1-ILOVA
| (mlrd soʻm) | ||||
T/r | Tuman/shahar nomi | Mahalla nomi | Obyekt nomi (raqami) | Obyektlarni toʻliq ishga tushirish | |
Qurilish turi | Talab etiladigan mablagʻ | ||||
Jami | 60,0 | ||||
I | Maktablar | 22,8 | |||
1. | Beruniy tumani | “Oltinsoy” MFY | 45-son maktab | Rekonstruksiya qilish | 7,1 |
2. | Amudaryo tumani | “Beshovul” MFY | 37-son maktab | Mukammal taʼmirlash | 5,1 |
3. | Chimboy tumani | “Tazajol” MFY | 13-son maktab | 3,5 | |
4. | Shumanay tumani | “Birleshik” MFY | 27-son maktab | Rekonstruksiya qilish | 7,1 |
II | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari | 25,7 | |||
5. | Nukus tumani | “Aqterek” MFY | 14-son | Rekonstruksiya qilish | 5,3 |
6. | Chimboy tumani | “Tagjap” OFYda | 29-son | 6,3 | |
7. | Nukus shahri | “Tungʻishqonis” MFY | 9-son | 7,7 | |
8. | Amudaryo tumani | “Daryoboʻyi” MFY | 32-son | 6,4 | |
III | Poliklinikalar | 11,5 | |||
9. | Beruniy tumani | “Palvash” MFY | 13-son | Rekonstruksiya qilish | 5,5 |
10. | Amudaryo tumani | “Xolimbeg” OFY | 71-son | 4,1 | |
11. | Shumanay tumani | “Mamiy” OFY | Shumanay QVP | Joriy taʼmirlash | 1,9 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Qoʻngʻirot — Moʻynoq avtomobil yoʻlining 91 km qismi asfalt qoplamasini karta usulida taʼmirlash ishlarini boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 21 mlrd soʻm mablagʻ ajratish. | 1. Qoʻngʻirot tumani hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi “D-231” Qoʻngʻirot sh. — Moʻynoq sh. avtomobil yoʻlining 10 — 23 km (13 km) qismini (10 mlrd soʻm) taʼmirlash. 2. Moʻynoq tumani hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi “D-231” Qoʻngʻirot sh. — Moʻynoq sh. avtomobil yoʻlining 23 — 91 km (68 km) qismini (11 mlrd soʻm) taʼmirlash. | 2025-yil avgust-sentabr | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. | Nukus shahridan Taxtakoʻpir tumaniga olib boruvchi “D-234” Nukus — Chimboy — Taxtakoʻpir avtomobil yoʻlining 59 km qismini taʼmirlash ishlarini boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida 15 mlrd soʻm mablagʻ ajratish. | 1. Nukus shahri hududidan oʻtuvchi 14,3 — 22 km (7,7 km) qismini (1,5 mlrd soʻm) taʼmirlash. 2. Kegeyli tumani hududidan oʻtuvchi 22 — 47 km (25 km) qismini (6,5 mlrd soʻm) taʼmirlash. 3. Chimboy tumani hududidan oʻtuvchi 47 — 58 km (11 km) va 63 — 84 km (21 km) qismlarini (5 mlrd soʻm) taʼmirlash. 4. Qoraoʻzak tumani hududidan oʻtuvchi 84 — 90 km (6 km) qismini (2 mlrd soʻm) taʼmirlash. | 2025-2026-yillar davomida | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3-ILOVA
T/r | Turizm obyekti nomi | Joylashgan hudud |
1. | Mizdaxkon arxeologiya-arxitektura majmuasi | Xoʻjayli tumani |
2. | Shayx Jalil bobo ziyoratgohi | Qoraoʻzak va Amudaryo tumanlari |
3. | Amu-qaratau dam olish majmuasi | Qoraoʻzak va Amudaryo tumanlari |
4-ILOVA
1. | J. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi |
2. | A. Orinbayev | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari |
3. | S. Sadullayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
4. | F. Ermanov | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi |
5. | B. Jumamuratov | — | “Qoraqalpogʻiston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi direktori, Vasiylik kengashi kotibi |
5-ILOVA
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlarini hamda aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay infratuzilmaviy loyihalarga mablagʻlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik batafsil dastur loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqish (qarorning 2- va 3-bandlari). | Dastur loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: (a) iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik va transport-logistika infratuzilmasi loyihalarini samarali joylashtirish hamda hududlarning oʻzaro bogʻliqligini yaxshilashni inobatga olgan holda Nukus, Qoʻngʻirot, Beruniy va Chimboy aglomeratsiya markazlarini rivojlantirish; (b) Chimboy va Qoʻngʻirot tumanlarini jadal kompleks rivojlantirishda ushbu tumanlar markazlarining master rejalarini Dastur bilan oʻzaro uygʻunlikda ishlab chiqish; (v) Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) orqali 150 — 200 million dollar xorijiy mablagʻlar jalb etilishini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil may oyiga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. | Qoʻngʻirot va Beruniy tumanlarida sanoatni rivojlantirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-50-son Farmoniga muvofiq Beruniy tumanida qoʻshimcha sanoat loyiha ofisini tashkil qilish. 