27.05.2025 yildagi PQ-194-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Pensiya va kompensatsiyalar tayinlash tartibini soddalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) nogironlik pensiyasi tayinlangandan soʻng kamida bir yil ish stajiga ega boʻlganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartib-taomillarini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida toʻlash bilan bogʻliq koʻrsatiladigan xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) toʻlovni amalga oshirish qaydnomasini elektron shaklda planshet orqali imzolashga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Adliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) va AT “Xalq banki”ning elektron soʻroviga asosan fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish maʼlumotlarini bepul yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) biometrik identifikatsiya qilish asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni joriy etish uchun foydalaniladigan qurilmalar xaridi bilan bogʻliq xarajatlar Pensiya jamgʻarmasi hamda AT “Xalq banki” hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi hamda Pensiya jamgʻarmasi hisobidan fuqarolarga pensiya tayinlashda quyidagi masalalarda amaliy koʻmak koʻrsatish xizmatini joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yoshga doir va nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashda fuqaroning ish staji va ish haqiga oid elektron maʼlumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha maslahat va yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) fuqarolarga pensiya tayinlashda korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelmaganligini “Call-markaz” tomonidan aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-194-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2826-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 7-bandning birinchi xatboshisi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3694-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5102-son qarorining 1-bandi “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqi paydo boʻlgan vaqtda ishlamaydigan fuqarolar uchun mehnat staji hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — YAMMT IDAK) kiritish xizmati joriy etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi xatboshidagi “hujjatlar” soʻzi “maʼlumotlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)