Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2012 06.01.1998 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI MAShINA VA ASBOB-USKUNALARNING TEXNIKAVIY HOLATINI NAZORAT QILISh DAVLAT BOSh INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlardan, xususiy tadbirkorlardan, jismoniy shaxslardan traktorlarni, boshqa mashinalarni texnikaviy ko‘rikdan va ro‘yxatdan hamda mexanizatorlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 16-apreldagi 178-son va 1976-yil 19-yanvardagi 36-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 6-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalarining texnikaviy holatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (“Boshdav-texnazorat”) tomonidan tasarrufidagi organlar orqali amalga oshiriladi, unga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Davtexnazorat” bo‘limlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shahar hokimliklari huzuridagi “Davtexnazorat”ning tuman va shahar inspeksiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davtexnazorat” tuman inspeksiyalarining xodimlari soni belgilangan tartibda xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan har 600—800 traktor, don o‘rish-yig‘ish kombayni, paxta terish mashinasi, makkajo‘xori o‘rish-yig‘ish kombaynlari hamda boshqa o‘zi yurar shassilar hisobiga bir nafar muhandis-inspektor hisobidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Boshdavtexnazorat”, “Davtexnazorat” bo‘limlari, inspeksiyalarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida — ayni vaqtda davlat bosh muhandis-inspektori hisoblanadigan “Boshdavtexnazorat” boshlig‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda — ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari huzuridagi ayni vaqtda davlat bosh muhandis-inspektorlari hisoblanadigan bo‘lim boshliqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar, shaharlarda — tuman, shahar inspeksiyalari boshliqlari — tuman, shahar hokimliklari huzuridagi davlat bosh muhandis-inspektorlari boshqaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Davtexnazorat” bo‘limlari boshliqlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Boshdavtexnazorat” bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar, “Davtexnazorat”ning tuman va shahar inspeksiyalari boshliqlari “Davtexnazorat”ning viloyat bo‘limi bilan kelishilgan holda tuman va shahar hokimliklari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Boshdavtexnazorat” bevosita O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Boshdavtexnazorat”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyat hokimliklarining “Davtexnazorat” bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga hamda shtampga, “Davtexnazorat”ning tuman inspeksiyalari o‘z nomi yozilgan yumaloq muhrga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davtexnazorat” organlari diagnostika asboblari, moslamalar va jihozlanganlik tabeliga muvofiq nomenklatura bo‘yicha anjom bilan jihozlangan avtomobillar bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishda korxona va tashkilotlar tekshirishlar vaqtida “Davtexnazorat” organlarining davlat muhandis-inspektorlariga zarur yordam ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Davtexnazorat” organlari ishlarni xo‘jaliklarning, korxonalar va tashkilotlarning keng faollariga, shuningdek shtatsiz muhandis-inspektorlarga tayangan holda, davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Davtexnazorat” organlari quyidagilar bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlardagi traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari hamda texnologik asbob-uskunalarning texnikaviy holati, shuningdek texnikaviy ishlatish, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarda, shuningdek “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining xo‘jaliklar bilan shartnomalar bo‘yicha mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlovchi hamda ularga texnika xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlarida, ixtisoslashgan ta’mirlash ustaxonalari, zavodlarida traktorlar, kombaynlar, boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnologik va chorvachilik asbob-uskunalarini (“O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi nazoratidagi asbob-uskunalardan tashqari) ta’mirlash hamda ularga texnika xizmati ko‘rsatish sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga sotilgan yoki shartnomalar bo‘yicha ular uchun ta’mirlangan traktorlar, avtomobillar, kombaynlar hamda boshqa mashina va asbob-uskunalardagi kafolatli muddat mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishning tasdiqlangan tartibiga; xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi texnikasini ro‘yxatdan o‘tkazish, texnikaviy ishlatish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Davtexnazorat” organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarda ta’mirlash ustaxonalarining hamda qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarini ta’mirlashga, ularga texnika xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan boshqa turg‘un va ko‘chma obyektlarning holatini, shuningdek ularning zarur texnologik asbob-uskunalar, o‘lchash asboblari, anjomlar va moslamalar bilan ta’minlanganligini tekshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarining, shu jumladan chorvachilik mashinalari va asbob-uskunalarining texnikaviy holatini, ularni texnikaviy ishlatish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish, ularni ta’mirlash, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga, shuningdek kafolat muddati mobaynida mashina va asbob-uskunalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishning tasdiqlangan qoidasiga rioya etilishini tekshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mashina va asbob-uskunalar uchun ehtiyot qismlarning saqlanish holatini tekshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yuqori organlarga, idoralarga va shu kabilarga ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalarining texnikaviy tayyorligini oshirish, texnikaviy ishlatilishini va ta’mirlanishini yaxshilash masalalari bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejalarini, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda takliflar tayyorlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va asbob-uskunalarini texnikaviy ishlatish, saqlash, ta’mirlash