17.07.2025 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, ularning fiziologiyasi va antropometriyasi holati asosida sport turlariga yoʻnaltirish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sport vazirligining umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizimni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining fiziologik (oʻsmir rivojlanishi) va antropometrik (boʻy va vazn oʻlchovi) koʻrsatkichlari asosida yoʻnaltiriladigan sport turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2030-yillarda oʻquvchilarni fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktab) oʻquvchilari uchun fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda maktab oʻquvchilarining fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqish inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 15-avgustga qadar oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yoʻnaltirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus modulni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturida (keyingi oʻrinlarda — “ERP-maktab” axborot tizimi) ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-sentabrga qadar “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi doirasida oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari maʼlumotlarini shakllantirish imkoniyatini yaratsin hamda ushbu maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “ERP-maktab” axborot tizimiga integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni har yili bir marta har bir hududdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har yili bir marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan toʻgarak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylarni maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktirsin. Bunda oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida sport turlariga yoʻnaltirish ishlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-sentabrga qadar “ERP-maktab” axborot tizimidagi oʻquvchilarning sport turiga boʻlgan qiziqishlari boʻyicha maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimiga integratsiya qilsin. Bunda integratsiya qilingan maʼlumotlar asosida sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini shakllantiradi hamda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda “ERP-maktab” axborot tizimida oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida ularning sport turiga boʻlgan qiziqishlarini aniqlaydi va tizimda qayd etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimida oʻquvchilar sport turlariga yoʻnaltiriladi hamda “ERP-maktab” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali sport maktablariga yoʻllanma berish boʻyicha maʼlumotlar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova, sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
447-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyuldagi 447-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining fiziologik (oʻsmir rivojlanishi) va antropometrik (boʻy va vazn oʻlchovi) koʻrsatkichlari asosida yoʻnaltiriladigan sport turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sport turlari

1 — 4-sinf

5 — 8-sinf

9 — 11-sinf

I. Olimpiya sport turlari

1.

Badiiy gimnastika

+

+

-

2.

Badminton

-

+

+

3.

Basketbol

-

+

+

4.

Voleybol

-

+

+

5.

Gandbol

-

+

+

6.

Yengil atletika

+

+

+

7.

Sport gimnastikasi

+

+

+

8.

Stol tennisi

+

+

+

9.

Dzyudo

-

+

+

10.

Futbol

+

+

+

II. Ommaviy sport turlari

11.

Minifutbol

+

+

+

12.

Stritbol

+

+

+

13.

Vorkaut

-

+

+

14.

Shaxmat

+

+

+

15.

Shashka

+

+

+

16.

Kibersport

+

+

+

17.

Armrestling

-

+

+

18.

Kurash

+

+

+

19.

Belbogʻli kurash

+

+

+

20.

Oʻzbek jang sanʼati

+

+

+

21.

Turon yakkakurashi

+

+

+

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Oʻquvchilarning vazni va boʻyi koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda ularni sport turlariga yoʻnaltirish Sport vazirligining “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyuldagi 447-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2030-yillarda oʻquvchilarni fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktab) oʻquvchilari uchun fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarni tasdiqlash.

1. Yoshlarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti standartlarini oʻrganish.

2025-yil iyul

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Oʻrganish natijalari asosida maktab oʻquvchilari uchun fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarni tasdiqlash.

2025-yil avgust

2.

Maktab oʻquvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

1. Maktab oʻquvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish reja-grafigi hamda dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun har bir hududdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada dispanserizatsiya tashkil etish va unga malakali mutaxassislarni jalb qilish.

Reja-grafik asosida

3. Maktab hamshiralari uchun oʻquv seminarlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Reja-grafik asosida

4. Maktablarda oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

Doimiy

5. Maktablarda oʻquvchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida aniqlangan fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida shakllantirish.

Reja-grafik asosida

3.

Maktablarda oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holati boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturida (keyingi oʻrinlarda — “ERP-maktab” axborot tizimi) yangi modulni ishga tushirish.

2025-yil sentabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarida shakllangan oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari maʼlumotlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “ERP-maktab” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

4.

Oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida ularni sportga yoʻnaltirish.

Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimida oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash hamda ularni sportga yoʻnaltirish oshirish imkoniyatini yaratish.

Bunda “ERP-maktab” axborot tizimidagi oʻquvchilarning sport turiga boʻlgan qiziqishi maʼlumotlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “ERP-sport” platformasiga integratsiya qilish.

2025-yil sentabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Maktablarda oʻquvchi hamda pedagoglar oʻrtasida sport musobaqalari va sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish.

1. Maktablarda haftaning har shanba kunini “Sport kuni” deb belgilash hamda oʻquvchi va pedagoglar oʻrtasida sport musobaqalarini, sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha qoʻshma qaror ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda oʻquv yili davomida har haftada muayyan sport yoki sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqiladi.

2025 — 2030-yillar avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sport vazirligi

2. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Maktab ligalari” va yosh toifalari kesimida “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”ni tashkil etish.

2026-yil 1-martdan boshlab har oʻquv yili

6.

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan sport musobaqalari gʻoliblariga razryad berish tartibini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan sport musobaqalari gʻoliblariga razryad berish tartibini ishlab chiqish.

2. Tartibni belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Tartibni tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2025-yil sentabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sport vazirligi,

Adliya vazirligi

7.

“ERP-sport” elektron tizimida “Maktab sport klublari” reytingini shakllantirish.

1. “Maktab sport klublari” modulini yaratish, shuningdek, klublar faoliyati reytingini aniqlash mexanizmlarining loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. “ERP-sport” elektron platformasi bazasida “Maktab sport klublari” modulini yaratish uchun ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.

3. “ERP-sport” elektron platformasi bazasida “Maktab sport klublari” modulini yaratish.

2025-2026-yillar

Sport vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2025-y., 09/25/447/0628-son)