10.07.2025 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga
1-ILOVA

Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Reglament intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma, litsenziya va sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnoma intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalar hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda — EHM) uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziar — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutug‘i, EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan huquq egasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutug‘i, EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya shartnomasi — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanishga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sublitsenziya shartnomasi — litsenziat tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, seleksiya yutug‘i, EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanishga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnoma — ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga oid mulkiy huquqlar garov predmeti hisoblangan shartnoma.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomani (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar shartnoma tomonlari yoki ularning biri hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma va ushbu obyektlarga oid litsenziya shartnomasi taraflarning kelishuviga asosan ixtiyoriy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.

2-bob. Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 2-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 2.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza mazkur Reglamentga 2.2-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza, agar shartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 3-ilovaga hamda shartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 3.1-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza rezidentlar tomonidan davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali, shuningdek, norezidentlar tomonidan axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot tizimi va YIDXP o‘rtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza bitta shartnomaga tegishli bo‘lishi va unda xorijiy ismlar va nomlarning transliteratsiyasi keltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza shartnoma taraflari yoki shartnoma taraflarining biri tomonidan berilishi mumkin. Ariza shartnoma taraflarining biri tomonidan berilganda, arizaga quyidagi hujjatlardan biri “PDF” formatida ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish to‘g‘risidagi xabarnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma yoki undan ko‘chirma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, arizaga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat yoki vakil orqali ariza berilganda ishonchnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shartnoma tomonlarining arizasida yoki mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tomonlari;

shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro ro‘yxatga olish raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni o‘tkazish turi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shartnoma tomonlarining arizasida yoki mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarda qo‘shimcha tarzda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilayotgan huquqlar hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish hududi va muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlashga oid qoida.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sublitsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga qo‘shimcha tarzda litsenziatning sublitsenziya shartnomasini tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (litsenziya shartnomasi yoki undan ko‘chirma yoxud rozilik xati) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tovar belgisidan foydalanishga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past bo‘lmasligi haqida shart qo‘yilgan bo‘lishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni qisman boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan tovarlar va (yoki) xizmatlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Reglamentning 10-bandiga muvofiq ariza beruvchi tomonidan shartnoma taqdim etilganda, shartnoma sahifalari raqamlangan bo‘lishi va ularda tuzatishlar, qo‘shimcha yozuvlar, o‘chirilgan so‘zlar ko‘rsatilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizaga ilovalar boshqa tilda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ushbu hujjatlarning davlat tiliga tarjimasi ariza bilan bir vaqtda taqdim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza vakil (patent vakili yoki ishonchli shaxs) tomonidan berilganda, unga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. Bunda ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi va ariza bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza shakli to‘ldirilganidan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza yuridik shaxs nomidan berilganda, tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza bir nechta huquq egasiga tegishli intellektual mulk obyekti bo‘yicha berilganda hamda ularning boshqa shaxsga litsenziyani taqdim etish, garovga qo‘yish yoki huquqni o‘tkazishga roziligi taqdim etilayotgan boshqa biron hujjatda qayd etilmaganda, ariza ularning barchasi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat xizmatini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘langan patent boji qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilinib, ro‘yxatga olingandan so‘ng ariza beruvchiga arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda, tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani ko‘rib chiqish davomida zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshiruv davomida zarur hujjatlarning mavjud emasligi yoki shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilganligi yoxud taqdim etilgan hujjatlarda bir-birini istisno qiladigan holatlarning mavjudligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha so‘rovnoma yuboriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. So‘rovnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida ariza beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etishi va (yoki) taqdim etilgan hujjatlarda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchiga so‘rovnoma yuborilganda, arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda, vakolatli organ tomonidan shartnoma ro‘yxatdan o‘tkaziladi va shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli davlat reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchiga patent yoki guvohnomaga ilova shaklida shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami va sanasini ko‘rsatgan holda axborot tizimi orqali xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan hollarda va (yoki) so‘rovnomaga belgilangan muddatda to‘liq yoxud umuman javob taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi va ariza beruvchiga shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida huquqiy asoslarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy axborotnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tomonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya shartnomasining amal qilish hududi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya shartnomasi yoki garov to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati;
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid taqiq.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziya shartnomasiga tomonlar, shartnoma predmeti, amal qilish muddati va hududi, o‘tkazilayotgan huquqlar hajmi bilan bog‘liq kiritilgan o‘zgartirishlar vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tomonlarining tegishli o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risidagi kelishuv yoki kelishuvdan ko‘chirma;

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).

