“O‘ZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Qarori
YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI SHAKLLANTIRISH, MOLIYALASHTIRISH HAMDA AJRATILGAN MABLAG‘LAR MAQSADLI VA SAMARALI SARFLANISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-iyulda 1385-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi PF-3407-sonli “Kinomatografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 126-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 128-modda) muvofiq, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng o‘n kun muddatdan keyin kuchga kiradi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori M. MUHAMMAD DO‘ST
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyun,
18-son
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyun,
85-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 327-modda; 2008-y., 8-9-son, 47-modda)