1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
I. Ijodkor yoshlarni aniqlash, isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, shuningdek, qiziqishlarini yanada oshirish orqali madaniyat va sanʼat sohasiga jalb qilish | |||||
1. | Yoshlarni oʻzbek milliy musiqa sanʼatiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Oʻzbek milliy musiqasi yoshlar ijrosida” fleshmob oyligini har bir hududda oʻtkazib borish. | 1. Targʻibot tadbirlari reja-jadvalini ishlab chiqish. | 2025 yil davomida har chorakda | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | |||||
3. Targʻibot tadbirlarini OAVda keng yoritish. | |||||
2. | Xalqaro tanlovlar gʻoliblari toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan, “Youtube” video-xostingida alohida sahifalar yaratish va yuritib borish. Bunda har bir tuman madaniyat boʻlimlari va markazlari tomonidan ijodkor yoshlar bazasida roʻyxatda turgan yoshlarning ijod namunalarini keng targʻib qilish. | 1. Ijtimoiy tarmoqlarda har bir hudud boʻyicha alohida sahifalar yaratish. | 2025-yil iyuldan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi hamda mahalliy budjet mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Ijtimoiy tarmoqlarni doimiy ravishda sifatli maʼlumotlar bilan toʻldirib borish. | |||||
3. Har yili ushbu sahifalarning tomoshabopligi boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ijodkorlarni ragʻbatlantirish. | |||||
3. | Maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotlari bilan bolalar musiqa va sanʼat maktablari (shu jumladan, maktab-internatlar) hamkorligini oʻrnatish. | 1. Maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotlari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari bilan hamkorlikda “Madaniyat kunlari”ni tashkil etish. | 2025-yil oktabrdan | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. “Madaniyat kunlari” doirasida isteʼdodli yoshlarni izlab topish uchun bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilarining maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashriflarni uyushtirish. | Alohida reja asosida | ||||
4. | Umumtaʼlim maktablarida madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlardan iborat “Ijodkor yoshlar klubi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Qoʻshma qaror loyihasi hamda klub nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | – | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, |
2. Alohida reja asosida “Ijodkor yoshlar klubi” aʼzolari uchun ustoz sanʼatkorlar ishtirokida maxsus darslar tashkil etish. | 2026-yil yanvardan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligi, | |||
3. Klub faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. | Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi | ||||
5. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlarni madaniyat va sanʼat sohasiga jalb etish, ularga munosib imkoniyatlar yaratish, qamrov darajasini oshirish boʻyicha inklyuziv oʻqish tizimini joriy qilish. | 1. Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida: imkoniyati cheklangan yoshlarning inklyuziv tarzda oʻqishi uchun imkoniyatlar yaratish; ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun madaniyat va sanʼat sohasida taʼlim olishi, toʻgaraklarda ishtirok etishi uchun imtiyozlar joriy qilish. | 2025-yil oktabrdan boshlab doimiy | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida onlayn tanlovlar tashkil etish va oʻtkazish. | |||||
6. | 16 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yulduzcha” televizion tanlovini tashkil etish. | 1. Tanlov Nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yildan boshlab har yili sentabr oyida | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Tanlovni yuqori saviyada televizion shaklda oʻtkazish. | |||||
7. | Respublikaning barcha tuman va shaharlarida mahallalar kesimida “Madaniyat oqshomlari” targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. Bunda mahalla yoshlar yetakchilari va tuman madaniyat markazi tomonidan mahallalardagi iqtidorli yoshlar aniqlab, ular ishtirokida madaniy tadbirlar tashkil etish. | 1. Tegishli tashkilotlarning qoʻshma hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil iyun | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
2. Targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yildan boshlab har yili | ||||
3. Targʻibot tadbirlarini OAVda keng yoritish. | 2026-yil iyun — avgust oylarida | ||||
8. | Yosh ovoz rejissorlari, prodyuserlar, bastakorlar, elektron musiqa ijrochilari (Dj)ning “Ethno sound” loyihasini tashkil etish. | 1. Loyiha Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2027-yildan boshlab har uch yilda bir marotaba aprel oyida | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Taniqli ijodkor yoshlarni jalb etgan holda loyihani amalga oshirish. | |||||
II. Ijodkor yoshlarni tanlash va saralash, ushbu jarayonga raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy, innovatsion va integratsiya usullarini joriy etish | |||||
