15.08.2025 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash, xususan, ushbu mahsulotlarda xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash talablari hamda ushbu mahsulotlarning muvofiqligini baholashni nazarda tutuvchi Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtgach kuchga kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va mohiyati hamda uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
517-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi 517-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEXNIK REGLAMENT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Texnik reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Texnik reglament talablari roʻyxati 1-ilovada keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga, shuningdek, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga tegishli amaldagi boshqa texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik reglament quyida keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mudofaasi, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalari uchun ishlatiladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilmagan oʻzgaruvchan tokda 1000 V dan va oʻzgarmas tokda 1500 V dan yuqori boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilmagan elektrotexnika jihozlarining tarkibiy qismlari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fotoelektrik panellar (quyosh batareyalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerusti va orbital kosmik obyektlar tarkibida foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat havo, suv, yerosti va yerusti transportida foydalanish uchun moʻljallangan elektr jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari tarkibiy qismi sifatida foydalanish uchun moʻljallangan elektr batareyalari va akkumulyatorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldin foydalanilgan va (yoki) foydalanishda boʻlgan jihozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta statsionar sanoat jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchash vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun maxsus loyihalashtirilgan jihozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir xil (bir turdagi) material — doimiy tarkibga ega boʻlib, bitta moddadan yoki moddalar va materiallarning birikmasidan iborat boʻlgan, ularni mexanik ravishda ajratib boʻlmaydigan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qiluvchi — elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan tashqi savdo bitimini tuzib, ushbu mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqaradigan va uning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanuvchi hamda ushbu uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari — toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanishga moʻljallangan mashinalar, mexanizmlar, apparatlar, moslamalar va qurilmalar ichiga oʻrnatilgan elektr toklari va (yoki) elektromagnit maydonlarning mavjudligi, ishlatilishi, hosil boʻlishi, konversiyasi, uzatilishi va taqsimlanishi bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr oʻyinchoq — elektr energiyasi hisobidan kamida bitta funksiyani bajaradigan oʻyinchoq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavfli moddalarni qoʻllashni cheklash boʻyicha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarilishi va tayyorlanishida ularning tarkibida roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari tarkibidagi bir xil turdagi (gomogen) materiallardagi xavfli moddalar belgilangan konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan xavfli moddalardan foydalanishni cheklash 3-ilovada keltirilgan maxsus talablarga asosan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qadoqlash, tamgʻalash va foydalanish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash yoʻriqnomasi hamda undan foydalanish qoʻllanmasini oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining nomi va (yoki) belgilanishi (turi, markasi, modeli (agar mavjud boʻlsa), uning asosiy parametrlari va xususiyatlari, ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi, elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti ishlab chiqarilgan davlat nomi, ushbu mahsulotning qoʻllanishi unga biriktirilgan texnik hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining nomi (turi, markasi, modeli (agar mavjud boʻlsa), ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Texnik reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti yuzasiga joylashtirish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu mahsulotga biriktirilgan foydalanish hujjatlarida koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining tamgʻasi koʻrish uchun qulay boʻlgan joyga oson oʻqiladigan va tushunarli yozilgan boʻlishi, foydalanish davrida oʻchib ketmasligi hamda tekshirilishida qoʻshimcha qurilmalar talab etilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Texnik reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning xususiyatlari va parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish sharoitida atrof-muhitni muhofaza etish choralari va qoidasi (ishlatilishi), oʻrnatish, saqlash, tashish (tashishni tashkil etish), mahsulotni sotuvga chiqarish va yoʻq