OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-avgustda 1504-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 6-yanvardagi 01/10-10/03-sonli “Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1504-5, 16.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi PQ-29-sonli “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturi toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-iyul,
01/06-18/03-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 256-modda; 2010-y., 14-15-son, 113-modda)