07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3646
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3646
Kuchga kirish sanasi
08.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3646]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12/8-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/8-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar hamda kredit axborotidan foydalanuvchilar (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi, shuningdek banklar, nobank kredit tashkilotlari va mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga (bundan buyon matnda Kredit reyestri deb yuritiladi) kredit axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit buyurtmasi — jismoniy yoki yuridik shaxslarning kredit axborotini yetkazib beruvchilar bilan kredit bitimini tuzish toʻgʻrisida ularga bergan arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
potensial qarz oluvchi — kredit axborotini yetkazib beruvchilar bilan kredit bitimini tuzish uchun kredit buyurtmasini taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kredit axboroti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit tashkilotlari tomonidan Kredit reyestriga va kredit byurolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing, sugʻurta tashkilotlari, tovar isteʼmol kreditlarini beruvchi tashkilotlar tomonidan kredit byurolariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Kredit reyestriga va kredit byurolariga haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ishtirokchilar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishtirokchilar kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida kredit axboroti almashinuvini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasida belgilangan talablar, shuningdek soʻralayotgan kredit axborotining hajmi, kredit axborotini va kredit hisobotini taqdim etish muddatlari qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar tomonidan kredit axboroti kredit byurolariga ularning kredit axborotining tarkibi koʻrsatilgan soʻroviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kredit axboroti va uni taqdim etish boʻyicha kredit byurolari tomonidan yuboriladigan soʻrov, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit axboroti va soʻrovning qogʻozda taqdim etilishi shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kredit byurolarida mavjud boʻlgan kredit axborotiga zarar yetganda yoki ular yoʻqolganda kredit byurolari kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlardan zarar yetgan yoki yoʻqolgan kredit axboroti hajmida qoʻshimcha soʻrov asosida kredit axborotini olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kredit axboroti almashinuvida kredit axborotining maxfiyligini taʼminlash uchun kredit byurolari undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotining taqdim etilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kredit tashkilotlari kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va kredit axborotini ular qayd etilganidan keyin axborot tizimi orqali real vaqt rejimida kredit byurolariga hamda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Kredit reyestriga taqdim etishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 14-noyabrdagi 29/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3646-1, 24.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/3646-1/1083-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) kredit tashkilotlaridan kredit buyurtmalari haqidagi maʼlumotlarni va kredit axborotini yigʻadi, ular boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek Kredit reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit reyestriga taqdim etiladigan maʼlumotlar turi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kredit axborotini tayyorlash, uni Kredit reyestri va kredit byurolariga taqdim etish kredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadigan masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kredit tashkilotining masʼul xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular tayinlangan kundan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan Departamentga va kredit byurolariga yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kredit tashkilotining masʼul xodimlari taqdim etiladigan kredit axborotining maxfiyligini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kredit tashkiloti tomonidan Kredit reyestri va kredit byurolariga yuborilgan har bir kredit buyurtmasiga dasturiy ravishda xos raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit buyurtmasining xos raqami belgilangan tartibda kredit axboroti maʼlumotlar bazasidan oʻchirilgunga qadar oʻzgartirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kredit tashkiloti kredit berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, kredit buyurtmasining xos raqami kredit tashkiloti va kredit buyurtmasini beruvchi oʻrtasida tuzilgan kredit bitimiga ham avtomatik tarzda xos raqam boʻlib sanaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taqdim etilayotgan kredit buyurtmasi va kredit axboroti kredit tashkilotlarining kredit yigʻma jildidagi kredit axborotiga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kredit axboroti Kredit reyestriga va kredit byurolariga kreditlash jarayoniga mos ketma-ketlikda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kredit reyestriga va kredit byurolariga kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan kredit axborotidagi summalar kredit tashkilotlarining balansidagi summalarga mos boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Departament Kredit reyestriga axborotlarning toʻgʻri yuborilishi boʻyicha nazorat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur Nizomning 9, 17 va 18-bandlari talablarining bajarilishini nazorat qilish dasturiy yoʻl bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kredit axborotini qayta ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kredit byurolari mavjud kredit axboroti asosida har bir kredit axboroti subyekti boʻyicha uning oxirgi besh yil (yoki yuridik shaxs boʻlgan kredit axboroti subyekti besh yildan kam faoliyat yuritayotgan boʻlsa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab) mobaynidagi statistik, tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijobiy va salbiy xarakterdagi kredit axborotini oʻz ichiga oluvchi kredit tarixlari boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kredit axborotidagi xatolik maʼlum boʻlganda oʻn besh kun mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit reyestridagi kredit axborotiga — kredit tashkilotlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit byurolaridagi kredit axborotiga — kredit axborotini yetkazib beruvchilar yoki ularning asoslantirilgan xatiga asosan kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament va kredit byurolari kredit axborotini yetkazib beruvchilardan kredit axborotidagi oʻzgartirishlar boʻyicha qoʻshimcha izoh talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar tomonidan kredit byurolariga taqdim etilgan kredit axborotining toʻgʻri ekanligiga kredit byurolarida shubha tugʻilganda yoki kredit axborotidagi xatolik maʼlum boʻlganda, kredit byurolari oʻn besh kun mobaynida kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlarga bu haqida soʻrov yuborish yoʻli bilan kredit axborotiga aniqlik kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kredit axborotiga kiritilgan oʻzgartirish haqidagi maʼlumot va uning sanasi Kredit reyestrida yoki kredit byurolarining kredit axboroti maʼlumotlar bazasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kredit reyestridagi va kredit byurolarining kredit axboroti maʼlumotlar bazasidagi kredit axborotiga Departament va kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomning 21-bandi uchinchi xatboshisi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kredit byurolari tomonidan kredit hisobotlarini taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kredit byurolari tomonidan kredit hisoboti shartnomaga muvofiq kredit axborotidan foydalanuvchiga kredit axboroti subyektining roziligi bilan, kredit axboroti subyektiga esa uning soʻroviga asosan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kredit byurolaridan kredit hisobotlarini olish boʻyicha soʻrovlarning toʻlaligi va haqqoniyligi kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kredit hisoboti kredit byurolari tomonidan kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit buyurtmasiga asosan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kredit byurolari tomonidan kredit axboroti subyektiga taqdim etilgan kredit hisobotida uning barcha kredit axborotini yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining maʼlumotlari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kredit axboroti subyekti oʻzining kredit hisobotidagi kredit axboroti boʻyicha ishtirokchilarga eʼtiroz bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar tomonidan eʼtirozni koʻrib chiqish va u oʻrinli boʻlgan taqdirda kredit axborotiga oʻzgartirish kiritish muddati eʼtiroz kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit byurolari kelib tushgan eʼtiroz boʻyicha kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlarga qoʻshimcha soʻrovlar yuborish yoʻli bilan kredit axboroti subyektining kredit tarixiga aniqlik kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalariga koʻra, eʼtiroz asosli deb topilgan taqdirda mazkur Nizomning 21-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan tartibda kredit axborotiga oʻzgartirish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kredit axboroti subyektiga taqdim etilayotgan kredit hisoboti qogʻoz yoki elektron shaklda boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kredit byurolari tomonidan kredit axboroti subyektiga boshqa kredit axboroti subyektlarining kredit hisobotining berilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kredit byurolari tomonidan taqdim etilgan potensial qarz oluvchi toʻgʻrisidagi kredit hisoboti u bilan kredit bitimi tuzilishi yoki bunday bitimni tuzishning rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ishtirokchilar axborot almashinuvi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan kredit axborotining va kredit hisobotining maxfiyligini taʼminlashga hamda haqqoniyligi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3646/0584-son; 24.11.2025-y., 10/25/3646-1/1083-son)