va texnika xizmati ko‘rsatishni tashkil etishdagi ilg‘or tajribani yoyishga ko‘maklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bo‘ysunishiga ko‘ra “Davtexnazorat” organlari ishi to‘g‘risida axborotlar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Davtexnazorat” organlarining davlat muhandis-inspektorlari qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va asbob-uskunalarini tekshirishni tekshirilayotgan xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ustaxonalari, ta’mirlash zavodlari, savdo bazalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalarini texnikaviy ishlatish, saqlash, hisobdan chiqarish, ta’mirlash, ularga texnika xizmati ko‘rsatish qoidalari buzilishlarini tekshirishda kamchiliklar aniqlangan barcha hollarda “Davtexnazorat” davlat muhandis-inspektorlari aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida buyruq yozishga majburdirlar, biron-bir moddiy zarar yetkazilgan hollarda esa dalolatnoma ham tuziladi va aybdor shaxslardan amaldagi qonunchilikka muvofiq zarar summasi belgilangan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Davtexnazorat” tuman, shahar inspeksiyalari zimmasiga bulardan tashqari quyidagilar ham yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek fermerlarga, kooperativlarga, shaxsiy qishloq xo‘jaligi texnikasiga ega bo‘lgan fuqarolarga traktorlar, o‘ziyurar shassi va traktor tirkamalari uchun, ularni ro‘yxatdan o‘tkazib, belgilangan tartibda yagona nomer belgilari, texpasportlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlardan, xususiy tadbirkorlardan, jismoniy shaxslardan traktorlarni, boshqa mashinalarni texnikaviy ko‘rikdan va ro‘yxatdan hamda mexanizatorlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘imlar undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) traktorchi-mashinistlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tuman malaka belgilash komissiyalari ishiga va ularga belgilangan namunadagi guvohnomalar berishga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning, xususiy tadbirkorlarning, jismoniy shaxslarning ular uchun sotilgan yoki ta’mirlangan qishloq xo‘jaligi texnikasi sifatining zarur darajadaligi masalasiga doir e’tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyalarda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman davlat bosh muhandis-inspektori xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlardagi qishloq xo‘jaligi va yer qazish texnikasini ko‘rikdan o‘tkazish hamda amortizatsiya muddatlari o‘tgungacha halokatlar yoki tabiiy ofatlar oqibatida yaroqsiz holga kelgan texnika va asbob-uskunalarning ishlatishga yaroqsizligi va ularni tiklab bo‘lmasligi haqida xulosalar berish zimmasiga yuklanadigan komissiyaga boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Davtexnazorat” organlarining davlat muhandis-inspektorlari zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) traktorlar, kombaynlar, boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari, asbob-uskunalarining texnikaviy holatini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ularni texnikaviy ishlatish, saqlash, hisobdan chiqarish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalariga rioya etilishini, shuningdek ularning ta’mirlash sifatini tekshirish uchun xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ustaxonalari, ta’mirlash zavodlari, ta’mirlash-ishlab chiqarish, qayta ishlash korxonalari, savdo bazalarining ishlab chiqarish obyektlariga, shu jumladan yangi va ta’mirlangan qishloq xo‘jaligi texnikasi, ta’mirlash fondi hamda ehtiyot qismlar saqlanadigan maydonchalarga kirish va tegishli qishloq xo‘jaligi mashinalari, asbob-uskunalarini ko‘rikdan o‘tkazishga ko‘rsatishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarning, shuningdek ushbu xo‘jaliklar bilan shartnomalar bo‘yicha traktorlar, kombaynlar, boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarini ta’mirlovchi hamda ularga texnika xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar va korxonalarning mansabdor shaxslaridan “Davtexnazorat” organlari vakolatiga kiritilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) traktorlar, kombaynlar, boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari, asbob-uskunalaridan, shu jumladan chorvachilikdagilardan foydalanish qoidalari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini ta’mirlash hamda texnika xizmati ko‘rsatish tashkilotlari va korxonalari rahbarlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) holati texnika xizmati ko‘rsatishni, ta’mirlashni talab qiladigan yoki ishlash xavfsizligini ta’minlamaydigan traktorlar, kombaynlarni hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarini ishlatishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) traktorlar, kombaynlar, boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalaridan jinoyatkorona ehtiyotsizlik bilan foydalanish, ularni saqlash, hisobdan chiqarish, ta’mirlash, ularga texnika xizmati ko‘rsatish faktlari to‘g‘risidagi materiallarni, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun, hokimliklarga, qishloq xo‘jaligi organlariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qishloq xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalarining zarur texnikaviy holatda bo‘lishini ta’minlashda, ularni texnikaviy ishlatishni yaxshilashda, qishloq xo‘jaligida neft mahsulotlarini saqlashda va tejam bilan sarflashda namuna ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida xo‘jaliklar va ularning yuqori organlari rahbarlariga takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Boshdavtexnazorat” mansabdor shaxslari qishloq xo‘jaligi mashina va asbob-uskunalarini texnikaviy ishlatish qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlik hamda boshqa qoida buzishlar uchun aybdor shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 112 va 139-moddalariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Davtexnazorat” xizmati muhandis-inspektorlari o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlardan, xususiy tadbirkorlardan, jismoniy shaxslardan traktorlarni, boshqa mashinalarni texnikaviy ko‘rikdan va ro‘yxatdan hamda mexanizatorlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun “Davtexnazorat” inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yig‘imlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎T/r‎