9. | Ijodkor yoshlar uchun amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari, vebinar, konferensiyalarni onlayn kuzatish va oʻzlashtirish imkonini yaratish. Shuningdek, tadbirlarda videolarni ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yangi yaratilgan yagona platformaga saqlash uchun joylashtirish. | 1. Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik ish rejada mazkur tadbirlarni inobatga olish, tashkil etish va oʻtkazish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
2. Tadbirlarni offlayn bilan bir qatorda bosqichma-bosqich onlayn shaklda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | tadbir yakuni bilan | ||||
3. Tadbirlardan videolarni Yagona platformaga joylashtirish. | |||||
10. | Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi Nizomini qayta ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 1. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi Nizomini qayta ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2025-yil iyul | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Markaz faoliyatini yangi Nizom asosida tashkil etish. | 2025-yil avgustdan boshlab doimiy | ||||
3. Qaror ijrosi yuzasidan yangi tizimni amaliyotga joriy qilish boʻyicha barcha tashkiliy va tahliliy ishlarni amalga oshirish. | |||||
4. Hamkor tashkilotlar bilan tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | |||||
11. | Madaniyat va sanʼat sohasida sunʼiy intellektdan foydalanishni rivojlantirish maqsadida va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Ijodiy texnolaboratoriya” tashkil etish. | 1. Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi qoshida “Ijodiy texnolaboratoriya” faoliyatini tashkil etish boʻyicha Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil oktabr | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Nizom asosida laboratoriya faoliyatini tashkil etish. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda trening, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish. | 2027-yil noyabrdan boshlab doimiy | ||||
4. Madaniyat va sanʼat sohasi boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tajriba-sinovlarini oʻtkazish. | doimiy | ||||
12. | Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Yagona platforma faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish. | 1. Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma yaratish va platforma faoliyatini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish. | 2026-yil fevraldan boshlab | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Mazkur platformada respublikadagi barcha yoshlar uchun ijodiy tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot, hisobotlar, monitoringlar yuritish. | doimiy | ||||
3. Platformani “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilish. | |||||
III. “Ustoz-shogird” anʼanalariga muvofiq professional ijodkorlarni shakllantirish va yosh kadrlar tajribasini oshirish | |||||
13. | Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Ovoz” va “Artist” teleloyihasini oʻtkazish. | 1. Teleloyihalarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xususiy sektorlarni jalb etish. | 2025-yildan boshlab har yili | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda homiylik mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
2. Teleloyihalarni yuqori saviyada oʻtkazish. | |||||
14. | “Ustoz-shogird” anʼanalarini saqlagan holda saralangan yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ularni muntazam ravishda ustoz sanʼatkorlarga biriktirish, masofaviy va oflayn tarzda mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etib borish. | 1. Ijodkor yoshlar zaxirasiga kiritilgan yoshlarni taniqli va mahoratli ustoz sanʼatkorlarga taʼlim olishi uchun biriktirish, individual dasturlar ishlab chiqish. | 2025-yil avgustdan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
2. Ustoz sanʼatkorlar tomonidan oʻtkaziladigan mahorat darslarining masofaviy va oflayn tarzda tashkil etilishini taʼminlash. | |||||
15. | Iqtidorli yoshlarning davlat tadbirlari, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokiga koʻmaklashish. | 1. Ijodkor yoshlar zaxirasini yangilab borish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Masʼul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Vazirliklar, |
2. Zaxiraga kiritilgan yoshlarning davlat tadbirlari, respublika va xalqaro tanlov va festivallarda ishtirokini taʼminlash. | |||||
3. Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida OAVda yoritish hamda targʻib qilish. | |||||
16. | Ijodkor yoshlar zaxirasiga kiritilgan chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarning Toshkent shahrida malakasini oshirish uchun qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlarini muntazam ravishda tashkil etib borish. | 1. Madaniyat vazirligi xulosasiga koʻra vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida qisqa muddatli oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish. | 2026-yil fevraldan boshlab doimiy | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Oʻquv mashgʻulotlarida ijodkor yoshlar zaxirasiga kiritilgan, chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni oʻqitish. | |||||
