29.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2209-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 29.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2209-4
Kuchga kirish sanasi
29.09.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2209-4]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son qarori (roʻyxat raqami 2209, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21/10-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(mikromoliya tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti)” degan soʻzlar “(mikromoliya tashkiloti, lombard, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti va faktoring tashkiloti)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi hamda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 18-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)