09.09.2025 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish axborot tizimlarining maqsadi, asosiy vazifalari hamda texnik operator va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish axborot tizimlarida roʻyxatdan oʻtish, elektron hujjatlar aylanishi hamda texnik xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari faoliyatini tashkil etish, yuritish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini, 2026-yildan boshlab budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq paxta va don qabul qiluvchi korxonalar bilan birgalikda paxta va don qabul qilish maskanlarining kuzatuv kameralari, zamonaviy kompyuter qurilmalari va uzluksiz elektr energiyasi (quyosh panellari, dizel va benzin generatorlari, UPS qurilmalari) bilan taʼminlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda paxta va don qabul qilish maskanlarini belgilangan tartibda barqaror va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash hamda paxta va don qabul qilish jarayonlarida uzilishlarning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda don qabul qilish maskanlaridagi elektron tarozilar oʻlchovlarining har yili 10-mayga va paxta qabul qilish maskanlaridagi elektron tarozilar oʻlchovlarining har yili 10-avgustga qadar sinovdan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda paxta va don qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi tarozibon, laboratoriya xodimlari va boshqa xodimlarda “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari bilan ishlash boʻyicha koʻnikmalar doimiy shakllantirib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlari, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlari tashkil etgan paxta va don qabul qilish maskanlariga belgilangan tartibda xulosalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
573-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-sentabrdagi 573-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari orqali paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AgroDocs” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “AgroDocs” AT) — shartnoma va kelishuvlarni shakllantirish hamda tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga koʻmaklashuvchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agrotarozi” AT) paxta va don yetishtiruvchilarga elektron tarozilar orqali shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nosil qabuli” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Nosil qabuli” AT) — topshirilgan paxta va don mahsulotlarining miqdor va sifat koʻrsatkichlari, yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va statistik hisobotlarni yuritish uchun moʻljallangan tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik operator — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar — belgilangan tartibda “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” ATlarida roʻyxatdan oʻtgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, qabul qiluvchi va ishtirokchi subyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy kabinet — tizimda ruxsat berish (avtorizatsiya) jarayonidan oʻtgan foydalanuvchilarga elektron xizmatlar koʻrsatilishida ishtirok etishini hamda zarur axborotni joylashtirish, undan foydalanish, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishini taʼminlaydigan alohida sahifa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” ATlarini paxta-toʻqimachilik klasterlari, kooperatsiyalar, don qabul qiluvchi tashkilotlarning takliflariga koʻra takomillashtirish va integratsiya orqali maʼlumotlar taqdim etishni yoʻlga qoʻyish xarajatlari shartnomaviy asosda qoplanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” ATlaridan foydalanishning huquqiy masalalarini tartibga soluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Agrotarozi” ATning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Agrotarozi” ATning maqsadi quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini yetkazib berish boʻyicha birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan fyuchers va forvard shartnomalari, “AgroDocs” ATda paxta xomashyosini vaqtincha saqlash, don mahsulotlarining davlat xaridi, vaqtincha saqlash va urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida paxta va don qabul qilish, paxta xomashyosini majburiy hisobga olish boʻyicha “Nosil qabuli” ATda shaffoflikni va maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan fyuchers, forvard, spot, vaqtincha saqlash, urugʻlik va davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy oldi-sotdi shartnomalariga asosan belgilangan shartlarning bajarilishini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat standarti talablariga qatʼiy rioya etgan holda paxta va donni oʻz vaqtida va uzluksiz qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan paxtaning seleksiya va sanoat navlari, sinflari boʻyicha, urugʻlik paxtani avlodi va dala guruhi koʻrsatilgan holda alohida toʻdalarga toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarni paxta va don boʻyicha ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish jarayonidagi mavjud vaqt sarfi hamda operatsion xarajatlarni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan texnika va tirkamalar orqali qabul qilingan va saqlanayotgan paxtani tayyorlov maskanlaridan hamda donni qabul qilish shoxobchalaridan qayta ishlovchi korxonalarga joʻnatishda albatta tarozidan oʻtkazish va uning haqiqiy sifatini toʻgʻri aniqlash orqali hisob-kitobni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat infratuzilmasini rivojlantirish va ular tarmoqlarida mavjud boshqa masalalarni samarali hal etish uchun sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar “Agrotarozi” ATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaffoflik tamoyiliga asosan paxta va don qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish hamda ularni qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat resursi hisobidan yetishtirilgan donning elektron hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish hamda jamlashni texnik jihatdan tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilib oluvchi korxonalar tomonidan ularni topshiruvchi korxonalarning huquqlariga rioya etilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tayyorlov maskanlarida qabul qilish OʻzMSt 551:2025, Oʻz MSt 387:2024, Oʻz DSt 642, Oʻz DSt 880, Oʻz DSt 2823 davlat standartlari talablari asosida uning namligi hamda iflosligi har bir transport vositasi boʻyicha instrumental va sanoat navi organoleptik usulda aniqlanib, qabul qilish jarayoni uch bosqichli tizim boʻyicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — paxta va donning iflosligi va namligini aniqlash uchun undan belgilangan tartibda namuna olinib, laboratoriyaga joʻnatiladi hamda uning sanoat navi va sinfi aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — olib kelingan paxta va don elektron tarozida (brutto, tara) oʻlchanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — oʻlchovdan oʻtkazilgan paxta va don yuk xatida belgilangan gʻaramga yoki omborga tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berilgan paxta va don monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga oid moliyaviy, statistik va tahliliy maʼlumotlarni olishning dasturiy imkoniyatlarini takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Texnik operator hamda axborot tizimlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnik operator quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” AT maʼlumotlaridan xizmat doirasida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATga qoʻyiladigan talablarga javob beruvchi xususiy sektor vakillarining axborot tizimlaridan foydalanishni shartnomaviy asosda yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” AT orqali tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga tijoriy xizmatlarni koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar texnik operatorning majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” AT orqali elektron tarozi maʼlumotlarini haqiqiy vaqt rejimida “Nosil qabuli” axborot tizimida aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATning har bir ishtirokchisi tomonidan tizimga taqdim etiladigan maʼlumotlarning doimiy yangilab borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali (sunʼiy intellekt orqali fotofiksatsiyadan oʻtgan begona obyektlar yoki qayta oʻlchangan hamda keltirilgan miqdordan ortiq) yuklarni aniqlash algoritmlarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATda roʻyxatga olingan operatsiyalarning, shakllantirilgan va joʻnatilgan hisobotlarning hamda qabul qilingan shakllarning yaxlitligi va oʻzgarmasligini taʼminlagan holda ularning besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan foydalanuvchilarning “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” ATlarida ishlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlaridan foydalanish uchun nazorat qiluvchi organlarga maxsus imkoniyatlarni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATdan va undagi maʼlumotlardan ushbu Nizom talablari doirasida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron shakldagi arizalarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar foydalanuvchilarning majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATdan foydalanishda ushbu Nizom talablariga qatʼiy rioya etish, boshqa foydalanuvchi va tizim operatori faoliyatiga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qiluvchi korxonalar tovarshunos operator va laboratoriya xodimlarining zamonaviy kompyuter qurilmalari, uzluksiz elektr manbai va aloqa vositalaridan ish jarayonida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi kirish va chiqish yuklarini oʻlchaydigan elektron tarozilarga RTSP va RTMP protokollarini qoʻllab-quvvatlaydigan 2K (2048x1080) va undan yuqori aniqlikdagi videokuzatuv kameralarini kirishga (oldi va orqa tomondan) hamda chiqishga (oldi va orqa tomondan) kuzatuv kameralarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kamerlarini qarama-qarshi tomonga tarozidan 2 metr uzoqlikda va 3 metr balandlikda, markaziy nuqtaga nisbatan simmetrik, tarozi yuzasini toʻliq qamrab oladigan tarzda oʻrnatish va 15° — 30° burchak ostida pastda yoʻnaltirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATga elektron tarozilar yordamida haqqoniy va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavsum boshlangunga qadar paxta va don qabul qilish hamda ularni saqlashga alohida tayyorgarlik koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli omborxona va ayvonlar oʻtgan yillardan qolgan paxta va don qoldiqlaridan tozalanishi hamda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilishini sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamlash va gʻaramlash maydonchalarini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriy vositalarni tayyor holatga keltirish va ularning soz holatda ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tarozi va laboratoriya jihozlarini mavsumga tayyorlash hamda oʻlchov vositalarini davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish maskanlarining mavsumga tayyorligi boʻyicha Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tegishli xulosasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish hamda ularni toʻdalarga jamlashda mahsulotlar miqdoriga asosan joylashtirish sxemasini tasdiqlash hamda sxemaga muvofiq ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va donni seleksiya navi, avlodi, sanoat navi, sinfi boʻyicha