30.05.2025 yildagi PF-90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, o‘rmonlar va yashil hududlar maydonini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini tizimli amalga oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat o‘rmon xo‘jaliklarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos daraxt turlarining zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanib sifatli va kafolatlangan urug‘larni yetishtirish hajmini 1,5 baravarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) urug‘chilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos o‘simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan ko‘chatlar hajmini 2 baravarga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tashabbuslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni ta’minlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin bo‘lgan aniq hudud (tuman (shahar), ko‘cha, yer uchastkasining koordinatalari), suv ta’minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka “har bir tiyin sarflanishini kuzatish” tamoyili asosida onlayn yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish yuzasidan murojaat qilgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot, ko‘chirilishi yoki kesilishi taklif etilayotgan daraxt va ko‘chirish (kesish) sababi, aniq manzili, joylashuvi, foto- va videotasvirlarini aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu huquqbuzarliklar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha “Yashil makon” elektron platformasiga doimiy ravishda ma’lumotlar kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Mening bog‘im” loyihasi doirasida yashil bog‘lar barpo etishga kamida bir gektar, yashil jamoat parklari uchun yarim gektardan yer maydonlari ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) tomonidan belgilanadigan yer uchastkalarida O‘rmon xo‘jaligi agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar asosida davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ko‘chat ekib beradigan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarishlash xarajatlarini davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlariga to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘rmonlarni boshqarish va cho‘llanishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi negizida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘rmon agentligi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, O‘rmon agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) barcha o‘rmonlarning davlat hisobini hamda davlat o‘rmon kadastrini tuzadi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish, daraxt va buta ko‘chatlari pitomniklarini ko‘paytirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish, ushbu yo‘nalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil makon” elektron platformasida 2026-yil 1-sentabrga qadar cho‘l va yarim cho‘l hududlarida yashil maydonlarni ko‘paytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishining natijasini har chorakda kuzatish hamda ushbu hududlarda ekologik holatni tizimli monitoring qilib borish imkoniyati yaratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Malakali mutaxassislarni tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘quv jarayoni dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi sohalarida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-90-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) o‘rmonlarni barpo etish, qayta tiklash, o‘rmon boyliklarini ko‘paytirish, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) o‘rmon xo‘jaligi faoliyati sohasi davlat boshqaruvi tuzilmasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) o‘rmon xo‘jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) global iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, tog‘, cho‘l va yaylovlarda ozuqabop o‘simliklar turlarini ko‘paytirish va ozuqa miqdorini boyitish, ularni muhofaza qilish hamda yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish, shuningdek, tog‘, cho‘l va yaylovlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) o‘rmon fondi yerlarida tabiiy holda o‘suvchi dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklarning pitomnik va plantatsiyalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish va ijrosini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) daraxt va butalar kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kurashish, ularning oldini olish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) manzarali daraxt va buta urug‘chiligi hamda ko‘chat yetishtirish tizimini rivojlantirish, ko‘chatchilikda “in-vitro” laboratoriyalarini keng joriy etish, manzarali daraxt va buta urug‘lari hamda ko‘chatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) cho‘llanishga qarshi kurashish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) o‘rmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qo‘riqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “Aqlli” o‘rmon xo‘jaligi (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) o‘rmonlarni tiklash, qayta tiklash va himoya o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, ularni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agroo‘rmonchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) o‘rmon xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va sohaga bozor tamoyillarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) O‘rmon agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida samarali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar tomonidan grant va qarzlar jalb qilinishini tashkil etish hamda ularning samarali o‘zlashtirilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
x) budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijiy konsultant va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish, ushbu yo‘nalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘rmon kodeksi” loyihasini ishlab chiqish.

1. Kodeksni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi (ekspert) guruhi tuzish va ishlarni tashkil etish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil iyul

O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘rmon agentligi), tegishli vazirlik va idoralar

2. Kodeks loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish, muhokama qilish.

2025-yil dekabr

3. Kelishilgan Kodeks loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

2.

O‘rmon agentligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.

1. O‘rmon agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon agentligi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

3.

