04.08.2025 yildagi PF-126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik sohasini takomillashtirish, bandlik organlarini ish beruvchilarning hamkoriga aylantirish, ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan javobgarlik choralarini bekor qilish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy yo‘nalish va maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kasbga o‘qitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bandlik organlari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xo‘jalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning a’zolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmasligi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning a’zolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmasligi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xodimlari soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bandlik organlari zaxiradagi ish o‘rinlariga yo‘llanmalarni tashkilotlarning ro‘yxatdagi navbati bo‘yicha beradi. Yo‘llanmalarni berishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash manziliga yaqinligi va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan xodimlarning amaldagi soni inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xodimlari soni 50 kishigacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham mikrofirmalar toifasiga kiritilgan ish beruvchilar uchun Mehnat kodeksining 29-bobida belgilangan xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ishsizlik nafaqasi so‘nggi besh yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ular olti oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) birinchi oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda, ikkinchi va uchinchi oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs bandlik organlari tomonidan yuborilgan yoki e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga suhbatga bormagan yoki taklif etilgan maqbul ishdan bosh tortgan taqdirda, nafaqa to‘lovi keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar dastlab Toshkent shahrida hamda kelgusida respublikaning barcha hududlarida ish beruvchilarga amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda bandlik organlari tomonidan ko‘maklashish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi o‘rinlarda — YAMMT):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlari soni 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga YAMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni bo‘lmaganda, “Yagona milliy mehnat tizimi” direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi to‘g‘risidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mehnat huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kasbga o‘qitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, 2026-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etiladigan kasb-hunarga o‘qitish bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga o‘qitish va malaka oshirish) tizimga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kasb-hunarga o‘qitish nazariy va amaliy tarzda amalga oshiriladi. Bunda nazariy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar (test imtihonlari yakunlari bilan) amaliy o‘quv bosqichiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-fevralga qadar o‘quv dasturlarining nazariy qismi asosida videodarsliklar tayyorlanishi va bepul foydalanish uchun internet tarmog‘iga joylashtirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘quv va imtihon jarayonini nazorat qilish tizimini va ish beruvchilarga tinglovchilarning imtihondan o‘tish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish hamda o‘quv va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etishda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘laridan foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng olingan ssudani ikki yil davomida Jamg‘armaga (nogironligi bo‘lgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolari bundan mustasno) qaytaradi;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati uch oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning a’zolariga va yashash manzilidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bunda ishsizlik nafaqasi to‘lanishi davrida o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki oy muddatda har bir hududning ixtisoslashuvi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida bittadan kasbiy ko‘nikmalar markazini muayyan kasbni o‘rgatishga ixtisoslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ixtisoslashgan kasbiy ko‘nikmalar markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda va yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) markazlarda mutaxassislar chuqurlashtirilgan holda tayyorlanadi, mahorat darslari o‘tkaziladi, kasblar bo‘yicha malaka oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) markazlarni tashkil etish va moliyalashtirish xususiy sektor, Jamg‘arma, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-iyulga qadar xususiy sektor bilan birgalikda xalqaro miqyosda tan olingan malakani baholash markazlarini tashkil etsin. Bunda dastlabki bosqichda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash vositalarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Olmazor tumani kasbiy ko‘nikmalar markazi binosining bir qismida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazida tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘rta muddatli o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash uchun mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalash-tirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

I. Mehnat munosabatlarini takomillashtirish

1.

Ish beruvchilarga amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda mehnat organlari tomonidan ko‘maklashish tizimini joriy etish

1. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida rekruting tashkilotini yoki rekruterlarni yollash orqali malakali mutaxassislardan iborat loyiha guruhini tashkil etish.

