Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyati natijadorligini oshirish, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish hamda kasbiy darajasini rivojlantirish, shuningdek, xodimlarni kafolatlangan moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xalqaro talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimi joriy etilsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining lavozim maoshini yagona tamoyil asosida mehnatga haq toʻlashning yangilangan tarif setkasi hamda koʻp yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffitsiyentlari asosida shakllantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ragʻbatlantirish toʻlovlarini boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustamalar, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish (keyingi oʻrinlarda — bonus) toʻlovlari shaklida toʻlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash faqat mazkur Farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, Farmonda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar (davlat mukofotlari uchun toʻlovlar bundan mustasno) toʻlashni taqiqlash.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-avgustdan boshlab, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) lavozim maoshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) malaka (martaba) darajalari uchun toʻlovlar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mukofotlash hamda bonus toʻlovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar va bonus toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar iqtisodiy tasnifi boʻyicha har biri uchun alohida xarajat turida rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi razryadlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tarif koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlariga faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun beriladigan lavozim maoshiga har oylik ustamalar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlariga davlat fuqarolik xizmati malaka darajalari uchun lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar miqdori 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun xarajatlar smetasida shtatlar jadvalidagi bir yillik lavozim maoshining 10 foizidan oshmagan miqdorida mablagʻ rejalashtiriladi, bunda haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib mablagʻlar yetmagan taqdirda, tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bonus toʻlovlari uchun xarajatlar smetasida bir yil uchun shtatlar jadvalidagi bir oylik lavozim maoshidan oshmagan miqdorida mablagʻlar rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa pulini toʻlash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali yoʻlga qoʻyilganligini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati 2025-yil 1-noyabrdan tugatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bonus toʻlovlari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari ish haqiga ularning lavozim maoshiga nisbatan ustamalar belgilash va xodimlarni mukofotlashga yoʻnaltiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xizmat vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajargan yuqori malakali xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ishda erishgan yutuqlari uchun lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilashga ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xarajatlar smetasida bonus toʻlovlari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oylik yoki choraklik ustamalar belgilanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xodimlarni mukofotlash yubiley, bayramlarda hamda hisobot davri yakunida amalga oshirilishi mumkin. Bunda mukofotning miqdori xarajatlar smetasida bonus toʻlovlari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar miqdoridan (imkoniyatidan) kelib chiqqan holda ushbu mablagʻlar doirasida xodimning umumiy natijalardagi shaxsiy ulushiga qarab belgilanadi hamda mukofotning yuqori miqdori chegaralanmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ustama va mukofot miqdorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi xodimlari uchun uning birinchi rahbari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) hokimlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi natijasi ularning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligining oʻrtacha natijasidan shakllanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmonning 5-ilovasida keltirilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) inson omilini kamaytirgan holda tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilib, toʻliq raqamlashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholashning namunaviy tartibi (keyingi oʻrinlarda — Namunaviy tartib)ni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Namunaviy tartib asosida oʻzlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu joriy etilayotgan yangi tizimni joylarda oʻrganib, natijalarining tahlili asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan 2025-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U.Sh. Xusainov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Farmonning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-129-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi razryadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Lavozimlar nomi
Razryad
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
1.
Vazirlar Kengashi Raisi, hokim
11
2.
Raisning (hokimning) birinchi oʻrinbosari
10
3.
Rais (hokim) oʻrinbosari
9
4.
Rais (hokim) maslahatchisi, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, devon rahbari*
8
5.
Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, axborot-tahlil guruhi rahbari, ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi, kotibiyat mudiri, devon rahbari oʻrinbosari*
7
6.
Boshqarma boshligʻi, boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi, loyiha ofisi boshligʻi
6
7.
Shoʻba mudiri, guruh rahbari, yuridik xizmat boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari*, Rais (hokim) yordamchisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari*
5
8.
Bosh mutaxassis (bosh yuriskonsult, loyiha menejeri)
4
9.
Yetakchi mutaxassis (yetakchi yuriskonsult, energiya menejeri)
3
10.
Mutaxassis (yuriskonsult)
2
Tuman va shahar hokimliklari
11.
Hokim
10
17.
Hokimning birinchi oʻrinbosari
9
18.
Hokim oʻrinbosari
8
19.
Hokim maslahatchisi, hokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi
7
20.
Ijro apparati rahbari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari, kotibiyat mudiri
6
21.
Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi
5
22.