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholini chang-qum bo‘ronlarining zararli ta’sirlaridan asrash maqsadida Toshkent shahri atrofida “Yashil belbog‘” barpo etish loyihasini amalga oshirish.

1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, daraxt-butalar turlarini tanlagan holda “Yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekologik ekspertizadan o‘tkazish.

2. Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 790 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida “Yashil belbog‘” va ikkita “Botanika bog‘”larini tashkil etish.

Jahon bankining “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan va ulardan iqtisod qilingan mablag‘lar

2026 — 2028-yillar

O‘rmon agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

4.

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklarining tashkiliy va boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazida joylashgan “tayanch” o‘rmon xo‘jaliklari ro‘yxatini tasdiqlash, ularga quyidagi vakolat va vazifalarni yuklatish:

O‘rmon agentligiga tegishli hududdagi o‘rmon xo‘jaliklari hisobotlarini umumlashtirish, xo‘jalik rahbari lavozimlariga nomzodlarni, rahbarlarning lavozimiga mosligi to‘g‘risida xulosani taqdim etish, topshiriqlar va tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

tasdiqlangan shtat birliklari doirasida o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini monitoring qilish bo‘limini tashkil etish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil avgust

O‘rmon agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etiladigan “yashil bog‘”, “yashil jamoat park”, “yashil belbog‘”, “yashil qoplama” va o‘rmon barpo etish, sug‘orish tizimlarini joriy etish va ajratilgan mablag‘larni maqsadli sarflanishini ta’minlash maqsadida O‘rmon agentligi huzurida “O‘rmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi”ni tashkil etish.

1. “O‘rmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi” faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

O‘rmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

6.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Xorijdan keltirilgan daraxt-butalarning nihol va ko‘chatlarini respublikamiz iqlim-tuproq sharoitiga mosligi, mahalliy turdagi ko‘chatlarni ekish va parvarishlash sharoitlari hamda holati to‘g‘risida ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon agentligi,

Adliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

7.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish tizimini tartibga solish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Ekologiya sohasiga oid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish orqali o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni aniqlash.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

8.

Farg‘ona viloyatida So‘x davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi So‘x o‘rmon bo‘limini alohida ajratish hisobiga o‘rmon fondi yerlarida So‘x davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

O‘rmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

9.

O‘rmon agentligi tizimidagi 18 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklarini ixtisoslashtirish va nizomlarini qayta ko‘rib chiqish, “ilm-fan — loyiha — amaliyot” zanjirida urug‘ va ko‘chatchilik bazalarini tashkil etish.

1. Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklari nizomlarini qayta ko‘rib chiqish, vazifalarini aniq belgilash va o‘rmon xo‘jaliklarida ijrosini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil iyul

O‘rmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Manzarali, noyob turdagi hamda genetik jihatdan sog‘lom daraxtlarning urug‘larini jamg‘arishga alohida e’tibor qaratish, ro‘yxat shakllantirish.

Yil davomida

3. Ixtisoslashgan 18 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Har yili fevral oyi

4. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Respublika o‘rmon urug‘chiligi markazi bilan birgalikda:

2025 — 2030-yillar

jamg‘arilgan urug‘larni saqlash bo‘yicha zamonaviy omborxonalar tashkil etish, seleksiya ishlarini olib borish;

jamg‘arilgan urug‘larning unuvchanligi va sifati bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazib borish;

doimiy o‘rmon urug‘chilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish va ekish;

vaqtinchalik o‘rmon urug‘chilik uchastkalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish.

Doimiy

5. Intensiv niholxonalar tashkil etish hamda nihollarni parvarishlash.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

10.

Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarining tashkiliy-xo‘jalik rejasini tasdiqlash.

