03.09.2025 yildagi 560-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-martdagi PF-47-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy tashuvchi orqali olib chiqiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlarni shartli chiqarib yuborish qoidalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
560-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 560-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning (keyingi oʻrinlarda — olib chiqiladigan tovarlar) bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari bojxona toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilgan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) tovarlarga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qiymati deklaratsiyasi — bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etayotgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — deklaratsiyalovchi shaxs) — bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan shartnoma asosida taqdim etish vakolatiga ega boʻlgan bojxona brokerining bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy tashuvchi — raqamli mahsulotlarni yaratish, qayd etish, uzatish, qabul qilish, saqlash yoki boshqa tarzda ishlatish uchun qoʻllanadigan magnit, optik, lazerli yoki boshqa elektron axborot tashuvchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati — tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli distributsiya — raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan, internet jahon axborot tarmogʻi orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna boʻlish va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati ushbu Nizomning 2-bobida keltirilgan usullariga muvofiq bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umumiy qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan, olib chiqilishi moʻljallangan mamlakatga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda tanlangan usul va maʼlum qilingan bojxona qiymatini hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi nazorat qilinishi bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (keyingi oʻrinlarda — Kodeks) 319-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 1-usul);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 2-usul);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — 3-usul);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymatlarni qoʻshish asosida (keyingi oʻrinlarda — 5-usul);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira usul (keyingi oʻrinlarda — 6-usul).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 1-usul qiymatli asosga ega boʻlgan tashqi savdo bitimlariga muvofiq olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Olib chiqiladigan tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday tovarning bojxona qiymati 2 va 3-usullar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-usullar ilgari 1-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga doir bitim qiymatidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos qilib olinadigan baza sifatida foydalanishga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan amalda mavjud boʻlgan tashqi savdo bitimlari narxi va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan maʼlumotlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 5-usul tovarni ishlab chiqarish va olib chiqish uchun ketadigan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 6-usul oʻzidan oldingi usullardan hech birini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlmaganda qoʻllaniladi. 6-usul boʻyicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud boʻlgan narx maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona organi tovarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydigan boʻlsa, u 1 — 3 va 5-usullarning shartlarini qoʻllashda bir muncha qayishqoqlikni nazarda tutuvchi 6-usuldan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona organi tomonidan Kodeksning 315-moddasi sakkizinchi qismida belgilangan normalar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini 1-usul boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni tovarni eksportga sotishda tovar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan vaqtda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Nizomning 24 va 25-bandlari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqiladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaxsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqiladigan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga sotuvchining uchinchi shaxs oldidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga yoki uchinchi shaxsga yetkaziladigan tovarlarni sotish sharti sifatida amalga oshirilgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotilgan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotilgan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 1-usul quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bitimning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan cheklovlar va (yoki) shartlar mavjud boʻlsa, quyidagi cheklovlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni qayta sotish mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovar bojxona hududidan qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib chiqilayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) olib chiqiladigan tovarni sotib oluvchi tomonidan keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning har qanday qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yoxud notoʻgʻri boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar bundan mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sotuvchi tomonidan sotib oluvchining tovarlardan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlariga bevosita yoki bilvosita cheklovlar belgilanganda, 1-usul qoʻllanilmaydi. Quyidagi cheklovlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovarni qayta sotish mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, sotuvchi tovarni olib chiqilishi moʻljallangan mamlakatda oʻzining aniq bir