Guruh rahbari, shoʻba (devonxona) mudiri, hokim yordamchisi
4
23.
Bosh mutaxassis (bosh yuriskonsult, loyiha menejeri)
3
24.
Yetakchi mutaxassis (yetakchi yuriskonsult)
2
25.
Mutaxassis (yuriskonsult)
1
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Toshkent shahriga tegishli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tarif koeffitsiyentlari
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Pogʻona — xodimning umumiy ish stajidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xodimning umumiy ish staji 3 yilgacha boʻlganda 1-pogʻonaga, 3 yildan 6 yilgacha — 2-pogʻonaga, 6 yildan 10 yilgacha — 3-pogʻonaga, 10 yildan 15 yilgacha — 4-pogʻonaga, 15 yildan 20 yilgacha — 5-pogʻonaga, 20 yildan ortiq — 6-pogʻonaga mos keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarif koeffitsiyentlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimligi xodimlariga 1,6 baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xodimlariga 1,4 baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi tuman hokimliklari xodimlariga 1,3 baravar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy aholi soni 300 mingdan ortiq boʻlgan tuman (shahar) hokimliklari xodimlariga 1,1 baravar oshirilgan holda qoʻllanadi. Bunda Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan yil boshida eʼlon qilinadigan doimiy aholi soniga muvofiq bir yilda bir marotaba doimiy aholi soni 300 mingdan ortiq boʻlgan tuman (shahar) aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklariga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartib saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlariga faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun beriladigan lavozim maoshiga har oylik ustamalar miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: har oylik ustamalarni hisoblashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har oylik ustamalar miqdori chorak yakunlari boʻyicha reyting baholari asosida belgilanadi va keyingi chorak davomida toʻlab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birinchi marta reyting baholash natijalari aniqlangunga qadar xodimlarga har oylik ustamalar miqdori rahbariyat tomonidan ularning faoliyati natijalaridan kelib chiqib, oxirgi chorak (oy) uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustama toʻlovlari miqdori shtatlar jadvali va xarajatlar smetasida yillik rejalashtirilgan mablagʻlar miqdoridan oshmasligi lozim va uning uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari (ishlar boshqaruvchilari) va bosh hisobchilari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlariga davlat fuqarolik xizmati malaka darajalari uchun lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORI

Malaka darajalari nomi
Qoʻshimcha toʻlovlar miqdori lavozim maoshiga nisbatan
(foizda)
1.
2-darajali maslahatchi
40
2.
3-darajali maslahatchi
35
3.
1-darajali xizmatchi
30
4.
2-darajali xizmatchi
25
5.
3-darajali xizmatchi
20
6.
4-darajali xizmatchi
15
7.
5-darajali xizmatchi
10
8.
6-darajali xizmatchi
5
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi PF-129-son Farmoniga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlashda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning namunaviy roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Hududni kompleks rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yalpi hududiy mahsulot hajmining oʻsish surʼati (viloyat uchun)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻsish surʼati (tarmoq va sohalar kesimida)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati (tarmoq va sohalar kesimida)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi hajmining oʻsish surʼati (shaharlar bundan mustasno)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish (Zarbdor tajribasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Master reja ishlab chiqilgan hududlarda loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni oʻzlashtirish (drayver loyiha, ogʻir toifadagi mahalla, “Tashabbusli budjet”, “Agrostar” va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Isteʼmol narxlari indeksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Budjet tushumlari prognozi ijrosi (soliq bazasini kengaytirish)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Raqamlashtirilganlik darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati davomiyligi (yashovchanlik) darajasining oʻzgarishi (1 yildan, 3 yildan, 5 yildan, 10 yildan ortiq)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Chempion” tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash (misol uchun, faoliyatini transformatsiya qilish, energiya samaradorlik, yashil tamoyillar (ESG), hisobotlarni xalqaro standartlarga oʻtkazish (IFRS), marketing, raqamlashtirish kabi yoʻnalishlar uchun konsultant ajratish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bank mijozlari bilan ishlab, yangi ish oʻrinlari yaratish (Uychi tajribasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishsizlik darajasini pasaytirish, aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish (soliq bazasidan oʻtgan soliq toʻlovchilar)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mahallalarning ixtisoslashuv darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Mahalla yettiligi” va aholi oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlari bajarilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish (“Bir kontur — bir mahsulot”, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish (band aholiga nisbatan ulushi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kambagʻallik darajasini pasaytirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy reyestrdagi aholi ulushining oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat dasturlari doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish (“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash”, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun mulk huquqi asosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sanoatni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligining (sanoat ishlab chiqarish hajmining sanoatda band boʻlgan aholiga nisbatan) oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sanoat korxonalari soliq tushumlarining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (jami sanoatga nisbatan ulushining oʻzgarishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mahallalarda mikrosanoat markazlarini tashkil etish (Gʻijduvon tajribasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Turizmga ixtisoslashgan hududlarda mahalliy va xorijiy turist (sayyoh)lar oqimini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Joylashtirish vositalari, jumladan, oilaviy mehmon uylari, xostel, modulli mehmonxona, kapsula va oʻtovlar tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Turizm (mehmonxona va restoranlar) yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan subyektlarni booking.com, tripadvisor.com va boshqa onlayn sayohat va turistik platformalar orqali mijozlarni jalb etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. IT, tibbiyot, taʼlim va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida xizmatlar eksporti hajmining oʻsishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarni koʻpaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Turistik tashkilotlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shahar va tuman markazlarida onlayn taksi xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qishloq va suv xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. “AgroStar” kompaniyasi bilan hamkorlikda milliy brendlarni yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yangi bogʻ-tokzorlar barpo etish va eski bogʻlarni yangilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qishloq xoʻjaligi hududlarida logistika markazlari va muzlatkichli omborxonalarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yangi tartibda qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini aholiga uzoq muddatga ijaraga berish va ularda eksportbop mahsulot yetishtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Suv xoʻjaligi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻrmon xoʻjaliklarida loyihalarni amalga oshirish (daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yoʻnalishlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Foydalanishga kiritiladigan oʻrmon fondi yer maydonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Investitsiya va eksport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Hududiy investitsiya dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish (shu jumladan sanoat zonalaridagi loyihalarni amalga oshirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Hududiy eksport hajmini oshirish (sanoat va meva-sabzavot)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Eksport geografiyasini va eksportbop tovarlar turlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Infratuzilmani yaxshilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ogʻir toifadagi mahallalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va ajratilgan mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini oʻzlashtirish*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Aholini toza ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Taʼmirtalab ichki yoʻllar ulushining jami ichki yoʻllarga nisbatan oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Yugurishga moʻljallangan maxsus yoʻlakchalar uzunligining jami piyodalar yoʻlakchasiga nisbatan oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Aholi yashash maskanlarini keng polosali yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash maqsadida optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yashil yondashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yashil energiya bilan qamrab olingan (issiqlik tizimi, quyosh panellari va boshqalar) ijtimoiy soha obyektlari soni jami ijtimoiy soha obyektlariga nisbatan oʻzgarishi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yashil energiya bilan qamrab olingan (quyosh panellari, issiqlik nasoslari, geliokollektor uskunalari va boshqalar) aholi xonadonlari soni jami aholi xonadonlariga nisbatan oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Korxonalarda atrof-muhit ifloslanishining davlat ekologik monitoringini oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Ijtimoiy soha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. 3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (Pearson, IELTS, TOEFL va h.k.)ga ega boʻlgan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning jami yoshlarga nisbatan ulushining oʻzgarishi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan maktab bitiruvchilarining jami bitiruvchilarga nisbatan oʻzgarishi (shuningdek, xorijga oʻqishga ketgan maktab bitiruvchilari)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim va xususiy oʻquv muassasalarini koʻpaytirish (viloyat boʻyicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Onalar oʻlimi darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Goʻdaklar oʻlimi darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari (SGSH) tashkil etish va mavjudlarini taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Aholini sportga jalb qilish darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga aholini qamrab olish darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Sport yoʻnalishida milliy va xalqaro darajadagi sovrindorlar ulushi jami aholi soniga nisbatan oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Oila va xotin-qizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, mahallalarda nizolarni barvaqt aniqlash, nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyotini oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Oilaviy ajralishlarni kamaytirish (oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishi)*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Madaniyat va kinematografiya yoʻnalishida mahalliy, respublika va xalqaro tadbirlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Innovatsion rivojlanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Hududlarni innovatsion rivojlantirish maqsadida startap va tijoratlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Xalqaro grantlarni hududga jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. Ijro intizomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi topshiriqlarning bajarilishi*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur samaradorlik koʻrsatkichlaridan foydalanish shart.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/129/0709-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)