2025-yil avgust

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Loyiha guruhi:

Toshkent shahridagi ish beruvchilarning talabini aniqlash orqali bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bazasini shakllantirib, maxsus platformaga joylashtiradi;

maxsus platforma faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi;

talabgorlardan ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus platforma orqali oladi;

ish qidiruvchilar orasidan amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tanlab oladi;

ish beruvchilarga malakasi to‘g‘ri keladigan mutaxassislarning rezyumelarini yuboradi;

talabgorlar bilan suhbat o‘tkazib, ish beruvchilarga maqbul keladigan mutaxassislarni tanlab olishda ko‘maklashadi;

ish beruvchining talabidan kelib chiqib, vazirlikka kasbga o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif kiritadi.

Doimiy

3. Loyihani respublikaning boshqa hududlarida joriy etish.

2026-yildan boshlab

2.

Ish o‘rinlarini zaxiralash tizimini takomillashtirish

1. Ish o‘rinlarini zaxiralash tizimini xodimlar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tatbiq etish (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar bundan mustasno).

Bunda majburiy zaxiralanadigan ish o‘rinlari soni umumiy xodimlar sonining uch foizidan oshmasligi zarur.

2026-yildan boshlab

Mablag‘ talab etilmaydi

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari, tuman (shahar) hokimliklari

2. Budjet tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun zaxiralashning amaldagi tizimini saqlab qolgan holda zaxiralanadigan ish o‘rinlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning a’zolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar va odam savdosidan jabrlangan shaxslargagina tatbiq etish.

Bunda xodimlar soni 20 nafardan ortiq bo‘lganda tashkilotlarda majburiy zaxiralanadigan ish o‘rinlari soni umumiy xodimlar sonining yetti foizidan oshmasligi zarur.

3. Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari zaxira ish o‘rni yaratadigan ish beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib, tuman (shahar) hokimliklariga taqdim etish.

Har yili 1-oktabrga qadar

4. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori bilan ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash.

Har yili 1-noyabrga qadar

5. Tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish.

2026-yildan boshlab

3.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirish

1. Mehnat bozorini prognozlash, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish, bandlik va kasbiy ta’limni rivojlantirishda yo‘nalishlarni belgilash uchun “katta to‘rtlik” (Deloitte, PwC, EY, KPMG) tashkilotlaridan birini shartnoma asosida jalb etish.

2026-yil yakuniga qadar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun xalqaro va milliy ekspertlarni (kompaniyalarni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda loyiha guruhini tashkil etish.

Loyiha guruhi xalqaro va milliy ekspertlarning (kompaniyalarning):

faoliyatini va uni bajarish muddatlarini, resurslarini qamrab olgan ish reja asosida muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi;

faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan inson resurslari, asbob-uskunalar va materiallarni taqsimlaydi;

doimiy ravishda kuzatadi, grafikdan og‘ishlarni aniqlaydi va zarur bo‘lganda tuzatishlar kiritadi;

barcha amalga oshirayotgan ishlarining natijalari va yuzaga keladigan muammolar haqida vazirlikka muntazam ravishda hisobot berib boradi.

2025 — 2027-yillarda

II. Kasbga o‘qitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish

4.

Kasb-hunarga o‘qitishni bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga o‘qitish hamda malaka oshirish) tizimga o‘tkazish

1. “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tarkibida videodarsliklar va o‘qitishning nazariy qismini tashkil etish bo‘yicha loyiha guruhi tuziladi hamda unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

2025-yil avgust

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

bepul videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish va kasb-hunarga o‘qitishning nazariy qismini yaratish rejasini vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash;

videodarsliklar va kasb-hunarga o‘qitishning nazariy qismini yaratish jarayoniga shartnoma asosida xususiy sektorni jalb etish;

videodarsliklarni ommalashtirish va keng targ‘ib qilish maqsadida xalq orasida mashhur, o‘z sohasining yetuk mutaxassislarini shartnomaviy asosda jalb etish;

videodarsliklar va kasb-hunarga o‘qitishning nazariy qismini tasvirga olish uchun maxsus studiya tashkil etish va zarur uskunalarni xarid qilish.

2025-yil avgust

2. O‘quv dasturlarini yo‘nalishlar bo‘yicha bosqichma-bosqich nazariy va amaliy qismlariga ajratish va zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish.

