O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarining harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlari samarali mehnat qilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning o‘z kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini ta’minlash maqsadida harbiy-tibbiy muassasalarda ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlardan tushgan mablag‘larning asosiy qismini kadrlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirish taqozo etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning 75 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini ushbu muassasalarning harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga, kamida 25 foizini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Sh.G‘. Xalmuxamedov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-may,
298-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 298-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining tibbiy ta’minot tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi 915-son qarorining rus tilidagi matnida 3-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) sredstva, poluchennie voyenno-meditsinskimi uchrejdeniyami Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan ot okazaniya platnix meditsinskix uslug posle vospolneniya sovokupnix zatrat po proizvodstvu i realizatsii dannix uslug napravlyayutsya na:
razvitiye materialno-texnicheskoy bazm, remont, zakupku oborudovaniya, lekarstvennix sredstv i izdeliy meditsinskogo naznacheniya — ne meneye 25 protsentov;
premirovaniye voyennoslujashix po kontraktu i grajdanskogo personala voyenno-meditsinskix uchrejdeniy Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan — ne boleye 75 protsentov”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/298/0418-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)