Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlari xodimlari va pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarini turar joy bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ichki ishlar organlarining xodimlari va pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi shaxslarga ularga berilgan xizmat uy-joylarini xususiylashtirib berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
2022-yil 4-iyulga qadar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtagan yoki xizmat davrida orttirilgan kasallik (nogironlik) oqibatida rezervga va isteʼfoga boʻshatilgan, oʻzi va turmush oʻrtogʻining nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan pensionerlarga yoxud vafot etgan pensionerlarning nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga);
vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga), basharti ularning nomida shaxsiy turar joy boʻlmasa.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarga xizmat uy-joylari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan xususiylashtirib beriladi.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-avgust,
543-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 543-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 68-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Nizom tasdiqlangunga qadar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtagan yoki xizmat davrida orttirilgan kasallik (nogironlik) oqibatida rezervga va isteʼfoga boʻshatilgan, oʻzi va turmush oʻrtogʻining nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan pensionerlarga yoxud vafot etgan pensionerlarning nomida shaxsiy turar joy boʻlmagan oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) — bepul”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi “ichki ishlar vazirining qaroriga asosan” soʻzlaridan keyin “vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga), basharti ularning nomida shaxsiy turar joy boʻlmasa yoxud” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 71-bandning beshinchi xatboshisidagi “xodimlar vafot etganda (xizmat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holatda va oila aʼzolari boʻlmasa)” soʻzlari “vafot etgan xodimning oila aʼzolari (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) boʻlmasa yoki ularning nomida shaxsiy turar joy boʻlsa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/543/0786-son)