korxonalardagi alohida saqlash maydonchalarida gʻaramlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda urugʻlik uchun keltirilgan paxta va donni seleksiya navi, avlodi, sanoat navi, sinfi boʻyicha maxsus omborxona va maydonchalarda alohida-alohida gʻaramlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATga yuborilayotgan maʼlumotlarning haqqoniy va shaffofligini taʼminlash, bunda paxta va don oʻrniga boshqa mahsulotlarni yoki yuklarni yuklash, bir xil paxtani qayta-qayta olib kirish, koʻrsatkichlarni yaxshilash maqsadida elektron taroziga paxta va donning namlik va ifloslik koʻrsatkichlariga gʻayriqonuniy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalardan qabul qilingan oʻz hisobidan yetishtirilgan paxta va donni alohida gʻaram hamda sigʻimlarda saqlash va ularni hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATdan foydalanishda faoliyatiga oid haqqoniy va ishonchli maʼlumotlarni kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilishdagi maʼlumot va boshqa axborotlardan foydalanishda qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Paxta va don qabul qilish jarayonlarida quyidagi holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari koʻrilishiga sabab boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kameralarini turli bahonalar bilan oʻchirgan yoki tarozidan boshqa tomonga qaratgan, toʻsgan holda paxta va don qabul qilishga urinishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
internet tarmogʻi uzilgan holda qabul qilingan paxta va don;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tarozidan oʻtkazilmasdan qabul qilingan paxta va don;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va don qabul qilish maskanlaridagi elektron tarozilardan ularning oʻlchovlarini oʻz muddatlarida sinovdan oʻtkazmasdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tarozidan paxta va don oʻrniga boshqa yuk, shuningdek, ogʻir texnika vositalari, ishchilarni oʻtkazishga urinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron taroziga tashqi taʼsir koʻrsatish orqali paxta va don qabul qilishga urinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir marta elektron tarozidan oʻtkazilgan paxta va donni olib chiqib, qayta elektron tarozidan oʻtkazishga urinish (gʻaramni buzish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
usti yopiq texnika vositasida yoki kuzatuv kameralarida koʻrinmagan yuklarni elektron tarozidan oʻtkazishga urinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir xil tashish texnikasida davlat raqamlarini almashtirgan holda, shuningdek, qisqa vaqt oraligʻida, aynan bir xil ogʻirlikda boʻlgan yuklarni elektron tarozidan oʻtkazishga urinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul tugagan va dislokatsiyaga qoʻshilmagan qabul maskanlari orqali yoki dislokatsiyaga oldindan kiritilmagan tashish texnikalarida paxta va donni oʻtkazishga urinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan paxta xomashyosining namlik va ifloslik koʻrsatkichlarini ketma-ket bir xil takrorlangan holda tizimga kiritish va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda paxta va don qabul qiluvchilar ish hajmidan kelib chiqib, axborot tizimlariga ikki yoki uch smenalik operatorlarni biriktiradi hamda uzluksiz ishlashini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga elektron tarozi orqali paxta va don qabul qilish jarayonlariga aralashish qatʼiyan man etiladi va bunday qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Agrotarozi” va “Nosil qabuli” ATlarida roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Foydalanuvchi internet axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayt orqali “Agrotarozi” va “Nosil qabuli” ATlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda foydalanuvchi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (OneID) roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Foydalanuvchilar “Agrotarozi” va “Nosil qabuli” ATlarida roʻyxatdan oʻtish jarayonida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jismoniy shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning STIR va rahbarining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs vakilining mobil telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashgan joyi va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yoʻnalishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilarning boshqa maʼlumotlari idoralararo maʼlumot almashinuvi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Foydalanuvchilar “Agrotarozi” ATdan roʻyxatdan oʻtishda axborot tizimidan foydalanish shartlarini qabul qilish boʻyicha elektron shaklda shartnoma imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi uchun “Agrotarozi” ATda shaxsiy kabinet yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Foydalanuvchilar oʻz shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilgan harakatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Foydalanuvchilar tomonidan “Agrotarozi” AT orqali taqdim etilgan maʼlumotlarda nomutanosibliklar aniqlanganda, uning foydalanish huquqi vaqtincha toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchi tomonidan xatoliklar bartaraf etilgandan soʻng uning “Agrotarozi” ATdan foydalanish huquqi bir ish kunida qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Foydalanuvchilarning faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda, uning “Agrotarozi” ATdan foydalanish huquqi ham toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “Texnikalar hisobi” axborot tizimini “Agrotarozi” AT bilan integratsiya qilish orqali davlat roʻyxatiga olingan tirkamalarning mulk egalari va ularning davlat raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Paxta va don tovar-transport yuk xati asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjaliklar bitta yuk xati bilan barcha sifat koʻrsatkichlari bir xil boʻlgan paxta va donni topshirish uchun yuborishlari kerak, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bitta seleksiya, sanoat navi va sinfiga oid;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) avlodi va dala guruhi bir xil urugʻlik paxta va don.