qilish (zarur hollarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning notoʻgʻri ishlashi aniqlanganda koʻriladigan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsining), import qiluvchining nomi va joylashgan joyi, ular bilan bogʻlanish maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqarilgan oy va yil yoki bunday maʼlumot qoʻllanadigan joy yoki ishlab chiqarilgan yilni aniqlash usuli toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining jamlanmasi bilan birga taqdim qilinadigan tamgʻalash va texnik hujjatlarda foydalanilgan kattalik birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Eksport uchun moʻljallangan mahsulotlarda yuqoridagi talablar eksport qilinayotgan davlat qonunchiligi talablariga mos boʻlgan holda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar qogʻoz shaklida boʻlishi lozim. Ularga elektron tashuvchi koʻrinishdagi hujjatlar toʻplami ham qoʻshilishi mumkin. Maishiy boʻlmagan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari toʻplamiga kiritilgan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma faqat elektron axborot tashuvchilar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglamentga muvofiqligi uning xavfli moddalardan foydalanishni cheklash boʻyicha talablar mos kelishi orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlmagan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga muvofiqlik belgisi qoʻyilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Texnik reglament talablariga ixtiyoriy ravishda rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Muvofiqlikni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoki sertifikatlashtirish shakllarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Texnik reglamentda keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligi ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra sertifikatlashtirish shaklida tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagi sxemalarning birini qoʻllash bilan deklaratsiya qilish orqali tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2D sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti toʻpi yoki yagona mahsulot uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4D sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti toʻpi yoki yagona mahsulot uchun, sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6D sxema — ishlab chiqaruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlanib, joriy etilgan menejment tizimiga ega boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga sertifikatlashtirish orqali muvofiqligini tasdiqlash quyidagi sxemalarning birini qoʻllash bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2S sxema — ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan turkum ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3S sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining toʻpi uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6S sxema — tayyor elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining sinov va oʻlchashlarida Texnik reglament talablariga muvofiqligini toʻliq tasdiqlash imkoni mavjud boʻlmaganda hamda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan turkum ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Xavf darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Seriyali ishlab chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikati 3 yilga rasmiylashtiriladi. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining toʻpi uchun muvofiqlik sertifikati uning yaroqlilik yoki kafolat muddatiga rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Foydalanish hujjatlari, shu jumladan, muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlar uchun — ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish tugatilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari toʻpi uchun — import qiluvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan toʻpdan oxirgi mahsulot sotilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Texnik reglament 5-bobi talablariga muvofiqligi tasdiqlangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari muvofiqlik belgisi bilan ular muomalaga chiqarilishidan oldin tamgʻalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Muvofiqlik belgisi har bir elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining oʻziga hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlariga qoʻyiladi. Agarda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga muvofiqlik belgisini bevosita qoʻyishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu belgini mahsulot qadogʻiga qoʻyishga ruxsat etiladi hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlarida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Oʻtish davri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan hamda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar Texnik reglament bilan moslashtirilguniga qadar ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari amalda qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Texnik reglament talablari buzilgani uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik reglament talablari tatbiq etiladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mahsulotlarning nomlanishi