1. Ko‘chatxona va niholxonalarda kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-xo‘jalik reja loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

daraxt va butalarning nihollarini o‘stirish (urug‘ bo‘limi),

daraxt va butalarning ko‘chatlarini o‘stirish (“tarbiya” bo‘limi);

urug‘ va qalamchalar olish uchun daraxt va butalarni yetishtirish (onalik plantatsiya);

ilmiy-amaliy laboratoriyalar, issiqxonalar, tajriba maydonchasi;

introduksiya qilingan va mahalliy daraxt-butalarning noyob turlari, shakllari va gibrid navlarini tayyorlash hamda yopiq ildizli yirik hajmli ko‘chatlarni saqlash;

yer ishlari (kompost tayyorlash, saqlash, unumdor tuproq tayyorlash);

nihol-ko‘chatlarni vaqtinchalik saqlash (ko‘mish);

ko‘chatxonaning xo‘jalik (ishlab chiqarish, maishiy bino, inshootlar, omborxonalar va b.) bo‘limlarini tashkil etishni nazarda tutish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil avgust

O‘rmon agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tashkiliy-xo‘jalik reja asosida ko‘chatchilik bo‘yicha barcha tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

Doimiy

11.

O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha har ikki yilda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish.

1. O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid prognoz ko‘rsatkichlarni o‘rmon xo‘jaliklari kesimida shakllantirish.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Har yili 20-yanvar

O‘rmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”ni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har yili 30-yanvar

12.

O‘rmon bilan qoplanish darajasini 4,1 mln gektarga yoki 9,07 foizga yetkazish.

1. Respublika bo‘yicha davlat zaxira yerlaridagi mavjud o‘rmonzorlar hisobini aniqlashtirish.

2. O‘rmon barpo etish va qayta ishlash tadbirlarini davom ettirish.

3. O‘rmon bilan qoplangan maydonlar monitoringini yuritish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

O‘rmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

13.

Daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Daraxtlarni innovatsion suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish usullarini joriy etish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2. Muzokaralar natijasiga ko‘ra daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar bilan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘rish.

3. Avtomobil yo‘llari bo‘ylarida ekilgan daraxt va butalarni tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatishni moliyalashtirish bo‘yicha 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-2026-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

14.

O‘rmonlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va yong‘in hodisalarining oldini olish choralarini ko‘rish.

1. O‘rmon fondi yerlarida yong‘inning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

Huquqbuzarliklar va yong‘in hodisalarining oldini olish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma tadbirlarni olib borish.

1. O‘rmon fondi yer maydonlarida yong‘in kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxatini shakllantirish, ogohlantiruvchi bannerlarni joylashtirish manzillarini belgilash.

2. O‘rmon xo‘jaliklarini yong‘inga qarshi kurashish vositalari bilan, shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari, mas’ul xodimlarning himoyalangan kiyimi va ekipirovkasi bilan ta’minlash.

3. O‘rmonlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda yong‘in hodisalarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab, joylarda o‘quv-taktik mashg‘ulotlar olib borish.

4. Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Turkiya o‘rmon mudirligining yong‘inga qarshi kurashish o‘quv markazida o‘rmon xo‘jaliklari xodimlarini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025 — 2030-yillar davomida

O‘rmon agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

15.

1,5 ming tonna daraxt va butalar urug‘larini tayyorlash.

1. Pishib yetilish muddatiga bog‘liq holda urug‘larni jamg‘arish va monitoringini yuritish hamda Respublika o‘rmon urug‘chiligi markazi bilan birgalikda laboratoriya tahlilidan o‘tkazilishini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2026-yil yanvar

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Jamg‘arilgan urug‘larni vaqtinchalik omborxonalarda saqlash, niholxonalarga va o‘rmon barpo qilish tadbirlari uchun ekilishini tashkil etish.

2026-yil bahor va kuz-qish mavsumi

16.

Tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda jami 126 mln dona nihol va ko‘chatlarni yetishtirish.

1. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yer tanlash va tayyorlash, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil davomida

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Agrotexnik tadbirlarni hamda parvarishlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.

Doimiy

17.

O‘rmon fondi hududlarida jami 253 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish.

1. O‘rmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlari uchun yer maydonlarini tanlash va tayyorlash.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil bahor va kuz-qish mavsumi

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan tanlangan maydonlarga ko‘chat ekish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish. O‘rmon barpo etilgan maydonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilishni amalga oshirish.

Doimiy

18.

O‘rmon fondi yerlarida 2,7 ming gektar himoya (ihota) o‘rmonzorlari barpo etish.

