O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-may,
219-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-yil, 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojxona xizmatlarida” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy organlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan nominal qiymati bo‘yicha sotib olinayotgan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika budjetiga o‘tkaziladi.
“Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga aksiz markalarini ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar ularning nominal qiymati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi”;
v) 9-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlaridan keyin “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari kiritilsin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Aksiz markalari aksiz solig‘i to‘langanligi dalili hisoblanadi.
Mahalliy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda ularni import qiluvchilar aksiz markalarini ularning nominal qiymati bo‘yicha sotib oladilar.
Aksiz markalarining qiymati aksiz solig‘i to‘lashda hisobga qo‘shilmaydi. Aksiz markalarini sotib olish xarajatlari (shu jumladan, ularning nominal qiymati), shuningdek, aksiz markalari bilan markalash bo‘yicha xarajatlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar chiqimlariga tegishli bo‘ladi.
Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni import qiluvchilar aksiz solig‘ini to‘liq miqdorda to‘laganlaridan keyin aksiz markalarini sotib oladilar.
To‘langan aksiz solig‘i import qiluvchilarga yuridik shaxslarga faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari topshirilgan shartlarda, jismoniy shaxslarga esa foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari taqdim etilgan shartlarda qaytarilishi mumkin”.