TIF TN kodi

1.

Elektr yoki boshqa turdagi sovitkichlar, muzlatkichlar va boshqa sovitish yoki muzlatish uskunalari:

8418 10 200 1

8418 10 800 1

8418 21

8418 29 000 0

8418 30 200 1

8418 30 800 1

8418 40 200 1

8418 40 800 1

idish-tovoqlarni yuvish mashinalari

8422 11

elektrplitalar (kamida bugʻ shkafi va pishirish paneliga, pechkaga ega), maishiy elektrisitkichlar, elektrshkaflar, oʻrnatilgan pechlar, qovurish shkaflari, meva, sabzavot, rezavorlar, qoʻziqorinlar uchun elektrquritkichlar, choynaklar, kofe qaynatkichlar va kofe mashinalar, chaqaloq oziq-ovqat isitgichlari, bugʻqozonlar, sterilizatorlar

8516 10 800 0

8516 60 101 0

8516 60 109 0

8516 60 500 0

8516 60 800 0

8516 60 900 0

8516 79 700 0

8516 71 000 0

mikrotoʻlqinli pechlar

8516 50 000 0

oshxona chiqindilarini maydalash uchun moʻljallangan maydalagichlar

8509 80 000 0

elektrgrillar, kontaktgrillar, aerogrillar, elektrqoʻralar, elektrtosterlar, vafli tayyorlash uskunasi (vafelnitsa), qizdirilgan yogʻda qovurish uskunasi (frityurnitsa), barbekyu, nonpishirgich, raklettayyorlagichlar (rakletnitsa), yogurt tayyorlash uskunasi (yogurtnitsa), multivarkalar, elektrtovoqlar

8516 60 700 0

8516 60 900 0

8516 72 000 0

8516 79 200 0

8516 79 700 0

oziq-ovqatlarni maydalagichlar va mikserlar, jumladan, kofe maydalagichlar, oshxona kombaynlari, oziq-ovqat protsessorlari, sharbatsiqqichlar, yogʻurgichlar, goʻshtmaydalagichlar, blenderlar, qirgʻichlar, koʻpirtirgichlar, kartoshka tozalagichlar, muzqaymoqtayyorlagichlar, pichoqlar, pichoqcharxlagich, toʻgʻragichlar, parrakkesgichlar, donmaydalagichlar.

8509 40 000 0

8509 80 000 0

2.

Choyshablar, kiyimlar va poyabzallarga ishlov berish — yuvish, dazmollash, quritish, tozalash:

kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kir yuvish xonalari uchun mashinalar, shu jumladan, siqish funksiyasi bilan jihozlangan mashinalar, oʻrnatilgan markazdan qochuvchi siquv moslamasi boʻlgan boshqa mashinalar

8450 11 110 0

8450 11 190 0

8450 11 900 0

8450 12 000 0

8450 19 000 0

sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar

8421 12 000 0

8421 19 700 9

ultratovushli kir yuvish asboblari

8450 19 000 0

bugʻni yoki qumni purkab irgʻituvchi va shu kabi irgʻituvchi qurilmalar, elektr dazmollar

8424 30 900 0*

8424 89 000 3*

8516 40 000 0

8516 79 700 0

sochiq va kiyim uchun elektrquritgichlar

8516 79 700 0

Binolarni tozalash va tartibga keltirish:

changsoʻrgichlar

8508

poloterlar, elektr choʻtkalar, bugʻli polartkichlar, suv yutuvchi tozalash qurilmalari

8509 80 000 0

8516 79 700 0

8424 30 900 0*

8424 89 000 9*

havodagi mikroiqlim sharoitini saqlash va boshqarish

ventilyatorlar

8414 51 000 9

konditsionerlar

8415 10

8415 81 009 9

8415 82 000 9

8415 83 000 9

bugʻlatkichlar va kondensatorlar, namlagichlar

8509 80 000 0

kalpaklar va dudburonlar

8414 60 000

8421 39 200 8

issiqlik saqlovchi elektrkaminlar, elektrradiatorlar, hayvonlar va oʻsimliklarni koʻpaytirishda ishlatiladigan elektrisitgichlar, yopiq binolarni isitish (isitish, qizdirish) uchun elektr asboblari, isitkich parraklari, konvektorlar

8516 21 000 0

8516 29

elektrisitish qarshiliklari (issiq pol tizimlari)

8516 80

3.

Sanitariya-gigiyena maqsadlari uchun moʻljallangan:

suvisitkichlar

8516 10

dush kabinalari, hojatxona uchun oʻzgaruvchan tok manbaiga ulangan yoritkichlar, isitkichlar

3922 10 000 0

3922 20 000 0

3922 90 000 0

7324 90 000 9

(qismlaridan tashqari)

8516 79 700 0

9019 10 900 1

ogʻiz boʻshligʻi uchun foydalaniladigan gigiyena qurilmalari

8509 80 000 0

sauna pechkalari uchun ishlatiladigan elektrisitish qurilmalari

8516 29 990 0

Soch, tirnoq va terini parvarishlash uchun:

yuz uchun elektrsaunalar

8516 79 700 0

sochquritkichlar, staylerlar, soch turmaklash qurilmalari, sochtekislagich, sochni parvarish qilish uchun elektr bigudiylar, soch uchun elektrqistirmalar

