24.07.2025 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchilarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlarning maqbul sonini aniqlash uchun mehnat normalarini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 30-dekabrga qadar Mashgʻulotlarning milliy klassifikatorini foydalanuvchilar uchun qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida raqamlashtirish choralarini koʻrsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
465-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 465-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tashkilotlarda mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibini hamda ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlari — tashkilotlarda oʻz tuzilmasidagi boʻlinmalarga va xodimlarga rahbarlik qiluvchi, boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, 'zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va mutaxassislarga boʻlinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xodimlari — tashkilot faoliyatidan kelib chiqib, asosiy faoliyat bilan bogʻlik ishlab chiqarish va/yoki xizmat koʻrsatish funksiyalarini amalga oshiruvchi, yordamchi xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonida farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, oʻziga xos boshqa vazifalarni bajaruvchi xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat normalari (mehnatni normalashtirish) — muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida aniq ishni yoki vazifani bajarish uchun eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan vaqt miqdorini aniqlash, shuningdek, xodimlarning turli toifalari (guruhlari) soni va asbob-uskunalar soni oʻrtasidagi maqbul oʻzaro nisbatni aniqlash imkonini beradigan, mehnat natijalari va mehnatga haq toʻlash oʻlchovi oʻrtasidagi tenglashtirilgan oʻzaro nisbatlarni belgilash hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodimlar — funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni taʼminlash ishlarini bajarish (nashr etish, koʻpaytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xoʻjalik xizmati koʻrsatish, ularni qoʻriqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati koʻrsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish kiradigan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar — texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat normalarini ishlab chiqishdan avval, uni samarali joriy etish maqsadida tashkilotda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarining yangi normalar boʻyicha ishga tashkiliy-texnik tayyorgarligini tekshirish (ishlarni bajarish uchun tashkiliy-texnik shartlar yangi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan shartlarga qanchalik mos kelishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni tashkil etishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mehnat normalarini ishlab chiqishda tahliliy usul hamda yigʻish va xronometraj usullaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tahliliy usulda mehnat jarayoni elementlari tahlil qilinadi va amaldagi standartlar asosida hisoblash yoki tajriba hamda kuzatishlarga asoslangan tadqiqotlar natijalariga koʻra mehnat normalari ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yigʻish usulida mehnat normalarini belgilash mumkin boʻlgan va maqsadga muvofiq hisoblanadigan ish turlari mehnatni normalashtirish obyekti sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat normalarini ishlab chiqishda shunga oʻxshash ishlarni bajarish boʻyicha statistik maʼlumotlar yoki mehnat normalarini bajaruvchi mutaxassisning tajribasi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yigʻish usuli qiyosiy, eksperimental va statistik usullarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiyosiy usul oʻrganilayotgan va mavjud boʻlgan ishni oʻxshash ish bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperimental usulda mehnat normalarini belgilashda normalashtiruvchining tajribasi hisobga olinadi va normalashtirilayotgan ishdagi xodimlar bilan oʻzaro aloqada boʻladi, buning natijasida ishning mehnat zichligi va uning mazmuni hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistik usulda xodimlarning haqiqiy mehnat unumdorligini aks ettiruvchi statistik hisobot maʼlumotlariga asoslaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xronometraj usuli mehnat jarayonining muayyan takrorlanuvchi elementlarini bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqtini oʻlchash usuli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xronometraj usuli yalpi xronometraj va tanlanma xronometraj turlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi xronometrajda uzluksiz vaqt rejimida bitta ish harakati bilan bogʻliq har bir element oʻlchanadi va oʻrtacha koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu turdagi xronometrajni qoʻllashda jarayonning barcha elementlari xodim tomonidan ketma-ket bajarilishi muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlanma xronometrajda jarayonning alohida komponentlari oʻlchanadi. Ushbu turdagi xronometrajni qoʻllashda jarayon elementlarini bajarishda ketma-ketlikni kuzatish shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnat normalarini ishlab chiqishda xodimlarning bajargan ishlari (vazifalari) kuzatuvlaridan va oʻlchovlar orqali ish vaqti sarfini oʻrganish natijalaridan (ish kunining fotosuratlari, jihozlardan foydalanish vaqti, fotoxronometraj va boshqalar) foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bir turdagi ishlar uchun tarmoq, tarmoqlararo, kasbiy va boshqa namunaviy mehnat normalari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kiritilgan namunaviy mehnat normalari bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlarning namunaviy mehnat normalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kasb va lavozimlarning boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar toifalariga mansubligini aniqlashda Mashgʻulotlarning milliy klassifikatoridan foydalaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimlarning umumiy soniga boshqaruv xodimlari, ishlab chiqarish xodimlari va yordamchi xodimlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar qonunchilik hujjatlarida ayrim tashkilotlar uchun xodimlar soni normasi belgilangan boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalarga amal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar sonining mutanosibligini hisoblash meʼyorlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq boshqaruv xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni yigʻindisiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar toifasiga mansub shtat birliklarini belgilashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar shtat birliklarining umumiy soni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar shtat birliklariga lavozim va kasblarni kiritishda ushbu Nizomga 1-ilovadagi namunaviy normalarga amal qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar shtat birliklari umumiy sonining qolgan miqdori boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilmagan yordamchi xodimlar toifasiga mansub lavozim va kasblarning mehnat normalari ishlab chiqilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar shtat birliklari jami soni ushbu Nizomga 2-ilova shartlariga asosan aniqlanadigan yordamchi xodimlar shtat birliklarining umumiy sonidan oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar shtat birliklarining umumiy sonidagi yordamchi xodimlarning ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan chegaraviy meʼyorlari ishlab chiqilgan mehnat normalaridan kelib chiqib, 10 foizgacha oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan mehnat normalari va talablar budjet tashkilotlari, shuningdek, ular tomonidan tashkil etilgan davlat muassasalari uchun majburiy, boshqa tashkilotlar, jumladan, davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA

Ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NORMALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim yoki kasb nomi

Shtat birligini kiritish normalari va shartlari*

Yengil avtomobil haydovchisi

Avtomobil saqlash limiti mavjud boʻlganda:

2 shtat birligi (2 smenada) — tashkilot rahbari uchun;

1,5 shtat birligi (1,5 smenada) — tashkilot rahbarining har bir oʻrinbosari uchun;

navbatchi avtomobillar uchun 1,5 shtat birligidan (1,5 smenada).

Hovli supuruvchi

2,5 ming kv metr tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi**

Ehtiyoj boʻlganda bir smenali ish uchun bitta tashkilotga 1 shtat birligi (respublika va hududiy (viloyat) tashkilotlarda kiritish mumkin). Bunda mazkur shtat birligi 2027-yil 1-yanvardan boshlab raqamlashtirish hisobiga kiritilmaydi.

Xizmat xonalari farroshi**

800 kv metr supuriladigan va tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.

Qorovul**

Bir kecha-kunduz ishlayotganda — har bir tashkilot uchun 4,5 shtat birligi.

Bir smenali ish uchun (tungi navbatchilik) — har bir tashkilot uchun 3 shtat birligi.

Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanmagan taqdirda joriy etiladi.

Bogʻbon

Bogʻ, manzarali daraxtlar, yashil oʻtloq va gulzor 0,5 gektardan 2 gektargacha boʻlgan maydonda 1 shtat birligi, keyin har 2 gektar maydon uchun 1 shtat birligi joriy etiladi.

Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi**

Boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari soni 50 shtat birligidan oshgan tashkilot uchun 1 shtat birligi.

Arxivarius

1 shtat birligi, har biri 250 varaqdan 6000 ta ish jildi uchun (ixtisoslashgan arxiv tashkilotlaridan tashqari).

Kutubxonachi

Agar kutubxona mavjud boʻlsa va hisobida kamida 2 000 ta adabiyot mavjud boʻlganda 1 shtat birligi (ixtisoslashgan kutubxona tashkilotlaridan tashqari).

Ish yurituvchi***

Boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining har 50 nafar xodimiga 1 shtat birligi.

Rahbar kotibi (referent-kotib)

Har bir tashkilot rahbari (respublika va hududiy (viloyat) darajadagi tashkilotlar) va uning oʻrinbosarlari (respublika darajadagi tashkilotlar) uchun 1 shtat birligidan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar)lar hokimliklarida — hokim (rais) va uning oʻrinbosari uchun 1 shtat birligidan kiritish mumkin.

Xoʻjalik mudiri

Har bir tashkilot uchun 1 shtat birligi.

Oʻt yoquvchi (mavsumiy) ****

Qozonxonasi mavjud boʻlganda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.

