ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijrosi uchun masʼullar |
I. Sholini yetishtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish | |||||
1. | Sholini joylashtirish boʻyicha hududlardan takliflar olish. | 1. Asosiy va takroriy ekin maydonlarida sholi yetishtiruvchilar kesimida roʻyxatni shakllantirish. Bunda sholi yetishtiruvchi har bir subyektning dala maydonlari suv bilan taʼminlangani inobatga olinadi. | Har yili aprel oyida | Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2. Sholi ekiladigan maydonlarni konturlar kesimida “CropAgro” axborot tizimiga joylashtirish. | Har yili may oyida | ||||
2. | Respublika hududlarida ilgʻor innovatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, sholi yetishtirish boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish | 1. Olim va mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan izlanishlar natijalari asosida sholidan yuqori hosil yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanoma tayyorlash. Bunda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, sholi yetishtirishning alohida oʻziga xos xususiyatlari yoritiladi. 2. Tayyorlangan tavsiyanomalarni hududlardagi sholichilik klasterlari va fermer xoʻjaliklariga yetkazish. | 2025-yil iyul | Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda |
II. Sholichilikda qayta ishlash va zamonaviy suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish | |||||
3. | Sholi yetishtirishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy qilish. | 1. Asosiy ekin maydonlariga ekiladigan sholi maydonlarining: 60 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash; 45 foizida zamonaviy urugʻ seyalkalari orqali ekish. 2. Takroriy ekin maydonlariga ekiladigan sholining 50 foizida koʻchatlab ekishni tashkil etish. | Ekish mavsumida | Sholichilik xoʻjaliklari mablagʻlari hisobidan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻzbekiston fermerlari kengashi (A. Xaitov) |
4. | Xorijiy tajribalar asosida sholi maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 10 gektardan maydonlarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi orqali sholi yetishtiruvchi tashabbuskorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish. | Ekish mavsumidan 10 kun oldin | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari |
2. Tashabbuskorlar bilan taʼminotchi korxona oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtirish hamda tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish. | Tijorat banklari kreditlari hisobidan | Tijorat banklari | |||
3. Tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilgan sholi maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | ||||
4. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan sholi yetishtiruvchilarga belgilangan tartibda Davlat budjetidan subsidiya ajratish boʻyicha taklif kiritish. | 2025-yil yakuniga qadar | Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | |||
5. | Yangi texnologiyalardan foydalanish hisobiga sholi yetishtirish tajribasini joriy etish. | 1. Quyosh panellaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarib, energiya tejaydigan suv nasoslarini ishlatish hisobidan sholi maydonlarini sugʻorish. 2. Quyosh panellarini oʻrnatish hisobidan sholi maydonlarini sugʻorishni ommalashtirish uchun koʻrgazmali dala seminarini tashkil etish. 3. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, sholi maydonlarini sugʻorishda zovur suvlaridan foydalanish. | Mavsum davomida | Sholichilik xoʻjaliklari mablagʻlari hisobidan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
6. | Sholini qayta ishlash uchun resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | 1. Respublikada sholini qayta ishlash uchun resurs tejaydigan texnologiyalarni xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil iyul | Sholichilik xoʻjaliklari mablagʻlari hisobidan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
2. Sholini qayta ishlash boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlarning texnologiyalarini oʻrganish va sinash. | 2025-yil iyul — dekabr | ||||
3. Sholini qayta ishlash uchun resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish yuzasidan investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish. | 2026-2027-yillar | ||||
III. Sholichilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish | |||||
7. | Markerlarga asoslangan seleksiya usulida sholining suv kam talab etadigan va hosildorligi yuqori boʻlgan yangi nav va duragaylarni yaratish. | 1. Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI)ning Jahon banki mablagʻlari hisobidan 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik amaliy loyihasini tasdiqlash. | 2025-yil iyul | Jahon banki mablagʻlari hisobidan | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari Jahon banki bilan birgalikda |
2. Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan xorijiy seleksiya navlari va namunalarini olib kelish. 3. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning Xorazm filialida yangi sholi navlari va namunalarining ekologik sinovlarini oʻtkazish. 4. Sholi navlarini yaratish jarayonida zamonaviy usullardan foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etish. | 2025 — 2028-yillar davomida | ||||
8. | Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyihada ishtirok etayotgan urugʻchilik subyektlariga shartnoma asosida yuqori avlodli urugʻliklarni yetkazib berish. | Ekish mavsumida | Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasi mablagʻlari hisobidan | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan birgalikda |
2. Urugʻliklarni ekish va parvarishlash davrlarida resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 2025-yil iyul-avgust | ||||
3. Urugʻchilik subyektlari xodimlari malakasini oshirish uchun Janubiy Koreya davlatiga xizmat safarlarini tashkil etish. | |||||
4. Urugʻlik sholi yetishtirishda xalqaro tajribalarni oʻrgatish maqsadida Janubiy Koreya davlatidan mutaxassis jalb qilish. | 2025-yil iyul-avgust | ||||
5. Loyiha doirasida zamonaviy resurs tejaydigan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlarini xarid qilish. | 2025-yil davomida | ||||
9. | Stress omillarga bardoshli, serhosil sholi navlarini yaratish doirasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Davlat dasturlari doirasida stress omillarga bardoshli sholi navlarini yaratish, sholi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli loyihalarni eʼlon qilish. | 2025-yil iyul-avgust | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
2. Misr davlati bilan suv kam talab etadigan, issiq haroratga chidamli hamda Nepal davlati bilan past haroratga bardoshli, serhosil sholi navlarini yaratish uchun hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hujjatlarni (memorandum) rasmiylashtirish. | 2025-yil sentabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) | |||
3. Misr va Nepal davlatlaridan sholining nav va namunalari urugʻliklarini olib kelish va ekologik sinov tajribalarini oʻtkazish. | 2026-2027-yillar | ||||
4. Mahalliy sharoitga mos sholining yangi navlarini yaratish, urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. | 2027-2028-yillar | ||||
IV. Targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish | |||||
10. | Amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda erishilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish. | Sholini yetishtirishda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ilmiy-tadqiqotlar yutuqlarini va ishlab chiqarishda erishilayotgan natijalarni rasmiy veb-saytlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | 2025-yil davomida | Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |