Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 11.08.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1507
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 11.08.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1507
Kuchga kirish sanasi
21.08.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Hujjat 21.08.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 11-avgustda 1507-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 1-apreldagi 56-sonli ““2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1507-1, 02.04.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga asosan va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan gʻoʻza defoliatsiyasini samarali oʻtkazishini yaxshilash maqsadida, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2005-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
11-avgustdagi 169-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma 2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi va gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazuvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalari, qonunchilikka muvofiq gʻoʻza defoliyasini oʻtkazish ishlariga masʼul boʻlgan barcha davlat organlari va mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gʻoʻza defoliatsiyasi koʻsaklarning erta yetilib, barvaqt ochilishini taʼminlash maqsadida gʻoʻza bargini defoliantlar yordamida sunʼiy toʻktirishdan iborat agrotexnik tadbir hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gʻoʻza defoliyatsiyasini oʻtkazishda xlorat magniy, suyuq xlorat magniy, avguron-ekstra, sadaf va boshqa defoliantlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllaniladigan defoliantlar quyidagi xususiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xlorat magniy — tarkibida 58 — 60% taʼsir qiluvchi rangsiz kristall modda boʻlib, 6 molekula suv boʻlgan tuz holida ishlab chiqariladi. Suvda yaxshi eriydi, oʻziga nam tortish xossasi oʻta kuchli, shuning uchun uni quruq joyda, nam va havo oʻtkazmaydigan idishlarda saqlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suyuq xlorat magniy — tarkibida 43% taʼsir etuvchi modda boʻlgan och sargʻich rangli suyuqlik boʻlib gektariga 7-8 litr meʼyorida ishlatiladi. Taʼsir etish mexanizmi xuddi kristall shakldagi xlorat magniyga oʻxshaydi. Defoliant kam zaharli, hidsiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avguron-ekstra — yumshoq taʼsir etuvchi suyuq modda boʻlib, gektariga 0,1-0,2 litr meʼyorida ishlatiladi. Avguron-ekstra defoliantini havoning sutkalik oʻrtacha harorati 180S dan past boʻlmaganda ishlatilganda yaxshi samara beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sadaf — och sargʻish rangda, hidsiz, zaharlilik darajasi juda past suyuqlik boʻlib, gektariga 8,5 — 10 litr meʼyorida ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishda har bir defoliant boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarga rioya etish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Gʻoʻza defoliatsiya oʻtkazish muddatlari va meʼyorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish tadbirlari, qoida tariqasida, Hukumat qarorlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishi lozim boʻlgan dalani tanlashda hamda defoliatsiya oʻtkazishning aniq muddatini belgilashda havo harorati, tuproqning namligi, gʻoʻzaning biologik yetilganligiga (shu jumladan koʻsaklarning ochilganligiga), paxta paykallarini chekanka qilish (chilpish) oʻtkazilgan muddatlarga asoslaniladi. Havoning harorati hamda gʻoʻzaning biologik yetilganligi darajasiga qarab defoliatsiyaning maqbul muddati 25-avgustdan 20-sentabrgacha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yumshoq taʼsir etuvchi defoliantlarni qoʻllagan holda defoliatsiyani oʻtkazish uchun havo harorati 170S-180Sdan, qattiq taʼsir etuvchi defoliantlarni qoʻllagan holda defoliatsiyani oʻtkazish uchun havo harorati 150S dan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Defoliatsiya paytida tuproqning namligi cheklangan dala namligi sigʻimi (ChDNS)ga nisbatan 60 — 70% atrofida boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Gʻoʻzaning biologik yetilganligi boʻyicha oʻrta tolali gʻoʻza navlarining har bir tupida oʻrtacha 50 — 55 foiz, ingichka tolali gʻoʻza navlarida 60 — 65 foiz koʻsaklar ochilganda defoliatsiya oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Paxta paykallarida chekanka (chilpish) oʻtkazilgan muddatiga koʻra gʻoʻza tupining eng yuqoridagi ikkinchi koʻsagi kesilganda uni kesilishi qiyin boʻlsa va chigiti qoraygan boʻlsa defoliatsiyani boshlash maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻllaniladigan defoliantlar meʼyorlarini aniqlashda gʻoʻzaning gʻovlanishi, havo harorati va gʻoʻza navlarining morfologik xususiyatlaridan kelib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 1 gektar maydonga qoʻllanilishi lozim boʻlgan defoliantlar oʻrtacha meʼyorlari mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir dala uchun defoliatsiya muddati va meʼyori mutaxassislar tomonidan mazkur boʻlimda nazarda tutilgan talablar asosida alohida aniqlanadi. Bunda, gʻoʻza paykallari tabaqalab defoliatsiya oʻtkazish uchun tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Defoliatsiya uchun ishchi eritmani tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Defoliantlarni yaxshi erishini taʼminlash maqsadida defoliatsiya uchun eritma maxsus hovuzlarda yoki idishlarda tayyorlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Eritma gʻoʻzaning holatiga qarab alohida tayyorlanadi. 4000 — 5000 litrli beton hovuzlarda suv miqdoriga qarab defoliant qoʻshiladi va kamida bir soat davomida nasoslar yordamida aralashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, gektariga 10 kg xlorat magniy sepish talab etiladi. OVX rusumli purkagichda suyuqlik sarfi gektariga 300 litr qilib sozlanganda, hovuzdagi 3000 litr suvga 10 gektar maydon uchun 100 kg defoliant aralashtirish zarur boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Defoliant va suv sarfiga qarab eritma tayyorlashning oʻrtacha meʼyorlari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hovuzdagi tayyor eritma nasoslar yordamida transport vositasiga oʻrnatilgan maxsus sisternalarga solinadi va purkagich ishlayotgan maydonga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. OVX rusumli purkagich bilan eritmani sepish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Defoliatsiyani oʻtkazishdan oldin purkagichning ishchi tezligi va qamrov kengligi, suyuqlik bosimi va sarfi rostlanishi, halqachalar toʻgʻri oʻrnatilishi va filtrlar tozaligi taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eritmani purkagich orqali sepishda eritma imkoni boricha mayda tomchilardan iborat boʻlishi, eritma barglarga tekis sepilishi lozim. Buning uchun halqachalarni toʻgʻri oʻrnatib, suyuqlikni 2 — 4 atmosfera bosimi ostida sepish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Purkagichning ishchi kengligini sozlashda soploni yerdan gʻoʻza rivojiga qarab 1,2-2 metr balandlikka oʻrnatish, oʻqidan 10 — 12 daraja (gradus)ga yotiq holatiga keltirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Purkagichning burilish burchagi past gʻoʻzalarda 180, oʻrtacha gʻoʻzalarda 160 va kuchli rivojlangan gʻoʻzalarda 140 gradusni tashkil qilishi hamda har ikkala tomonda bir xil boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bir qatorga ikki marta defoliant sepish, shu jumladan qatorlar orasiga chok bostirib sepish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Purkagich osilgan traktor gʻildiraklariga himoya toʻsqichlari oʻrnatmasdan, apparatning ostki qismini yumshoq mato bilan oʻramasdan defoliatsiyani boshlashga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Defoliantlarni qoʻllashda koʻriladigan ehtiyot choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Defoliantlarni saqlash, yuklash, tushirish va ularni ishlatish bilan band boʻlgan barcha shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtgan va xavfsizlik qoidalari bilan tanishgan boʻlishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Defoliantlar maxsus omborlarda saqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Defoliantlardan boʻshagan idish va qoplardan oziq-ovqat mahsulotlari, suv, em-xashak va ozuqa saqlashda foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Gʻoʻza defoliatsiyasida qatnashuvchi shaxslar maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari, shu jumladan rezina qoʻlqop, rezina etik, respirator va himoya koʻzoynagi bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Gʻoʻza defoliatsiyasida qatnashuvchi shaxslar ovqatlanishdan oldin qoʻlni, albatta, sovun bilan yuvishlari, ishdan keyin yuvinib, ish kiyimlarini uy kiyimlari bilan almashtirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ish joyida ovqatlanish, suv ichish va chekish man qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. 18 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar, homilador va emizikli ayollarning defoliatsiyada qatnashishlariga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Biron bir shaxsda zaharlanish alomatlari sezilganda, uni ish joyidan chetroqqa olib chiqib, toza havodan nafas oldirilib, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatiladi va tezda shifokorga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari B. NIYOZMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-avgust

“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi Gʻ. IBRAGIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini
oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga
1-ILOVA

1 gektar maydonga qoʻllanilishi lozim boʻlgan defoliantlar oʻrtacha meʼyorlari (litr hisobida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gʻoʻza navlarining morfologik belgilari‎

gʻoʻzasi gʻovlamagan maydonlar‎‎‎

Gʻoʻzasi gʻovlagan maydonlar‎‎‎

t >170 C‎

T<170 C‎

t >170 C‎

T<170 C‎

Tezpishar, barg sathi kichik, 0,5 — 1,0 tipda shox-lanadigan gʻoʻza navlari “Oqdaryo-6”, “Toshkent-6”, “Omad”, “AN-Boyavut-2”, “S-4727”, “Namangan-77”, ‎

8,0‎ 10,0‎ 10,0‎ 12,0‎

oʻrtapishar, barg sathi katta, 1,5 tipda shoxlanadigan navlar “Buxoro-6”, “Buxoro-8”, “S-6524”, “Oqqoʻrgʻon-2”, “Gulbahor”, “Xorazm-127”, “Mexnat”, “Buxoro-102” va ingichka tolali “Termiz-31”, ‎

10,0‎ 12,0‎ 12,0‎ 14,0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

1. Oʻrta tolali gʻoʻza navlariga xlorat magniy 8-10-12 kg/ga, ingichka tolali gʻoʻza navlariga esa 10-12-14 kg/ga meʼyorlarda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqa defoliantlar sarfi xlorat magniyga moslashtirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tezpishar, 0,5-1 tipda shoxlanuvchi gʻoʻza navlari defoliatsiyaga moyil boʻladi, ularga defoliantlar meʼyori kamroq belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini
oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Defoliant va suv sarfiga qarab eritma tayyorlash meʼyorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏Defoliant sarfi, kg/ga 1000 litr suvga aralashtiriladi, kg hisobida‎‎
Gektariga 200 litr suv sarflanganda ‎ Gektariga 250 litr suv sarflanganda‎ Gektariga 300 litr suv sarflanganda ‎
8‎ 40‎ 32‎ 27‎
9‎ 45‎ 36‎ 30‎
10‎ 50‎ 40‎ 33‎
11‎ 55‎ 44‎ 36‎
12‎ 60‎ 48‎ 40‎
13‎ 65‎ 52‎ 43‎
14‎ 70‎ 56‎ 47‎
15‎ 75‎ 60‎ 50
16‎ 80‎ 64‎ 53‎
17‎ 85‎ 68‎ 57‎
18‎ 90‎ 72‎ 60‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 261-modda)