07.05.2025 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Mintaqaviy aviatashuvlarni va ichki turizmni yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-412-son qaroriga muvofiq hamda respublikada ichki turizm va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida 2026-yil 1-yanvargacha subsidiya ajratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya tomonidan mahalliy yoʻnalishlarga “Uzbekistan Airways” AJ uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlarini barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 302-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiya) tarkibi 6-ilovaga muvofiq;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 6a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiyalarga quyidagi vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperatorlar (turagentlar), manfaatdor vazirlik va idoralarning Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaga kiritgan takliflariga asosan joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalash boʻyicha nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maxsus komissiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalanadigan aviaqatnovlar yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatashuvchilar takliflariga asosan aviachipta narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (cheklangan) darajasini (summasini) belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar bandligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi — Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiyaning, Transport vazirligi — Maxsus komissiyaning tegishlicha ishchi organlari etib belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Maxsus komissiya tomonidan” soʻzlari “subsidiya” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-ilovaning 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiya — subsidiyalanadigan aviaqatnovlar chiptalari va aviaqatnov yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha tuzilgan komissiya”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash boʻyicha komissiya — turoperator va turagentlar hamda mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha tuzilgan komissiya”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) toʻqqizinchi xatboshidagi “maxsus komissiya tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab tashkil etilgan sayohatlarning mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, komissiya raisi

2.

J. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

U. Shadiyev

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

4.

J. Choriyev

transport vaziri oʻrinbosari

5.

A. Xaydarov

moliya vaziri oʻrinbosari

6.

A. Mirzaraximov

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi — komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.

5. Quyidagi mazmundagi 6a-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga
6a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

I. Maxkamov

transport vaziri, komissiya raisi

2.

J. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

4.

T. Nazarov

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

5.

U. Shadiyev

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi

6.

A. Ximmatov

Transport vazirligining Moliya-iqtisod va tarif boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/302/0421-son)