hududdagi sotuvchilariga sotadi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi toʻgʻrisidagi shart qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar. Agar narxga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan shart mavjudligi haqida maʼlum qilinsa, unda 1-usulning qoʻllanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy oʻzgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin boʻladi. Agar narxga miqdoriy taʼsir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin boʻlmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish kerak boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, sotuvchi texnikani sotib oluvchiga undan olib chiqilishi moʻljallangan mamlakatda faqat davlat dasturlari doirasida foydalanadi degan shart bilan sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 1-usul qoʻllanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qoʻllanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha cheklovlarni baholashda, ularning 1-usuldan foydalanishi imkoniyatiga taʼsiri nuqtai nazaridan asosiy mezon boʻlib, bu bitimning qiymatiga maʼlum bir shartning taʼsir darajasidir. Cheklov bitim narxiga taʼsir koʻrsatmasa, u 1-usuldan foydalanishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sotuvchi huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, unda 1-usul qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 1-usul qiymat asosiga ega boʻlmagan tashqi savdo bitimlariga nisbatan qoʻllanilmaydi. Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga namuna sifatida 5 dona uskunani yetkazib berishi koʻzda tutilmoqda. Mazkur holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarning konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasidagi yetkazib beruvchi oʻz agentiga bir turkum poliz mahsulotlarini qulayroq shartlarda sotish uchun yetkazib berishni moʻljallagan. Ushbu holatda agent poliz mahsulotlarini sotib olmaydi, yaʼni uning egasiga aylanmaydi va poliz mahsulotlarini sotishdan koʻrilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi toʻlanishi hisobga olingan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovarni vositachiga sotmasdan vositachi orqali tovarning yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasidagi yuridik shaxs boʻlgan korxona Belgiya davlatida joylashgan oʻzining nomidan faoliyat yuritmaydigan filialiga ega. Ular oʻrtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarning ayirboshlash yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi koʻrsatilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarning lizing operatsiyalari doirasida yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda tovarga nisbatan mulk huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga oʻtmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovar muayyan vaqtdan soʻng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarib berilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tovarning vaqtincha olib chiqish maqsadida yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) muayyan vaqtdan soʻng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan yengil avtomashinani vaqtincha foydalanish uchun isteʼmolchiga vaqtincha olib chiqish shartlarida yetkazib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tovarning tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) nazarda tutilgan kafolatlar asosida yetkazib berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, kafolat muddati davomida yetkazib berilgan uskunaning alohida mexanizmlari ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar bitimni tuzishda baholanadigan tovarlar qiymatini aniqlashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga toʻsqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan boʻlsa, bunday holatda 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas. Bunday shartlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi olib chiqiladigan tovarlarga narxni sotib oluvchi muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx koʻrsatilmagan holda sotib oladi degan shart asosida belgilaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarlarning narxi xuddi shunday tovarlar sotib oluvchining eksport qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bogʻliq boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx olib chiqiladigan tovarlarga aloqasi boʻlmagan haq toʻlash shakli asosida belgilanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotib oluvchiga sotish shartini nazarda tutganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shartlar mavjud boʻlsa, ularning bitim qiymatiga taʼsir etgan yoki etmagani va bunday taʼsirni miqdoriy jihatdan aniqlash mumkinligiga oydinlik kiritilishi kerak. Faqatgina shartning qiymatga taʼsirining miqdoriy jihatini aniqlash mumkin boʻlsa hamda maʼlum qilingan narx haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx boʻlsa, 1-usulni qoʻllash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar tuzilgan bitim shartlariga koʻra, sotib oluvchi tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilishidan soʻng tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga oʻtkazishi kerak boʻlganda lekin bunday qism miqdori yoki uni aniqlash usuli shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bitim shartlariga koʻra tushumning oʻtkaziladigan qismi miqdorini hisoblab chiqarish mumkin boʻlsa, unda bojxona qiymati ikki bosqichda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda tovar olib chiqilishi vaqtida bojxona qiymati muvaqqat (shartli) baholash orqali 1-usul bilan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilgandan soʻng tushgan tushum miqdori va sotuvchiga oʻtkazilgan yoki oʻtkaziladigan mablagʻ toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim etiladi. Ushbu maʼlumotlar asosida bojxona qiymati va shunga muvofiq undirilishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasiga tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bojxona qiymatini tasdiqlash uchun deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organiga