2025 — 2027-yillarda

3. Xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda kasbiy ko‘nikmalar markazlarida zamonaviy nazorat tizimi (proktoring)ni joriy qilish orqali nazariy bosqichning imtihon jarayonini tashkil etish.

2026-yil fevral

4. Nazariy bosqichni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan ishsiz va ish qidirayotgan tinglovchilar uchun vaucher olish va o‘quv muassasasini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish.

2026-yil fevral

5. Stipendiya tayinlash, o‘quv va imtihon jarayonini nazorat qilish bo‘yicha dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish.

2025-yil yakuniga qadar

6. Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etishni kengaytirish maqsadida yirik ish beruvchilar va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikda professional ta’limning afzalliklari haqida videoroliklar ishlab chiqish.

2025 — 2027-yillarda

7. Kasb-hunarga tegishli, shu jumladan, stipendiya tayinlash va to‘lash, imtihon o‘tkazishni kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish.

2025-yil yakuniga qadar

8. Kasb-hunarni uch bosqichli o‘qitish tizimiga (videodarsliklar, kasbga o‘qitish hamda malakani oshirish) o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarni, shu jumladan, tizimni targ‘ibot qilish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, jamoatchilik fikrini o‘rganishni vazirlik va “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshirish.

2025-yildan boshlab har yili

5.

“Kasb vaucheri” asosida o‘qitish to‘lovlarini ssuda shakliga o‘tkazish

1. “Kasb vaucheri” asosida o‘qitish uchun foizsiz ssuda ajratilayotganligi va uning afzalliklarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish. Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar va kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolariga “Kasb vaucheri” to‘lovlarining qaytarilmaslik shartida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratish.

2025-yil oktabr

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Talabgorlar “Kasb vaucheri”ni olganda ssudani qaytarish yoki ishga joylashgandan so‘ng, uning bank kartasidan mablag‘larni 24 oy davomida avtomatik ravishda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga o‘tkazilishi yuzasidan roziligini taqdim etuvchi hujjatni rasmiylashtirish.

2025-yil noyabr

3. Ta’lim muassasalari “kasb vaucheri” tizimi orqali fuqarolarni o‘qitishlari uchun vazirlikning elektron reyestri ro‘yxatidan o‘tishlarini talab etish. Bunda o‘quv jarayonini CRM tizimi orqali hamda o‘quvchilarning monitoringi (davomati)ni FACE-ID tizimi orqali amalga oshirish.

4. “Kasb vaucheri”ni hisobga olish va mablag‘larni qaytarish tartibi bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil yakuniga qadar

5. YAMMT direksiyasi bilan “kasb vaucheri”ni joriy etish va hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish.

2025-yil avgust

6.

Kasb va xorijiy tillarga o‘qitishda vaucher tizimini to‘liq joriy etish

1. Vaucher tizimini Toshkent shahri va Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqib, respublika miqyosida keng joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

2025-yil sentabr

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida vaucher tizimini joriy etishni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish.

3. Vaucher tizimi asosida o‘qitishga o‘tgan kasbiy ko‘nikmalar markazlarini saqlash xarajatlarini qoplash imkoni bo‘lmaganda, ularni moliyalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Bunda kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazlarining ham vaucher tizimida ishtirok etish huquqi bo‘lib, amaldagi moliyalashtirish mexanizmi saqlab qolinadi.

2025-yil noyabr

4. YAMMT direksiyasi bilan vaucher tizimini respublika miqyosida to‘liq joriy etish va hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotni takomillashtirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish.

2025-yil avgust

7.

Stipendiya to‘lovlarini takomillashtirish

1. Muddati uch oydan ortiq davom etadigan kasb-hunar kurslarida ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari, shuningdek, boshqa hududdan qatnab ta’lim oladigan shaxslarga stipendiya to‘lash. Bunda boshqa hududdan qatnab ta’lim oladigan shaxslar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:

ta’lim olayotgan hududga boshqa ma’muriy hududdan qatnaydigan shaxslar;

ta’lim olayotgan hududda yotoqxona yoki boshqa turar joylarda yashab, kurslarda tahsil oladigan shaxslar.