‎Yig‘imlar turi‎

Eng kam oylik ish haqi
‎miqdoriga nisbatan
‎koeffitsiyent‎

1.‎

Har yilgi texnikaviy ko‘rik uchun:
‎— traktorlar, o‘ziyurar shassilar, meliorativ yo‘l-qurilish mashinalari
‎— traktor tirkamasi‎


‎0,08

‎0,04‎

2.‎

Nomer belgisi berganlik uchun:
— traktorga, o‘ziyurar shassiga, meliorativ yo‘l-qurilish mashinasiga
‎— traktor tirkamasiga‎‎


‎0,9‎

‎0,9

3.‎

Texnik pasport berganlik uchun:
‎— traktorga, o‘ziyurar shassiga, meliorativ yo‘l-qurilish mashinasiga
‎— traktor tirkamasiga‎‎


‎0,17

‎0,17‎

4.‎

Talon berganlik uchun:
‎— traktorga, o‘ziyurar shassiga, meliorativ yo‘l-qurilish mashinasiga
‎— traktor tirkamasiga‎‎


‎0,08

‎0,08‎

‎Eslatma:‎ yo‘qolganining o‘rniga nomer belgisi, texnik pasport va textalon berish uchun ko‘rsatilgan summa 5 baravar miqdorda undiriladi.

5.‎

Traktor, o‘ziyurar shassi, kombayn yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mashinasini boshqarish uchun imtihonlar qabul qilish va guvohnoma berish uchun:
‎— yo‘lda harakatlanish qoidasi
‎— texnikaviy ishlatish qoidasi
‎— haydash malakasini tekshirish uchun
‎— har bir takroriy imtihon uchun
‎— mashinani boshqarish guvohnomasi berish uchun
‎— ogohlantirish taloni berish uchun‎




‎0,04
‎0,04
‎0,04
‎0,08
‎0,17
‎0,08‎

Eslatma:‎ yo‘qolganining o‘rniga mashinani boshqarish guvohnomasi va ogohlantirish taloni berish uchun ko‘rsatilgan summa 5 baravar miqdorda undiriladi.

6.‎

Hisobdan chiqarish uchun:
‎— traktor, o‘ziyurar shassi uchun
— traktor tirkamasi uchun‎‎


‎0,08
‎0,08‎

7.‎

Oldi-sotdi shartnomasi, barter va in’om etish asosida traktor, o‘ziyurar shassi va traktor tirkamasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish‎


‎0,08‎

8.‎

Nomer belgisi, egasining yashash joyi kabilar o‘zgarganda texpasportga yozib qo‘yish uchun:
‎— traktor, o‘ziyurar shassi uchun
‎— traktor tirkamasi uchun‎



‎0,17
‎0,08‎