14.08.2025 yildagi 516-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida kartoshka urugʻchiligiga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-414-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashda dual taʼlim tizimini joriy qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda kartoshka urugʻchiligiga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-414-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida kartoshka urugʻchiligiga ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangiqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻrnida qishloq xoʻjaligi texnikumini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) Namangan ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi texnikumining boʻsh turgan binolariga Namangan ilmiy-tajriba stansiyasini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining oʻquv-tajriba xoʻjaligini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi kasb-hunarga oʻqitish markazi negizida Yangiqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi sohasi uchun mehnat bozorida raqobatbardosh hamda yuqori malakaga ega oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash va oʻquv jarayoniga dual taʼlim tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi tashkilotlardagi yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayonlariga jalb etish orqali oʻquv jarayoni sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarning kasbiy koʻnikmalari ish beruvchilar va xolis ekspertlar tomonidan baholanishini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish, ilgʻor xorijiy agrotexnologiyalarni tadqiq qilish, bu borada xorijiy laboratoriyalarni jalb qilish va konsalting-maslahatlar berish, metodik seminar va mahorat darslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilgan holda oʻquvchilarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor xorijiy ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi kasbiy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda amaldagi kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida faoliyat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumni saqlash xarajatlari 2025-yilda Namangan viloyatining tasdiqlangan mahalliy budjeti mablagʻlarini qayta taqsimlash hisobidan moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha ikki yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va dual taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumning oʻquv jarayonida dual taʼlim tizimini joriy qilish va metodik yordam koʻrsatishga Institut biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi doirasida Texnikumda Germaniya davlatining tajribasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalari oʻqitilishi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumda taʼlim jarayonini boshqarish, shu jumladan, dars jadvali, oʻquvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar oʻquv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallarini yuritish raqamlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Texnikumning ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-martga qadar belgilangan tartibda Texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini shakllantirib borsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Texnikumda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari va oʻqitish materiallari toʻplami bilan taʼminlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda hududdagi qishloq xoʻjaligi boʻyicha yirik ish beruvchilarni shartnoma asosida Texnikumga sanoat hamkori sifatida biriktirsin hamda Texnikumning qabul qilish parametrlariga mos ravishda bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida yirik ish beruvchilar tomonidan ishga qabul qilinishiga har tomonlama koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9 — 11-sinf oʻquvchilarini Texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi muassasalar, shu jumladan, Institut va uning hududiy tuzilmalaridagi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ilmiy tashkilot shaklidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi (keyingi oʻrinlarda — Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi) davlat muassasasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Namangan viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati Institut tomonidan uslubiy jihatdan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Bekobod mahallasi Oltinvodiy koʻchasi 73-uy manzilda joylashgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bino va inshootlar Texnikumga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan binoning umumiy foydalanish maydoni 145 metr kvadratdan kam boʻlmagan qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnik bazasini yaratish va mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasini saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Namangan viloyati hokimligining Yangiqoʻrgʻon tumani “Poromon Shoxruxmirzo” hududi 511-konturdagi 7,5 gektar, “Tiklanish Nanay bogʻboni” hududi 75-konturdagi 5,7 gektar tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan, boʻsh turgan jami 13,2 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalarini Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga tajriba xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 10-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalari Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga 30 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga asosan ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin uzaytirish huquqi bilan ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga ajratiladigan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida erishilgan ilmiy natijalar, ilgʻor tajribalar, zamonaviy texnologiya va usullar sinovdan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Namangan ilmiy-tajriba stansiyasiga ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha ijara shartnomasi tuzilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining yer maydoniga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining nav sinash stansiyalari va uchastkalarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida 2025-2026-yillarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona kompleksini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻliklarni qayta ishlovchi sexlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻliklarni saqlash uchun muzlatkichli omborlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq va suv tahlillari oʻtkazishda zarur jihozlarni xarid qilish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarning grantlarini jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
516-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 09/25/516/0739-son)