1-ILOVA
T/r | Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori boʻyicha nomi | Mezonlar |
1. | Goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat mahsulotlari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Hayvon (toʻyingan) yogʻlarining oʻrni oʻsimlik (toʻyinmagan) yogʻlari bilan almashtirilgan boʻlmasligi. Goʻsht va qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarining hajmini koʻpaytirish uchun karraginan eritmalari (E-407) va uning hosilalaridan foydalanilmagani. | ||
2. | Sut va sut mahsulotlari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Mahsulot tarkibida sut yogʻi, oqsili yoki sutning boshqa komponentlarining oʻrnini bosish yoki tayyor mahsulot xususiyatlarini yaxshilash uchun sutga oid boʻlmagan qoʻshimchalar (palma yogʻi va boshqalar) boʻlmasligi kerak. | ||
3. | Toʻqimachilik va toʻqimachilik mahsulotlari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Kiyim-kechak. | Paxta va organik boʻlmagan boshqa tabiiy tolalar tarkibida aldrin, kaptafol, xlordan, DDT, dildrin, endrin, geptaxlor, geksaxlorbenzol, geksaxlorsiklogeksan (izomerlarning umumiy miqdori), 2,4,5-T, xlordimeform, xlorbenzilat, dinozeb va uning tuzlari, monokrotofos, pentaxlorfenol, toksafen, metamidofos, metilparafin, paration, fosfamidon, glyufosinat va glifosat moddalaridan har birining miqdori 0,05 mg dan oshmasligi. | |
4. | Tovarlarni qadoqlash uchun ishlatiladigan qoplar va paketlar. | 1. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar uchun faqat A, V, O1, O2 markali oʻram qogʻozlari va oqartirilmagan sellyulozadan tayyorlangan silliq sellyuloza kartonidan foydalanilgani. |
Rezervuarlar, sisternalar va shunga oʻxshash metalldan tayyorlangan katta sigʻimli saqlagichlar. | 2. Boshqa barcha hollarda E markali oʻram qogʻozlari (makulatura hamda sellyuloza va qogʻoz ishlab chiqarishning tolali chiqindilaridan tayyorlangan) va makulatura kartonidan (ikkilamchi xom ashyodan tayyorlangan) foydalanilgani. | |
5. | Shaxsiy gigiyena, kiyim yoki poyafzalni tikish yoki tozalashda qoʻllanadigan yoʻl uchun toʻplamlar. Tabiiy yoki aralash charmdan, plastmassa listi, toʻqimachilik materiallari, vulkanizatsiya qilingan tolalar yoki kartondan tayyorlangan shunga oʻxshash mahsulotlar. Xoʻjalik va sanitariya-gigiyena buyumlari hamda hojatxona ashyolari. Tibbiy maqsadlardagi buyumlar. Boshqa guruhlarga kiritilmagan boshqa toʻqimachilik mahsulotlari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
6. | Yogʻoch, poʻkak, somon va toʻqish uchun materiallardan mahsulotlar. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Plastmassa buyumlar, arralangan va randalangan yogʻoch materiallari. | 1) xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani: surma; margimush; kadmiy; xrom; mis; qoʻrgʻoshin; simob; selen; qalayorganik birikmalar; 2) yonish ingibitorlari sifatida quyidagilardan foydalanilmaganligi: polibromlangan difenillar (PBD); geksabromsiklododekan; xlor tarkibli moddalar; surma oksidlari. | |
7. | Kanselyariya qogʻoz anjomlari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Suratga olish qogʻozlari. | Qogʻoz tarkibidagi ikkilamchi xomashyo kamida 35 foizni tashkil etishi. | |
8. | Gulqogʻoz. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Gulqogʻozlar tarkibida ftalatlardan foydalanilmagani. | ||
9. | Neft mahsulotlari. | 1) benzin yonilgʻisi “Yevro-4” dan past boʻlmasligi; 2) dizel yonilgʻisi “Yevro-5” dan past boʻlmasligi. |
10. | Lok-boʻyoq va shunga oʻxshash sirtga qoplash uchun materiallar, poligrafiya boʻyoqlari va mastikalar. | Hojatxona qogʻozi va qogʻoz sochiqchalar (salfetkalar) tarkibidagi ikkilamchi xomashyo 100 foizni tashkil etishi. |
Lok va boʻyoqlar suv asosida boʻlishi kerak. | ||
Lok va boʻyoqlarning isteʼmol darajasi: tashqi ishlar uchun — 6 m2/l dan; ichki ishlar uchun — 8 m2/l dan; dekorativ suvoq uchun — 1 m2/l dan kam boʻlmasligi kerak. | ||
11. | Sovun va yuvish vositalari, tozalovchi va silliqlovchi vositalar, atir-upa va goʻzallik vositalari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Tarkibida quyidagilarning boʻlmasligi: Fosfatlar, xlorning organik birikmalari va gipoxloritlar, formaldegid, formaldegid donorlari, jumladan, bronopol, armordoks, diazolidinilmochevina, gidroksimetilglitsinat natriya, dimetilol, glikol, dimetilol mochevina, DMDM-gidantoin, kvaternium-15, tetrametilol glikol furil. | ||
12. | Keramika qurilish materiallari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Plastmassa buyumlar. | Tarkibidagi qoʻrgʻoshin miqdori mahsulot umumiy ogʻirligining 0,5 foizidan, kadmiy miqdori 0,1 foizidan ortiqni tashkil etmasligi kerak. | |
13. | Qurilish gipsidan tayyorlangan mahsulotlar. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani: surma; margimush; kadmiy; xrom; mis; qoʻrgʻoshin; simob; selen; qalayorganik birikmalar. | ||
14. | Qurilish aralashmalari va eritmalari. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda kuyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani: surma; margimush; kadmiy; xrom; mis; qoʻrgʻoshin; simob; selen; qalayorganik birikmalar. | ||
15. | Batareya va akkumulyatorlar. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Tokning kimyoviy manbalari bir marotaba foydalaniladigan boʻlmasligi. | ||
16. | Uskunalar va elektr yoritkichlar. Maishiy anjomlar. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Energiya samaradorligi “A” klassdan past boʻlmasligi. | ||
17. | Avtotransport vositalari. | Zararli moddalar tashlamalari boʻyicha: benzinli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-4” dan; dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-5” dan; benzinli yoki dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan avtobus va yuk avtomobillari uchun — “Yevro-4” dan; transport xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari uchun — “Yevro-4” dan past boʻlmasligi. |
18. | Mebel. | Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi. |
Plastmassaning har qanday materiallar bilan kompozitlaridan foydalanilmagan boʻlishi (shisha tola bundan mustasno). |
2-ILOVA
“ |
|
|
|
25. | Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligi | Kunlik | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
|
| ”. |