Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.02.2003 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISPANIYA QIROLLIGI BILAN HAR TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27—29-yanvarda Ispaniyaga davlat tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini ta’minlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va insonparvarlik sohalarida Ispaniya Qirolligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tashrif davomida Ispaniya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda loyihalar ekspertizasi 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilishini ta’minlasinlar, Ispaniyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga hamda Ispaniya Hukumati va tijorat banklarining jalb etiladigan kredit liniyalari doirasida ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasinlar hamda kompaniyalar va banklar ishtirokida ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlarini jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish doirasida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mintaqalararo transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash obyektlarini zamonaviylashtirish, suv xo‘jaligi obyektlari qurish va ularni rekonstruksiya qilish uchun Ispaniya Hukumatining “Taraqqiyotga Ko‘maklashish Jamg‘armasi” imtiyozli kreditlarini va Ispaniyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarida Ispaniya kompaniyalarining ishtirok etishi, birinchi navbatda O‘zbekiston mintaqalarida qo‘shma ishlab chiqarishlar barpo etishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ispaniya sanoatchilar va tadbirkorlar Konfederatsiyasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zekspomarkaz” respublika savdo-ko‘rgazma markazi imkoniyatlarini jalb etgan holda tadbirkorlar delegatsiyalarini o‘zaro ayirboshlashni tashkil etish, qo‘shma biznes-seminarlar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning turistik salohiyati keng taqdimot qilinishi va turistik infratuzilmani rivojlantirish, turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash maqsadida Jahon Turizm Tashkiloti (Madrid shahridagi qarorgohi), shuningdek Ispaniyaning yetakchi turistik kompaniyalari bilan hamkorlikni faollashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 14-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-son