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Paxta va gʻalla maydonlarida oʻtkazilgan aprobatsiya natijalariga muvofiq mutaxassislar ishtirokida rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklari bilan zararlangan xomashyolar tayyorlov maskaniga alohida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Paxta va don ushbu Nizomning 6-bandiga asosan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Paxta va dondan namuna olish jarayonlarida tayyorlov maskanlarining namuna oluvchisi hamda paxta va don topshiruvchi korxonalar vakili qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermerlari kengashi vakili va topshiruvchi — fermer xoʻjaligi rahbari yoki uning nomidan ish yurituvchi ishtirokida (kuzatuvida) keltirilgan paxta va don toʻdasidan OʻzMSt 387:2024 boʻyicha birlashtirilgan namuna tanlab olinadi hamda Oʻz MSt 551:2025, Oʻz DSt 642, Oʻz DSt 880, Oʻz DSt 2823 davlat standartlari va ushbu Nizom talablari va shartlariga mosligini aniqlaydi, OʻzMSt 554:2025 standarti boʻyicha etalon namunalarga taqqoslab, tashqi koʻrinishi va rangi boʻyicha dastlabki klassifikatsiyasini oʻtkazadi hamda sanoat navini aniqlaydi va yuk xatini toʻldirib, rangi va tashqi koʻrinishi boʻyicha qaysi sanoat naviga mosligini qayd qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxtaning sanoat navi boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelgan hollarda laboratoriya tahlil xonasida LPS-4 (ASX) qurilmasida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha sanoat navi yakuniy tarzda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Namuna oluvchi va operator har bir namunaning toʻgʻri olinishiga shaxsan moddiy javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qabul qilinayotgan paxtaning sifat koʻrsatkichlari standart talablariga mos kelmasa, sabablari koʻrsatilgan holda paxta topshiruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tovarshunos operator “Agrotarozi” ATga transport vositasida yuklangan paxta va donni “brutto” massasida tegishli parametrlarini kiritgandan soʻng ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash hamda oʻlchash imkoniyati paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Brutto” massasi avtomatik tarzda oʻlchanib, kompyuterga kiritiladi va markaziy kompyuter tarmogʻiga uzatiladi hamda yuk xatida “brutto” massasi yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Namuna oluvchi laboratoriya tahlillarini qayd qilish maʼlumotnomasini 2 nusxada toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda laboratoriya tahlillarini qayd qilish maʼlumotnomalari ID raqamli shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Laboratoriya namunani olgandan soʻng har bir qabul qilinayotgan toʻda namunasi boʻyicha namlik va ifloslikni aniqlash uchun tahlillar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish jarayonida eʼtirozlar yuzaga kelganda, hududlarda tashkil etilgan arbitraj guruhlarining ishonch telefoniga murojaat qilishi va ularning xulosasini olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tovarshunos operator laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan sifat koʻrsatkichlarini “Agrotarozi” ATga kiritadi hamda qabul qilinayotgan paxtaning jamlanadigan toʻda va gʻaramining tartib raqamini belgilaydi hamda uchinchi bosqichga yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Keltirilgan paxta va don yuk xatida belgilangan joyga topshiruvchi ishtirokida tushiriladi. Tushirish jarayonida toʻkilayotgan paxta va donni koʻzdan kechirib, yuk xatida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlari va standart talablariga mosligini kuzatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Dispetcher sifat koʻrsatkichlari tasdiqlangan paxta va donni qabul qilgani haqidagi yuk xatiga imzo qoʻyadi hamda boʻshagan tirkamali transport vositasini elektron tarozida oʻlchash uchun tovarshunos operatorga yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqichda sifat koʻrsatkichlari tasdiqlanmagan, begona jismlar aniqlangan hollarda paxta va donni tushirish toʻxtatiladi hamda maskan mudiri xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tovarshunos operator boʻshatilgan transport vositasi massasini elektron tarozida tortadi, “tara” massasi aniqlanadi, bunda tizimda tirkamalar turi va texnik xususiyatlaridagi vazni +/-10 foiz oraligʻida ogʻirlikka ega boʻlgach, tizimda maʼlumotlarni saqlash imkoniyati paydo boʻladi va qabul qilingan paxtaning netto massasi avtomatik tarzda aniqlanadi. Davlat raqami belgisi boʻyicha bir soat oraligʻida qayta brutto oʻlchovini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarozidagi oʻlchov natijalari topshiruvchining yuk xatiga yoziladi. Shuningdek, ushbu natijalar markaziy tarmoqqa onlayn uzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Paxtada PK-17 va donda PK-10, PK-10A shakllardagi qabul kvitansiyasi uchun maxsus raqamlangan bir xil formatda “Nosil qabuli” ATda shakllanadi. Ularning ikki tomonlama imzolanishi “AgroDocs” ATda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxtani qabul qilish varaqasi (PK-17 shakl) ushbu Nizomga ilovaga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tayyorlov maskani mudiri, qabul qiluvchi va katta buxgalter PK-17 yoki PK-10, PK-10A shakllari qabul kvitansiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga, paxta va donning amaliy