Farmon qabul qilingan kundan

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lash. Bunda ishsizlik nafaqasi oluvchi o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi va ishsizlik nafaqasi to‘lanishi to‘xtatilmaydi.

3. Farmon e’lon qilingunga qadar tayinlangan stipendiyalarni muddati tugagunga qadar to‘lash.

8.

Kasbiy ko‘nikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish

1. Hududlar ixtisoslashuvi va imkoniyatlarining tahlili asosida kamida bittadan kasbiy ko‘nikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

Uch oy muddatda

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Vazirlik xususiy sektor bilan hamkorlikda hamda yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda ixtisoslashuvni tashkil qilish.

2025 — 2027-yillarda

3. Vazirlik kasbiy ko‘nikmalar markazlarida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan holda tayyorlash, mahorat darslari o‘tkazish, kasblar bo‘yicha malaka oshirishni hamda ushbu kasblar bo‘yicha xususiy sektor bilan hamkorlikda malakani baholash markazlarini tashkil etish.

9.

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlash tizimini tashkil etish

1. Olmazor tumani Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etish.

2026-yil avgust

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari

2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish (CIPDning rasmiy vakili sifatida PwC bilan) hamda mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil fevral

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

3. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish yuzasidan kasbiy standartlar, o‘qitish dasturlari va sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha PwC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish.

2025-yil sentabr

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

4. Mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish jarayonida eng maqbul taklifni tanlab olish asosida kompaniyalarni (mustaqil ekspertlar) jalb etish yoki ushbu standartlar va dasturlarni ishlab chiqishga xususiy sektorni bevosita jalb qilish.

2025-2026-yillarda

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

5. Xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash tizimi bo‘yicha o‘qitishni PwC bilan birgalikda tashkil qilish.

2025-yil oktabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari

Bunda vazirlik tomonidan kamida 200 nafar CIPD sertifikatini olishi talab etiladigan mutaxassislar bo‘yicha vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari taqsimotini tasdiqlash.

Vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilma rahbarlarini reja bo‘yicha o‘qitishni ta’minlash.

2025-2026-yillarda

6. Xususiy sektordan hamkor tanlash orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha malakani baholash markazini tashkil etish.

2025-2026-yillarda

-

7. Olmazor tumani Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ishsizlarga kompensatsiyalar, stipendiyalar, moddiy yordam va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun rejalashtirilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘armaning yillik rejasiga o‘zgartirishlar kiritgan holda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

2026-yil may oyiga qadar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

10.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlari ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va o‘quv-metodik ta’minlash markazini tashkil qilish

Kasbiy ko‘nikmalar markazlaridagi marketolog shtatlarini maqbullashtirgan holda Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazidagi 10 ta shtatdan iborat boshqarmaning shtatlari sonini 5 taga oshirib qayta tashkil etish.

Bunda Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazi rahbari hamda kasbiy ko‘nikmalar markazlarini muvofiqlashtirayotgan boshqarma (15 shtat):

barcha kasbiy ko‘nikmalar markazlari va o‘quv dasturlarini muvofiqlashtiradi;

kasb-hunarga o‘qitishni uch bosqichli tizimga o‘tish grafigi bo‘yicha vazifalarning bajarilishi monitoringini yuritadi;

ayrim kasbiy ko‘nikmalar markazlarining ixtisoslashuviga ko‘maklashadi;

vaucher bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan saqlanmaydi va ularning mehnatiga haq to‘lashda vazirlik xodimlariga qo‘llaniladigan ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyenti tatbiq etiladi hamda faoliyati bilan bog‘liq xizmat safarlariga mablag‘lar ajratiladi.

2025-yil oktabr

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

III. Mehnat huquqlarini himoya qilish choralari samaradorligini oshirish

11.

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish maqsadida Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish:

a) yozma shaklda rasmiylashtiriladigan hujjatlar elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi orqali tasdiqlanganda, qog‘oz shaklidagi hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega ekanligini belgilash;

b) ishga qabul qilish va doimiy boshqa ishga o‘tkazishni faqat mehnat shartnomasini tuzish yoki o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish yo‘li bilan rasmiylashtirish, bunda buyruq bilan rasmiylashtirish tartibini bekor qilish;

v) mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini xodimlar soni 50 nafargacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llash;

g) elektron shakldagi mehnat daftarchasi shakllantirilgan xodimlarga nisbatan qog‘oz shakldagi mehnat daftarchasini yuritishni bekor qilish;

d) mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxatini barcha toifadagi tashkilotlar uchun mehnat shartnomasida ham belgilashga ruxsat berish;

j) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran, bir oydan kechiktirmay ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi talabini bekor qilish.

2025-yil avgust

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

12.

Ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

1. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida qonunchilikka quyidagilarni bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish:

bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi;

bo‘sh ish o‘rinlariga mehnat organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun javobgarlik chorasini bekor qilish.

2025-yil avgust

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

2. Budjet va budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning o‘z dasturlarini integratsiya qilish orqali bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini aniqlash imkoniyatini yaratish.

2025-yil oktabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Norasmiy bandlikni qisqartirish hisobiga xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish

Qurilish sohasida norasmiy bandlik bo‘yicha qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini pasaytirish tizimini joriy etish.

2026-yildan boshlab

-

Qurilish

va uy-joy kommunal

xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14.

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlikka tortish tizimini soddalashtirish

Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlarining aniq ro‘yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Biznes-ombudsman

15.

Ma’muriy huquqbuzarliklarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish tizimini yaratish

1. YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish hamda qonun buzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil oktabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

2. Elektron shaklda qo‘llanilgan ma’muriy qarorlar hamda mehnat inspektorlari tomonidan yuboriladigan boshqa barcha hujjatlarni YAMMT orqali ish beruvchining shaxsiy kabinetiga yuborish va xabarlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish.

2025-yil oktabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Istisno tariqasida, 2026-yil 1-yanvargacha “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi qaydlarni 15 kungacha ma’muriy jazo qo‘llamagan holda qabul qilish tizimini joriy etish.

-

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini qonunchilikda belgilash

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

tadbirkorlik subyekti nomi aniq bo‘lmagan holatlarda tekshiruv tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda huquqbuzarlik sodir etilgan obyektni (manzilni) ko‘rsatgan holda tekshiruv o‘tkazish;

davlat mehnat inspektorlarining qonun buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan ish beruvchilarda tekshiruv o‘tkazish;

ish beruvchini tekshiruv tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan uning YAMMTdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilish;

tekshiruv davomida faoliyati legallashtirilgan ishchilarga ish haqi hisoblanmasligi qayta tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘lishini nazarda tutish.

2025-yil dekabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi

17.

Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish

Quyidagilar bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish:

tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlaridagi davlat mehnat inspektorlarining shtat birliklarini hududiy boshqarmaning Davlat mehnat inspeksiyasi shtat birligiga o‘tkazish;

Davlat mehnat inspeksiyasida mazkur shtat birliklari doirasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha davlat mehnat inspektorlari lavozimini joriy etish.

2025-yil avgust

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish

Norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan birinchi marta bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlik choralarini joriy etish yuzasidan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

19.

Qisqarayotgan ish o‘rinlarini raqamli monitoring qilish va bandlikni ta’minlash

1. Bandlik organlari tomonidan ish beruvchilarning tugatilishi to‘g‘risidagi xabarni olgan kundan boshlab ish o‘rinlari qisqarayotgan fuqarolarga ish taklif qilish amaliyotini joriy etish.

2026-yil yanvar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. YAMMT direksiyasi bilan dasturiy ta’minotni yaratish, amaliyotga joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnoma tuzish.

20.

Xalqaro konvensiyalar ijrosi bo‘yicha ma’lumot berish tizimini takomillashtirish

Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyalari ijrosi yuzasidan hisobotlarni tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda tayyorlash, shuningdek, mazkur hisobotlarni Xalqaro Mehnat Tashkilotining tegishli Qo‘mitalariga o‘z vaqtida taqdim etib borish maqsadida Respublika idoralararo ishchi guruhini tashkil etish.

