26.06.2025 yildagi SQ-149-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga parlament soʻrovi yuborish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2025-yilning 30-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (A. Eshmuratov) parlament soʻroviga kelib tushadigan javobni tahlil qilib, 2025-yilning 30-oktabriga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-149-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 26-iyundagi SQ-149-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
(mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mehnat munosabatlarini demokratik, insonparvarlik va adolat tamoyillariga asosan huquqiy tartibga solishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birgina 2023-2024-yillarda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 24 ta normativ-huquqiy hujjat (shundan 3 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmoni, 6 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 10 ta qarori) qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilinib, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanati taʼminlandi. Bu esa avvalo xalqning manfaati yoʻlida xizmat qilib, davlatning fuqarolar oldidagi masʼuliyatini yanada oshirdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq soʻnggi vaqtlarda davlat idoralari, korxona va tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligiga yetarli darajada rioya etilmayotganligi oqibatida Senat aʼzolarining joylarda oʻz saylovchilari bilan uchrashuvlarida, shu jumladan sayyor qabullarda, Senatga kelib tushayotgan murojaatlarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan eʼtirozlar bildirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu masala Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻrganilib, tahlil qilinganda, sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan bandlik va mehnat munosabatlari bilan bogʻliq murojaatlar oʻrganilganda, ayrim davlat idoralari, korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati yetarli emasligi maʼlum boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga mazkur masalalar boʻyicha jami 167 314 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni 2024-yilda (80 816 ta) 2023-yilga (86 498 ta) nisbatan qariyb 6 mingtaga yoki 7 foizga kamaygan boʻlsa-da, mehnatga haq toʻlash hamda mehnat va bandlik sohasidagi boshqaruv bilan bogʻliq masalalar oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda eng koʻp murojaatlar koʻrib chiqish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (47 072 ta), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (7 578 ta), Sogʻliqni saqlash vazirligi (7 250 ta) va Ichki ishlar vazirligi (5 077 ta) tizimiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida murojaatlar 5,6 mingtaga yoki 7 foizga kamaygan boʻlsa, eng koʻp murojaatlar Qashqadaryo (10 847 ta), Navoiy (8 884 ta) va Surxondaryo (8 398 ta) viloyatlari hokimliklari tizimiga kelib tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan qonunga zid boʻlgan 6 589 ta hujjatga protest hamda mutasaddi idoralarga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 678 ta taqdimnoma kiritilgan, qonunni buzgan 736 nafar shaxs intizomiy, 1 337 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, sudlarga 20 479 mlrd soʻm zararlarni undirish boʻyicha 1 953 ta daʼvo arizasi kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatlar yuzasidan 124 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 18 593 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, tahlillarga koʻra respublikada fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 2024-yilda mehnat nizolariga oid jami 13 065 (2023-yilda 13 514) ta ish koʻrib tamomlangan, shundan 7 913 (8 811) tasi yoki 61 (65) foizi qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda sudlarda koʻrilgan ishlar boʻyicha joylarda mehnat qonunchiligiga rioya qilmaslik oqibatida huquqi buzilgan fuqarolar foydasiga ish beruvchilardan 166 (110) mlrd soʻm ish haqi, 22 (9) mlrd soʻm majburiy progul uchun haq, 20 (13) mlrd soʻm maʼnaviy zarar va 17 (7) mlrd soʻm davlat boji undirilgan boʻlib, davlat tashkilotlari va idoralari ayrim rahbarlarining noqonuniy buyruqlari natijasida jami 225 (139) mlrd soʻm miqdorida yoki 2023-yilga nisbatan 86 mlrd soʻmdan koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat nizolarining aksariyatini ish haqini undirish (7 012 ta), ishga tiklash (3 196 ta), pulli kompensatsiya undirish (448 