16.06.2025 yildagi O‘RQ-1069-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 29-aprelda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday tarzda boʻyin tovlashning oldini olishga, sud hokimiyatining nufuzi va taʼsirchanligini kuchaytirishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hamda pul mablagʻlari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini zamonaviy talablardan hamda jahon tamoyillaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish zaruriyati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda ijro ishlari boʻyicha yagona elektron bazani yuritish, shuningdek qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud boʻlmagan taqdirda va uning mol-mulkini yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrgan barcha choralar natijasiz boʻlgan taqdirda, ijro ishini yuritish davomida qarzdorga nisbatan oʻrnatilgan cheklovlarni qarzlar toʻliq toʻlanganidan keyin bekor qilish tartibi belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek ijro hujjatini shakllantirish chogʻida ijro hujjatiga undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki undiruvchi yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami majburiy kiritilishini, shuningdek sud hujjatlariga asosan berilgan ijro hujjatlari taraflarga elektron shaklda taqdim etilishi hamda yuborilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning qarzdorliklari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chogʻida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson omilini kamaytirishga, majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1982-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 282-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11) mavjud boʻlgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 309-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarorda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi; sud ishining raqami; ish koʻrib chiqilgan sana; ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan huquqbuzar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror; mavjud boʻlgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami, shuningdek qaror ustidan shikoyat berish muddati va tartibi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 8-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarga, mavjud boʻlgan taqdirda — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha uchinchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud boʻlgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan boʻlsa), ijro ishini yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi bildirishnoma, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar, ularning joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxsga yoʻllangan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandidagi “(ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)” degan soʻzlar “bundan ushbu Qonunda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar, shuningdek Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri maʼlumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasida (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi “natijasiz boʻlsa” degan soʻzlardan keyin “bundan Majburiyatlar reyestrida saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi va ijro hujjati boʻyicha maʼlumotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilib, bir vaqtning oʻzida bu haqda undiruvchi, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Ijro hujjati Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanganda budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzdorlik undirilishini nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga oʻzga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismidagi “3” raqami chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga)” degan soʻzlar “tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yoki moliyaviy boshqaruvchiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklovlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi, bundan Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritish mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) quyidagi mazmundagi 411-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“411-modda. Ijro ishini yuritishni qayta tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishini yuritishni tugatish uchun asoslar yuzaga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining qonunga xilof va asossiz qarorlari bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritish qayta tiklanganda davlat ijrochisi darhol bu haqda qaror chiqaradi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 32-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32-BOB. MAJBURIYATLAR REYESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
433-modda. Majburiyatlar reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatlar reyestrida ushbu Qonun 40-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar vaqtincha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir maʼlumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha qoʻllanilgan taqiqlar va cheklovlar ushbu Qonun 434-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelganda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlar mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
434-modda. Majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir maʼlumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va oʻn yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatiga doir maʼlumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilganligi qarzdorni qonunda belgilangan asoslar vujudga kelganda bankrot deb topish tartib-taomilini boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ijro ishini yuritish qayta tiklanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) undiruvchining arizasiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga koʻra ijro etilmasdan qaytarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi yoki qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) qarzdor yuridik shaxs davlat reyestridan chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari haqidagi maʼlumotlar oʻn yil davomida aniqlanmaganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdor jismoniy shaxslarning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga undiruv qaratilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari miqdorini aniqlashda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablagʻlari hisobga olinib, ularga nisbatan undiruv qaratilmaydi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan ijro hujjatlari, shuningdek aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi qismi oʻn uchinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Iqtisodiy sudning qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi, bundan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi va jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi, shuningdek undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro ishlari mustasno. Ijro ishini yuritishni tamomlash bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishini yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishini yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tegishincha tugatuvchiga, moliyaviy boshqaruvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 84-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining 4-bandidagi “yuridik shaxslar uchun esa — soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar “mavjud boʻlgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 448-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda sud hujjati asosida beriladigan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa, u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 16-moddaning uchinchi qismi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “ijro ishini yuritish tartibida qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri maʼlumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha soliq qarzining hisobi alohida yuritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 60-moddaning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyat bekor qilinganligi tufayli yoxud qarzdor bankrot deb topilganligi, tugatilganligi, vafot etganligi yoki daʼvo muddati tugaganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz, shuningdek Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil ichida toʻlanmagan qarz”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil davomida qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmaganda — soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining 1-bandidagi “1 — 3-bandlarida” degan soʻzlar “1, 2, 3 va 41-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha soliq qarziga mazkur ijro hujjatlari ushbu Reyestrga kiritilgan sanadan eʼtiboran penya hisoblanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ushbu Qonun 2-moddasi 9-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 2-moddasi 9-bandining uchinchi xatboshisi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1069-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)