07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3641
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3641
Kuchga kirish sanasi
08.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3641]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 15-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni (bundan buyon matnda Internet tarmogʻidagi oʻyinlar deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bonus — oʻyinchini oʻyinga jalb qilish, saqlab qolish va ragʻbatlantirish uchun unga har qanday shaklda taqdim etiladigan takliflar (vositalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin sessiyasi — oʻyinchi tomonidan muayyan oʻyin (uning qismi, boʻlimi) boshlangan paytdan natija aniqlangan, yutuq toʻlangan va (yoki) bitim tugallanguniga qadar boʻlgan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin uskunasi — Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish, oʻtkazish, hisobini yuritish va nazorat qilish uchun moʻljallangan apparat va texnik vositalar, dasturiy taʼminot majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar tashkilotchisi (bundan buyon matnda oʻyinlar tashkilotchisi deb yuritiladi) — Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar tashkilotchisining elektron platformasi (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) — oʻyinlar tashkilotchisining Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri bilan integratsiya qilingan quyidagilar amalga oshiriladigan axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat majmuasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchining shaxsiy kabinetini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri (bundan buyon matnda Registr deb yuritiladi) orqali depozitni qabul qilishni, bitimlar boʻyicha yutuqlarni hisoblashni va toʻlashni qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarning va (yoki) oʻyin sessiyasining natijasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarga kirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchiga Internet tarmogʻidagi oʻyinlar va oʻyinlar tashkilotchisi faoliyati haqida maʼlumot berish va uni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar tashkilotchisining faoliyati boʻyicha hisobotlarni tayyorlash va shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimlarni tuzish va bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va oshkor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar tashkilotchisining faoliyati bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻyinlar tashkilotchisi oʻz faoliyatini faqat tegishli litsenziya asosida va litsenziyada koʻrsatilgan domen nomi orqali amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻyinlar tashkilotchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformaning zarur darajada ishlashini va kiberxavfsizligini taʼminlash, shuningdek mazkur elektron platformani himoya qilish va unga ruxsatsiz kirishning oldini olish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Registr bilan integratsiya qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilarning murojaatlarini va Registr operatorining soʻrovlarini qabul qilish, koʻrib chiqish va ularga javob berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilarga ular majburiy raqamli (masofadan) identifikatsiyadan oʻtganidan hamda Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa choralar qoʻllanilganidan soʻng oʻyinga kirishiga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma faoliyati bilan bogʻliq xavflarni baholash va xavfsizlik auditini muntazam ravishda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha operatsiyalar, shu jumladan identifikatsiya maʼlumotlari, oʻyinchilar bilan amalga oshirilgan oʻzaro munosabatlar haqidagi maʼlumotlarni besh yil davomida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi qonunchilikda belgilangan reklama talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar tashkilotchisining xodimlari va ular tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bevosita Internet tarmogʻidagi oʻyinlar faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan shaxslarning Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan tasdiqlanadigan ichki hujjatlarini bilish darajasini doimiy oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformaga Registr operatorining ichki hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinlar tashkilotchisi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻyinlar tashkilotchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mukofot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchi tomonidan qonunchilik yoki oʻyinlar tashkilotchisining ichki hujjatlari talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilishni rad etish, u bilan oʻzaro munosabatlarni tugatish va (yoki) uning elektron platformaga kirishini cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Registr operatoriga va (yoki) vakolatli organga soʻrovlar yuborish va ular yuzasidan tushuntirishlar olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinlar tashkilotchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻyinlar tashkilotchisi quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilarni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchi bilan munosabatlar oʻrnatish, shuningdek uni elektron platformaga kiritish (chiqarish) tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yutuqlarni toʻlash va pul mablagʻlarini qaytarish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyatli oʻyin tamoyili qoidalari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki hujjatlar davlat tilida ishlab chiqilishi va oʻyinlar