ta), mehnat taʼtili (422 ta), ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etganlik (109 ta) bilan bogʻliq nizolar tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlar kesimida tahlil qilinganda sohada qonunbuzilish holatlari 2024-yilda 2023-yilga nisbatan Buxoro viloyatida 615 tadan 829 taga, Jizzaxda 590 tadan 703 taga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 739 tadan 984 taga, Surxondaryoda 1 026 tadan 1 369 taga, Toshkent viloyatida 1 194 tadan 1 204 taga va Toshkent shahrida 1 571 tadan 1 783 taga koʻpaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng achinarlisi, mehnat shartnomalarini asossiz bekor qilish, xodimlarga ish haqlarini oʻz vaqtida bermaslik va boshqa mehnatga oid huquqlarining buzilganligi yuzasidan mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan 2023-yilda 171 ta xususiy ajrim va taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa-da, bu kabi koʻrilayotgan qatʼiy taʼsir choralarga qaramasdan joylarda ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligini buzish hollari kamaymagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2024-yilda mehnat munosabatlariga doir koʻrilgan fuqarolik ishlarining 61 foizi qanoatlantirilgan, 92 mlrd soʻmlik ish haqini undirish haqidagi sud buyruqlari berilgan hamda yoʻl qoʻyilgan jiddiy qonunbuzilishlar yuzasidan 225 ta xususiy ajrim chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlariga yuzaki munosabatda boʻlganligi oqibatida 2024-yilda sudlar tomonidan yuborilgan 225 ta xususiy ajrim boʻyicha atigi 15 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Qolgan 110 ta xususiy ajrim boʻyicha faqat muhokama bilan cheklanib, biror-bir choralar koʻrilmagan hamda qonunni buzgan mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etilmasdan qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarga koʻra mehnat qonunchiligining eng koʻp buzilish holatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, mahalliy hokimliklar va bank muassasalarida yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida 2024-yilda ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bogʻliq sudlarda koʻrilgan jami 2 078 ta fuqarolik ishining 1 364 tasi (66 foiz) qanoatlantirilib, tizimda mehnat qonunchiligi normalari buzilishi oqibatida daʼvogarlar foydasiga 14 mlrd soʻm ish haqi hamda qoʻshimcha 2,5 mlrd soʻmlik majburiy progul uchun haq va maʼnaviy zararlar undirish haqida qarorlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tizimda Surxondaryo (294 ta), Qashqadaryo (269), Fargʻona (262), Samarqand (246), Navoiy (174), Toshkent (152) viloyatlari va Toshkent shahrida (144) mehnat qonunchiligini eng koʻp buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 7-iyuldagi 109-k-sonli buyrugʻiga koʻra maktab direktori lavozimida ishlab kelgan I. Eshanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismi 2-bandiga (mehnat shartnomasini taraflarning xohish irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra bekor qilish) asosan bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga koʻra ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni ishga joylashtirish imkoniyati boʻla turib, bunday chora koʻrilmagan. Oliy sudning 2024-yil 14-iyundagi ajrimi bilan I. Eshanov Qoʻngʻirot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga ishga tiklangan va uning foydasiga 60 mln soʻm ish haqi undirish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2024-yilda ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bogʻliq fuqarolik sudlarda jami 1 534 ta ish koʻrilgan boʻlib, ularning 1 023 tasi yoki 66,7 foizi qanoatlantirilgan va vazirlik tizimidan daʼvogarning foydasiga 14 mlrd soʻm ish haqi hamda qoʻshimcha 3,3 mlrd soʻm miqdorida majburiy progul uchun haq va maʼnaviy zararlar undirilishi sudlar tomonidan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlar kesimida tahlil qilinganda Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimida (239), Surxondaryoda (222), Samarqandda (186), Jizzaxda (116), Toshkent viloyatida (103) va Andijonda (102) mehnat qonunchiligining eng koʻp buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining 2024-yil 19-martdagi qaroriga koʻra viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining buyrugʻi bilan noqonuniy ishdan boʻshatilgan O. Sattarov markazning bosh hisobchisi lavozimiga ishga tiklangan va uning foydasiga 28 mln soʻm ish haqi va 9 mln soʻm maʼnaviy zarar undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi tizimida 2024-yilda ishga tiklash, ish haqi undirish va boshqa mehnat nizolari bilan bogʻliq fuqarolik sudlarda jami 643 ta ish koʻrilgan, shundan 269 tasi (42foizi) qanoatlantirilib, daʼvogar!arning foydasiga 10,7 mlrd soʻm ish haqi hamda qoʻshimcha 5,9 mlrd soʻmlik majburiy progul uchun haq va maʼnaviy zararlar undirish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda Toshkent shahri (80), Surxondaryo (77), Fargʻona (66), Namangan (64) va Samarqand (63) viloyatlarida mehnat qonunchiligining eng koʻp buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2024-yil 31-maydagi qarori bilan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bekor qilinib, B. Boymuxamedov Zangiota tuman IIB tergov boʻlimi tergovchisi lavozimiga ishga tiklangan va uning foydasiga 558 mln soʻm ish haqi va 250 mln soʻm maʼnaviy zarar undirishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday, fuqaro Sh. Safarov Xovos temir yoʻl bekatida xizmat koʻrsatish boʻyicha 2-otryad inspektori lavozimiga ishga tiklangan va uning foydasiga 516 mln soʻm ish haqi va 370 mln soʻm maʼnaviy zarar undirilishi haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu kabi holatlar boʻyicha mahalliy hokimliklar kesimida fuqarolik sudlarda jami 456 ta ish koʻrilib, shundan 322 tasi (71 foizi) qanoatlantirilgan. Oqibatda budjet tashkilotlaridan daʼvogarlar foydasiga 6,2 mlrd soʻm ish haqi, majburiy progul va maʼnaviy zarar undirilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, Navoiy viloyati sudi appelyatsiya instansiyasining 2024-yil 29-noyabrdagi ajrimi bilan Zarafshon shahar oila va xotin-qizlar boʻlimining buyrugʻi noqonuniy boʻlganligi sababli bekor qilingan va Z. Xoliqova “Quruvchi” MFY xotin-qizlar faoli lavozimiga ishga tiklanib, uning foydasiga 59 mln soʻm ish haqi va 9 mln soʻm maʼnaviy zarar undirilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 72-moddasiga koʻra xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjati darhol ijro etilishi qatʼiy belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq aksariyat hollarda davlat tashkilotlari va idoralari rahbarlari tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimlarni ishga tiklash boʻyicha sud qarorlari ijrosini oʻz vaqtida bajarmasdan, uzoq vaqt paysalga solib kelinishi nafaqat fuqarolarning noroziligiga, balki xodimlarga qoʻshimcha toʻlovlar ham toʻlanishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda aynan ishga tiklash boʻyicha sud qarorlari oʻz vaqtida ijro etilmasligi sababli 144 marotaba qaytadan (takroran) mehnat nizosiga oid daʼvo arizalari berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, fuqaro D. Islamova Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Taʼlim sifatini monitoringi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2023-yil 4-avgust kunidagi qaroriga koʻra ishga tiklangan. Biroq ish beruvchi tomonidan sud qarori ijrosi oʻz vaqtida ijro etilmaganligi bois u sudga majburiy progul uchun ish haqini undirish haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga majbur boʻlgan. Oqibatda fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2024-yil 23-dekabrdagi qarori bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan D. Islamovaning foydasiga 294 mln soʻm ish haqi va 20 mln soʻm maʼnaviy zarar undirish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa, aholining haqli eʼtirozlari koʻpayishiga, adolatsizliklar yuzasidan fuqarolarimiz shikoyatlari soni keskin ortishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, sud orqali ishga tiklangan ayrim xodimlar davlat tashkilotlari rahbarlari tomonidan oʻz ishiga tiklangan boʻlsa-da, keyinchalik yana takroran noqonuniy ravishda ishdan boʻshatish holatlari uchramoqda. Ushbu xodimlar sud orqali takroran oʻz ishiga tiklanishi oqibatida davlat tashkilotidan xodim foydasiga undirilayotgan summalar miqdori oshmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, FIB Xorazm viloyati sudlov hayʼatining 2024-yil 18-noyabrdagi ajrimi bilan fuqaro N. Jumaniyozov “Urganchtransgaz” davlat korxonasiga boshqarma boshligʻi lavozimiga ishga tiklanishi va uning foydasiga 115 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq korxona rahbari xodimni ishga tiklab, oradan koʻp vaqt oʻtmay takroran noqonuniy ravishda ishdan boʻshatishi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining 2025-yil 13-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan fuqaro yana oʻz ishiga