IV. Ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish hamda ularga munosib ijodiy muhit yaratish | |||||
17. | “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyatini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash. | 1. “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakatini rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash. | 2025-yil 1-dekabrga qadar | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | doimiy | ||||
3. Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati aʼzolarining malakasini oshirish. | |||||
4. “Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati aʼzolarini respublikada madaniyat va sanʼat sohasidagi tadbirlarga jalb qilish. | |||||
18. | Yuqori natija va yutuqlarni qoʻlga kiritgan ijodkor yoshlar toʻgʻrisida kitob-albomlar va boshqa nashr mahsulotlarini chop etish hamda keng ommaga tarqatish. | 1. Har yil yakuni bilan oʻtayotgan yilda yuqori natija koʻrsatgan ijodkor yoshlar toʻgʻrisida kitob-albomlar, risolalar va boshqa nashr mahsulotlari chop etish. | 2026-yildan boshlab doimiy | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Kitoblarni aholiga, shu jumladan, madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim muassasalariga tarqatish. | |||||
19. | Ijodkor yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, inson huquqlari, gender tengligi, umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirishga qaratilgan targʻibot ishlari va tadbirlarini oʻtkazish. | 1. Ijodkor yoshlar bilan mazkur masalalar yuzasidan tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish va ijtimoiy roliklar tayyorlash. | 2026-yildan boshlab doimiy | Mahalliy budjet va Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | |||||
20. | Yoshlar oʻrtasida tozalik madaniyatini shakllantirish va targʻib qilish maqsadida “tozalik oyligi”ni oʻtkazish. | 1. Hamkor tashkilotlar oʻrtasida qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va unga asosan tadbir konsepsiyasini tasdiqlash. | 2025-yil iyul | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
2. Loyiha doirasida taniqli shaxslar ishtirokida targʻibot ishlarini tashkil etish. | yil davomida | ||||
3. Ijodkor yoshlar bilan mavzuga oid tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etish va oʻtkazish hamda ijtimoiy roliklar tayyorlash. | sentabr | ||||
4. Ekologik muammolarni sanʼat orqali namoyon qilish maqsadida ekologik sanʼat yoʻnalishida “Eco-art” loyihasini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | ||||
5. Targʻibot ishlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | har yili | ||||
21. | Xorijiy davlatlarda oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida bir martalik pul mukofotini berish hamda ularning oʻqituvchilariga har oylik ustamalar belgilash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Nufuzli xorijiy tanlovlar roʻyxatini shakllantirish, ushbu tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlarning mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilariga oylik ustamalar berish, gʻoliblarga bir martalik pul mukofoti berilishi boʻyicha Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil yakuniga qadar | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Nizom asosida ustamalar berilishini amaliyotga joriy qilish. | 2026-yildan boshlab doimiy | ||||
22. | Yoshlarga ularning ijodiy salohiyatlarini oshirish, zamonaviy yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻz gʻoyalarini amaliyotga joriy etish maqsadida madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Vazirlik buyrugʻiga asosan nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil martdan boshlab har yili | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
2. Nizomga asosan ijodiy grantlar ajratib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | |||||
23. | Yoshlarning teatr, sirk, muzey, muzey-qoʻriqxonalar va madaniy meros obyektlariga imtiyozli ravishda tashriflarini yoʻlga qoʻyish, ularga madaniy faoliyatni rivojlantirishga va jamiyatda madaniy qadriyatlarni saqlashga hissa qoʻshish imkoniyatini yaratish maqsadida “Madaniyat” yagona ijtimoiy kartasini ishlab chiqish. | 1. Hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan oʻzaro qoʻshma hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | 2026-yil fevral | Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Qoʻshma hujjatga asosan “Madaniyat” yagona ijtimoiy kartasini joriy etish boʻyicha Nizom tasdiqlash. | 2026-yil may | ||||
3. Nizom asosida ijtimoiy kartani bosqichma-bosqich joriy etish. | |||||