Ishchi guruhning mas’ul idorasi sifatida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini belgilash.

2026-yil yanvar

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

IV. Vazirlik faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish

21.

Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari institutini yangi bosqichga olib chiqish

1. Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida mustaqil tashkilotni yollash hamda institut nizomini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Institut rahbar va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari uchun belgilangan shartlarga tenglashtirish va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan saqlanishini davom ettirish bo‘yicha taklif kiritish.

-

22.

Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida yangi loyihani amalga oshirish

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlarining ish samaradorligini oshirish, vaucherlar asosida moliyalashtirish tizimini malaka oshirishga tatbiq etish, o‘zini o‘zi band qilganlarning xodimdan ish beruvchiga aylanishiga ko‘maklashishga qaratilgan loyiha konsepsiyasini ishlab chiqib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritish.

2025-yil sentabr

-

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ushbu loyiha konsepsiyasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Jahon banki bilan muzokaralar o‘tkazish.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23.

Ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi jarayonni raqamlashtirish

1. “Mening ishim” platformasini ishga tushirish va platforma orqali:

yollanma ishchilarning taklifiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishga yollash imkoniyatini yaratish;

yollanma ishchilarning kasb va malaka sertifikatlari, ularning ish tajribasi hamda malakasini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rish imkoniyatini yaratish;

ish beruvchi va yollanma ishchilar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

2026-yil iyun

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Markaziy bank,

Soliq qo‘mitasi

2. “Mening ishim” platformasini yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

24.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini takomillashtirish

1. Ish beruvchilarga chet ellik fuqarolar uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olishni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan birgalikda YAMMT kompleksidan ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Bunda ish beruvchining shaxsiy kabinetida quyidagi amallarni bajarishga ruxsat beriladi:

a) chet ellik fuqarolar bilan mehnat munosabatlarini tuzishdan avval elektron mehnat shartnoma loyihasini shakllantirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish bo‘yicha ariza berish;

b) mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha elektron shaklda ariza berish. Bunda ariza yuborilgandan so‘ng ish beruvchiga chet ellik fuqaro bilan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish imkoniyati nazarda tutiladi.

2. YAMMT kompleksi orqali yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun to‘lov miqdoridan 20 foizini YAMMT direksiyasiga, qolgan qismini Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasiga o‘tkazish.

3. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaning tugash muddati yaqinlashganda, tasdiqnoma muddatini uzaytirish yoki chet ellik fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga eslatma yuborish.

4. Tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni bo‘lmaganda, YAMMT direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi to‘g‘risidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolatini berish. Bunda tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga muvofiq aniqlanadi.

5. Ushbu xizmatlarni ishga tushirish va ishlashini ta’minlash maqsadida YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish va moliyalashtirish.

2025-yil yakuniga qadar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

25.

Tizimda bo‘layotgan islohotlarni va rasmiy bandlikning afzalliklarini yoritish

Ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, xususan, fuqarolar va ish beruvchilarni rasmiy bandlikning afzalliklari, ish beruvchilar uchun yengilliklar to‘g‘risida xabardor qilish, bu borada jamoatchilik fikrini o‘rganish, “Kasb egalla — kelajakni ta’minla” hamda “Har bir halol mehnat — barqaror kelajak poydevori” yo‘nalishlarida videokontentlar yaratish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ bilan shartnoma tuzish.