8516 31 000 9

8516 32 000 0

qoʻllar uchun elektrquritkichlar

8516 33 000 0

Tanani isitish uchun:

elektrvibrouqalash apparatlari (shifokor nazoratisiz)

9019 10 100 0

gidrouqalash vannalari

9019 10 900 1

Oʻyin, sport va mashq uskunalari:

elektr taʼminotiga ulangan oʻyin, sport va mashq uskunalari

9504 90 800 9

9506 91*

Audio va videoapparatlar, tele va radioefirlarni qabul qiluvchi:

audio va videotasmalarni yozuvchi hamda audio va videotasmalarni koʻrsatuvchi qurilmalar

8519

8521

8527

8528 49

8528 59

8528 69

8528 72

radio qabul qiluvchi asbob-uskunalar

8527

televizion qabul qiluvchilar, teletyunerlar, sunʼiy yoʻldosh teletyunerlari

8528 71

8528 72

dinamik tizimlar

8518 21 000 0

8518 22 000 0

8518 29

videotelefonlar, interkomlar

8517 69 100 0

maishiy tikuv mashinalari

8452 10

overloklar

8452 10 190 0

trikotaj, elektr toʻqish-tikish mashinalari

8447

4.

Quvvat manbalari, zaryadlovchi, kuchlanish stabilizatorlari:

maishiy texnika uskunalari

8504 40 300 8

8504 40 830 0

8504 40 910 0

akkumulyatorlarni zaryadlovchi qurilmalar

8504 40 550 0

Bogʻdorchilik va polizchilik xoʻjaligi uchun:

oʻt oʻrish mashinasi, trimmerlar — maysa va oʻtlarni kesish uchun

8433 11 100 0

8433 19 100 0

Ventilyatsion changsoʻrgichlar

8508 60 000 0

sogʻuvchi qurilmalar

8434 10 000 0

Akvarium va bogʻ koʻllari uchun:

kompressorlar

8414 80 900 9

nasoslar

8413 70

8413 81 000 0

isitkichlar

8516 10 800 0

elektryoritkichlar va yoritish uskunalari

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 41 003 2*

9405 41 003 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 42 003 2*

9405 42 003 9*

9405 49 001 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

9405 49 003 9*

suvni tozalovchi va filtrlovchi uskunalar uchun — elektr filtrlar, sterilizatorlar, elektroziqlantirgichlar

8421 21 000 9

bogʻ uchun dekorativ favvoralar — elektr uzatmali nasoslar

8509 80 000 0

8413 70

8413 81 000 9

ichimlik suvi, suv taʼminoti, yakka tartibdagi uylar, kottejlar uchun elektronasoslar

8413 50 690 9

8413 50 800 9

8413 60 390 9

8413 60 690 9

8413 60 700 9

8413 60 800 9

8413 70 210 9

8413 70 290 9

8413 70 300 9

8413 70 350 9

8413 70 450 9

8413 70 510 9

8413 70 590 9

8413 70 650 9

8413 70 810 9

8413 70 890 9

Yoritish manbai va yoritish uskunalari:

