18.06.2025 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiyani tashkil etish va bitiruvchilarni suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat komissiyasini tashkil etish va abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarni “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qaror 2023/2024 va 2024/2025 oʻquv yillarida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan oʻquvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
374-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning (keyingi oʻrinlarda — akademik litseylar) iqtidorli bitiruvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan, “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud davlat oliy taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom 2023/2024 va 2024/2025 oʻquv yillarida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan oʻquvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyent — “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga akademik litseylarning tavsiyasi boʻyicha suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadigan akademik litsey bitiruvchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya komissiyasi — yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiya — har yili akademik litseylar bitiruvchilarini oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish masalasini koʻrib chiqish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat komissiyasi — oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi suhbat — oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat komissiyasi tomonidan abituriyent bilan savol-javob oʻtkazish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul komissiya — har yili oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabulni tashkil etish, shu jumladan, abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularga maslahat berish uchun oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, belgilangan oʻrinlar soniga mos ravishda toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qabul parametrlaridan tashqari oʻrinlar soni haqidagi maʼlumotlar har yili 10-iyunga qadar oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Abituriyentlar oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Abituriyentlar oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus komissiyani tashkil etish va bitiruvchilarni tavsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har yili 10-iyunga qadar yetti kishidan iborat tarkibda har bir akademik litsey uchun alohida maxsus komissiya tashkil etiladi. Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylar xodimlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiyaga uning boshqa aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TDYU rektorining buyrugʻi bilan TDYU prorektorlari orasidan maxsus komissiya raislari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bitiruvchilar har yili 20-iyunga qadar oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi. Bunda ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yilidagi bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar) tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali va majlisga taklif etilgan bitiruvchilar roʻyxati komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Majlislarni oʻtkazish jadvali majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan boshlab besh ish kuni ichida bitiruvchilarning hujjatlarini komissiya majlisida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus komissiya quyidagi minimal talablarni inobatga olgan holda, bitiruvchini oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 foiz va undan yuqori foizni tashkil qilishi, shuningdek, 5 baholik tizimda 4 baho va undan yuqori boʻlishi kerak. Bunda maxsus komissiyaga bitiruvchining umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumot akademik litsey tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda maxsus komissiya mazkur minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda bitiruvchining akademik litseydagi butun oʻqish davrini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi maxsus komissiya yigʻilishiga chaqirilishi hamda u bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoniyatiga ega xonada oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda komissiya har bir aʼzosining bitiruvchi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikri majlis bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bitiruvchi ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan minimal talablarga javob bermagan taqdirda, maxsus komissiya uni oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maxsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus komissiyaning qarori asosida oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxati qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur buyruq nusxasi bir ish kuni ichida oliy taʼlim tashkilotlarining qabul komissiyalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqi dastlabki ikki yil uchun amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari har yili 25-iyundan 5-iyulga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Abituriyent mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari nomiga bakalavriatga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi. Bunda bitiruvchining diplomi (ilovasi bilan birga) “PDF” (portabl document format) shaklda arizaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qabul komissiyasi arizani kelib tushgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida koʻrib chiqadi va hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, arizani noyob raqam berish orqali roʻyxatdan oʻtkazadi hamda abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga bu haqida bildirishnoma yuboradi, shuningdek, abituriyentni hujjatlarning asl nusxasini oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, qabul komissiyasi kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab bir soat ichida abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga bu haqida bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent yigirma toʻrt soat ichida bildirishnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va hujjatlarni mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda takroran topshirishi mumkin. Bunda ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddat arizani takroran topshirishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumot har kuni oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Suhbat komissiyasini tashkil etish va yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har yili 1-iyulga qadar yetti kishidan iborat tarkibda oliy taʼlim tashkilotlari taqdimnomalariga asosan TDYU boʻyicha Adliya vazirligi hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlari uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrugʻi bilan suhbat komissiyasi tashkil etiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim tashkilotlari xodimlari kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslarning suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasiga uning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suhbat komissiyasi suhbat boshlanishidan kamida uch kun oldin yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi hamda oliy taʼlim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi, shuningdek, abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suhbat komissiyasi har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgunga qadar abituriyentlar uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maslahatlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qabul komissiyasi raisi yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yakka tartibdagi suhbat oliy taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim tillarida oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat tili abituriyent tomonidan tanlanadi va uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Abituriyent suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvaliga muvofiq biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan navbatma-navbat kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbat komissiyasi kotibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda abituriyentni yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi aʼzolari abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi mezon boʻyicha beriladigan savollar roʻyxati akademik litseylar oʻquv dasturlari asosida shakllantiriladi hamda oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollar roʻyxati oliy taʼlim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida oʻn besh kun avval eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat har bir abituriyent uchun oʻttiz daqiqagacha davom etishi mumkin. Mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi mezonlar boʻyicha savollar abituriyent tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan qogʻozga chop etilib, abituriyentga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Abituriyentlar bilan oʻtkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha suhbat komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi komissiya aʼzolari tomonidan abituriyentga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan 0 dan 100 gacha oraliqdagi ballar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha suhbat komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlar roʻyxati suhbat komissiyasi bayonnomasida eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat jarayoni video va audioyozuvlarda qayd etiladi hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida oliy taʼlim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Abituriyent quyidagi hollarda oʻqishga qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi Suhbat oʻtkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball toʻplanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan yuqori ball toʻplagan, biroq oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilangan oʻrinlar doirasiga kirmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun har yili 1-iyulga qadar yetti kishidan iborat tarkibda oliy taʼlim tashkilotlari taqdimnomalariga asosan TDYU boʻyicha Adliya vazirligi hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlari uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi tarkibiga vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim tashkilotlari xodimlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya va suhbat komissiyasi aʼzolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasiga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, suhbat komissiyasi aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashishi va oʻz fikrini bildirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Abituriyent yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, suhbat natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellyatsiya shikoyati abituriyent ishtirokida koʻrib chiqiladi va ushbu jarayon video va audioyozuvlarda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asossiz boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish va yakka tartibdagi suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtiroz asosli boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish va yakka tartibdagi suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oʻquv yili boshlanishiga qadar diplomi (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatining asl nusxalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish yoki yolgʻon maʼlumot taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan yoxud oliy taʼlim tashkilotlari talabalari safidan chetlashtiriladi, hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oliy taʼlim tashkilotlari har yili 1-avgustga qadar yakka tartibdagi suhbat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Har yili 10-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga oʻqish uchun tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinganidan soʻng oliy taʼlim tashkilotlari hamda abituriyentlar oʻrtasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Har yili 2-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Har yili 15-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilingan talabalarning yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlaridan koʻchirmalar ularning shaxsiy yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Toshkent davlat yuridik universiteti