ishonchli, miqdoriy jihatdan aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlardan iborat boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Bunda bojxona qiymatini tasdiqlash uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur tarzda rasmiylashtirilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni toʻldirishning tegishli qoidalarida (yoʻriqnomalarida) nazarda tutilgan barcha zarur rekvizitlar va maʼlumotlarni oʻzida aks ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida yetkazib berish va (yoki) umuman bitim boʻyicha toʻlovlar va hisob-kitoblarni identifikatsiyalashni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning rahbari, bosh buxgalteri imzolari va muhri yoxud yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsning (buxgalteriya hujjatlariga nisbatan) imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qiymati deklaratsiyasida olib chiqilishi moʻljallangan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan summalar hujjatlar asosida tasdiqlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻlovlar bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita toʻlovlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasining valyuta qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq har qanday shaklda toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirilishi nazarda tutilsa, bilvosita toʻlovlar sotib oluvchi topshirigʻiga koʻra yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talabga muvofiq, bojxona qiymati deklaratsiyasida koʻrsatilgan barcha elementlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda, bojxona qiymati faqatgina 1-usul bilan aniqlanishi mumkin, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim narxi — toʻlash uchun hisobvaraq-faktura (invoys) orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim qiymatiga qoʻshimcha hisoblanmalar — toʻlov va bunday xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobdan chiqariladigan (chegiriladigan) xarajatlarning summalari — toʻlov va bunday xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmasa, qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim narxiga qoʻshimcha kelishuvlar kiritilib, unga asosan tovar narxi pasaytirilgan taqdirda, uning asosli ekanligi qoʻshimcha hujjatlar bilan toʻliq tasdiqlab berilganda bitim narxi qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqlik belgilari Kodeksning 307-moddasi talablari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida aloqadorlikning mavjudligi bitimning maʼlum qilingan qiymatini tan olmaslik va 1-usulni qoʻllashni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqiladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqlik belgilari mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi tomonidan bitimning amaldagi holatlari oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda bojxona organi deklarantni yoki bojxona brokerini mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinishi mumkin. Bunda baholanayotgan tovar olib chiqilishidan oldin yoki olib chiqilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida oʻzaro bogʻliqlikning bitim narxiga taʼsiri yoʻqligi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi usullardan biri bilan isbotlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar, shu jumladan, bojxona organi tomonidan qoʻshimcha ravishda soʻralgan, sotish bilan bogʻliq holatlarni tavsiflovchi (aks ettiruvchi) hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlarning olib chiqiladigan tovar narxiga taʼsirini aniqlash maqsadida bojxona organi sotish bilan bogʻliq holatlarni tahlil qilganda bitimning barcha shartlarini, shu jumladan, sotib oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi tijorat munosabatlarini qanday tashkil etishini va olib chiqilayotgan tovarlarning narxi qanday belgilanganligini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar deklarant oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlgan sotib oluvchi va sotuvchi olib chiqilayotgan tovarlarni bir xil shartlarda, shu jumladan, solishtirma narxlarda (yaʼni bir xil darajadagi narxlarda) oʻzaro sotayotganliklarini va sotib olishlarini yoki ular oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlmaganligini isbotlasa, bu holat sotuvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi munosabatlar olib chiqilayotgan tovar narxiga taʼsir qilmaganligidan dalolat beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovar olib chiqilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqin ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqish moʻljallangan mamlakatga eksport qilish uchun sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu bandning “b” kichik bandi ikkinchi — uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotib oluvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotib oluvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Koʻrib chiqilayotgan bitim shartlariga muvofiqligini hisobga olgan holda, 1-usul qoʻllanilishi mumkinligi belgilangandan soʻng maʼlum qilingan qiymatga ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq tuzatish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qiymatini aniqlashning boshlangʻich nuqtasi har doim haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan qiymatni, yaʼni sotib oluvchi sotuvchiga toʻlagan yoki toʻlashi lozim boʻlgan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida sotib oluvchi tomonidan tovar uchun hisob haqi toʻlanmagan boʻlsa, unda bojxona organiga haqi toʻlanmagan hisobvaraq-faktura (invoys) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnoma shartlarida faktura qiymatidan chegirmalar nazarda tutilgan va bojxona rasmiylashtiruviga qadar ushbu chegirmalar inobatga olingan holda hisob toʻlangan hamda chegirma berish asoslari bitimda va hisobvaraq-fakturada (invoys) aniq koʻrsatilgan boʻlsa, bojxona qiymatini aniqlash uchun amalda toʻlangan summa asos sifatida qabul qilinadi (yaʼni chegirmalar inobatga olinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllashni rad