Choʻgʻlanma lampalar, elektrlampalar, yorugʻlik chiqaradigan diod (LED) lampalar

8539 21 920 0

8539 21 980 0

8539 22

8539 29 920 0

8539 29 980 0

8539 31

8539 51 101 4

8539 51 101 5

8539 51 101 6

8539 51 101 9

8539 51 102 2

8539 51 102 9

8539 51 109 3

8539 51 109 9

8539 51 201 2

8539 51 201 3

8539 51 201 4

8539 51 201 9

8539 51 202 2

8539 51 202 9

8539 51 209 2

8539 51 209 9

8539 51 300 0

8539 51 401 2

8539 51 401 9

8539 51 402 2

8539 51 402 9

8539 51 409 3

8539 51 409 4

8539 51 409 9

8541 41 000

umumiy maqsadlar uchun yoritish lampalari

9405 11 001 3*

9405 11 001 4*

9405 11 001 5*

9405 11 001 9*

9405 11 002 2*

9405 11 002 9*

9405 11 003 3*

9405 11 003 9*

9405 19 001 3*

9405 19 001 8*

9405 19 001 9*

9405 19 002 9*

9405 19 003 6*

9405 19 003 9*

9405 21 001 2*

9405 21 001 3*

9405 21 001 4*

9405 21 001 9*

9405 21 002 2*

9405 21 002 9*

9405 21 003 2*

9405 21 003 9*

9405 29 001 2*

9405 29 001 4*

9405 29 001 9*

9405 29 002 9*

9405 29 003 2*

9405 29 003 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 41 003 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 42 003 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

9405 49 003 9*

yerga oʻrnatilgan yoritish lampasi, akvariumlar uchun lampalar

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 41 003 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 42 003 9*

9405 49 001 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

9405 49 003 9*

projektorlar

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 49 001 9*

Yangi yil archalarini bezash uchun ishlatiladigan nurli tizimlar — shu jumladan, archa uchun yorugʻlik diodlari

9405 31 000 0*

9405 39 000 0*

5.

Elektr oʻyinchoqlar

9503 00

6.

Shaxsiy elektron hisoblash mashinalari — kompyuterlar:

hisoblash mashinalari va ularning bloklari

8471 30 000 0

8471 41 000

8471 49 000 0

8471 50 000 0

kassa apparatlari, shu jumladan, kompyuter bilan birgalikda ishlaydiganlari

8470 50 000

ID-karta oʻqiydiganlar, bankomatlar, axborot kioskalari

8471 49 000 0

7.

Shaxsiy elektron kompyuterlarga ulangan uskunalar:

printerlar

8443 31

8443 32 100 9

8443 32 910

8443 32 930 0

8443 32 990 0

8443 39

8472 10 000 0

monitorlar

8519

8521

8527

8528 42 100 0

8528 52 100 0

8528 52 900 0

8528 59 900 0

uzluksiz quvvat manbalari

8504 40 300 8

faol dinamik tizimlari

8518 21 000 0

8518 22 000 0

8518 29

multimediali proyektorlar

8528 69

8528 62 100 0

koʻp funksiyali qurilmalar

8443 31*

uzatish qurilmasi (udliniteli)

8544 42 900 9

noutbuk

8471 30 000 0

planshetlar va boshqa kichik oʻlchamli kompyuterlar

8471 30 000 0

klaviaturalar, manipulyatorlar, trekerlar va boshqa nazorat va kiritish qurilmalari (kompyuter sichqonchasi, joystiklari, koʻzoynaklar)

8537 10 980 9

8471 30 000 0

akustik quloqchin tizimi

8518 21 000 0

8518 22 000

8518 29

biometrik maʼlumotlarni oʻquvchi qurilmalar

8471

9031 49 900 0

9031 80 380 0

modemlar

8517 62 000 9

payvandlash uchun mashina va apparatlar

8515 31 000 0

8515 39 130 0

8515 39 180 0

8515 39 900 0

purkagichlar — yonmaydigan suyuqlik purkovchi

8424 20 000 0*

8.

Doimiy va oʻzgaruvchan nominal kuchlanishi 500 V dan koʻp boʻlmagan joyda qoʻllanadigan kabellar, simlar va shnurlar (optik tolalar bundan mustasno).

8544 11,

8544 19,

8544 20,

8544 30,

8544 42,

8544 49 910 1

8544 49 930

8544 49 950 1

8544 49 950 9

8544 60,

8544 70

9.