Himoya daraxtzorlarini barpo etish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar

2025-yil bahor va kuz mavsumi

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

“Yashilloyiha” loyihalash instituti

19.

500 gektar tog‘ va tog‘oldi hududlari maydonida “terrasa” usulida daraxt va buta ko‘chatlari ekish.

1. Uzun, Sariosiyo Boysun, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Urgut, Qo‘shrabot, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish, Pop tumanlaridagi tog‘ va adir qiyaliklarida 500 gektar maydonda “terrasa” usulida o‘rmon barpo etish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Jahon bankining kredit mablag‘i

2025-yil avgust

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

“Yashilloyiha” loyihalash instituti

2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “terrasa” usulida o‘rmon barpo etish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil noyabr

20.

Respublikada yashillik darajasini 14,1 foizga yetkazish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 200 mln dona ko‘chat va qalamchalar ekilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “yashil makon.eco” platformasiga kiritib borish, monitoringini yuritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Monitoring va o‘rganish natijalariga asosan yashillik darajasini aniqlash va 14,1 foizga yetkazish bo‘yicha amaliy choralarni jadallashtirish.

2025-yil dekabr

21.

Hududlarda 257 ta yashil bog‘ barpo etish choralarini ko‘rish.

1. Vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan barpo etiladigan yashil bog‘lar to‘g‘risidagi takliflarni olish, umumlashtirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar

2025-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va yashil bog‘lar barpo etish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil noyabr

22.

“Mening bog‘im” loyihalari doirasida yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini barpo etish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari buyurtmachiligida “Mening bog‘im” loyihalarini amalga oshirish.

Bunda:

Ushbu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida maydonlarni joyida ko‘rib chiqish, talab etiladigan ko‘chatlarni ekish ishlarini tashkil etish va “mening bog‘im” loyihalarini amalga oshirishni to‘liq yakunlash.

2025-yil noyabr

2. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yakuniy hujjatlarni Agentlikka taqdim etish.

2025-yil dekabr

23.

Tuman (shahar)larda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan ko‘chatlarni parvarishlash tizimini takomillashtirish.

1. Tuman (shahar)lar kesimida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keyingi 3 yil davomida daraxt va butalar ekiladigan hududlar manzili, ularning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan ko‘chatlar turi va soni, sug‘orish vositalariga bo‘lgan talab, parvarishlash uchun mas’ul tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “hududda yashillikni oshirish rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Hududlarda barcha toifadagi yashil maydonlarda ushbu tizimni joriy etish.

Ushbu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida

2025 — 2030-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

24.

“Soyali sayr ko‘chalari” dasturida yo‘laklar bo‘yida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan ko‘chatlarni ekish va parvarishlash.

1. “Soyali sayr ko‘chalari” dasturlarini ishlab chiqish.

2. “Soyali sayr ko‘chalari” dasturi asosida ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirish.

Ushbu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida

2025 — 2030-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

Orolbo‘yi hududlarida  250 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 115 ming gektar “yashil qoplama”lar barpo etish.

1. “Yashil qoplama”lar barpo etishni “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida moliyalashtirish.

2. “Yashil qoplama”lar barpo etish ishlarini amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari

26.

O‘rmon xo‘jaliklarida asal yetishtirishni ko‘paytirish.

1. O‘rmon xo‘jaliklarida xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalari oilalari sonini 240 mingtaga yetkazish.

2. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 16 tonna asal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil noyabr

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

27.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:

Nukus, Qorako‘l, Muborak tumanlari va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida galofitlardan tashkil topgan bog‘larni tashkil etish uchun loyihalash va infratuzilma obyektlarini qurish;

introduksiya qilingan, urug‘idan va qalamchasidan qiyin ko‘payadigan manzarali va mevali daraxt va buta o‘simliklari turlarini ko‘paytirish maqsadida “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish va qurish;

2025-yilda sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash dasturi bo‘yicha qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish, shuningdek, qayta yuklash stansiyasi uchun zarur bo‘lgan bino inshootlarni qurish hamda tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;

xorijiy va mahalliy sayyohlarga turizm obyektlariga kirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda tashlanayotgan turli xildagi chiqindilarni tozalashni nazorat qilish va atrof tabiiy muhit davlat monitoringini oshirish uchun Xiva shahri “Do‘stlik” mahallasi Gulzor ko‘chasi 32 uyda joylashgan binoni Situatsion markaz binosiga aylantirish ishlarini amalga oshirish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurilish va obodonlashtirish ishlari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Ushbu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon agentligi

28.

