23.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3651
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 23.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3651
Kuchga kirish sanasi
25.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3651]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHPULATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-iyun

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-iyuldagi 140-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni (bundan buyon matnda pensionerlar deb yuritiladi) shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pensionerlar shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga ixtiyoriy tartibda, ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etadigan pensionerlarning soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazish vaqtida pensionerlarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga boʻlgan munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek ularning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashgʻulotlar sohasida biror-bir toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanadi va bunga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish chogʻida tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar organlari shartnoma asosida munosib pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish uchun tanlov tashkil etadi va oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovning oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash uchun Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbarining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish chogʻida tanlov Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning roʻyxatidan kelib chiqqan holda yilda kamida bir marta oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar roʻyxatini shakllantirish hududiy profilaktika boʻlinmalari rahbarlarining asoslantirilgan maʼlumotlarga koʻra Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil boshida tasdiqlangan kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning roʻyxatidan kelib chiqqan holda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinishi lozim boʻlgan pensionerlar soniga aniqlik kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish uchun tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddati keyingi yil boshida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning roʻyxati tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov komissiyasi tarkibi ichki ishlar organlarining xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Tanlov komissiyasi raisi hududiy maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, ushbu boshqarmaning masʼul xodimi Tanlov komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida tegishli sohaning malakali mutaxassislari va hududiy ichki ishlar organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlov komissiyasi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va yigʻilishda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov komissiyasi tarkibiga pensionerning yaqin qarindoshi yoki tanlovning natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlgan yoxud tanlovning xolis oʻtkazilishiga taʼsir koʻrsatadigan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish vaqtini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida komissiya tarkibiga professional va malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali pensionerlarning tanlab olinishini taʼminlash maqsadida tanlov tadbirlari oʻtkazilish jarayonini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlov komissiyasi quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerning hujjatlarini qabul qilish va ularni oʻrganib chiqish;

pensionerning shaxsga doir maʼlumotlarini uning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish vaqtida pensionerlarga beriladigan savollarni sifatli belgilangan malaka talablariga muvofiq ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerning hujjatlarini qabul qilish va ularni oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerni suhbatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalarini eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov komissiyasi kotibi tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin ichki ishlar organining rasmiy veb-saytida pensionerlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilishga doir talablar va shartlar haqidagi maʼlumotlar hamda tanlov oʻtkazish joyi va kunlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pensionerlar tanlov komissiyasiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasi tomonidan pensionerning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida unda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pensioner tomonidan ariza va maʼlumotlar mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq taqdim etilmagan boʻlsa yoki arizada tegishli maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, tanlov komissiyasi tomonidan pensionerga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov tadbirlari boshlanishiga besh ish kunidan kam muddat qolganda murojaat qilgan pensionerlar ushbu tanlovda emas, balki keyingi tanlovda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan pensionerlarga tanlov tadbirlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin tanlov tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida tanlov komissiyasi tomonidan xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Pensionerning huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilishga doir talablar va shartlarga muvofiqligini, shuningdek uning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun tanlov komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pensioner bilan suhbat oʻtkazish jarayonida uning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda, Tanlov komissiyaning har bir aʼzosi pensionerni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi — 5 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga aniq, biroq toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 4 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 3 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi — 0 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan hamda ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan monelik qiluvchi omillar mavjud boʻlmagan pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar pensionerni shartnoma asosida jalb qilish uchun monelik qiluvchi omillar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensionerda unga yuklatilgan vazifalarni oʻtashga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy va ishchanlik sifatlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarishga qodir emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amaliy tajribasiga, shuningdek, ichki ishlar organlarida kamida 5 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov gʻolibi oʻz arizasiga koʻra shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda, Tanlov komissiyasi qaroriga asosan eng yuqori balldan keyingi oʻrinni egallagan pensioner tanlov gʻolibi deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi va tanlov komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnoma raqami va qabul qilingan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensioner tushgan savollar va ularga berilgan javoblarning mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda gʻolib deb topilgan, shuningdek tanlovdan oʻta olmagan pensionerlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlovda gʻolib boʻlmagan pensionerlar keyingi tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Haq toʻlash tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Profilaktika inspektori tomonidan shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilingan pensioner bajargan ishlarga oid dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, profilaktika inspektori tomonidan ushbu dalolatnoma har oy yakunida Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasining moliyaviy taʼminot xizmatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Dalolatnomalarning rasmiylashtirilishi va ularga oid maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi uchun profilaktika inspektori javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilingan pensionerlarga haq toʻlash taqdim etilgan dalolatnomalarga asosan ularga toʻlanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorda Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga asosan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Fargʻona viloyatlarida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar uchun ichki ishlar organlari profilaktika sohasida koʻp yillik amaliy tajriba va samarali natijalarga ega pensionerlarni shartnoma asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga jalb qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazishda ichki ishlar organlariga pensioner tomonidan taqdim etiladigan arizaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tanlov komissiyasiga

1.

Ariza beruvchi nomzodning F.I.O.

2.

Yashash manzili:

3.

JSHIR raqami:

4.

Pasport yoki ID-karta maʼlumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

5.

Bogʻlanish uchun telefon

6.

Maʼlumoti: (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy)

7.

Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2025-y., 10/25/3651/0635-son)