Avtomatik oʻchirgichlar va oʻchirish himoya qurilmalari:

avtomat oʻchirib-yoqgichlar

8535 21 000 0

8535 90 000

8536 20 100 7

8536 20 900 7

8536 30

sanoat elektrulagichlari

8535 90 000 1

8535 90 000 8

8536 90 100 0

maishiy va sanoatda foydalanish uchun saqlagichlar (predoxranitellar)

8535 10 000 0 8536 10

kontaktqisqich — vintli va vintsiz, qisqich toʻplamlari,

kleymali kolodka, ulash qurilmalari

8535 90 000 1

8536 90 010 0

8536 90 100 0

oʻzgaruvchan yoki doimiy tarmoqlardan boshqariladigan, umumiy maqsadli, 1000 A gacha boʻlgan nominal toklar uchun doimiy va oʻzgaruvchan elektromagnit kontaktorlar

8535 30 100 0

8535 90 000 1

8536 41

8536 49 000 0

elektromagnit boshlagichlar — dengiz va portlashga qarshi elektromagnit boshlagichlar bundan mustasno

8535 90 000

8536 30

8536 50

1000 V gacha kuchlanish uchun toʻliq qurilmalar

8537 10

Turar joy binolari uchun yoritish shitlari, jamoat binolari uchun elektruzatish shchitlari, turar joy va jamoat binolari uchun kirish va tarqatish moslamalari, jamoat va ishlab chiqarish binolari uchun yoritish shchitlari

8537 10 910 0

8537 20 920 0

10.

Elektr qurilmalarni boshqarish uchun elektr qurilmalar:

boshqaruv va himoya relesi

8535 90 000 8

8536 41

8536 49 000 0

elektr va elektromexanik qurilmalar, elektr qurilmalarni boshqarish mexanizmlari uchun kommutatsiya elementlari

8535

8536

termostatlar

9032 10

dasturiy qurilmali elektrkalitlar (vklyuchatellar)

8535 30 900 1

8535 90 000 8

8536 50

8537 10 910 0

mexanik qulflash funksiyasiga ega boʻlgan elektr shoshilinch toʻxtash qurilmalari

8535 90 000 8

8536 50

avtomatik kommutatsiya qurilmalari

8535 90 000 8

8536 50

8536 90 850 9

8537 10 980 9

8537 20 920 0

kommutatsiya nazorat va himoya qurilmalari

8535 90

8536 30

8537 10

8537 20

impulsli katta kuchlanishdan himoyalovchi qurilma — katta kuchlanishni chegaralovchi

8535 40 000 0

8536 30

element kommutatorlari, buyruq moslamalari, tekshirgichlar, barabanli oʻtkazgichlar, qoʻlda ishga tushirgichlar, turli xil oʻchirgichlar

8535 30

8535 90

8536 50

8537 10 910 0

8537 20

universal, kichik gabaritli, shoxsimon, qaytargichli, kalitli vklyuchatellar va pereklyuchatellar

8535 30

8535 90

8536 50

oʻchirgichlar va yoʻloʻtkazgichlar, yoʻl oʻchirgichlari bloklari, mikrooʻchirgichlar (mikrooʻtkazgichlar)

8535 30

8535 90

8536 50

boshqarish tugmalari, tugmachani boshqarish postlari, stansiyalar, apparatlar

8535 30

8535 90

8536 50

8537 10

8537 20

mustaqil faoliyat koʻrsatadigan maishiy elektr asboblari uchun avtomatik boshqarish qurilmalari

8537 10 910 0

8537 20

elektr asboblari uchun oʻchirgichlar va qaytaulagichlar

8535 30

8535 90

8536 50

11.

Elektr aloqa vositalari (terminal va telekomunikatsiya uskunalari), jumladan, statsionar va mobil telefonlar, avtomat telefonlar, telefakslar, telekslar

8517 61 000 1

8517 61 000 8

8517 11 000 0

8517 13 000 0

8517 14 000 0

8517 18 000 0

8443 32 300 0

8517 62 000

Koʻchma va portativ radiostansiyalar

8517 61 000 1

8517 61 000 8

8525 60 000 0

12.

Savdo va oʻyin avtomatlari

8476

13.