Litsenziya shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha ariza ariza beruvchi tomonidan shartnomaning amal qilish muddati davomida yoki ushbu muddat tugagandan boshlab uch oy ichida berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza mazkur Reglamentning 3-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilganda, litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami hamda mazkur Reglamentning 28-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ariza beruvchi arizaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. So‘rovnoma va xabarnomalar vakolatli organ tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vakolatli organning shartnomani yoki litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish bo‘yicha harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnoma yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish zarurati vujudga kelganda

2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent bojini to‘laydi, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bundan mustasno.

Ariza berish bilan bir vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

Arizani qabul qilib, ro‘yxatga olgandan so‘ng ariza beruvchiga arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasini ko‘rsatgan holda, tegishli ravishda axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnoma yuboradi.

Patent boji to‘langanidan so‘ng avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organ

Arizani ko‘rib chiqadi hamda ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun so‘rovnoma yuboradi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

So‘rovnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma yoki litsenziya yoki sublitsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnoma yoxud litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ushbu ma’lumotlarni tegishli davlat reyestriga kiritadi yoki ushbu shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida

6-bosqich

Vakolatli organ

Ariza beruvchiga patent yoki guvohnomaga ilova shaklida shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami va sanasini ko‘rsatib, axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi yoki shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida huquqiy asoslarini ko‘rsatgan holda axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.

Shartnoma ro‘yxatga olingandan so‘ng yoki ariza rad etilgandan so‘ng avtomatik tarzda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Litsenziya (sublitsenziya) shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan

ARIZA

Arizaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi:

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqami: ____________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

_____________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):
______________________

_____________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: _______________________________________________________
__________________________________________________________________________

Ilova:

shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan ko‘chirma (varaqlar soni ko‘rsatiladi);

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda);

litsenziatning sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).

QR-kod

ariza beruvchi yoki vakil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2.1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya (sublitsenziya) shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Arizaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Litsenziya (sublitsenziya) shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchilar:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqamlari: _________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun)

_______________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):
_______________________________

_______________________

Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: ________________________________
_________________________________________________________________________

Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________
_________________________________________________________________

Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro ro‘yxatga olish raqami): _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Huquqni o‘tkazish turi: ____________________________________________________________________
 
O‘tkazilayotgan huquqlar hajmi: _____________________________________________________________
 
Amal qilish hududi va muddati: _____________________________________________________________
 
Ilova:

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda);

litsenziatning sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).

QR-kod

____________________________

QR-kod

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

(ariza beruvchi litsenziar yoki vakil)

(ariza beruvchi litsenziat yoki vakil)

(2.1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2.2-ILOVA

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha

ARIZA
 
Arizaning kelib tushgan sanasi:

_______________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

_______________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha

ARIZA
 
O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchilar:

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqamlari:
 
STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

___________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):

__________________________

Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili): _________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: __________________________________________________________________________
 
Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________
 
Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro ro‘yxatga olish raqami): _________________________________________________________________________________
 
Intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlashga oid qoida:

_________________________________________________________________________________________
 
Amal qilish muddati: _____________________________________________________________________
 
(2.2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Arizaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflarining biri tomonidan beriladigan

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqami: ___________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

_______________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):
___________________

_______________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: _____________________________________
__________________________________________________________________________

Ilova:

shartnoma taraflari tomonidan imzolangan mutlaq huquqni tasarruf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yoxud shartnoma yoki shartnomadan ko‘chirma (varaqlar soni ko‘rsatiladi);

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).

__________________________________________________________________________

QR-kod

__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________

ariza beruvchi yoki vakil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3.1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Arizaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartnoma taraflari tomonidan beriladigan

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchilar:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqamlari: _________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

_____________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):
_______________________

_____________________

Taraflarning vakillari (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: ___________________________________________
__________________________________________________________________________

Shartnoma tomonlari: _____________________________________________________________________
 
Shartnoma predmeti (patent yoki guvohnomaning raqami, tovar belgisining xalqaro ro‘yxatga olish raqami): ________________________________

_________________________________________________________________________________________

Huquqni o‘tkazish turi: ____________________________________________________________________
 
Ilova:

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).

