13.08.2025 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Respublika hududiga kirib kelgan va bir qismi yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yo‘q qilish tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-407-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yo‘q qilish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlar “yo‘q qilish”, shuningdek, tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilganda umidsiz qarzdorlik deb e’tirof etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartib-taomillarini elektron shaklda amalga oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yo‘q qilish yuzasidan xulosani berishning yagona tartibini ishlab chiqish hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi ishlab chiqilgani hamda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi orqali davom ettirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartib-taomillarini “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirish amaliyotini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yo‘q qilish yuzasidan xulosa berish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xulosa shakli, xulosani olish uchun taqdim etiladigan ariza shakli, arizani ko‘rib chiqish muddati, tovarlarni yo‘q qilish usullari va joyi nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yo‘q qilish yuzasidan xulosani “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etishni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yo‘q qilish tartib-taomillarini soddalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolishi natijasida “yo‘q qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
513-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 513-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umidsiz qarzdorlik — TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlarining majburiyatlari sud qaroriga asosan bekor qilinishi tufayli yoki bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik, shuningdek, TSOYAEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlari o‘rtasida haqiqatda mavjud bo‘lmagan, tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolgan, “yo‘q qilish” va “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan yoxud davlat organi tomonidan musodara yoki yo‘q qilingan, shu jumladan, kredit-nota asosida taqdim etilgan chegirma natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidan “va boshqa” so‘zlari chiqarib tashlansin;

o‘ninchi xatboshi “yaroqsiz bo‘lib qolgan hamda” so‘zlaridan keyin “yo‘q qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi natijasida yuzaga kelganligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidan “va boshqa” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘qqizinchi xatboshidagi “shartnoma” so‘zi “yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi xatboshi “yaroqsiz bo‘lib qolganligini” so‘zlaridan keyin “, “yo‘q qilish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilganligini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tovarlarning davlat foydasiga voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Adliya vazirligi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi yoki tugatilishi natijasida reyestrdan chiqarilganligi haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimda TSOYAEATga taqdim etib boriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/513/0731-son)