2. Qoʻngʻirot va Beruniy tumanlaridagi sanoat loyiha ofislari faoliyati uchun 20 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3. | Zamonaviy erkin iqtisodiy zona tashkil etish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarining geografik joylashuvi, sanoat salohiyati, qulay transport koridori, temir yoʻl infratuzilmasi va boshqa shart-sharoitlarni inobatga olib, kamida 1 ta zamonaviy erkin iqtisodiy zona tashkil etish uchun sanoat loyiha ofislari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan ilgʻor tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish. 2. Erkin iqtisodiy zonani tashkil etishning texnik topshirigʻida kamida 4 ta xorijiy investorlarni jalb qilishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni ragʻbatlantirish (qarorning 4-bandi “v” kichik bandi). | Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida noruda foydali qazilmalarni qayta ishlashni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli auksionda gʻolib deb topilgan summani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil sentabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
5. | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasini tashkil etish (qarorning 6-bandi). | 1. Hududiy boshqarmani oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur malakali mutaxassislar, maʼlumotlar bazalari, moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash, nizomi va tuzilmasini tasdiqlagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 15-sentabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Geologiya fanlari universiteti (A. Kadirxodjayev), Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Nukus davlat texnika universiteti (B. Kaipbergenov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Hududiy boshqarmani Nukus shahri T. Qayipbergenov koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan binoning 3-qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil 15-sentabr | ||||
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish hamda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan barcha istiqbolli yer qaʼri uchastkalari roʻyxatini konturlari va koordinatalari bilan birga shakllantirish, yer fondi toifasini oʻzgartirish va elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
6. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2026 — 2028-yillarda tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini olib borish dasturini qabul qilish (qarorning 7-bandi). | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2026 — 2028-yillarda tabiiy resurslarning yangi zaxiralarini aniqlash va ishga tushirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini olib borish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Dasturni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga respublika mineral xomashyo bazasini rivojlantirish yillik dasturlari doirasida Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil 1-noyabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
7. | “A-380” Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi 439 — 765 km va 876 — 1204 km oraligʻida 3 ta “Service area” yoki “Service point” yoʻlboʻyi servis obyektlarini Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qurish (qarorning 9-bandi). | 1. Mazkur obyektlarni hamda avtoturargohlarni qurish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Ajratilgan yer uchastkalarining master rejasi loyihalarini ishlab chiqish. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil sentabr | |||
3. Obyektlarni ularning qurilishi tugallangandan soʻng tayyor biznes shaklida realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksion (tanlov) savdolariga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-yanvar | |||
8. | Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash (qarorning 12-bandi). | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtib, ushbu hududda 12 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda bir yil davomida kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini real vaqt rejimida shakllantirib boruvchi texnik imkoniyat yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (A. Mahamatov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Tijorat banklari rahbarlari |
2. Tadbirkorlik subyektlariga oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadining 50 foizigacha miqdorida ulush kiritish shaklidagi moliyaviy yordam koʻrsatish tartibining uzluksiz ishlashi uchun zarur choralarni koʻrish. | Doimiy | ||||
9. | Kredit tarixi yomonlashgan jismoniy va yuridik shaxslarga imkoniyat yaratish. | “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida kredit olib, loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va toʻliq kreditini soʻndirgan, biroq toʻlov muddatlarini buzish hisobiga kredit tarixi yomonlashgan jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixini, istisno tariqasida, bir marotaba “yaxshi” toifaga oʻzgartirish. Bunda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani toʻgʻrisida xulosa kredit ajratgan bank hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan tasdiqlanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Markaziy bank (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermonov), tijorat banklari |