etishga asos boʻlib hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda bojxona organi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi), tovarning kuzatuv hujjatlari, tovarning tashqi koʻrinishida (qadogʻida, oʻramida va boshqalar) mavjud boʻlgan tovar haqidagi maʼlumotlar asosida uning ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati va boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni aniqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli bandida tovar tavsifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish bilan birga, uning ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakati haqidagi axborotlarni ham kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bojxona koʻzdan kechiruvi yoki koʻrigini oʻtkazish jarayonida tovarning miqdori tovar kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganiga nisbatan farq aniqlanganda, biroq uning qiymati bojxona qiymatini maʼlum qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar bilan tasdiqlansa, tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini belgilashda olib chiqilayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan narxga quyidagi xarajatlar qoʻshiladi, agar ular koʻrsatilgan narxga kiritilmagan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyigacha (punktgacha) yetkazib berish boʻyicha xarajatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportda tashish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalash qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sotuvchi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vositachilik va brokerlik haqi, tovarni xarid qilish boʻyicha vositachilik haqi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrov-joylashning qiymati, shu jumladan, oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) eksportga sotish uchun sotib oluvchi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga bepul yoki pasaytirilgan narx boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlar va yetkazib beradigan tovarlar qiymatining tegishli qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xomashyo, materiallar, detallar, yarimtayyor fabrikatlar hamda olib chiqiladigan tovarning tarkibiy qismi hisoblanadigan boshqa butlovchi qismlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumentlar, shtamplar, shakllar hamda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa shu kabi predmetlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan yordamchi materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, dizayn, badiiy jihozlash, olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita zarur boʻlgan eskizlar va chizmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, eksport qilinadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida koʻpaytirish (dublikat qilish) huquqi uchun toʻlovlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) olib chiqiladigan tovarni keyinchalik biron-bir tarzda qayta sotish, tasarruf etish yoki ulardan foydalanishdan olingan, tovar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilgandan keyin sotuvchiga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻladigan tushumlarning har qanday qismining qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “a” — “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan xarajatlarni bojxona qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi, agar ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqatda mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xolisona va miqdor jihatidan belgilanadigan maʼlumotlar asosida hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda nazarda tutilgan tovar qiymatiga kiritilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu xarajatlarning miqdorini belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin boʻlmasa, bojxona qiymati olib chiqiladigan tovarlarning oldi-sotdi qiymati asosida aniqlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlar olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi olib chiqilayotganda, tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narxiga kiritilgan va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bojxona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bojxona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sugʻurtalash qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojxona toʻlovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning narxi mavjud boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan xarajatlar ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati 1-usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) majburiy tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli axborot tizimi tomonidan shakllantirilgan tashqi savdo bitimi (shartnoma, kontrakt) yoki invoysning identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobvaraq-faktura (invoys);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashqi savdo bitimida (shartnomasida, kontraktida) belgilangan shartlardan kelib chiqib, ushbu Nizomning 24 va 25-bandlariga asosan maʼlum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim boʻlganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga toʻkish boʻyicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi) va bu xizmatlar uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) toʻlangan boʻlsa), transport tariflari toʻgʻrisidagi hujjatlar (maʼlumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotuvchi tovarni oʻzining transportida tashigan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vositachilik yoki brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma va bu xizmatlar uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari, baholanayotgan tovarga taalluqli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqiladigan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtadigan tushumning har qanday qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konteyner va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, oʻrash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati toʻgʻrisidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank toʻlov hujjatlari, agar mazkur xarajatlar sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib chiqiladigan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga qoʻshilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovarlar turkumi uchun chegirma berish asosi va ularning miqdorini koʻrsatuvchi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona organlari qoʻllaydigan xavfni boshqarish tizimi tomonidan oʻrta yoki yuqori koʻrsatkichga ega xavf darajasi aniqlangan hollarda, agar maʼlum qilingan bojxona qiymati oxirgi toʻqson kalendar kun ichida olib chiqilib, 1-usulda qabul qilingan tovarning bojxona qiymatidan past boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja kotirovkalari (agar bunday tovar birja savdolarida sotiladigan tovar turkumiga mansub boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqilayotgan tovarlarning ishlab chiqaruvchisini kataloglari, spetsifikatsiyalari, narxlar preyskurantlari (prays-varaqlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanilayotgan tovarga ishlab chiqaruvchining kalkulyatsiyasi (agar ishlab chiqaruvchi uni sotuvchiga taqdim etishga rozi boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar va ular uchun toʻlov hisoblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar toʻqson kalendar kun ichida aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar 1-usulda olib chiqilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bir yuz sakson kalendar kun ichida ushbu usulda olib chiqilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning bojxona qiymati solishtirish uchun qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida keltirilgan hujjatlarni taqdim etishning imkoniyati mavjud boʻlmasa, sotuvchi yoki sotib oluvchining yozma tushuntirishlari, shu jumladan, bunday hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi olib chiqiladigan tovarlar bilan tuzilgan bitim qiymatiga taʼsir qilmaganligini tasdiqlash maqsadida ixtiyoriy ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun sotilganda, uning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan boshqa mamlakatlarga yuborilgan aynan bir xil tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini 2-usul boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. 2-usul bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Aynan bir xil tovar deganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan tovarlar yetkazib beriladigan va eksport qilinadigan mamlakatga olib chiqish uchun sotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs ishlab chiqargan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar tovarning bitim qiymati import mamlakatida bajarilgan loyihalashtirishning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar aynan bir xil tovar bojxona hududidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovar olib chiqilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib chiqilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib chiqilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududidan olib chiqish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib chiqilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Nizomning 24-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. 2-usulni qoʻllashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan boʻlsa va bunday tovar rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilgan boʻlsa, bojxona organi bunday bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoidalar 2-usul bilan baholanayotgan tovar boʻyicha rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilib, asos sifatida foydalanilayotgan ilgari rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqish mamlakati maʼlum boʻlgan bojxona qiymatiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashda ushbu Nizomning 22-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. 2-usulni qoʻllashda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. 2-usulni koʻllashda tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. 2-usulni qoʻllash uchun deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) majburiy tartibda bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati 1-usul boʻyicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarga tegishli boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxat raqami va unga tegishli tovar tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim boʻlgan hollarda tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyigacha (punktgacha) yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjatlar tovarni yetkazib berish sharti, transport turi yoki geografik manzillarda farq boʻlganda, taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu maʼlumotlar bir xil yoki miqdoriy jihatdan bir-biriga yaqin boʻlsa, shuningdek, 2-usulni qoʻllash uchun asos boʻlgan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan taqdim etilsa, mazkur hujjatlar taqdim qilinmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini 3-usul boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. 3-usul bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu bobda koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Oʻxshash tovar sifatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasada, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan, sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan tovarlar yetkazib beriladigan va eksport qilinadigan mamlakatga olib chiqish uchun sotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sotilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. 3-usuldan foydalanilayotganda ushbu Nizomning 29 — 38-bandlari qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini 5-usul boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. 5-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu bandning “a” kichik bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni eksport qilishda odatda sotuvchi tomonidan olinadigan foyda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomning 24-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. 