QR-kod

____________________________

QR-kod

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

(ariza beruvchi litsenziar yoki vakil)

(ariza beruvchi litsenziat yoki vakil)

(3.1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Arizaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

___________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda to‘ldiriladi)

Litsenziya shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari ko‘rsatiladi)

Telefon raqami: ____________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

_____________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo‘lsa):
____________________________

_____________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: ______________________________________________
__________________________________________________________________________

Ilova qilingan hujjatlar:

shartnoma tomonlarining tegishli o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risidagi kelishuv yoki kelishuvdan ko‘chirma;

huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);

ishonchnoma (vakil orqali ariza berilganda).

_________________________________________________________________________

QR-kod

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

ariza beruvchi yoki vakil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) asosan integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani (keyingi o‘rinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha boshqa harakatlar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi so‘ralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazaga layoqatliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunning 3-moddasi birinchi qismiga muvofiq integral mikrosxemaning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘ziga xos topologiyasi integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar o‘ziga xos deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum bo‘lgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yig‘indisi ushbu Reglamentning 6-bandi talablariga to‘liq muvofiq bo‘lganda huquqiy muhofaza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan g‘oyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabnomaga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabnoma bitta topologiyaga oid bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid, shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma topologiyaga oid materiallardan iborat bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza (keyingi o‘rinlarda — ariza);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topologiyani identifikatsiyalovchi materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Avval foydalanilgan topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma undan birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimalari talabnoma bilan bir paytda taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar (yuridik shaxsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati bo‘yicha) yoki jismoniy shaxsning to‘liq ismi) keltiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u o‘rnatilgan bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma bir necha shaxs nomiga so‘ralayotganda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizaning 54-kodli “Integral mikrosxemalar topologiyasining nomi” grafasida topologiyaning nomi va muqobil nomi (agar u mavjud bo‘lsa) keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasining eng yaqin analogi haqida ma’lumotlar” grafasida topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik ma’lumotlar ro‘yxati keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida ma’lumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi), joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasini yaratishda foydalanilgan ilgari muhofazaga olingan topologiyalar haqida ma’lumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik ma’lumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Arizaning 98-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida bittasi ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bog‘lanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.

23. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi ko‘rsatiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u belgilangan bo‘lsa) qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Topologiya va uning identifikatsiyasini ta’minlovchi materiallar, shu jumladan, referat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan depozitga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Depozitga qo‘yiladigan talabnoma materiallari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topologiyaning har bir qatlamini aks ettiradigan vizual qabul qilinadigan materiallarning quyida keltirilgan turlaridan birining to‘liq to‘plami:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fotoshablonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topologiyaga oid yig‘ma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integral mikrosxemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy axborotnomada chop etish uchun mo‘ljallangan topologiyaning nomi, talabnoma beruvchining nomi, integral mikrosxemaning foydalanish sohasi, ko‘llanishi yoki vazifasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan referat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integral mikrosxemani tayyorlashda qo‘llanadigan texnologiya turi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Referat matnining hajmi 700 belgidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talabnoma topshirilayotgan sanadan oldinroq foydalanilgan topologiyaga doir talabnoma topshirishda talabnomaning depozitga qo‘yilgan materiallari qo‘shimcha ravishda ushbu topologiyaning undan foydalanilgan paytdagi shaklini o‘z ichiga olgan namunasiga, referat esa qo‘shimcha ravishda topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana haqida ma’lumotlarga va integral mikrosxema namunasining asosiy texnik tavsifiga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Talabnomaning barcha materiallari bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan tarzda nusxa ko‘chirish imkoniyati bo‘lgan tarzda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar qora rangli matnda A4 formatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vizual qabul qilinadigan materiallardagi tasvirlar masshtabi 20:1 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Chizmalar va fotosuratlarda tasvirlarning masshtabi ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq-ravshan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Integral mikrosxema namunalari zarurat tug‘ilganda ulardan topologiya har bir qatlamining vizual qabul qilinadigan tasvirini olish imkoniyati bilan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Topologiya qatlamlarida konfidensial ma’lumotlar (masalan, nou-xauga oid) bo‘lsa, vizual qabul qilinadigan materiallarda ushbu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) chiqarib olinishi va kodlangan shaklda topologiyani identifikatsiya qiluvchi materiallar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hujjatlarni topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi), O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma berganlik uchun patent boji to‘lovi talabnoma axborot tizimi yoki YIDXPda shakllantirilgan (kiritilgan) sanadan boshlab uch oy muddatda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Axborot tizimi va YIDXP o‘rtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli to‘ldirilganidan so‘ng talabnoma beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.

Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yo‘li bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli ma’lumotlar qo‘shimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat xizmatini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji to‘lanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent boji to‘lovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun patent bojini to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, ro‘yxatga olgandan so‘ng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami ko‘rsatilishi shart. Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi Markazning so‘roviga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan topologiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatish (keyingi o‘rinlarda — tuzatish) huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda Markaz tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 46-bandida nazarda tutilganidan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizada huquq o‘zga shaxsga o‘tkazilishi ko‘rsatilishida ushbu Reglamentning 15 va 21-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq o‘tkazilganini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan talablarga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining o‘zgartirilgani to‘g‘risida qayd kiritilgani haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga o‘tgan sana deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini o‘zgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi to‘g‘risida tegishli sabablar ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Talabnomani ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va to‘qqiz xonali ro‘yxat raqami beriladi, bunda harflar (MT) intellektual mulk obyekti — integral mikrosxemalar topologiyasini, talabnoma raqamidagi dastlabki to‘rtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida Markaz tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilganda davlat ekspertizasini o‘tkazish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazishda quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada bo‘lishi lozim bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma materiallarining belgilangan talablarga muvofiqligi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilgani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Davlat ekspertizasi jarayonida talabnoma uning materiallariga qo‘yilgan talablarga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar bayon etilgan so‘rovnoma jo‘natiladi va yetishmagan, aniqlashtirilgan yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni taqdim etmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra Markaz tomonidan topologiyani ro‘yxatga olish yoki sabablari ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Belgilangan patent boji to‘langanda vakolatli organ topologiyani mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestrida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bunda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topologiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra guvohnoma va uning ilovasi pochta aloqasi orqali ko‘rsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. So‘rovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va topologiyaga beriladigan guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kodli) bilan tasdiqlanib, yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoxud pochta aloqasi orqali talabnoma topshiradi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi.

Uch oy ichida

3-bosqich

Vakolatli organ

1.  Talabnomani qabul qiladi.

2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnomani talabnoma beruvchiga yuboradi.

Patent boji to‘langanidan so‘ng avtomatik tarzda

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasini amalga oshiradi.

2. Davlat ekspertizasi natijalariga ko‘ra integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy davomida

5-bosqich

Talabnoma beruvchi

Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnomani berish va e’lon qilish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy davomida

6-bosqich

Vakolatli organ

Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazadi va muhofaza hujjatini beradi.

Patent boji to‘langanidan so‘ng avtomatik tarzda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

_______________________________________

(21) Talabnomaning qayd raqami

_______________________________________

Yozishmalar uchun manzil:

____________________________________________

Telefon: _____________________
___________________________________

Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(71) Talabnoma beruvchi:

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

___________________________________________

___________________________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u o‘rnatilgan bo‘lsa):

___________________________________________

(54) Integral mikrosxema topologiyasining nomi:

_________________________________________________________________________________________

□ Muqobil nomi

Topologiyaning eng yaqin analogi haqida ma’lumotlar:

_______________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi:

Mamlakat

Sana

___________________________________________
 
__________ yil __________ sana __________ oy

Mazkur topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi),joylashgan yeri (pochta manzili):__________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati:

□ fotoshablonlar

□ topologiyaga oid yig‘ma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar

□ integral mikrosxemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati

□ referat

□ topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

□ bojni to‘lashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat

□ boj miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligi

□ talabnoma materiallarining tarjimasi

□ ishonchnoma

□ boshqa hujjatlar

(72) Muallif

(F.I.O., fuqaroligi, rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi ko‘rsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u o‘rnatilgan bo‘lsa)

JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

QR-kod

__________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kelib tushgan sanasi
___________________

__________________

Qayd raqami
_____________

Talabnomaga to‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida

ARIZA
 
O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(21) Talabnomaning qayd raqami

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma materiallariga quyidagi to‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishlar kiritishingizni so‘rayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

To‘ldirish, aniqlashtirish va tuzatishlar kiritilgan ma’lumotlar: ____________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

_______________________________________________________

QR-kod

_______________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaga bo‘lgan huquqni imzolagan holda topshiradi.
 
Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

________________________________________________________________________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u o‘rnatilgan bo‘lsa):

Nomi (ismi):

Pochta manzili:

Telefon: ___________________________
__________________________________________________________________________________

Huquqni oluvchi shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

________________________________________________________________________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u o‘rnatilgan bo‘lsa):

________________________________________________________________________________________

Nomi (ismi):

________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

________________________________________________________________________________________

Telefon: _____________________

________________________________________________________________________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi*

Huquqni oluvchi shaxs imzosi*

______________________

______________________

Imzolangan sana

Imzolangan sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. * — yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi ko‘rsatilgan holda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Integral mikrosxemalar topologiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT REYESTRI

(11)

Ro‘yxatga olish raqami

(15)

Ro‘yxatga olish sanasi

(19)

Mamlakat kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sana

(71)

Talabnoma beruvchi

(72)

Mualliflar

(74)

Vakil

(54)

Topologiyaning nomi

(57)