O‘rmon agentligi tizimidagi har bir davlat o‘rmon xo‘jaligining elektron kadastr pasportini rasmiylashtirish.

1. Har bir davlat o‘rmon xo‘jaligini yer va bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.

2. Tahlil natijasiga asosan yer va bino-inshootga kadastr pasporti mavjud bo‘lmagan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining kadastr pasportini rasmiylashtirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil davomida

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

Kadastr agentligi

“O‘zbekkosmos” agentligi

29.

Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning 2986 gektar maydonda plantatsiyalarini barpo etish va xomashyo tayyorlash hajmini 3342 tonnaga yetkazish.

1. O‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish mumkin bo‘lgan yerlarni tanlash.

2. Zarur bo‘lgan urug‘lik materiallarini jamg‘arish.

3. Tanlangan yer maydonlarini ekishga tayyorlash va ekish ishlarini amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil noyabr

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

30.

O‘rmon agentligi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida dorivor o‘simliklar xomashyolari va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish.

1. Mavjud binolarni joriy ta’mirlash.

2. Laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

3. Xodimlarni malaka oshirish kurslarida o‘qitish.

4. Laboratoriyani akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarini yakunlash.

Hisob-kitoblar asosida

2025-2026-yillar

O‘rmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

31.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hududida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalarining chegara hududlarida daraxt va butalar ekish.

1. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hududida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalarining chegaralari tutashgan nuqtaga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bo‘ylarida ko‘chatlar ekiladigan hududlarni aniqlash.

2. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, suvsizlikka chidamli daraxt va butalar turlarini tanlash hamda ekish choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2025-2026-yillar

O‘rmon agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

32.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining so‘roviga asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Davlat budjeti mablag‘lari

2025-yil noyabrdan boshlab, doimiy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

33.

O‘rmon barpo etishning yangi texnologik xaritalarini ishlab chiqish.

1. O‘rmon barpo etish bo‘yicha texnologik xaritalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2. Aniqlangan mablag‘lar hisobidan texnologik xarita ishlab chiqish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda pudrat tashkilotlarini aniqlash.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025-yil noyabr

O‘rmon agentligi,

tegishli vazirlik va idoralar

34.

Mavjud yaylovlarning holatini o‘rganish, ularning samaradorligini oshirish maqsadida “GIS” dasturlari asosida yaylov maydonlari xaritalarini ishlab chiqish.

1. Respublikadagi degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish orqali “GIS” elektron xaritasini yaratish.

Har yili ajratiladigan

2025-yil sentabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

O‘rmon agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Yaylov yer maydonlarini tahlil qilish orqali samaradorlik va suv bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqish, degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini qayta tiklash choralarini ko‘rish.

Davlat budjeti mablag‘lari

3. Jahon bankining “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi mablag‘lari hisobidan O‘rmon agentligi tasarrufidagi barcha o‘rmon fondi yerlarini kosmik monitoring va dala xatlovi yordamida to‘liq qamrab olgan raqamli kartalarini yaratish.

Jahon banki mablag‘lari

35.

Degradatsiyaga uchragan, qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va sho‘rlangan yerlarda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

1. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va sho‘rlangan yerlarni aniqlash.

2. Tajriba-sinov loyihasi sifatida 5 ming gektar maydonda suvga va sho‘rlanishga chidamli bo‘lgan daraxt-butalar va cho‘l yaylov urug‘larini motodeltaplanlar yordamida ekish (aylant, qayrag‘och, saksovul, jiyda va b.) hamda ko‘chatlarni mexanizatsiyalashgan tarzda ekishni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025-2026-yillar

Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, O‘rmon agentligi

36.

O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti maqsadli ilmiy darajali kadrlar tayyorlashi uchun 2025 — 2030-yillar davomida magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta kvota ajratish.

2. Ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarni tayyorlash uchun 2025-yilda 4 nafar va 2026 — 2030-yillarda 7 nafardan xodimlarning doktorlik dissertatsiya himoyalarini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025 — 2030-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

37.

Urug‘lar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.

1. O‘zining genetik xususiyatlarini o‘zgartirmagan daraxt-butalar, turli xildagi noyob o‘simliklarning urug‘lari bazalarini aniqlash, genbank tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha moliyaviy, tashkiliy va amaliy choralarni ko‘rish.

3. O‘simliklarning urug‘lari va genetik materiallarini yig‘ish va konservatsiya qilish uchun urug‘lar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari,

qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar

2025-2026-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

38.

Ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni rivojlantirish hamda ixtisoslashgan ilmiy kengashni tashkil etish.

1. “Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi, introduksiyasi va agrofarmakologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tarkibini va zarur hujjatlar portfelini shakllantirish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil sentabr

O‘rmon agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etishga oid hujjatlar to‘plamini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish.

2025-yil noyabr

39.

O‘rmon xo‘jaligi sohasini yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.

1. O‘rmon agentligi markaziy apparati xodimlari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash bo‘yicha attestatsiya o‘tkazish.

Mablag‘ talab etilmaydi

Tasdiqlangan grafik asosida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

O‘rmon agentligi

2. O‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha vakant lavozimlarni yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

Zaruratdan kelib chiqib

3. O‘rmon xo‘jaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy ko‘rib chiqilgan va belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarni tasdiqlash.

Har yili tasdiqlangan grafik asosida

40.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda dorivor o‘simliklar agrotexnologiyasini ishlab chiqish.

1. Dorivor o‘simliklar turlari o‘sadigan hududlarni tanlash.

2. Dorivor o‘simliklarni parvarishlash jarayonida o‘tkaziladigan agrotexnologik jarayonlarni belgilab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yildan boshlab, doimiy

O‘rmon agentligi

41.

Stat.urmon.uz tizimini takomillashtirish orqali Agentlik markaziy apparati va hududlardagi o‘rmon xo‘jaliklarini birlashtirish.

1. Ijrochi tashkilot bilan shartnoma tuzish.

Ajratiladigan mablag‘lar doirasida

2025-yil sentabr

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Tizimni qayta ishga tushirish.

2025-yil noyabr

42.

Ko‘chatxonalarda ekilgan daraxt-butalar to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi katalogni yaratish.

1. O‘rmonchilik va ko‘chatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy yondashgan holda fotosuratlar hamda tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish.

2. Katalog ishlab chiqish va chop etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

O‘rmon agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

43.

Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar, o‘rmon barpo etiladigan hududlarni aks ettiradigan interaktiv kartani ishlab chiqish.

1. Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar (yashil bog‘lar, yashil belbog‘, mening bog‘im), o‘rmon barpo etiladigan hududlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil sentabr

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Ro‘yxat asosida yangidan barpo etiladigan hududlarini aks ettiradigan interaktiv kartalarni ishlab chiqish.

2026-yil mart

44.

“Kelajakka nafas” shiori ostida ko‘chat ekish tadbirlarini tashkil etish.

1. Ko‘chat ekish tadbirlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlari turlarini ekish.

2. “Kelajakka nafas” shiori ostida tashkil etiladigan tadbirning respublika, viloyat, tuman va shaharlar miqyosida o‘tkazish.

Har yili ajratiladigan

Davlat budjeti mablag‘lari,

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Har yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

O‘rmon agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

45.

O‘rmonchilik, ko‘chatchilik hamda o‘rmon muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. O‘rmon xo‘jaligi mutaxassislarining AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirishi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2. O‘rmon xo‘jaligi sohasi rivojlangan davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv kursi va seminarlarda belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari ishtirokini ta’minlash.

Donor tashkilotlar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Doimiy

O‘rmon agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

46.

Xalqaro o‘rmonlar kuniga bag‘ishlangan forum tashkil etish.

1. Xalqaro forum o‘tkaziladigan shahar va joyni aniqlash, boshqa tashkiliy choralarni ko‘rish.

Grant, donor tashkilotlar mablag‘lari,

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

2026-yil fevral

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. O‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalar, yig‘ilishlarni o‘tkazish.