10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari va aholiga bank xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari va aholiga bank xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha dastur ishlab chiqib, amalga oshirish. Bunda: aholi va tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, chekka va qishloq hududlarda bank infratuzilmasini rivojlantirish; Nukus shahri, Qoʻngʻirot, Chimboy, Amudaryo hamda Toʻrtkoʻl tumanlarini xususiy banklar xizmati bilan qamrab olish uchun qulay sharoit yaratish. | Dastur ishlab chiqish | 2025-2026-yillar davomida | Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari |
2. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiallariga 5 mlrd soʻmgacha boʻlgan kreditlarni ajratishni mustaqil hal qilish huquqini berish masalasini koʻrib chiqish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
11. | Logistika xablarini tashkil etish. | 1. Hududni Qozogʻiston Respublikasining Qiziloʻrda viloyati bilan bogʻlovchi Qiziloʻrda — Taxtakoʻpir avtomobil yoʻlini qurish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doirasida muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bosh vazir oʻrinbosari (J. Xodjayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermonov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Hududni Turkmanistonning Toshhovuz viloyati bilan bogʻlovchi Xoʻjayli — Toshhovuz chegara postini ochish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doirasida muzokaralar olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | |||
3. Muzokaralar natijasi boʻyicha aniq asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
12. | Nukus shahri Gʻarezsizlik, S. Kamalov, G. Sheraziyeva koʻchalarining master rejasini ishlab chiqish. | Nukus shahri koʻchalarida tunu kun faoliyat koʻrsatadigan va barcha zaruriy infratuzilma obyektlariga ega boʻlgan turizm, koʻngilochar, gastronomik, savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil dekabr | “Asakabank” AJ (K. Tulyaganov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
13. | Qoraqalpogʻiston Respublikasining qadimiy, togʻ va daryo boʻyi hududlarida yangi turistik marshrutlarni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tajribaga ega xorijiy va mahalliy kompaniyalarni jalb qilgan holda ushbu qarorning 3-ilovasidagi turistik majmualarni rivojlantirish boʻyicha master rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Master reja ishlab chiqish | 2025-yil oktabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduhakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Turistik majmualar va ularga tutash hududda turizm, savdo va koʻngilochar xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarish choralarini koʻrish. Bunda master rejalarni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr-noyabr | |||
3. Turistik majmualarda amalga oshirilgan ishlar va ularning holati haqida videorolik shaklidagi hisobotlarni Prezident Administratsiyasiga kiritish. | Hisobot | 2026-yil dekabr | |||
14. | “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasida saygʻoqlarning populyatsiyasini oshirish va Qozogʻistondan Oʻzbekistonga saygʻoqlarning migratsiyasini qayta tiklash. | 1. Saygʻoqlarning migratsiyasini tiklash hamda populyatsiyasini oshirish boʻyicha ishchi guruhni tashkil qilish. 2. Ishchi guruhni Qozogʻiston Respublikasiga xizmat safariga yuborish. 3. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasiga kamida 500 ta saygʻoqni olib kelish, Qozogʻiston Respublikasi bilan Shalqar — Beyneu temir yoʻl liniyasida saygʻoqlar oʻtishi uchun yoʻlaklar barpo qilish va chegara hududida migratsiya yoʻllarini koʻpaytirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Bosh vazir oʻrinbosari (J. Xodjayev), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. Muzokaralar natijasi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Muzokara yakunidan keyin ikki hafta muddatd | 2026-yil oktabr | |||