Referat

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa geografik obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur geografik obyektda joylashgan, nomi o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma (keyingi o‘rinlarda — talabnoma) berish va davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha boshqa harakatlar ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rayotgan yuridik va jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabnoma bir necha shaxs tomonidan ularning istalgan biri yoki boshqa vakili orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Talabnomani rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza (keyingi o‘rinlarda — ariza);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada ko‘rsatilgan belgi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi, agar ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrida (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaysi tovar turi uchun belgini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan bo‘lsa, o‘sha tovar turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning chegaralaridagi tovar ishlab chiqariladigan joy to‘g‘risidagi ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning alohida xususiyatlari tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi tarkibida tovarning turi ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan geografik obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotgani haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar tomonidan taqdim etilgan talabnomaga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Reglamentning 10-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar quyidagi tashkilotlar tomonidan beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan talabnoma beruvchining mazkur geografik obyektda joylashganligi (yashayotganligi) va tegishli tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli inspeksiya organlari yoki laboratoriyalar tomonidan tegishli tovarning xususiyatlari va ularning ushbu geografik obyekt bilan tamomila yoki asosan bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida topshirilganda, vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan hisoblanadi, boshqa hollarda hujjatlar ularning davlat tiliga tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizaning 210-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 220-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza kelib tushgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizaning 731-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning rasmiy nomi (ta’sis hujjatlari bo‘yicha) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BIMT) ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi (agar u belgilangan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizaning 750-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar uchinchi shaxslarning huquq egasi bilan bog‘lanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 740-kodli “Vakil” grafasida vakilning to‘liq nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), ro‘yxat raqami (patent vakili bo‘lsa), joylashgan yeri yoki yashash manzili, telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arizaning 540-kodli “Talabnoma topshirilayotgan belgi” grafasida talabnoma topshirilgan belgi bosh harflar bilan yozilgan holda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Arizaning 511-kodli “Tovar turi” grafasida tovar turi yoki muayyan tovar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Arizaning 510-kodli “Tovar xususiyatlarining tavsifi” grafasida tovarning alohida xususiyatlari ushbu geografik obyekt uchun xos bo‘lgan tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillarga majburiy, obyektiv bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi. Tavsif vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriyaning xulosasi asosida bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning xususiyatlari umumqabul qilingan maxsus atamalarga muvofiq aniq va ravshan ta’riflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Arizaning “Tovar ishlab chiqariladigan joy” grafasida tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyektning chegaralarini ko‘rsatish orqali tavsiflanadi. Geografik obyektning chegaralari koordinatalar, tabiiy obyektlar (daryolar, ko‘llar, tog‘lar, cho‘llar va boshqalar), ma’muriy chegaralar, ko‘p yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabnomani topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar — axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqa xizmati orqali ham berilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabnoma berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Axborot tizimi va YIDXP o‘rtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) davlat ekspertizasini o‘tkazish maqsadida axborot tizimidan doimiy foydalanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasi bosqichidagi talabnoma bo‘yicha yozishmalar Markaz bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli to‘ldirilganidan so‘ng talabnoma beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ariza davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani pochta aloqa xizmati orqali topshirishda, u imzolash yo‘li bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli ma’lumotlar qo‘shimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat xizmatini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji to‘lanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent boji talabnoma berilgan vaqtda yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun patent bojini to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, ro‘yxatga olgandan so‘ng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXPda avtomatik tarzda yoxud pochta aloqa xizmati orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vakolatli organ bir ish kuni ichida talabnoma nohalol tarzda berilishining oldini olish maqsadida qabul qilingan talabnoma va tovarning xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabnoma haqidagi ma’lumotlar axborot tizimiga joylashtirilgandan so‘ng ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar manfaatdor shaxslar vakolatli organga mazkur Reglamentning 32-bandiga muvofiq talabnomalar bo‘yicha yozma murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz besh ish kuni ichida murojaat qabul qilingani to‘g‘risida manfaatdor shaxsga hamda ushbu murojaat kelib tushgani to‘g‘risida talabnoma beruvchiga ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatda ko‘rsatilgan vajlarga belgining ekspertizasi davomida tegishli baho beriladi va uni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha ekspertiza qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida murojaat etuvchiga javob beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabnoma berilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami ko‘rsatilishi shart. Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Talabnoma beruvchi talabnoma davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi davrida talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘z tashabbusi bilan talabnoma materiallariga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) yoxud uning vakilini o‘zgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchining yoki uning vakili manzilini, yozishmalar olib boriladigan manzilni o‘zgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xatolar (imloviy, grammatik, arifmetik va boshqalar) hamda noaniqliklarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Talabnoma beruvchining ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi asosida talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) va manziliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Talabnoma materiallariga ushbu Reglamentning 36-bandida nazarda tutilgan o‘zgartirishlardan tashqari, talabnoma beruvchining ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi arizasi asosida tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Reglamentga 4 va 5-ilovalarga muvofiq berilgan arizalar vakolatli organga kelib tushgani axborot tizimi orqali avtomatik tarzda va uni ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risida talabnomani ekspertizadan o‘tkazish muddati ichida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Talabnoma beruvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) va manziliga o‘zgartirishlar hamda talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish uchun patent boji to‘lanadi. Patent boji to‘lanmaganda yoki to‘langan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam bo‘lgan taqdirda, materiallar ko‘rib chiqilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ushbu Reglamentning 63 va 64-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida ko‘rib chiqish, qoida tariqasida, belgi, u bilan belgilanishi mo‘ljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, geografik obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning o‘zida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bog‘liqligi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo bo‘lgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish masalalari bo‘yicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan so‘ng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ko‘rib chiqiladi. Ekspertizaning savollari qo‘shimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan ekspertiza so‘rovnomasida, talabnoma beruvchining savollari esa bunday ko‘rib chiqishni o‘tkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza so‘rovnomasi yuborilganda, talabnoma beruvchi savollarni ko‘rib chiqishda qatnashishi yoki qatnashmasligidan qat’i nazar, so‘rovnomaga belgilangan muddatda javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida ko‘rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Savollar talabnoma beruvchi ishtirokida muzokaralar yo‘li bilan yoki ekspert kengashida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin bo‘lganda, ular o‘rtasida Markazning tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan boshqa mas’ul xodim ishtirokida muzokaralar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari bo‘yicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda tomonlar hamda ishtirok etgan shaxslarning dalillari, takliflari hamda keyingi ish yuritish haqidagi xulosalari keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslarning barchasi bayonnomani imzolaydi hamda bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi va ikkinchisi talabnoma beruvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha yagona xulosaga kelinmagan taqdirda, ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga taqdim etilishi ish yuritish to‘xtatilgani to‘g‘risidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki ekspertiza so‘rovnomasining o‘rnini bosishi mumkin (so‘rovnomaga javob berishning belgilangan muddati buzilmaganda) va ushbu holat bayonnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza talabnomani ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, lekin tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza inobatga olingani haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Talabnomani ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik tarzda ikkita harf va to‘qqiz xonadan iborat ro‘yxat raqami beriladi. Bunda harflar (TJ) sanoat mulki obyekti — tovar kelib chiqqan joy nomini, talabnoma raqamidagi dastlabki to‘rtta son — talabnoma berilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ro‘yxatga olingan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Talabnomaning davlat ekspertizasi rasmiy ekspertiza hamda talabnomada ko‘rsatilgan belgining ekspertizasidan iborat bo‘lib, Markaz tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi qarori yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimi orqali qabul qilingandan boshlab o‘ttiz kun ichida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Rasmiy ekspertiza jarayonida zarur hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarga nisbatan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza;