24. | Iqtidorli yoshlarni kreativ industriya subyektlariga aylantirish hamda ularning erkin ijod mahsulotlarini monetizatsiya qilish. | 1. Iqtidorli yoshlarni kreativ industriya subyektlariga aylantirish hamda ularning erkin ijod mahsulotlarini monetizatsiya qilish boʻyicha Dastur ishlab chiqish. | 2026-yil martdan boshlab doimiy | - | Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Dastur asosida ijodkor yoshlarga koʻmaklashish. | |||||
V. Isteʼdodli yoshlarning ijodini keng ommaga, shu jumladan, xalqaro miqyosda tanitish va targʻib qilish choralarini koʻrish | |||||
25. | Madaniyat va sanʼat sohasiga oid xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish. | 1. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2025-yil dekabrdan boshlab reja asosida | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Reja asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | |||||
26. | Madaniyatshunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy ish olib borayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga xorijiy mamlakatlarda boʻlib oʻtadigan konferensiyalarda ishtirok etish, malaka oshirish va tajriba almashish ishlarida koʻmaklashish. | 1. Madaniyatshunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy ish olib borayotgan yoshlarning umumiy roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil dekabrdan boshlab | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari hamda homiylik hayriyalari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan konferensiyalarda yoshlarning ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda homiylik va boshqa manbalarning jalb etilishiga koʻmaklashish. | |||||
27. | Har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlarini shartnoma asosida madaniyat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlariga jalb etish hamda tajriba almashish maqsadida kamida 4 nafar ijodkor yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarga qisqa muddatli tajriba almashishga yuborish. | 1. Madaniyat vazirligi tomonidan har yili oʻquv jarayonlariga jalb etiladigan jahonning yetakchi mutaxassislari roʻyxatini shakllantirish hamda keyinchalik oʻquv jarayonlariga jalb etish. | 2026-yil sentabr | Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Xorijiy mamlakatlarda tajriba oshiradigan yoshlarni saralab olish tartibi va ekspertlar guruhini ishlab chiqib, tasdiqlash. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Tasdiqlangan tartib asosida saralab olingan ijodkorlarni xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuborish. | 2026-yil noyabr oyidan boshlab doimiy | ||||
28. | Oʻzbekiston Respublikasi ijodkorlari ishtirok etishi tavsiya qilinadigan nufuzli xalqaro tanlov, festival, forum, biyennale va boshqa yoshlar uchun madaniy tadbirlar roʻyxatini shakllantirib, har ikki yilda yangilangan holda tavsiyaviy risolalar koʻrinishida barcha taʼlim muassasalarga tarqatish. | 1. Madaniy tadbirlar roʻyxatini shakllantirish va risola koʻrinishida chop etish. | 2025-yil yakuniga qadar | Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi |
2. Risolalarni madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim muassasalariga tarqatish. | 2026-yildan boshlab har ikki yilda | ||||
29. | Har yil yakuni bilan saralangan ijodkor yoshlarning aholi oʻrtasida hisobot konsertlari va ijodiy uchrashuvlarini oʻtkazish. | 1. Hisobot konsertlari rejasi, namunaviy dasturi, ijodiy uchrashuvlarning namunaviy ssenariysini tayyorlash. | 2025-yildan boshlab har yili dekabr oyida | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Reja asosida barcha hududlarda hisobot konsertlari, umumtaʼlim maktablarida, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish. | |||||
2-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar nomi | Oʻlchov birligi | Yillar kesimida | Masʼul ijrochilar | |||||
2025 | 2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 | ||||
1. | Tanlov va festival gʻoliblari uchun amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari, vebinarlar tashkil etish. | ta | 12 | 15 | 18 | 20 | 25 | 30 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. | Tanlov va festivallar oʻtkazish orqali ijodkor yoshlar zaxirasini koʻpaytirish. | nafar | 300 | 400 | 500 | 600 | 800 | 1000 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. | Ijodkor yoshlar zaxirasiga kiritilgan ijodkorlar faoliyatini OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga targʻib qilish. | ta | 60 | 80 | 100 | 120 | 140 | 160 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
4. | Madaniyat va sanʼat sohasida tanlov va festivallarni tashkil etishda xususiy sektor bilan hamkorlik oʻrnatish. | ta | 5 | 7 | 9 | 11 | 13 | 15 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
5. | Tanlov va festivallarda yangi kashf etilgan ijodkor yoshlar ishtirokida konsertlar tashkil etish. | ta | 12 | 14 | 14 | 20 | 25 | 30 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
6. | Xalqaro tanlov va festivallar gʻolib va sovrindorlari sonini oshirish. | nafar | 50 | 80 | 100 | 110 | 130 | 150 | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |