35 ta; 2026-yilda — 45 ta. | 2025-2026-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish. | 1. 2025-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 15 nafar tadqiqotchilarni qabul qilish. | 2025-yil | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. 2 ta fan doktori (DSc) va 12 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | ||||
11. | Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot taʼminoti tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning oʻquv-uslubiy va nashriy faolligini oshirish. | 1. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini: 2025-yilda 70 taga; 2026-yilda 80 taga yetkazish. | 2025-2026-yillar | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalar sonini 5 taga, monografiyalar sonini 12 taga, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar sonini 30 taga yetkazish. | |||||
3. Institut tomonidan “Orol boʻyi tibbiyot jurnali”, “Meditsinskiy jurnal Priaralya” jurnalini taʼsis etish. | 2025-yil sentabr | ||||
III. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
12. | Institutni ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritish. | 2025-yil oktabr | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
2. Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga yuborish boʻyicha tanlovlarda ishtirokini taʼminlash. | Doimiy | ||||
13. | Oʻquv yili natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning reytingini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻquv yili yakuni boʻyicha kafedralar oʻqituvchilarining reytingini baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Reyting natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning sifat tarkibini aniqlash va yaxshilash. | har yili 1-dekabr | ||||
3. Professor-oʻqituvchilarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish hamda ustama haq belgilashda reyting natijalarini hisobga olish. | Doimiy | ||||
IV. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish | |||||
14. | Institut simulyatsiya markazini Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari tajribalari asosida modernizatsiya qilish. | 1. Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari simulyatsion markazlarining faoliyatini oʻrganish. 2. Institut simulyatsiya markazi faoliyatiga nufuzli universitetlarning ish tajribalarini tatbiq qilish. 3. Yangi simulyatsiya jihozlarini xarid qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
15. | Institut klinikasini Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish. | 1. Institut klinikasi va Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash. 2. Ilgʻor davolash va tashxislash usullarini institut klinikasi faoliyatiga tatbiq qilish. 3. Institut klinikasi shifokorlarini Shinjon universiteti klinikalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish. 4. Universitet klinikalari shifokorlari tomonidan institut klinikasida mahorat darslarini oʻtish, davolash va tashxislash ishlarini yoʻlga qoʻyish. | 2025/2026 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
16. | Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan hamkorlikda Institut klinikasida yuqori texnologik amaliyotlarni oʻtkazishga moslashtirilgan qoʻshma boʻlim tashkil qilish. | 1. Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan institut klinikasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasini imzolash. 2. Institut klinikasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga moslashgan boʻlim tashkil qilish. 3. Boʻlim faoliyatiga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | 2025/2026 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
17. | Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi aʼzolar transplantatsiyasi markazi bilan Institut jarrohlik kafedralari aloqalarini oʻrnatish, ularning tajribalarini amalga joriy qilish hamda xodimlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtash, tajriba almashish hamda mahorat darslarini amalga oshirish. | 1. Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash. 2. Universitetning aʼzolar transplantatsiyasi markaziga Institut klinikasi shifokorlari va professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. | 2025/2026 oʻquv yili | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
V. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
18. | Rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy tibbiy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli taʼlim tashkilotlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. | 1. Turkiyaning Xajettepe va Bursa Uludag universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzolash, ushbu universitetlarda institut professor-oʻqituvchilarining malaka oshirish, tajriba almashish hamda stajirovka oʻtash dasturlarini amalga oshirish. 2. Institut professor-oʻqituvchilari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoyning Shinjon, Turkiyaning Ege, Pamukkale, Inyonyu, Balikesir, Kirikkale, shuningdek, Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Astraxan davlat tibbiyot universiteti va Qozon Federal universitetlarida malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda tajriba almashish dasturlarini tashkil qilish. 3. Institut talabalari, klinik ordinatorlari hamda magistrlari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoy, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Hindiston va Pokiston davlatlarining nufuzli universitet va klinikalarida yozgi malakaviy amaliyot oʻtashlarini tashkil qilish. 4. Nufuzli xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan kollaborativ ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish. 5. Turkiyaning Ege va Pamukkale universitetlari bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlikda dolzarb hududiy muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy grant loyihalarda ishtirok qilish. | 2025/2026 oʻquv yili | Oʻzaro hamkorlik shartnoma mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
19. | Institutda taʼlim oluvchi chet ellik talabalar ulushini oshirish. | 1. Chet el fuqarolarini Institutga jalb qilish boʻyicha xalqaro agentliklar (tashkilotlar) bilan “Ochiq eshiklar” tadbirini oʻtkazish. | Har yili avgust oyi | Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish va ushbu davlatlarda xalqaro taʼlim agentliklari bilan Institutga talabalarni jalb etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | Doimiy | ||||
3. Chet el fuqarolarini Institutning magistratura va klinik ordinatura hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga jalb qilish choralarini koʻrish. | Doimiy | ||||
2-ILOVA
T/r | Koʻrsatkich (indikator) nomi | Oʻlchov birligi | Amaldagi koʻrsatkich | 2025-y. | 2026-y. | 2027-y. | 2028-y. |
I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish | |||||||
1. | Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish. | onlayn darslar soni | 10 | 25 | 30 | 35 | 45 |
2. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish. | talabalar soni | 28 | 70 | 90 | 120 | 150 |
3. | Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish. | foizda | 10 | 25 | 40 | 60 | 80 |
4. | Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish. | kafedralar filiallari soni | 5 | 20 | 25 | 30 | 35 |
5. | Institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi. | foizda (bitiruvchi oʻquvchilar soniga nisbatan) | 73 | 80 | 82 | 85 | 87 |
6. | Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | Dasturlar soni | 1 | 1 | 2 | 3 | 4 |
II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish | |||||||
7. | Institutning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi). | foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) | 37,6 | 65 | 70 | 72 | 76 |
8. | Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc). | ilmiy-pedagogik kadrlar soni | 4 | 15 | 20 | 25 | 30 |
9. | Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish. | xoʻjalik shartnomalari soni | 2 | 7 | 10 | 15 | 20 |
10. | Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalarini chop etish. | indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni | 65 | 70 | 80 | 85 | 95 |
11. | Google Scholar, Scopus va Web of Science bazalari boʻyicha N (Xirsh) indeksi 3 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini tizimli ravishda oshirib borish. | ilmiy-pedagogik kadrlar soni | 15 | 25 | 35 | 50 | 55 |
12. | Monografiyalarni nashr etish. | monografiyalar soni | 7 | 15 | 20 | 25 | 35 |
13. | Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish. | maqolalar soni | 82 | 100 | 110 | 120 | 130 |
14. | Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish. | konferensiyalar soni | 2 | 5 | 7 | 9 | 12 |
III. Institutning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||||
15. | Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkillashtirish. | pedagog kadrlar soni | 63 | 70 | 73 | 75 | 78 |
16. | Turdosh taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish. | video maʼruzalar soni | 4 | 20 | 25 | 30 | 40 |
17. | Pedagog va rahbar kadrlarni hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish. | kadrlar soni | 4 | 15 | 20 | 25 | 35 |
18. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish. | professor-oʻqituvchilar soni | 8 | 20 | 25 | 30 | 40 |
IV. Institutning moddiy-texnika bazasini yaxshilash | |||||||
19. | Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash. | foizda (umumiy auditoriya fondiga nisbatan) | 40 | 90 | 100 | 100 | 100 |
20. | Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash. | foizda (oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan) | 70 | 90 | 100 | 100 | 100 |
V. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish | |||||||
21. | Institutda tahsil oladigan chet ellik talabalar salmogʻini oshirish. | chet ellik talabalar soni | 1181 | 1400 | 1500 | 1700 | 2000 |
22. | Chet ellik oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish. | chet ellik professor-oʻqituvchilar soni | 10 | 25 | 30 | 35 | 40 |
23. | Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga amaliyot oʻtash va malakasini oshirish uchun yuborish. | stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim va pedagoglar soni | 40 | 50 | 60 | 70 | 80 |
24. | Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish. | ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar soni | 50 | 60 | 70 | 80 | 100 |