3. Forum yakuni bo‘yicha bayonni rasmiylashtirish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmonining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan tashkil etiladigan “yashil bog‘”, “yashil jamoat parki”, “yashil belbog‘”, “yashil qoplama” va himoya o‘rmonzorlarini barpo etish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihachi etib — “Yashilloyiha” loyihalash instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi etib — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” bo‘limi 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2.

O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi

120

63

57

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 11.2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11.2. O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2a-ilovaning 11.2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

11.2

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi

O‘rmon agentligi

Agentstvo po lesu

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmonining 8-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik banddagi “2024-yil 1-oktabrdan boshlab” so‘zlari “2026-yil 1-yanvardan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik banddagi “2025-yil yakuniga qadar” so‘zlari “2026-yil yakuniga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda” so‘zlaridan keyin “2027-yildan boshlab” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaning izoh qismi birinchi xatboshisidagi “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari “ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-son Farmonining 1-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar o‘rnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha monitoring”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “may” so‘zi “oktabr” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

31.

Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar o‘rnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari bo‘yicha tezkor nazorat tadbirini o‘tkazishga oid o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirish nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 17-ilovaning 11-pozitsiyasi “Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar” ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun” so‘zlaridan keyin “2025-yil iyul oyiga qadar onlayn” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2025-yil iyul oyiga qadar” so‘zlari “2027-yil dekabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

25.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Monreal protokoli ko‘p tomonlama jamg‘armasining trast jamg‘armasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning trast jamg‘armasi

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya

Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi trast jamg‘armasi

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli trast jamg‘armasi

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamg‘armasi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi

Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiyaning trast jamg‘armasi

Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamg‘armasi

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasining trast jamg‘armasi

Afrika, Yevropa va Osiyodagi ko‘chib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha bitim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamg‘armasi

Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli trast jamg‘armasi

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti xodimlarining mehnatga haq to‘lash miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 366-son hamda 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarorlariga asosan belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-yilda Samarqand viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatning 120-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 6-banddagi “2024-yil 1-iyuldan” so‘zlari “2026-yil 1-martdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 6-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

6.

“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi” DM

“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi” DMning asosiy vazifasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimidagi ekologiya, turizm, o‘rmon xo‘jaligi va gidrometeorologiya sohasida investitsiya loyihalarini, jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya, grant, texnik ko‘mak va kredit loyihalari va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish, samaradorligini monitoring qilish hamda ularning sohani rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlashdan iborat.

2025-yilning 1-yanvardan boshlab “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi” DM faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari;

grant mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha sohaviy ekspert kengashi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi**

Turizm qo‘mitasi

O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi*

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ**

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi

(davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 12)

“Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi

“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi

davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 67,

dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha davlat o‘rmon xo‘jaliklari — 12

“Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi

“Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti

“Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi

“Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi

“Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi**

“Ipak yo‘li” ofisi UK

“Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi” davlat muassasasi**

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi

(milliy tabiat bog‘lari — 12, davlat qo‘riqxonalari — 7, buyurtma qo‘riqxonalari — 2; majmua buyurtma qo‘riqxona — 1; biosfera rezervati — 1; pitomnik — 1)

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi

“O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi **

“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi**

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

“Eko-Media markazi” davlat muassasasi**

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari*

Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlari

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limlari

“Toshkent hayvonot bog‘i” MCHJ,

“Farg‘ona hayvonot bog‘i” MCHJ,

“Termiz hayvonot bog‘i” MCHJ

“Iqlim o‘zgarishi milliy markazi”davlat muassasasi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi**

“Yashilloyiha” loyihalash instituti**

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi**

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon sohalaridagi NNTlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari**

“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand obod” DM**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligining hududlardagi boshqarmalari tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek, ajratmalar, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 4-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-172-son qarorining 4-bandi hamda ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish ishlarining yig‘ma parametrlarining izoh qismi birinchi xatboshisidagi “O‘rmon xo‘jaligi agentligi” so‘zlari “ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son qaroriga 2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Ijro muddati” ustunidagi “may” so‘zi “iyul” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)