18.09.2025 yildagi PQ-287-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalaridan samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish, yerlar, ayniqsa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar talon-toroj qilinishining hamda yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish choralari natijadorligini oshirish, sohada nazoratni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yer uchastkalaridan samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish, yerlar, ayniqsa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar talon-toroj qilinishining oldini olish, mazkur jarayonlarga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish orqali sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash hamda bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurishning oldini olish borasida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali yagona nazorat tizimini joriy etish hamda vakolatli idoralar oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yerlardan samarali foydalanish, ular oʻzboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yangi tartib-taomillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat yer nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish vazirligi), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli davlat organlari) tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) yer munosabatlariga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritish va huquqbuzarlikka oid ishlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish uchun Kadastr agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya”, Ekologiya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi va ularning hududiy boʻlinmalari hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari masʼul hisoblanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-yanvar sanasidan boshlab maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar koʻrishga oid vazifa va funksiyalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik ehtimoli yuqori boʻlgan holatlar boʻyicha maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “E-YER NAZORAT” tizimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Oʻzbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringini amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan loyihalar doirasida yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurish holatlarini bir yilda ikki marotaba Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aerokosmik monitoring orqali aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha aerokosmik monitoring oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) aerokosmik monitoringni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda “Oʻzbekkosmos” agentligiga begʻaraz taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari va Kadastr agentligining yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bogʻliq huquqbuzarlik darajasiga qarab quyidagicha hududlarga boʻlish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “qizil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “sariq” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli oʻrta hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “yashil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli past hududlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga boʻlish mezonlari va ularda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida bir marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har olti oyda kamida bir marotaba monitoring kuzatuvlari olib borilishi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilgunga qadar maxsus vakolatli davlat organlarining asosiy kuch va vositalari safarbar etilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kosmik monitoring natijalarida aniqlangan yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori boʻlgan holatlarga oid dastlabki maʼlumotlar “E-YER NAZORAT” tizimi orqali quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasi boʻyicha — “Oʻzagroinspeksiya”ga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlar, ustuvor ravishda ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan yerlar, oʻrmonlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan zonalar, tabiiy suv havzalari, xavfli chiqindilar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va chiqindi poligonlariga moʻljallangan yerlar boʻyicha — Ekologiya vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish holatlari boʻyicha — Qurilish vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkalari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ruxsatnomasi talab etiladigan qurilish obyektlari boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qolgan barcha toifalar boʻyicha — Kadastr agentligiga manzilli taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kelib tushgan maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan oʻrganilib, vakolat doirasida tegishli choralar koʻriladi yoki huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-YER NAZORAT” tizimiga kelib tushgan maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan asossiz qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat yer nazoratini yuritishda “E-YER NAZORAT” tizimidan foydalanish tartibi haqidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yerga oid qonunbuzilish holatlarini davlat kosmik monitoring natijalarini qayta ishlash orqali aniqlash hamda maʼlumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga elektron shaklda manzilli yuborish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan “E-YER NAZORAT” tizimida yerga oid qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, davlat yer nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish, koʻrib chiqish va qaror qabul qilish yoki “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organga yuborish tartibini. Bunda davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi ishlarni planshet va kompyuter yordamida rasmiylashtirish nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborilgan maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organlariga tegishliligi boʻyicha avtomatik tarzda taqsimlash imkoniyatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yerga oid qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ular yuzasidan oʻtkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar va sud qarorlari va hokazo) toʻplash, saqlash va tahlil qilish qoidalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron tizimini yuritish tartibini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “E-YER NAZORAT” tizimini tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus vakolatli davlat organlari yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlovchi inspektorlarning faoliyatini toʻliq raqamlashtirib, maxsus planshetlar va yonkameralar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “E-YER NAZORAT” tizimini sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini hamda maxsus vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlash boʻyicha masʼul organ etib Kadastr agentligi, “E-YER NAZORAT” tizimining operatori etib “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar koʻrish doirasida aniqlagan huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalarning 2 foizi “E-YER NAZORAT” tizimi operatoriga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kadastr agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda “E-YER NAZORAT” tizimini Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (edo.ijro.uz), “E-maʼmuriy ish”, “Adolat”, “E-material” axborot tizimlari, Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi bilan integratsiya qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “E-YER NAZORAT” tizimini yuritishda davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha guvoh, jabrlanuvchi, xolis va huquqbuzar ularning elektron raqamli imzosidan (barmoq izi yoki grafik imzo) foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda ishni koʻrib chiqayotgan maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nazorat tadbiri natijasi toʻgʻrisidagi ishlar va ishga taalluqli hujjatlar QR kod bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat yer nazorati toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha elektron shakldagi maʼlumotlar arxivini (ish hujjatlarining elektron shaklini) qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlash Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “E-YER NAZORAT” tizimidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari foydalanadigan maʼlumotlar hisoblanadi hamda mazkur mansabdor shaxslar “E-YER NAZORAT” tizimidagi maʼlumotlar bilan faqat qonunchilik hujjatlari asosida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun tanishishi va foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy va yuridik shaxslar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari, hokim yordamchilariga qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash hamda oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlariga “E-YER NAZORAT” tizimi orqali xabar va soʻrov yuborish imkoniyatlarini yaratsin va bunday imkoniyatlar haqida aholiga ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlik holatlari boʻyicha ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan bayonnomani “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organiga yuborish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har chorakda yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va barvaqt oldini olish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilgan holda tegishli chora-tadbirlar belgilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir tuman (shahar)ning “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarida kamida ikkitadan mahallani yerga oid huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish choralarini koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish hamda bu borada korrupsion omillarga barham berish, samarali monitoringni amalga oshirish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya” va Kadastr agentligining elektron dastur va platformalari prokuratura organlarining elektron dasturlari bilan integratsiya qilinsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) prokuratura organlariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya” va Kadastr agentligining axborot tizimlari va resurslariga moneliksiz kirish, ulardagi elektron maʼlumot, hujjat va materiallarni koʻrish, monitoring qilish, oʻrganish uchun elektron hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olish imkoniyatlari yaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu idoralarning axborot tizimlari orqali bajariladigan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashga prokuratura organlari masʼul etib belgilansin hamda bu borada aniqlangan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha oʻz vaqtida taʼsir choralarining koʻrilishi va prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kadastr agentligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F. Pulatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A. Vaxabov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. Eshquvvatovlar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaror ijrosini har chorak muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-287-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-sentabrdagi PQ-287-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-YER NAZORAT” tizimini tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oliy sudning “Adolat” axborot tizimi bilan huquqbuzarlikka oid zarur maʼlumotlar taqdim etilishini, xususan, yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha yuritilayotgan maʼmuriy ishlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar, shu bilan birga ushbu huquqbuzarliklar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya tartibidagi arizalar sud organlariga faqatgina “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) orqali yuborilishini joriy etish.

