Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.02.1998 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 27.02.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJ HUDUDIGA OZIQ-OVQAT ETIL SPIRTI OLIB KELTIRIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi paytlarda oziq-ovqat etil spirtini Oʻzbekiston Respublikasi boj hududi orqali gʻayriqonuniy ravishda olib oʻtish hollari, shuningdek uni bojxonada rasmiylashtirmasdan olib kelishga urinishlar tez-tez uchramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni himoya qilishni taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirtini olib kelishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov “Oʻzdavstandart” markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar sifatiga va ularni ishlab chiqarish sanitariya-gigiyena sharoitlariga talablar kuchaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Spirt, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxati qayta koʻrib chiqilsin, bunda belgilangan meʼyorlarni buzuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilarni litsenziyalardan mahrum qilish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalar berishda ishlab chiqarish sharoitlarining talablarga muvofiqligi puxta tahlil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 1998-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat etil spirti faqat aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish huquqini beruvchi ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining tashqi savdo firmalari tomonidan import qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi boj hududi orqali etil spirtini temir yoʻl transportida tranzit tartibida oʻtkazib yuborish bojxona organlarining kuzatuvi ostida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vino-aroq korxonalari ilgari jismoniy shaxslar tomonidan olib keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan mahsuloti qaytarib beriladigan oziq-ovqat etil spirtidan vino-aroq mahsulotlari quyishni toʻxtatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat bojxona qoʻmitasi etil spirti boj chegarasi orqali gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilgan taqdirda va Davlat soliq qoʻmitasi korxonalarda va savdoda xorijda ishlab chiqarilgan olib kelish manbalari nomaʼlum oziq-ovqat etil spirtining mavjudligi aniqlangan hollarda spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtni gʻayriqonuniy ravishda olib kelishning oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-son