08.01.2004 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QarorI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JALB ETILADIGAN XORIJIY KREDITLAR BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAFOLATLARI BERILGANLIGI UCHUN TOʻLOV UNDIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida” va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumat qarorlari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini berishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qatʼiy amal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov (keyingi oʻrinlarda matnda “taqdirlash puli” deb yuritiladi) undirish tartibini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamgʻarmasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Taqdirlash puli miqdorlarini belgilash va uni undirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi (subqarz oluvchi) oʻrtasida tuziladigan kafolat bitimida Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun taqdirlash puli toʻlash boʻyicha qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning majburiyatlari nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari uchun toʻlovlar qarzlarning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlash manbai Davlat budjeti mablagʻlari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taqdirlash puli jalb etiladigan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foizlar toʻlanadigan tegishli sanalarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdirlash pulini toʻlash uch kun mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan taqdirlash pulini oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablagʻlarini qarz oluvchi va subqarz oluvchining har qanday hisob raqamlaridan (subqarz oluvchining majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilgan taqdirda) muddati oʻtkazib yuborilgan summa va hisoblangan penya miqdorida istalgan valyutada shubhasiz va soʻzsiz undirib olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablagʻlarini qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning hisob raqamlaridan chiqarish budjetga toʻlovlarni hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilgari olingan kreditlar summasi oʻzgarganligi, yoxud jalb etilgan kreditlarni qaytarish muddatlari uzaytirilganligi munosabati bilan kredit bitimlarini qayta rasmiylashtiruvchi qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) taqdirlash pulini mazkur Nizomda belgilangan tartibda kredit bitimlari qayta rasmiylashtirilgan paytdan boshlab toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan toʻlangan taqdirlash puli qaytarilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Kafolat jamgʻarmasi tasarrufida qoladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdirlash puli tushumi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda jalb etiladigan xorijiy kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun toʻlov sifatida hisobot sanasida tushgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatadi hamda ushbu maʼlumotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 14-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)