Yongʻindan saqlovchi uskunalar

8424 10 000 9*

8424 89 000 9*

8531 10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligini tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat etilgan darajadagi xavfli moddalarni oʻz ichiga olgan bir xil turdagi (gomogen) materiallar konsentratsiyasi roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavfli moddalar nomlanishi

Xavfli moddalarni oʻz ichiga olgan bir xil (bir turdagi) materiallardagi konsentratsiyasi mahsulot massasiga nisbatan quyida keltirilgan foizlardan koʻp boʻlmasligi lozim

1.

Qoʻrgʻoshin

0,1

2.

Simob

0,1

3.

Kadmiy

0,01

4.

Olti valentli xrom

0,1

5.

Polibromlangan difenillar (PBB)

0,1

6.

Polibromlangan difenil efirlar (PBDE)

0,1

7.

Dioktilftalat (DEHP)

0,1

8.

Benzilbutilftalat (BBP)

0,1

9.

Dibutilftalat (DBP)

0,1

10.

Diizobutilftalat (DIBP)

0,1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan xavfli moddalardan foydalanishni cheklashni bekor qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAXSUS TALABLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maxsus talablar

Maxsus talablarning amal qilish muddati

Bir bazali ixcham lyuminessent lampalarda simob miqdori har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

1.

Maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan lampalar uchun 5 mg (umumiy yoritishdan boshqa)

2027-yil 24-fevralgacha

2.

Ultrabinafsha spektrga asosan yorugʻlik chiqarishga moʻljallangan lampalar uchun 5 mg

2027-yil 24-fevralgacha

Lyuminessent lampalardagi simob miqdori har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

3.

Naycha diametri 17 mm dan katta fosforli galofosfat chiziqli boʻlmagan lampalar uchun 15 mg

2026-yil 24-fevralgacha,

2026-yil 25-fevraldan

2027-yil 24-fevralgacha

10 mg dan foydalanish mumkin.

4.

Umumiy yoritish va maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan lampalar uchun (masalan, induksion lampalar) 15 mg

2027-yil 24-fevralgacha

5

Ultrabinafsha spektrga asosan yorugʻlik chiqarishga moʻljallangan lampalar uchun 15 mg

2027-yil 24-fevralgacha

6

Favqulodda lampalar uchun15 mg

2027-yil 24-fevralgacha

Sovuq katodli lyuminessent lampalardagi simob va tashqi elektrodli lyuminessent lampalardagi simob har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

7.

Uzunligi 500 mm ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 3,5 mg

2027-yil 24-fevralgacha

8.

Uzunligi 500 mm dan katta 1500 mm teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 5 mg

2027-yil 24-fevralgacha

9

Uzunligi 1500 mm katta boʻlgan lampalar uchun 13 mg

2027-yil 24-fevralgacha

10.

Past bosimli gaz razryadli lampalardagi simob, bunda qoʻllash uchun chiroq spektrining asosiy diapazoni ultrabinafsha spektrda boʻlishi talab qilinadi. 15 mg dan koʻp boʻlmasligi kerak

2027-yil 24-fevralgacha

11.

Umumiy yoritish uchun moʻljallangan yuqori bosimli natriyli (bugʻli) lampalarda rang koʻrsatishi Ra > 80 boʻlgan lampalardagi quvvat R < 105 W simob 16 mg dan oshmasligi kerak.

2027-yil 24-fevralgacha

Umumiy yoritish uchun boshqa yuqori bosimli natriyli lampalardagi simob har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

12.

Quvvati 155 W ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 20 mg

2027-yil 24-fevralgacha

13.

Quvvati 155 W dan koʻp, lekin 405 W ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 25 mg

2027-yil 24-fevralgacha

14.

Quvvati 405 W dan katta boʻlgan lampalar uchun 25 mg

2027-yil 24-fevralgacha

15.

Ushbu ilovada alohida qayd etilmagan maxsus maqsadlar uchun boshqa lampalardagi simob cheklanmaydi

2027-yil 24-fevralgacha

Yoritilgan belgilar va binolarni dekorativ yoritish uchun maxsus gaz razryadli lampalardagi simob quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

16.

Elektr nurlari naychalari oynasidagi qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

17.