Ushbu jadvalda koʻrsatilmagan yordamchi xodimlar toifasiga mansub lavozim va kasblarning shtat birliklariga ehtiyojlar (xizmatlar), birinchi navbatda, autsorsing asosida ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida aniqlanadi hamda buning imkoni boʻlmaganda, mehnat normalari ishlab chiqilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi yordamchi xodimlar soni meʼyorlarini tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tashkilotlari (xodimlar soni normasi alohida qonunchilik bilan belgilangan tashkilotlar bundan mustasno) ikki hafta muddatda ushbu ilovaga asosan oʻzlarining shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishini hamda uning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yordamchi xodimlarning lavozim va kasblari tegishli ish sharoitlari mavjud boʻlgan taqdirda, ish vaqtidagi toʻliq yuklanganlikni hisobga olgan holda joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Binoni (xonani) ijaraga olayotganda, ushbu lavozimlar iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda (ijara shartnomasini koʻrsatgan holda) kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Ish yuritish uchun masʼul boʻlgan boshqa lavozimdagi xodim (devonxona) boʻlmasa, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Qozonxonasi mavjud boʻlganda, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda mavsumiy kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar sonining mutanosibligini hisoblash meʼyorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boshqaruv xodimlari soni

50 tagacha shtat birligi

51 — 100 tagacha shtat birligi

101 — 200 tagacha shtat birligi

201 — 300 tagacha shtat birligi

301 va yuqori shtat birligi

1

2

3

4

5

Respublika darajasidagi tashkilotlar

1:0,27:0,16

1:0,18:0,12

1:0,16:0,08

1:0.12:0,08

1:0,12:0,08

Hududiy (viloyat) darajadagi tashkilotlar

1:0,28:0,12

1:0,19:0,09

1:0,12:0,07

Tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar

1:0,22:0.11

1:0,15:0,07

1:0,09:0,06

Hududiy (viloyat) hokimliklar

1:0,38:0,22

1:0,34:0,2

Tuman va shahar hokimliklari

1:0,2:0,13

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlarini hisoblashda ishlab chiqarish xodimlari ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1 — 5 ustunlardagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-raqam — 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-raqam — ushbu 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligiga nisbatan texnik xodim shtat birligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-raqam — ushbu 1 ta boshqaruv xodimi shtat birligiga nisbatan xizmat koʻrsatuvchi xodim shtat birligini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkilotning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni boshqaruv xodimlari soniga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar boshqaruv xodimlarining soni 50 ta shtat birligidan ortiq boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51 — 100 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 va 2-ustun boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101 — 200 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 — 3-ustunlar boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201 va undan koʻp boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda, 1 — 4 va keyingi ustunlar boʻyicha meʼyorlar alohida hisoblanadi hamda jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol. Oʻrnatilgan boshqaruv xodimlarining soni respublika darajasidagi tashkilotlarida 123 ta boshqaruv xodimi shtat birligidan iborat boʻlganda, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni quyidagicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodimlar: 50 * 0,27 = 13,5 shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 50 * 0,16 = 8 shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51 — 100 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda (50 shtat birligi uchun):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodimlar: 50 * 0,18 = 9 shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 50 * 0,12 = 6 shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101 — 200 tagacha boshqaruv xodimi shtat birligi mavjud boʻlganda (23 shtat birligi uchun, 123 — 50 — 50);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodimlar: 23 * 0,16 = 3,7 shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar: 23 * 0,08 = 1,9 shtat birligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra tashkilotda 123 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi mavjud boʻlganda, texnik xodimlar 26,2 shtat birligini (13,5 + 9 + 3,7), xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 15,9 shtat birligini (8 + 6 + 1,9), jami 42 shtat birligini (26,2 + 15,9) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shtat jadvaliga kasb va lavozimlar boʻyicha shtat birliklari quyidagi yaxlitlash orqali kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birligi 0,125 dan kam boʻlganda inobatga olinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birligi 0,125 dan 0,375 gacha boʻlganda 0,25 ta shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birligi 0,375 dan 0,625 gacha boʻlganda 0,5 ta shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birligi 0,625 dan 0,875 gacha boʻlganda 0,75 ta shtat birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat birligi 0,875 dan yuqori boʻlganda 1 ta shtat birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boshqaruv xodimlariga nisbatan yordamchi xodimlar soni mutanosibligini hisoblashda ushbu Nizomga 1-ilovadagi shtat birliklarini kiritish normalari va shartlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlariga haydovchi va rahbar kotibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansida binosi mavjud boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari hamda tuman (shahar) hokimliklari va boshqa davlat organlarining hududiy hamda tuman (shahar) boʻlinmalari xizmat xonalari farroshi, qorovul va oʻt yoquvchi shtat birliklari (lavozimlari) kiritilmaydi.
(2-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2025-y., 09/25/465/0649-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)