tashkilotchisining rahbari tomonidan imzolanishi (tasdiqlanishi) kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki hujjatlar boshqa tillarda ham qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻyinlar tashkilotchisi elektron platformada amalga oshirilayotgan operatsiyalarni doimiy ravishda nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilishining har bir fakti toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan ushbu fakt aniqlangan kundan boshlab kamida 5 yil davomida saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ va (yoki) Registr operatorining soʻrovlariga binoan oʻyinlar tashkilotchisi tegishli soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli organ va (yoki) Registr operatoriga maʼlumotni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, oʻyinlar tashkilotchisi darhol Registr operatoriga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma va (yoki) elektron shaklda xabar berishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻyinlar tashkilotchisiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik talablariga javob bermaydigan oʻyin uskunasi orqali Internet tarmogʻidagi oʻyinlar tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyada koʻrsatilmagan domen nomi orqali oʻz xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanmasi litsenziyalash, ruxsat berish va (yoki) xabardor qilish tartib-qoidalari talab qilinadigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yutuq sifatida yoki yutuqni toʻlash evaziga taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar va (yoki) bukmekerlik garovlari belgilariga ega boʻlgan hodisalar va (yoki) oʻyinlar boʻyicha bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilarga kredit, boʻlib toʻlash va (yoki) qarz mablagʻlari taqdim etish orqali, shu jumladan uchinchi shaxslarning mablagʻlaridan foydalangan holda keyinchalik toʻlash sharti bilan bitimlarni tuzish va (yoki) taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitlarni qabul qilish, bitimlarni tuzish va yutuqlarni toʻlashda qonunchilik va Registr operatorining ichki hujjatlari bilan taqiqlangan naqd shakldagi va (yoki) boshqa shakllardagi pul mablagʻlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻyinchi bilan munosabatlar oʻrnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻyinlar tashkilotchisi oʻyinchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada quyidagi shartlar nazarda tutilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni vakolatli organ va (yoki) Registr operatoriga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchilar bilan muzokaralarni ularning roziligi bilan audio yoki videoyozuvga olish, shu jumladan yozishmalarni yozib borish hamda ushbu maʼlumotlarning kamida besh yil davomida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etish xavflari, shu jumladan kiritilgan mablagʻlarni toʻliq (qisman) yoʻqotish haqida ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinga kirishi taqiqlangan (cheklangan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining toifalari va chet el davlatlari (yurisdiksiyalar) rezidentlari roʻyxatini keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va ulardan foydalanish talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari, mazkur Nizom va oʻyinlar tashkilotchisining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻyinchilarni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qarori bilan tasdiqlangan Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish faoliyati tashkilotchilarining mijozlarini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻyinlar tashkilotchisi voyaga yetmagan shaxslar va quyidagi roʻyxatlarga kiritilgan shaxslar bilan munosabatlar oʻrnatishga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaram boʻlgan shaxslar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinlar tashkilotchisi ichki hujjatlari bilan oʻyinga kirishi taqiqlangan (cheklangan) boshqa shaxslar toifalarini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Munosabatlar oʻrnatilishi natijasida oʻyinchi uchun elektron platformada quyidagilarni nazarda tutuvchi shaxsiy kabinet (akkaunt) yaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchining akkauntini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyatli oʻyin tamoyili qoidalari va tartibi bilan tanishtirish hamda mazkur xizmatini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Registr orqali depozitlarni kiritish, yutuqlarni qabul qilish va mablagʻlarni qaytarib olish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitlar, bitimlar va bonuslarni kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin tashkilotchisi bilan oʻzaro aloqa qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni yuborish va ular boʻyicha javoblarni qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir oʻyinchiga oʻyinlar tashkilotchisining elektron platformasida ikki va undan ortiq shaxsiy kabinet (akkaunt) yaratish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻyin uskunasiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan foydalaniladigan oʻyin uskunasi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan oʻyin uskunalarini (dasturiy taʼminotlarni) sertifikatlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olinadigan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar va sinov laboratoriyalarining sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻyinlar tashkilotchisi oʻyin uskunasini mustaqil ravishda sertifikatlashtirishni taʼminlashi yoki bunday oʻyin uskunasiga boʻlgan mutlaq huquqlarning egasiga berilgan oʻyin uskunasining sertifikatini taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻyin uskunasi Registr operatorining ichki hujjatlari talablariga muvofiq Registr bilan integratsiya qilingan oʻyin tashkilotchisining elektron platformasiga ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin uskunasiga uning ishlab chiquvchisi bilan kelishilmagan yoki oʻyin uskunasining texnik va dasturiy hujjatlarida nazarda tutilmagan oʻzgartirishlar (modifikatsiyalar) kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin uskunasiga uning texnik hujjatlarida nazarda tutilmagan elementlarni (uskunalarni) ulash, bundan qonunchilik va Registr operatorining ichki hujjatlarida koʻrsatilgan hollar mustasno, taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Internet tarmogʻidagi oʻyinlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻyinlar tashkilotchisi oʻz elektron platformasi orqali qonunchilik, oʻyinlar tashkilotchisi va Registr operatorining ichki hujjatlari talablariga muvofiq oʻyinchiga Internet tarmogʻidagi oʻyinlarga kirish imkoniyatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platformaga kirish shartnoma asosida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinchi tomonidan mazkur Nizom, shartnoma yoki ichki hujjatlar bilan belgilangan talablar va shartlar buzilgan taqdirda, oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan ushbu oʻyinchi bunday buzilish aniqlangan paytdan boshlab uch oyga chetlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyinchini elektron platformaga kiritish va (yoki) uni chetlatish tartibi oʻyinlar tashkilotchisining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻyinlar tashkilotchisi elektron platformada quyidagilarni nazarda tutuvchi Internet tarmogʻidagi oʻyinlar katalogini joylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Internet tarmogʻidagi oʻyinning umumiy maʼlumotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinning nomi, turi va qisqacha tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi har bir oʻyin uchun minimal (maksimal) stavkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinning jarayonlari, maqsadlari va xususiyatlarining batafsil tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyin qoidalari, shu jumladan yutuq kombinatsiyalari, stavkalar qilish tartibi, bonuslar shartlari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa maxsus qoidalar (talablar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Internet tarmogʻidagi oʻyinning ishlab chiquvchisi (provayderi) va texnik taʼminoti haqidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinning ishlab chiquvchisi (provayderi)ning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin uskunasining sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinning turli qurilmalar, operatsion tizimlar bilan mosligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va Internet tarmogʻiga ulanishga qoʻyiladigan talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar jonli modellar ishtirokida (kontent yaratish va (yoki) translyatsiya qilish) tashkil etilganda, qoʻshimcha ravishda oʻyin (hodisa)larning sanasi va vaqti hamda oʻyinlar oʻtkaziladigan til boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻyinchi Internet tarmogʻidagi oʻyinni tanlaydi, stavka miqdorini belgilaydi va oʻyinda ishtirok etishini tasdiqlaydi hamda pul mablagʻlarini Registr operatorining hisob-kitob-kliring palatasiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻyinlar tashkilotchisi oʻyin sessiyasining sanasi, vaqti va noyob identifikatorini qayd etishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitni qabul qilish vaqti yopilgandan soʻng stavkani oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, muayyan oʻyin qoidalari va (yoki) oʻyinlar tashkilotchisining ichki hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha stavkalar qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yutuq oʻyin natijasi aniqlanganidan soʻng avtomatik ravishda hisoblanadi va darhol oʻyinchiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Masʼuliyatli oʻyin tamoyilini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Internet tarmogʻidagi oʻyinlarning salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida oʻyinlar tashkilotchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼuliyatli oʻyin tamoyiliga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xavflar haqida doimiy ravishda oʻyinchilarni xabardor qilishi va ogohlantirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchining Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganda, xabarnomada koʻrsatilgan sana va vaqtdan boshlab ushbu oʻyinchi bilan bitimlar tuzishni toʻxtatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni kamaytirish boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Elektron platformada joylashtiriladigan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻyinlar tashkilotchisining elektron platformasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinlar tashkilotchisi haqidagi umumiy maʼlumotlar, shu jumladan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning joylashgan manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyinchining Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etishi, yutuqlarni toʻlash tartibi va muddatlarini belgilovchi ichki hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxslarning Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlanganligi haqidagi ogohlantirishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi oʻyinlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xavflar haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3641/0580-son)