Lyuminessent lampalarning shishalari (naychalari) stakanida qoʻrgʻoshin 0,2 % gacha

Doimiy

18.

Shamollatish va sovitish tizimlarida sovitkich oʻz ichiga olgan kompressorlar uchun moʻljallangan tekis rulmanlarning korpuslari va laynerlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

19.

Yorugʻlik uzatuvchi rangsiz oyna va optik tizimlarning linzalarida qoʻrgʻoshin miqdori cheklanmagan

Doimiy

20.

Reflektiv standart namunalari va svetofiltrlarda qoʻrgʻoshin va kadmiy cheklanmaydi

Doimiy

21.

Gaz razryadli lampalardagi qoʻrgʻoshin sifatida foydalaniladigan chiroqlarining lyuminessent kompozitsiyalarini faollashtiruvchisi cheklanmaydi

Doimiy

22.

SED-displeylarida qoʻrgʻoshin oksidi (sirt oʻtkazuvchanligi sababli elektron emissiya koʻrsatkichlari) cheklanmaydi

Doimiy

23.

Kristall shishadagi qoʻrgʻoshin birikmalari cheklanmaydi

Doimiy

24.

Ovoz balandligi kamida 100 dBA boʻlgan karnaylarning ovozli spiralidagi elektromexanik ulanish uchun qotishma elementi sifatida ishlatiladigan kadmiy cheklanmaydi

Doimiy

25.

SED-displeylarida qoʻrgʻoshin oksidi (sirt oʻtkazuvchanligi sababli elektron emissiya koʻrsatkichlari) cheklanmaydi

Doimiy

26.

Kristall shishadagi qoʻrgʻoshin birikmalari cheklanmaydi

Doimiy

27.

Ovoz balandligi kamida 100 dBA boʻlgan karnaylarning ovozli spiralidagi elektromexanik ulanish uchun qotishma elementi sifatida ishlatiladigan kadmiy cheklanmaydi

Doimiy

28.

Suyuq kristalli displeylarda tekis lyuminessent lampalarni oʻrnatish uchun qotishma elementi sifatida qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

29.

Kuchlanish transformatorlarining qotishma elementi sifatida qalinligi 100 μm dan koʻp boʻlmagan mis simlarini kavsharlash uchun qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

30.

Keramika potensiometrlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

31.

Plazmadagi katodni barqarorlashtirish uchun simob displeylar — 1 plazma paneli uchun 30 mg dan oshmasligi kerak

Doimiy

32.

Shisha keramika va berilliy oksidiga asoslangan hollarda yuqori voltli diodlarning qoplama qatlamlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydi

Doimiy

33.

Yorugʻlik va displey tizimlari uchun qattiq holdagi LEDlarning yorugʻlikka aylantiruvchi elementlarida kadmiy 1 mm yorugʻlik chiqaruvchi yuzaga 10 mg gacha

Doimiy

34.

Elektr va elektron oynalar, shuningdek, eshiklar uchun ishlatiladigan, polivinilxlorid chiqindilaridan olingan aralashmalarni oʻz ichiga olgan plastik profillardagi kadmiy va qoʻrgʻoshin, bunda qayta ishlangan qattiq PVX materialdagi konsentratsiyasi kadmiy ogʻirligi boʻyicha 0,1% va qoʻrgʻoshin ogʻirligi boʻyicha 1,5 % dan oshmasligi kerak.

2028-yil 28-maygacha

35.

Sotuvga chiqarilgan oʻyinchoqlar yoki oʻyinchoqlarning qismlarida erkin holatda boʻlgan benzil konsentratsiyasi oʻyinchoq yoki oʻyinchoqning bir qismi ogʻirligidan 5 mg/kg gacha

Doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi 517-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

1. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

Uch oy muddatda

2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.

Olti oy muddatda

3-bosqich

Energetika vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.

Jadvalga muvofiq

4-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.

Kelishilgan muddatlarda

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

5-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Vakolatli davlat organlari

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har chorakda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2025-y., 09/25/517/0740-son; 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son)