1. Quyidagi maʼlumotlarni taqdim qiluvchi tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish:

sud qarorlarini koʻrib chiqishda Oliy sudning “Adolat” axborot tizimini “E-YER NAZORAT” tizimiga toʻliq integratsiya qilish. Bunda sudga kiritilgan daʼvoning holati, yakunlanishi va rad etilishi yuzasidan (sana, ijrochi va qoʻshimcha maʼlumotlar bilan) maʼlumot almashinuvi inson omilisiz avtomatik tarzda amalga oshishiga erishish;

yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya tartibidagi ariza va boshqa maʼlumotlarni integratsiya yoʻli bilan taqdim etish. Bunda ariza sanasi, sud qarorining holati, sanasi va sud qarori qabul qilinishi, masʼul ijrochi bilan birga mazkur qarorning metamaʼlumotlari va “pdf” formatidagi nusxasi inson omilisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishiga erishish.

2. Oliy sud va Kadastr agentligi oʻrtasida “E-YER NAZORAT” va “Adolat” axborot tizimlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Veb-servisning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

Oliy sud,

Kadastr agentligi

2.

Majburiy ijro byurosining Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi bilan huquqbuzarlikka oid zarur maʼlumotlar taqdim etilishini, xususan, yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha yuritilayotgan maʼmuriy ishlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar Majburiy ijro byurosiga faqat “E-YER NAZORAT” tizimi orqali yuborilishini hamda Majburiy ijro byurosi organlarida yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha yuritilayotgan maʼmuriy ishlarning ijro holati boʻyicha hujjat va maʼlumotlar “E-YER NAZORAT” tizimiga integratsiya yoʻli bilan onlayn tarzda taqdim etib borilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Quyidagi maʼlumotlarni taqdim qiluvchi tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish:

yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha yuritilayotgan maʼmuriy ishlar yuzasidan toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar;

yerga oid huquqbuzarliklar boʻyicha yuritilayotgan maʼmuriy ishlarning ijro holati;

oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish boʻyicha qabul qilingan sudning hal qiluv qarorlari ijrosi boʻyicha maʼlumotlar.

2. Majburiy ijro byurosi va Kadastr agentligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabr

Majburiy ijro byurosi,

Kadastr agentligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasportlari hamda identifikatsiya ID kartalarini, xususan, ulardagi fuqaroning JSHSHIR maʼlumotlarini kontaktsiz “NFC” texnologiyasi asosida oʻqib olish yuzasidan integratsiya asosida doimiy va begʻaraz tarzda “E-YER NAZORAT” tizimida avtorizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasportlari hamda identifikatsiya ID-kartalarini, xususan, ulardagi fuqaroning JSHSHIR maʼlumotini kontaktsiz “NFC” texnologiyasi asosida oʻqib olish yuzasidan “E-YER NAZORAT” tizimida avtorizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti,

Kadastr agentligi

2. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va Kadastr agentligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “E-YER NAZORAT” axborot tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

4.

Maxsus vakolatli organlar tomonidan jiddiy qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlarni jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborish va natijalari boʻyicha elektron maʼlumot almashish tizimini joriy qilish maqsadida “E-material” va “E-YER NAZORAT” tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini joriy qilish.

1. Jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni olish yuzasidan “E-material” va “E-YER NAZORAT tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Bosh prokuratura,

Kadastr agentligi

2. Bosh prokuratura hamda Kadastr agentligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

5.

Kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzilish ehtimoli yuqori holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborilishini taʼminlash.

1. Kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzilish ehtimoli yuqori holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborish boʻyicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Kadastr agentligi

2. “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Kadastr agentligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali “E-YER NAZORAT” axborot tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

6.

Yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish, bu borada korrupsion omillarga barham berish hamda samarali monitoringni amalga oshirish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligining elektron dastur va platformalarini prokuratura organlarining elektron dasturlari bilan integratsiya qilish, oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. “E-YER NAZORAT”, “EʼTIROF”, “Uzkad”, “Yer hisobot”, “agroplatforma.uz”, “crop.agro.uz” axborot tizimlari hamda Bosh prokuraturaning axborot tizimi oʻrtasida oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Bosh prokuratura,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzagroinspeksiya”

2. Bosh prokuratura hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “Oʻzagroinspeksiya” oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali Bosh prokuraturaning axborot tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil yanvar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 07/25/287/0844-son)