va konditsion vaznining haqiqiy miqdori, seleksiya va sanoat navi, sinfi va jamlash joylari boʻyicha qabul qilinganiga hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarning (chegirma va ustamalarni hisobga olgan holda) toʻgʻriligiga shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Milliy statistika qoʻmitasi integratsiya orqali “Nosil qabuli” ATda rasmiylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanadi. Bunda paxta va donni qabul kvitansiyalari maʼlumotlari orqali shakllangan PK-17 yoki PK-10, PK-10A shakllari asosida Milliy statistika qoʻmitasi hisobotlarni yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa hujjat paxta va don tayyorlash toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xarid rejasining bajarilgani haqidagi hisobotda har bir xoʻjalik tomonidan qabul kvitansiyalari asosida topshirilgan paxta va donning konditsion vazni hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchidan paxta va donni tilxat yoki boshqa turdagi qogʻoz shakldagi hujjatlar asosida qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu talab paxta va donning barcha navlariga, shu jumladan, alohida saralab terilgan, oilasi boʻyicha terilgan va tajribaviy urugʻlik namunalari uchun ham taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Oʻn ming tonnadan ziyod paxta va don qabul qilish hajmiga ega boʻlgan hamda ikkita alohida hududi mavjud tayyorlov maskanlarida paxta va donni ikki korxona tomonidan qabul qilishni tashkil etish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir korxonada qabul qiluvchi operatorlar boshchilik qiladi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosasiga asosan ijara shartnomalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Paxta qabul qilish kuni soat 24:00 da yakunlanadi va kunlik hisobotlar fizik vaznda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan texnik va urugʻlik paxta xomashyosi hajmlari tegishli PK-17 qabul varaqalari va hisob-fakturalar ikki tomonlama elektron raqamli imzo orqali rasmiylashtirilgandan soʻng fizik va hisobga olingan vaznda “Nosil qabuli” ATda aks ettirib boriladi. Manfaatdor idoralar ushbu tizim foydalanuvchilari sifatida kunlik va mavsumiy maʼlumotlardan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Elektron hujjatlar aylanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Foydalanuvchi bilan “Agrotarozi” ATdan foydalanish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan majburiyatlar elektron hujjatlar aylanishi shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Foydalanuvchi “Agrotarozi” ATdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashi bilan birga ushbu axborot tizimi orqali elektron hujjatlar aylanishiga oʻz roziligini bildirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. “Agrotarozi” ATda elektron hujjatlar aylanishi jarayonida elektron raqamli imzo kalitlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. “Nosil qabuli” AT Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tijorat banklarining soʻroviga koʻra, mijozlari hisoblangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va qabul qiluvchilar toʻgʻrisidagi topshirilgan hamda qabul qilingan paxta va don hosili boʻyicha maʼlumotlarni olish va foydalanishlari uchun texnik operator bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari toʻlov topshiriqnomalari va hisob-fakturalarning rasmiylashtirilgan maʼlumotlaridan foydalanishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan holatlar “Agrotarozi” ATda aniqlanganda, integratsiya orqali boshqa vazirlik va idoralarga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Agrotarozi” AT boʻyicha texnik xizmatlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. “Agrotarozi” AT operatori quyidagi texnik xizmatlarni koʻrsatish majburiyatini zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchiga “Agrotarozi” ATdan foydalanish boʻyicha maslahat berish, ushbu axborot tizimidan foydalanish boʻyicha foydalanuvchining murojaatiga javob qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATning dasturiy taʼminotida yuzaga kelgan va ushbu axborot tizimining funksional imkoniyatlarini bajarishga taʼsir koʻrsatadigan xatoliklarni qisqa vaqtda bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATda yuzaga kelgan uzilishlar va ushbu axborot tizimiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida foydalanuvchini oʻz vaqtida xabardor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. “Agrotarozi” AT operatori zarur hollarda foydalanuvchiga shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlarga asosan qoʻshimcha texnik yordam koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. “Agrotarozi” AT texnik operator quyidagi hollarda javobgar hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” ATdan foydalanish davrida umumiy foydalanish uchun moʻljallangan aloqa tarmoqlarining texnik nosozligi, foydalanuvchining internet axborot tarmogʻidan foydalanishining cheklanishi, maʼlumotlarni uzatish va qabul qilish jarayonidagi aloqa tarmoqlaridagi boshqa texnik nosozliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchining “Agrotarozi” ATga kirishi uchun maskanda ruxsatning cheklanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchining apparati yoki dasturiy taʼminotidagi texnik nosozliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrotarozi” AT operatorining bevosita nazorati ostida boʻlmagan boshqa holatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi tomonidan “Agrotarozi” ATga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga, shuningdek, fors-major holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. “Agrotarozi”, “Nosil qabuli” va “AgroDocs” ATlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