5-usulni qoʻllash uchun taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar manfaatdor shaxs tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Baholanadigan tovarni tayyorlashda materiallar qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) qayta ishlashga sarflanadigan xarajatlar, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etilgan baholangan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanishi kerak. Bunday hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan hisobga olishning umumiy qabul qilingan tamoyillariga muvofiq keladigan shart bilan, ular ishlab chiqaruvchining tijorat hisobotlariga asoslanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Umumiy xarajatlar hajmi ushbu Nizomning 42-bandi “a” kichik bandida aks ettirilgan hamda tovarning ishlab chiqarilishi va eksportga sotilishiga doir bevosita va bilvosita boshqa xarajatlarni ham qamrab olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Agar eksport qilinadigan tovarning bojxona qiymatini 1 — 3-usullar asosida aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan kalkulyatsiya hujjatlari asosida bojxona qiymatini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlib, bunda ushbu Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan xarajatlar olib chiqiladigan tovarning hisoblab chiqarilgan qiymati boʻyicha bojxona qiymatiga qoʻshilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Sotuvchi tomonidan olinadigan foyda miqdori baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni eksport qilishda eksportyor tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etilgan maʼlumotlarning baholanayotgan tovarlar klassidagi yoki shu turdagi tovarlarning sotilishidagi koʻrsatkichlarga muvofiqligiga eʼtibor qaratish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlarni tahlil etishda “foyda va xarajatlar miqdori” bir butun sifatida koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar biron-bir alohida holatda sotuvchi foydasining miqdori unchalik katta boʻlmasa hamda uning umumiy xarajatlari yuqori boʻlsa, unda uning foydasi va birga olingan umumiy xarajatlari, odatda shunday klassdagi yoki turdagi tovarlar sotilishida aks etadigan bunday koʻrsatkichlarga muvofiq kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, mahsulot import mamlakatidagi bozorga chiqqanda va sotuvchi ushbu bozorni oʻzlashtirish bilan bogʻliq yuqori umumiy xarajatlarni qisman oʻzining foydasi hisobidan qoplash uchun foydani nol yoki past darajada qabul qilganda vujudga kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. 5-usulni qoʻllash maqsadlari uchun sotuvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etilganidan tashqari hujjat va maʼlumotlardan foydalanilayotgan boʻlsa, bojxona organi bunday axborotlarning manbasini, foydalanilgan maʼlumotlar hamda ular asosida amalga oshirilgan hisobotlar toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerini, agar u bu haqda soʻrasa, xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. 5-usulni qoʻllashda hech qanday xarajatlar va materiallarning qiymati ikki marotaba hisobga olinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. 5-usulni qoʻllash uchun deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va oʻrash-joylash, shu bilan birga, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik ishlari, badiiy bezatish, dizayn, eskizlar yoki chizmalar xarajatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻlanganligi umumeʼtirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan tijorat hisobvaraqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqaruvchi va (yoki) sotuvchining baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni eksport qilishda sotuvchi tomonidan olinadigan foyda va ushbu Nizomning 45-bandda qayd etilgan xarajatlarning hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bitim shartlariga muvofiq sugʻurta hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulyatsiyasi), Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan joyigacha (punktgacha) yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini 6-usul boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Agar tovarning bojxona qiymatini deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan 1 — 3 va 5-usullarni ketma-ketlikda qoʻllash orqali aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarga hamda aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarni bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Agar bojxona organi olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan 6-usul bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday maʼlumotlarning manbalari toʻgʻrisida xabar beradi. Bojxona organi zaxira usulni toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday axborotni yigʻib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Quyidagilar bojxona organining ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi axborot hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona yuk deklaratsiyalari elektron bazasi maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil manbalardan olingan narxlar (ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlar, ularning uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalari, rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlar yoki distribyutorlarning maʼlumotlari, shuningdek, narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. 6-usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon va (yoki) ichki bozordagi narxlarga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholanayotgan tovarlarning yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. 