Akademik litseylar bitiruvchilarini oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya tashkil etadi.

Har yili 10-iyunga qadar

Akademik litseylarning bitiruvchilari

Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi.

Har yili 20-iyunga qadar

Maxsus komissiya

1. Majlislarni oʻtkazish jadvalini akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.

Majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin

2. Bitiruvchilarning hujjatlarini komissiya majlisida koʻrib chiqadi.

3. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har yili 20-iyundan boshlab besh ish kuni ichida

2-bosqich

Akademik litseylar

1. Maxsus komissiyaning qarori asosida oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxatini buyruq bilan tasdiqlaydi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beradi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida

2. Buyruq nusxasini oliy taʼlim tashkilotlari qabul komissiyalariga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Abituriyent

Oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari nomiga bakalavriatga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi.

Har yili 25-iyundan 5-iyulga qadar

4-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Arizani koʻrib chiqadi va hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, arizani noyob raqam berish orqali roʻyxatdan oʻtkazadi hamda abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga bu haqida bildirishnoma yuboradi, shuningdek, abituriyentni hujjatlarning asl nusxasini oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida ogohlantiradi.

Kelib tushgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida

2. Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga bu haqida bildirishnoma yuboradi.

Kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab bir soat ichida

Abituriyent

Bildirishnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni belgilangan tartibda takroran topshiradi.

Yigirma toʻrt soat ichida

5-bosqich

Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Suhbat komissiyasini tashkil etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

Suhbat komissiyasi

1. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi hamda oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.

Suhbat boshlanishidan kamida uch kun avval

2. Abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.

Har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar

3. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi, shuningdek, abituriyentning arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboradi.

Suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida

6-bosqich

Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

7-bosqich

Abituriyent

Diplom (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatning asl nusxalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.

Oʻquv yili boshlanishiga qadar

8-bosqich

Oliy taʼlim tashkilotlari

Abituriyentlarni bakalavriatga oʻqish uchun tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Har yili 10-avgustga qadar

9-bosqich

Oliy taʼlim tashkiloti va abituriyent

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiradi.

Oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinganidan soʻng

Abituriyent

Toʻlovni amalga oshiradi.

Qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda

Oliy taʼlim tashkilotlari

1. Abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Har yili 2-sentabrga qadar

2. Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Har yili 15-sentabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Oliy taʼlim tashkiloti rektori

__________________________ga

(F.I.O.)

_________________________dan

(abituriyentning F.I.O. toʻliq yoziladi)

Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida

ARIZA

Menga __________________________________________________ yoʻnalishida taʼlim olish uchun

__________________________ (taʼlim yoʻnalishining nomi) (oʻzbek, rus)

suhbatdan oʻtishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Maʼlumotim:

_________________________________________________________________________________________

_____________________________________ni ______ yilda tugatganman.

Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom): seriya __________ __________

Suhbatdan ________________ tilida oʻtaman.

_____________ (oʻzbek, rus)

Tugʻilgan vaqtim va joyim: ______ ______ ______ yil, _______________________

_______________________________ (kun) (oy) (yil) ______________ (tugilgan joyi)

Yashash manzilim: _________________________________________________________________

____________________________________ (mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy raqami toʻliq)

_________________________________________________________________________________________

Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) boʻyicha maʼlumotim: ______ ______________

_____________________________________________________________________ (seriya) _____ (nomer)

_________________________________________________________________________________________

Xalqaro yoki milliy olimpiadalarda, tanlovlarda hamda sport musobaqalarida qatnashganligim haqida maʼlumot (agar qatnashgan boʻlsa):

_________________________________________________________________________________________

(olimpiada fani)

_________________________________________________________________________________________

(tanlov fani (ixtisosligi), sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan vaqti, egallangan oʻrin)

Nogironlik haqida maʼlumot: ______________________________________________________________

__________________________________________ (nomi va guruhi, hujjat rekvizitlari)

Suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishdim.

_______________________

____________

________________

(abituriyentning F.I.O.)

(imzo)

(ariza berish sanasi)

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Abituriyentni yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida

DALOLATNOMA

_____________ shahri

20___ yil “____” ___________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Kuyidagi sabablarga kura yakka tartibdagi suhbatdan soat ______:______ da chetlatildi:

taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka);

boshqa abituriyentga taqiqlangan vositalarni bergan;

boshqa abituriyentga yordam bergan;

_________________________________________________________________________________________

(Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ____________bandlari talablari buzilgan.

Komissiya kotibi

______________________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Abituriyentlar bilan oʻtkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha suhbat komissiyasi aʼzolarining

BAHOLASH VARAQASI

Sana ________________

Abituriyentning F.I.O. _________________________________________________

T/r

Baholash mezonlari

Ballar

1.

Akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi

2.

Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi)

3.

Nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi

4.

Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati

Izoh.

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Suhbat komissiyasi aʼzosi:

______________________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/374/0516-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)