Doimiy

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilovaning 198-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimi bo‘yicha

Bosh prokuror o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbari

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri, Respublika shtabi rahbari o‘rinbosari

S. Mirzayev

Hisob palatasi raisining o‘rinbosari

J. Abruyev

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Sh. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

A. Rahmatullayev

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

B. Mamatkarimov

energetika vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh. Daliyev

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

M. Mirzayev

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Sh. Alirizayev

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

F. Tashpulatov

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

T. Komilov

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari

Yu. Usmonov

madaniyat vaziri o‘rinbosari

M. Ismailov

sport vaziri o‘rinbosari

X. Sotiyev

favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari

X. Eshqo‘ziyev

O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i

M. Egamberdiyev

Majburiy ijro byurosi direktori

A. Tashpulatov

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i

A. Jumanazarov

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

K. Kuranbayev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

D. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A. Askarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi

M. Xodjayev

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

D. Isakulov

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

A. Isakov

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

A. Agzamov

“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi

A. Sanginov

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

B. Jurayev

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

E. Yakubov

“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi “Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehnat munosabatlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) o‘ninchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ish beruvchilarga pullik xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi bo‘yicha yuklatilgan funksiyalarni to‘la hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “v” va “g” kichik bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan pullik xizmatlardan ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-son qarori 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “bundan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Reyestr Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuritiladi hamda har oy yakunida yangilab boriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Reyestrga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qaroriga 2-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-267-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “v” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning vakillari hamda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini bir ish kunida qaytarish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “g” kichik banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” so‘zlari “2026-yil 1-fevraldan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “d” kichik banddagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 3-banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” so‘zlari “2026-yil 1-dekabrdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 5-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “avgustga” so‘zi “dekabrga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 11-bandning “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) uchinchi xatboshidagi “2025-yil 15-mayga” so‘zlari “2026-yil 1-iyulga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) to‘rtinchi xatboshidagi “2025-yil 15-dekabrga” so‘zlari “2026-yil 1-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 12 — 22-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “iyuldan” so‘zi “oktabrdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 23 — 27-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2025-yil 1-oktabrdan” so‘zlari “2026-yil 1-dekabrdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 28 — 30-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish, imtiyoz huquqidan xabardor qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning taqdim etilishini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xizmatlarning nomlanishi

Muddati

1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida

1.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish

2024-yil 1-dekabrdan

2.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning vakillari hamda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish

2025-yil 1-oktabrdan

3.

Sog‘lomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanma berish

4.

Bepul dori vositalari bilan ta’minlash

2-bosqich. Loyihani O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida

5.

Shahar yo‘lovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish

2026-yil 1-yanvardan

6.

Yashash joyi bo‘yicha ma’muriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yo‘l transportida va shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish

2026-yil 1-apreldan

7.

Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish

8.

Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini to‘lash

9.

Temir yo‘l transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yo‘l qatnovi mavjud bo‘lmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish

10.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish

11.

Sog‘lomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanma berish

12.

Bepul dori vositalari bilan ta’minlash

13.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon ta’lim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul o‘qitish

14.

Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish

15.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozlari

16.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi

2026-yil 1-iyuldan

17.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi

18.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi

19.

Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi

20.

Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi

21.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyoz huquqi

22.

Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashga imtiyoz huquqi

23.

Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bog‘lari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bog‘lari, botanika bog‘lari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish

2027-yil 1-yanvardan

3-bosqich. Ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxatini kengaytirish

24.

Doimiy yashash joyigacha yo‘l haqi xarajatlarini qoplash

2027 — 2030-yillar

25.

Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish

26.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda ko‘rsatish

27.

Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga o‘rgatish, tayyorlov kurslari va hokazo)

28.

Oliy yoki o‘rta maxsus professional ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovining bir qismini qoplash

29.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish

30.

Alohida toifadagi aholi (nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish xizmatlarini sotib olish

31.

Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xizmatlarini sotib olish

32.

Sog‘lig‘i tufayli internatga joylashtirish imkoni bo‘lmagan alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish xizmatlarini sotib olish

33.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga kvotali o‘rinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish

34.

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish

35.

Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi

36.

Tomorqadan va dehqon xo‘jaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 6-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil oktabr” so‘zlari “2025-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil noyabr” va “2025-yil iyun” so‘zlari “2026-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

14.

Ayrim tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash mexanizmini takomillashtirish.

1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov tariqasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning vakillari hamda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabrdekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tizimini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish va zaruratga ko‘ra Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2026-yil 1-yanvardan boshlab

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 17-18-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 20-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil aprel” so‘zlari “2026-yil yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) 21-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) 22-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” so‘zi “oktabr” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(viii) 23-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil avgust” va “2025-yil iyun” so‘zlari tegishlicha “2025-yil dekabr” va “2026-yil yanvar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ix) 25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

25.

Ijtimoiy himoya davlat dasturlari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish va bunday dasturlarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish vazifalarini hisobga olgan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy rivojlanish tijorat bankini tashkil etish.

1. Vazifalar majmuasini aniqlash va moliyaviy tashkilot yaratishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, shu jumladan, mablag‘larni shakllantirish hamda ulardan foydalanish manbalari va tartibini aniqlash.

2025-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xususiy, shu jumladan institutsional investorlarni jalb qilgan xolda ijtimoiy rivojlanish sohasida zamonaviy raqamli tijorat bankini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish.

2026-yil iyun

3. Moliyaviy tashkilotni yaratish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy masalalarni hal qilish.

2026-yil dekabr

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(x) 27-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “b” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kasbiy ko‘nikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish kurslarini hamda dual ta’lim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida 15 yilgacha muddatga ijaraga yoki tekin foydalanishga berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) kasbiy ko‘nikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini ijara yoki tekin foydalanishga olgan ish beruvchilar va ta’lim tashkilotlariga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va bo‘sh yer uchastkalarida qo‘shimcha bino-inshootlarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qo‘llash majburiyatisiz qurish huquqi berilsin va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara yoki tekin foydalanishga olingan hamda qo‘shimcha qurilgan bino-inshootlarda ta’lim jarayoni bilan uyg‘un faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara va tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda investorlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash xarajatlari ularga qaytarilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) quyidagi mazmundagi 591-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

591.

Urganch shahri

-

Xorazm viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 63-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy ko‘nikmalar markazlari ijaraga yoki tekin foydalanishga berilganda Vazirlik mazkur markazlar faoliyatini tugatish vakolatiga ega”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 6-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 7-ilova quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Vazirlik huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan saqlanadigan “Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti”ning rahbar va xodimlariga mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrga qadar xususiy investorni jalb qilgan holda kreativ sohalar klasterini tashkil qilishni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2030-yilga qadar jami 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, kreativ sohalar klasteri doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya va grafik dizayneri, landshaft, interyer va ishlab chiqarish dizayneri, modelyer-dizayner hamda IT kabi kreativ soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ekspress kurslar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300 ta tadbirkorlik subyektining innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi va 1,8 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreativ tadbirkorlikni boshlash va klaster ishtirokchilariga barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha yaxlit ekotizim (o‘quv markazi, malakani baholash markazi, kovorking markazi, ofis maydonlari, ko‘rgazma zali) yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji bino-inshootlari hamda yer uchastkalari xususiy investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida 15 yilga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy investor tomonidan ushbu huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy investorga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni ta’mirlash (rekonstruksiya qilish) va bo‘sh yer uchastkalarida qo‘shimcha binolarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qo‘llash majburiyatisiz qurish huquqi beriladi va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda xususiy investor tomonidan amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash xarajatlari unga qaytarilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekin foydalanish shartnomasi Vazirlik tashabbusi bilan muddatidan avval bekor qilinganda, shartnomada kelishilgan shartlarda investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hamda ustama (boy berilgan foyda) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan mevali bog‘ va issiqxonalar barpo qilgan holda, kambag‘al oilalarga muayyan muddatga tekin foydalanishga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman (shahar) hokimliklari zaxirasida bo‘lgan yer uchastkalarini “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan o‘rnatilgan tartibda sotib olish xarajatlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 7-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan subsidiya sifatida tarqatish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar xarid qilingan va qoldiqda mavjud bo‘lgan asbob-uskuna va jihozlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan aholi toifalariga subsidiya shaklida tarqatib yuborilishiga ruxsat beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-son qaroriga 2.1-ilovaning 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)