6-usulni qoʻllash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojxona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) eng past bojxona qiymatlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “v” — “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib, tovarning bojxona qiymatini 6-usul bilan aniqlashda bojxona organi oʻrtacha bojxona qiymatiga asoslanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ushbu Nizomning 52-bandiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqiladigan tovarlarning ushbu bandga muvofiq belgilangan bojxona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojxona qiymatlariga asoslanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yoʻl qoʻyilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqish muddatlariga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanayotgan tovarni eksport qiluvchi mamlakatdagi boshqa ishlab chiqaruvchi, shuningdek, eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa bir mamlakatda ishlab chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida foydalanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari 5-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona qiymatidan foydalanilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Bojxona organi bojxona qiymatini aniqlashning 2 yoki 3-usul asosidagi 6-usulni qoʻllashda baholanayotgan tovar uchun ilgari rasmiylashtirilgan aynan bir xil tovarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanilayotgan boʻlsa va bunday tovar rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilgan boʻlsa yoki 2 yoxud 3-usul asosidagi 6-usul bilan baholanayotgan tovar boʻyicha rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum deb qayd etilib, asos sifatida foydalanilayotgan tovarning kelib chiqish mamlakati maʼlum boʻlsa, bunday usullar bilan bojxona qiymati aniqlashda ushbu Nizomning 35-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. 2 yoxud 3-usul asosidagi 6-usulni qoʻllashda tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagani sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. 6-usulni qoʻllash uchun taqdim etiladigan hujjatlar ushbu usulni qoʻllashda yoʻl qoʻyiladigan qayishqoqlik holatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Moddiy tashuvchi orqali olib chiqiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Moddiy tashuvchi orqali olib chiqiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Nizomning 3 — 7-boblari qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Bojxona hududidan olib chiqilayotgan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan moddiy tashuvchining bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan dasturiy taʼminotning qiymati va (yoki) moddiy tashuvchining qiymati ajratib chiqarilsa, faqat moddiy tashuvchining qiymati hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Agar dasturiy taʼminot moddiy tashuvchi boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda ushbu tovar bunday dasturiy taʼminotsiz oʻziga xos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan boʻlsa, dasturiy taʼminotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Raqamli distributsiya usullari orqali olib chiqiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymati aniqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻgʻri koʻrsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Bojxona chegarasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlarning bojxona qiymati bozor narxidan kelib chiqib aniqlanishi lozim. Bunday tovarlarning bojxona qiymatini hisoblab chiqarishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq tovar narxiga tegishli tuzatishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari tomonidan tovarning bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshiruv oʻtkazilishi mumkin, bunda tovarlarning bojxona qiymati qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Quyidagilar bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kodeksning 320-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishda taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlarda nomuvofiqliklarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilikda belgilangan muddatda tovarlar olib chiqilgandan keyin deklarant tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli bankning amalda tushgan valyuta mablagʻlari summasi toʻgʻrisidagi tasdigʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlariga muvofiq tovarni sotish vaqtidagi mazkur tovar uchun narxlarning birja kotirovkalari va shu kabilar asosida shartli bojxona qiymati aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) TIF TNga muvofiq tovarning qayta tasniflanishi natijasida bir tovar turidan (nomidan) boshqa tovar turiga (nomiga) oʻtishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Bojxona qiymatini qayta hisoblab chiqarishda, bojxona organi oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning oʻrtacha bojxona qiymati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona qiymatini qayta hisoblab chiqarishda xorijiy bojxona organlaridan baholanayotgan tovar boʻyicha olingan hujjat va maʼlumotlardagi hamda baholash hisoboti mavjud boʻlgan hollarda ushbu hujjatlardagi qiymatlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqish davomida qoʻshimcha bojxona toʻlovlarining hisoblanishiga sabab boʻluvchi bojxona qiymatining miqdoriga taʼsir etuvchi holat aniqlangan taqdirda, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Bojxona qiymatini qayta koʻrib chiqish natijalariga koʻra bojxona qiymati qayta hisoblab chiqarilishi, shuningdek, bojxona toʻlovlari summasi qayta hisoblanishi va ular boʻyicha qoʻshimcha mablagʻ undirilishi yoki ortiqcha undirilgan mablagʻ qaytarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning boshqa oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ilgari olib kirilgan tovarlarni oʻzgarmas holatda bojxona hududidan olib chiqishda bojxona qiymati tovarning u olib kirilgan paytdagi bojxona qiymatining hamda bojxona hududida qilingan xarajatlarning, shu jumladan, bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona toʻlovlarini toʻlash (tovarlar reeksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni chegirgan holda), tovarlarni saqlash, sugʻurtalash uchun qilingan xarajatlarning hamda bojxona hududida qilingan boshqa xarajatlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib chiqilgan tovar bojxona hududidan tashqarida qoldirgan holda eksport bojxona rejimiga joylashtirish bilan yakunlangan taqdirda, tovarning bojxona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona bojlari va soliqlarning stavkalari tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda tovarni shartli chiqarib yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, tovar Kodeksning 321-moddasi talablari asosida shartli chiqarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlar deklarant xohishiga koʻra quyidagi hollarda chiqarib yuborilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning yakuniy narxi aniq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bitim shartlariga muvofiq ushbu Nizomning 24-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar maʼlum boʻlib, biroq ular boʻyicha toʻlov haqiqatda amalga oshirilmagan va (yoki) toʻlov shartida baholanayotgan tovar bojxona chegarasidan olib oʻtilgandan soʻng toʻlov amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona axborot tizimida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shartnoma oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida tuzilganligi toʻgʻrisidagi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir etmaganligi holatlarini isbotlash uchun maʼlum bir vaqt talab etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarlarga oid shartnomada belgilangan toʻlov shartiga koʻra valyuta mablagʻlari haqiqatda toʻlanmagan va (yoki) tovarlarning eksporti boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilishi koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona axborot tizimida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) deklarant tomonidan quyidagi hollarda maʼlum qilingan bojxona qiymati asoslab berilmaganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymati bojxona qonunchiligi boʻyicha toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona axborot tizimida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati boʻyicha xavf aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar haqqoniyligi boʻyicha nomuvofiqlik mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlaridagi mavjud narxlar toʻgʻrisidagi axborot va muqobil manbalarni oʻrgangan holda, tovarlarning narxi past belgilanganligi boʻyicha asoslar va tahliliy maʼlumotlar mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Deklarant yoki bojxona brokeri oʻzida mavjud boʻlgan, bojxona qiymatining muvaqqat (shartli) bahosi xolis ekanligini taʼminlaydigan hujjatlarni taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) bahosi uchun asos sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda qayd etilgan dastlabki narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda belgilangan hisob-kitob qilish shartlariga muvofiq tovar yuklab joʻnatilgan sanada aniqlangan hisob-kitob bahosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisob-kitoblarni oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojxona organining ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi tegishli axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasiga koʻra, unga olib chiqiladigan tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganining sabablari koʻrsatilgan yozma tushuntirish berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Bojxona organi bojxona qiymatini aniqlashda deklarant tomonidan taqdim etiladigan va uning tomonidan tijorat siri deb belgilanadigan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalaniladi va deklarantning ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeriga tovarning maʼlum qilinadigan bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish uchun qoʻshimcha muddat berishi mumkin, bunday muddat Kodeksning 321-moddasi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Bojxona qiymati va uni tasdiqlovchi hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlar toʻgʻriligi uchun deklarant yoki bojxona brokeri javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona qiymati deklaratsiyasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar bojxona organiga oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tilda toʻldirilgan hujjatlar asli bilan birga oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan biriga tarjima qilingan va tasdiqlangan holda bojxona organiga deklarant tomonidan taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron bojxona qiymati deklaratsiyasi va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ilova qilinadigan hujjatlarning elektron formati belgilanmagan boʻlsa, ushbu hujjatlarning skaner qilish orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Bojxona organlari elektron bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganini nazorat qilish maqsadida xavfni boshqarish hamda bojxona qiymatining ehtimoliy diapazonini avtomatik tarzda hisoblab chiqadigan axborot tizimlari, shuningdek, boshqa axborot tizimlaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tizimlar tomonidan eng koʻp eksport qilingan tovarlar boʻyicha ularning eng quyi narxlari, shu jumladan, asosiy tarkibini tashkil etuvchi xomashyo narxidan past boʻlmagan indikativ narxlar avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organlari olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini xavfni boshqarish axborot tizimi orqali nazorat qilishda indikativ narxlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda indikativ narxlardan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organining bojxona qiymatini nazorat qilish boʻyicha qaroridan norozi boʻlganda, yuqori turuvchi bojxona organlari yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ushbu Nizom talablari bojxona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday maʼlumot, hujjat yoki deklaratsiyaning haqiqiyligi yoxud toʻgʻriligini tekshirish boʻyicha bojxona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda, bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu Nizom qoidalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/560/0803-son)