kod

kod

(respublika, viloyat)

(tuman)

(tuman)

(tashkilot)

(massiv)

(maskan, korxona)

(klaster, fermer, kooperatsiya, korxona, xoʻjalik)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

kun

oy

yil

oʻlchov birligi

kg

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

QABUL QILISH VARAQASI _______________

________________________ (raqami)

20___ yilgi paxta xaridi uchun

I. Qabul qilingan paxtaning tabiiy ogʻirligi

T/r

Yuk xati raqami

Terim turi

Jamlangan toʻda raqami

Seleksiya navi

Sanoat navi

Sinfi

Sof tabiiy vazni

qoʻlda

mashinada

1.

2.

Jami:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

II. Paxtaning jamlangan toʻdalari va navlari boʻyicha qabuli

Ayvon ombor yoki saqlov joyi raqami

Toʻda raqami

Seleksiya navi

Avlodi

Sanoat navi

Sinfi

Sof tabiiy vazni

(netto)

Iflosligi, foiz

Iflosligi meʼyorga keltirilgandagi hisobiy vazni

Namligi, foiz

Ifloslik va namligi meʼyorga keltirilgan hisobiy (konditsion) vazni

Xarid narxi, QQS bilan, kg/soʻm

Summasi, QQS bilan, soʻm

urugʻlik

texnik

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

Xarid narxi: (Shartnomadagi bahosi, kg/soʻm) * (1-sanoat navi, 2-sinf) = ______ soʻm

Paxta xomashyosining iflosligi va namligi uchun hisoblangan ustama miqdori ______ kg

Paxta xomashyosining iflosligi va namligi uchun hisoblangan chegirma miqdori ______ kg

Saqlash uchun qabul qilgan katta saralovchi _______________________________ _____ Topshirgan xoʻjalik vakili _________________________________________

___________________________________________ (imzosi yoki ERI orqali imzosi) __________________________________________ (imzosi yoki ERI orqali imzosi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

III. Qabul qilingan paxtaning hisob-kitobi

Mazmuni

raqam

Summa, soʻm

Bir kunda

Mavsumda

Paxtaning xarid narxi boʻyicha qiymati, QQS bilan

31

Qoʻshimcha toʻlovlar: Tashib keltirilgani uchun, QQS bilan (summa)

32

Urugʻlik paxta uchun, QQS bilan

33

shundan, QQS (31+32+33 da 12 foiz)

34

Jami hisoblandi (31+32+33)

35

Paxta tayyorlov maskani rahbari __________ (imzosi yoki ERI orqali imzosi)

Katta buxgalter: ___________ (imzosi yoki ERI orqali imzosi)

M.Oʻ.
 
(yoki QR-kod va elektron raqamli imzo, rekvizitlari)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 09/25/573/0814-son)