15. | Chimboy tumanida oʻquv va ishlab chiqarish etnoturizm maskanini tashkil etish. | 1. Chimboy tumani markazidagi kasbiy koʻnikmalar markazi huzurida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻquv va ishlab chiqarish etnoturizm maskanini tashkil etish. Bunda oʻtov (qora uy)larni ishlab chiqarish koʻnikmasi, qoraqalpoq milliy bezaklari, zargarlik va boshqa milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash, xorijiy tillarni oʻrgatish, dizayner hamda tadbirkorlik savodxonligi yoʻnalishlarida oʻqitish va ishlab chiqarish (yasash, tayyorlash), shuningdek, koʻrsatiladigan xizmatlar va yaratilgan mahsulotlar uchun bino hamda taqdimot xonalarini (showroom) tashkil qilish nazarda tutiladi. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash | 2025-yil oktabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Ushbu markazni 2026-yil 1-martga qadar ishga tushirish va turizm marshrutiga qoʻshish. | Qurilish ishlarini yakunlab foydalanishga topshirish | 2026-yil mart | |||
16. | Festival va tadbirlar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Mahalliy aholining avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanaviy bayram kunlari roʻyxatini tuzish. 2. Sayyohlarda katta qiziqish uygʻotadigan bayramlarni tanlab olish va ularni oʻtkazish uchun qulay sanalarni belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili 10-yanvarga qadar | Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
3. Ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish. | Doimiy | ||||
17. | Hududning turizm salohiyatini xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilib borish. | 1. Targʻibot xarajatlari uchun UNWTO, UNDP, GIZ kabi tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Sh. Asadov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Euronews va shunga oʻxshash telekanallar orqali xorijda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm obyektlari, gastro va ekstremal turizm salohiyatini keng targʻib qilish. | Har chorakda | ||||
18. | Xorazm — Qoraqalpogʻiston turizm yoʻnalishini oʻzaro bogʻliq holda rivojlantirish. | Urganch — Nukus — Qoʻngʻirot temir yoʻl yoʻnalishida elektropoyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil noyabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) |
19. | Ichimlik suv tarmoqlarini yaxshilash. | 1. Uzunligi 97 km boʻlgan Qoʻngʻirot-Moʻynoq magistral suv tarmogʻini qurish, shuningdek, Tuyamoʻyin suv tozalash inshootini toʻliq rekonstruksiya qilish (suv tindirgich qurish) ishlariga Osiyo taraqqiyot bankining “Iqlim oʻzgarishiga moslashgan suv taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida 70,0 million dollar qarz mablagʻlarini yoʻnaltirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonqulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Muzokaralar natijasi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish | 2025-yil noyabr | |||
3. Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish va ishlarni boshlash. | Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish | 2025-2026-yillar davomida | |||
20. | Mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: mayningga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etish; maxsus zonada mayning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etish; maxsus zonadan mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda maxsus tariflar qoʻllash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil sentabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Raqamlashtirish vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | ||||
21. | Qorakoʻlchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi faoliyatini tashkil etish. | 1. Toʻrtkoʻl tumanida qorakoʻl zotli qoʻylarning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xos sur rangli yuqori elita sinfli nasldor qorakoʻl qoʻylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Qorakoʻlchilik ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi faoliyatini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasining asosiy vazifalarini tasdiqlash va unda quyidagilarni inobatga olish: yuqori nasldor elita sinfiga mansub sur rangli qorakoʻl zotli qoʻylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish; otarlarda naslchilik va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etish, bunda ranglar boʻyicha eksportbop yarim doira qalamgul, qovurgʻasimon va yassi gul tipidagi qorakoʻl qoʻylar seleksiyasiga alohida eʼtibor qaratish; serpusht qorakoʻl qoʻylarini oʻzaro juftlash orqali jahon moʻyna bozorlari talabidan kelib chiqib qorakoʻl terining raqobatbardosh turlarini yaratish; yetishtirilgan yuqori mahsuldor qorakoʻl qoʻy va qoʻchqorlarni aholi xonadonlariga, dehqon hamda fermer xoʻjaliklariga tizimli ravishda yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish. | Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasi nizomini tasdiqlash | 2025-yil oktabr | |||
3. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasini tashkil etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 6 mlrd soʻm mablagʻ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | |||
4. Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyasini Toʻrtkoʻl tumani “Atauba” OFY Samandorlik koʻchasi 100-uyga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) | ||
22. | Iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urugʻlarini ekish. | 1. Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda yaylovlarga (zaruratga koʻra dron bilan) iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urugʻlarini sepish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), “Mikrokreditbank” ATB (O. Butayev) |
2. Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan yaylov yer maydonlariga choʻl oʻsimliklari urugʻlarini ekish orqali kelgusi uch yilda 2 ming gektar yaylovlarda urugʻchilik maydonlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | ||||
3. 2025-2026-yillarda xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan qoʻychilik, echkichilik va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | ||||
23. | Chorvachilikni rivojlantirish orqali aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash. | 2025-2026-yillarda xorijiy davlatlardan 1,2 ming bosh yirik shoxli mollarni hamda Moʻgʻulistondan 10 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev) |
24. | Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash. | “Beruniy — Agro Star” MCHJga chorva ozuqa ekinlarini ekish maqsadida Beruniy, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Chimboy tumanlaridan jami 1 000 gektar yer maydonini ajratish. Bunda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda malakali ekspertlarni jalb qilgan holda ozuqa ekinlarini yetishtirish va hududning iqlim sharoitiga mos urugʻ navlarini tanlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
25. | Chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun qulaylik yaratish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan yerlar meʼyorini sugʻoriladigan yerlar uchun kamida 0,5 gektar, yaylovlar va pichanzorlar uchun kamida 3 gektar etib belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov) |
26. | “Qoraqalpogʻistonda biznes yuriting” shiori ostida targʻibot ishlarini olib borish. | Raqamli texnologiyalar vazirligi va mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda fuqarolarning mobil telefon raqamiga begʻaraz asosda “Qoraqalpogʻistonda biznes yuriting” shiori ostida tadbirkorlarga yaratilgan barcha yengilliklar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlariga oid boʻlgan SMS-xabarlar yuborilishini taʼminlash. Bunda fuqarolarning telefon raqamiga yuboriladigan SMS-xabar matni va mazmuni “Qoraqalpogʻistonda loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi bilan kelishilgan holda tayyorlanadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Yilning har choragida | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov), mobil aloqa operatorlari |
27. | Aholida zamonaviy qishloq xoʻjaligi madaniyatini, bogʻdorchilik va issiqxonachilik sohasidagi tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish. | 1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “AGROSANOAT INNOVATORLARI” MCHJga zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda yoʻl-transport infratuzilmasiga ega boʻlgan yer uchastkasini 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur yer maydonida zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllagan holda intensiv bogʻ va issiqxonalar barpo qilish. 3. Intensiv bogʻ va issiqxonalarni barpo qilish, qayta taʼmirlash, ekspluatatsiyasi hamda mahsulot yetishtirish va saqlash xarajatlarini Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash. 4. “AGROSANOAT INNOVATORLARI” MCHJga ushbu intensiv bogʻ va issiqxonalarni barpo qilishda tovarlar va xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali xarid qilishga va loyihalashtirish ishlari hamda qurilish ishlarini bir vaqtning oʻzida amalga oshirishga ruxsat berish. | 2025-yil oktabr | ||||
5. Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. 6. 2026-yildan “Agentlik namuna issiqxonasi”da mahsulot yetishtirish hamda saqlash xarajatlari uchun Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining yillik xarajatlar smetasiga tegishli mablagʻ ajratilishini taʼminlab borish. | 2025-yil sentabr | ||||
28. | Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish uchun dastur tasdiqlash. | 1. Aholining kundalik hayotidagi kommunal hamda boshqa sohalardagi kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni tezkor hal etishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Hujjatni tasdiqlash va amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Jamgʻarma vasiylik kengashi (J. Qoʻchqorov) |
2. Dasturga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Yil davomida | ||||
3. Dasturni amalga oshirish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq ajratish. | Dasturga muvofiq |