talabnoma beruvchining to‘liq nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki familiyasi, ismi va otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun) hamda manzili ko‘rsatilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakilning to‘liq nomi yoki ismi (vakil mavjud bo‘lganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqarilayotgan joy geografik obyektning chegarasida ko‘rsatilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar xususiyatlarining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patent bojining to‘langani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnoma (vakil mavjud bo‘lganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs bo‘lganda, talabnoma beruvchining qayd etilgan geografik obyektda joylashganini, tovarning xususiyatlari va ularning ushbu geografik obyekt bilan tamomila yoki asosan bog‘liq tovar ishlab chiqarayotganini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovar ishlab chiqarayotgan shaxs bo‘lganda, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada ifodalangan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Talabnoma berilgan sana u vakolatli organga kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Rasmiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida talabnoma materiallari ushbu Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga ekspertiza so‘rovnomasi yuboriladi va so‘rovnomada aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqida xulosaga kelinganda, talabnoma berilgan sanani belgilash va talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida rasmiy ekspertiza qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda uni qabul qilish asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingandan boshlab bir oy davomida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasini o‘tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Reglament talablariga muvofiq rasmiylashtirilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma berilgan belgining O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5, 6 va 11-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqariladigan joy geografik obyekt chegarasida joylashgani, tovar xususiyatlarining u ishlab chiqarilgan joyga bog‘liq ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan geografik obyektda joylashganini va alohida xususiyatlari mazkur geografik obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotgani haqidagi vakolatli inspeksiya organlari yoki laboratoriyalari xulosasining mavjudligi va mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi so‘ralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reyestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasining mazmuni bo‘yicha quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada ko‘rsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada ko‘rsatilgan geografik obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar tufayli ega bo‘lgan alohida xususiyatlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganda, talabnomada ko‘rsatilgan tovarning xususiyatlari tavsifi Reyestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ekspertiza davomida talabnoma beruvchiga belgining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha ekspertiza so‘rovnomasi yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Quyidagilar so‘rovnoma yuborish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma topshirilgan belgini aniqlash zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Reglamentning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar turini aniqlash zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqarilayotgan joyni aniqlash zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning xususiyatlari tavsifini aniqlash zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasiga aniqlik kiritish zarurati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning so‘rovnomasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar taqdim etilganda, ular ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi va talabnoma mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi, agar ularda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasida nazarda tutilgan xususiyatlardan farq qiladigan xususiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar kelib chiqqan joy nomi uchun mo‘ljallanmagan tovar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma topshirilgan belgi o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etilganda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan qaysi ma’lumotlar asos bo‘lgani xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar geografik ko‘rsatkichga doir talabnomaga o‘zgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnoma geografik ko‘rsatkichga doir talabnomaga o‘zgartirilganda, keyingi ish yuritish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan Geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ekspertiza qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallari O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni va ushbu Reglament talablariga zid ekanligining aniqlanishi tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda uni qabul qilish asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Belgilangan patent boji to‘langanda, vakolatli organ tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini Reyestrda avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bunda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra guvohnoma va uning ilovasi pochta aloqa xizmati orqali ko‘rsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ekspertiza so‘rovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan uch oy ichida javob beriladi. Ushbu muddat ichida so‘ralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra javob berish olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilganda, belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Talabnoma beruvchiga davlat ekspertizasi so‘rovnomasi yuborilganda, ekspertiza muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Davlat ekspertizasi so‘rovnomasiga belgilangan muddatda javob kelib tushmaganda yoki to‘liq javob berilmaganda yoxud javobni topshirish muddatini uzaytirish haqida iltimosnoma taqdim etilmaganda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi hamda talabnoma bo‘yicha ish yuritish to‘xtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Davlat ekspertizasining so‘rovnomasiga javob xatini taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab ikki oy ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma bilan birgalikda ekspertiza so‘rovnomasiga to‘liq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning shartlariga rioya etilganda, talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida uch ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. So‘rovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma QR-kod (matrik shtrixli kodli) bilan tasdiqlanib, yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

1. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud pochta aloqa xizmati orqali talabnoma yuboradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2. Talabnoma berish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi.

Talabnoma berilgan vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabnomani qabul qilib, ro‘yxatga olgandan so‘ng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomatik tarzda yoxud pochta aloqa xizmati orqali yuboradi.

Patent boji to‘langanidan so‘ng

2. Qabul qilingan talabnoma va tovarning xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘rinishda joylashtiradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma axborot tizimi orqali qabul qilingandan boshlab o‘ttiz kun ichida

2. Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingandan boshlab bir oy davomida

4-bosqich

Talabnoma beruvchi

Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va guvohnomani berish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi.

Talabnoma berilgan vaqtda

5-bosqich

Vakolatli organ

1. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga guvohnoma va uning ilovasini yuboradi.

2. Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy axborotnomada e’lon qiladi.

Avtomatik tarzda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT REYESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(111)

Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami

(151)

Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi

(181)

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgining amal qilish muddatining tugashi

(210)

Talabnomaning qayd raqami

(220)

Talabnoma kelib tushgan sana

(400)

E’lon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(511)

Tovar turi

(510)

Tovar xususiyatlarining tavsifi

(540)

Talabnoma topshirilgan belgi

(731)

Talabnoma beruvchi

(732)

Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi egasining to‘liq nomi (ismi), mamlakat kodi va manzili

(740)

Vakil

(750)

Yozishmalar uchun manzil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida

(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

________________________________________

(210) Talabnomaning qayd raqami:

________________________________________

(750) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

Telefon raqami: ____________________________

Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida

ARIZA

□ Tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish.

□ Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(731) Talabnoma beruvchi:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomi, joylashgan yeri yoki jismoniy shaxslar uchun F.I. 0. hamda yashash manzillari ko‘rsatiladi)

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

__________________________

__________________________

__________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar o‘rnatilgan bo‘lsa):

__________________________

__________________________

(740) Vakil (F.I.O. yoki to‘liq nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, yashash manzili yoki joylashgan yeri)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon: _____________________

(540) Talabnoma topshirilayotgan belgi:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(bosh harflar bilan yoziladi)

(511) Tovar turi:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(510) Tovar xususiyatlarining tavsifi:

Tovar ishlab chiqariladigan joy (geografik obyekt chegarasida ko‘rsatiladi):

Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati:

vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasi;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs bo‘lsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjimalari (boshqa tilda taqdim etilganda);

vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma (vakil orqali berilganda).

Sahifalar soni

QR-kod

_______________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakil)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kelib tushgan sanasi

Talabnomaning qayd raqami

_____________________________

_____________________________

(Vakolatli organ tomonidan to‘ldiriladi)

Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga o‘zgartirishlar kiritish haqida

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi (ismi) va manziliga o‘zgartirishlar kiritishingizni so‘rayman

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma beruvchi:

_________________________________________________________________________________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Telefon raqami: ____________________________

O‘zgartirishlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

O‘zgartirish kerak bo‘lgan ma’lumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

O‘zgartirilgan ma’lumotlar:

Sahifalar soni:

_______________________________________________

QR-kod

_______________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakil)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kelib tushgan sanasi
__________________
_____________

Qayd raqami

__________________

Talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqida

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(210) Talabnomaning qayd raqami

(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma materiallariga quyidagi tuzatishlar kiritishingizni so‘rayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tuzatishlar kiritilgan ma’lumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

_________________________________________________________________________________________

___________________________________________

QR-kod

___________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakil)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/427/0599-son; 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)