tiklangan hamda qoʻshimcha ravishda tashkilotdan 134 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining 2024-yil 6-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan fuqaro A. Bakilov Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi Toshkent farmapark ilmiy ishlab chiqarishni rivojlantirish direksiyasiga bosh buxgalter lavozimiga ishga tiklanishi va tashkilotdan 88 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lekin tashkilot rahbariyati xodimni ishga tiklab, yana noqonuniy ravishda ishdan boʻshatishi oqibatida FIB Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining 2025-yil 9-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan A. Bakilov yana oʻz ishiga tiklangan va uning foydasiga 200 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish lozimki, mehnat qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan undirish maqsadida prokuratura organlari tomonidan sudlarga 2024-yilda 94 ta daʼvo arizasi kiritilgan, ularning 88 tasi qanoatlantirilib, 1,1 mlrd soʻmlik zararni regress tartibida undirish haqida qarorlar chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari buzilishi natijasida jiddiy oqibatlar keltirib chiqarganlik holatlari boʻyicha 2023-yilda 172 nafar, 2024-yilda esa 186 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar asosan Toshkent viloyati (40 nafar), Toshkent shahri (33 nafar), Samarqand viloyati (27 nafar) hamda Buxoro viloyatiga (19 nafar) hisobiga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa, joylarda mehnat qonunchiligiga oid normativ hujjatlar bilan ishlash yetarli darajada tashkil etilmaganligidan, bevosita masʼul boʻlgan kadrlar bilan ishlash tarmoqlari, kasaba uyushmalari qoʻmitalari, yuridik boʻlimlar faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatlar inson huquqlari va erkinliklariga, “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlarga zid boʻlib, fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqaradi. Shu sababli insonning mehnat qilish huquqi buzilishi holatlarining oʻz vaqtida oldini olish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga mustahkamlangan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga oid normalar ijrosi boʻyicha davlat idoralari, korxona va tashkilotlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) davlat idoralari, korxona va tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishini monitoring qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan taʼsir choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davlat idoralari, korxona va tashkilotlarida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari ish beruvchilar tomonidan buzilishining oldini olish maqsadida koʻrilgan huquqiy huquqbuzarliklar ustidan profilaktika ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mehnat munosabatlarini tartibga solishda ijtimoiy himoyani taʼminlash, ishsizlarga, yoshlarga, ayollarga, nogironlarga va pensiya yoshidagi kishilarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularning mehnatga layoqatini tiklash va yashash sharoitini yaxshilash borasida koʻrilgan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) davlat idoralari, korxona va tashkilotlarining bevosita masʼul boʻlgan kadrlar bilan ishlash tarmoqlari, kasaba uyushmalari qoʻmitalari, yuridik boʻlimlari xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish borasidagi ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) davlat idoralari, korxona va tashkilotlari xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) mehnat qonunchiligi sohasida maxsus nazoratni amalga oshiruvchi Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini tanqidiy koʻrib chiqqan holda uning faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) sud qarorlari bilan mehnat nizolari boʻyicha davlat tashkilotlaridan undirilgan zararlarni keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish ishlarining ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) mehnat nizolariga oid sud hujjatlarining davlat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari yuzasidan aholi va ish beruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan axborot-tushuntirish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) mehnat sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq kelib tushayotgan murojaatlarga eʼtibor qaratish borasida belgilangan vazifalar haqida yozma shaklda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishi maʼlum qilinadi.