06.05.2025 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qoʻllar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni hamda “2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-maydan boshlab barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini rivojlantirish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Toza qoʻllar” dasturi doirasida sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sanitariya-gigiyena vositalari (suyuq sovun, hojatxona qogʻozi va antiseptik) bilan Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan yetarli miqdorda taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aholi, jumladan, bolalar oʻrtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish boʻyicha targʻibot ishlari amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan normativlarga asosan barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida talab etiladigan sanitariya-gigiyena vositalari xaridini amalga oshirish va foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hojatxonalarga axlat qutisi va hojatxona qogʻozini qoʻyish vositalarini oʻrnatish, shuningdek, suv mavjud boʻlmagan sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ichimlik suvini vaqtincha saqlash bilan bogʻliq infratuzilmani yaratish hamda tashish xizmatlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan 2025-yilda sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari hamda ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlari doirasida, jumladan, ayrim xarajatlarni maqbullashtirish hisobidan moliyalashtirsin, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oliy taʼlim tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxat asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmasini yaxshilash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quriladigan sanitariya-gigiyena obyektlari (hojatxona) mavjud binolar ichiga joylashtiriladi, ichimlik suvi va oqova suv tizimiga toʻliq ulanadi hamda tegishli jihozlar bilan taʼminlanadi, sanitariya-gigiyena obyektlarini bino ichiga joylashtirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, ular mavjud binoga ulangan holda quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Strategik islohotlar agentligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil yakuniga qadar Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportalida (keyingi oʻrinlarda — geoportal) maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish, tasdiqlash hamda vazirlik va idoralarning tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geoportal orqali “Toza qoʻllar” dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish va baholab borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda geoportal maʼlumotlaridan foydalangan holda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturni shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda geoportalga maʼlumotlarning toʻgʻri va muntazam kiritib borilishi uchun tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash maqsadida ularni toza va zararsiz suv bilan taʼminlash, ushbu tashkilotlardagi hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish boʻyicha tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro normativlarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenaning “Uch yulduzli yondashuv” metodikasi asosida baholash tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi Strategik islohotlar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlari uchun shaxsiy gigiyena, sanitariya-gigiyena jihozlari va vositalaridan toʻgʻri foydalanish yuzasidan namunaviy targʻibot materiallari (plakat) ishlab chiqish va har bir tashkilotning sanitariya-gigiyena obyektlarida joylashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
video- va promoroliklarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda namoyish qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashhur shaxslar (sportchilar, sanʼatkorlar va boshqalar) tomonidan shaxsiy namuna koʻrsatish boʻyicha videoroliklar tayyorlash va ularni keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Uch yulduzli yondashuv” metodikasini joriy qilish boʻyicha dastur 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini “Uch yulduzli yondashuv” metodikasi boʻyicha baholash mezonlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv taʼminoti mavjud boʻlmagan sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini 2025-yilda rivojlantirish dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2025-yildan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena xonalarini qurish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Oʻ. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Uch yulduzli yondashuv” metodikasini joriy qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTUR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yulduz darajasi

Chora-tadbirlar nomi

Kutilayotgan natija

Bir yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti
(kunlik amaliyotlar)

1. Kunlik guruh boʻlib, ovqatlanishdan oldin sovun bilan qoʻl yuvishni tashkil etish.

2. Har kuni hojatxonalarni tozalash va nazorat qilish.

3. Har bir oʻquvchining ichimlik suvi uchun moʻljallangan idishlarini nazorat qilish.

1. Oʻquvchilarda sovun bilan qoʻlni yuvish odati shakllanadi.

2. Ovqatlanishdan oldin qoʻl yuvish zarurligi yodda saqlanadi.

3. Hojatxonalar toza va foydalanish uchun yaroqli boʻladi.

4. Ochiq joylarda hojat chiqarish holatlari bartaraf etiladi.

5. Barcha oʻquvchilar ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Ikki yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti
(infratuzilma va taʼlimni yaxshilash)

1. Hojatxonaga kirib chiqqandan soʻng qoʻlni yuvishga oʻrgatish, kerakli joylarga qoʻl yuvish vositalarini oʻrnatish.

2. Oʻquvchi qizlar shaxsiy gigiyenasi boʻyicha taʼlim berish.

3. Arzon suv tozalash texnologiyalarini joriy etish.

1. Oʻquvchilar ovqatlanishdan oldin va hojatxonaga kirib chiqqandan soʻng qoʻl yuvishni oʻrganadilar.

2. Qoʻl yuvish vositalari oʻquvchilarga namoyish qilinadi.

3. Oʻquvchi qizlar shaxsiy gigiyena haqida tushunchalarga ega boʻladi.

4. Oʻquvchilar xavfsiz ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

5. Oʻquvchilarga arzon suv tozalash texnologiyalari namoyish qilinadi.

Uch yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti
(milliy standartlarga javob berish)

Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti infratuzilmasi va tizimlarini milliy standartlar darajasigacha olib chiqish.

1. Gigiyena boʻyicha ijobiy ijtimoiy odatlar mustahkamlanadi.

2. Barcha oʻquvchilar, jumladan, nogironligi boʻlgan oʻquvchilar ham YUNISEF tashkilotining Suv, sanitariya, gigiyena dasturi (WASH) xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

3. Barcha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotilari uchun bir xil Suv, sanitariya, gigiyena dasturi standartlari joriy etiladi va mamlakat boʻylab tenglik taʼminlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu dasturga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini “Uch yulduzli yondashuv” metodikasi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASH MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Baholash usuli / koʻrsatkich

Baholash
(ha/yoʻq)

1-bosqich. Bir yulduz mezonlari (kundalik amaliyotlar)

1.1

Har kuni guruh boʻlib sovun bilan qoʻl yuvish tashkil etilgani (masalan ovqatlanishdan oldin yoki tanaffuslar davomida).

Barcha oʻquvchilar qamrab olingan boʻlishi zarur.

Bir kunlik kuzatuv, oʻquvchilar bilan suhbat

1.2

Hojatxonalar mavjudligi va ularning har kuni tozalanish holati.

Tozalash jurnali, xodimlar bilan suhbat

1.3

Har bir oʻquvchida toza ichimlik suvi mavjudligi (tegishli idishlar).

Kuzatuv, oʻquvchilar soʻrovi

2-bosqich. Ikki yulduz mezonlari (infratuzilma va taʼlimni yaxshilash)

2.1

Qoʻl yuvish vositalarining hojatxona va oshxona yonida oʻrnatilgani.

Joyida oʻrganish

2.2

Oʻquvchilar hojatxonaga kirib chiqqandan soʻng va ovqatlanishdan oldin qoʻlni yuvishga odatlangani.

Koʻnikmalar baholanadi.

Kuzatuv, oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan suhbat

2.3

Oʻgʻil bola va qiz bola oʻquvchilar uchun talab darajasida hojatxonalarning mavjudligi:

har 25 nafar qiz bolaga 1 nuqtali (ochko);

har 40 nafar oʻgʻil bolaga — 1 nuqtali (ochko) hojatxona hisobidan.

Koʻzdan kechirish, oʻquvchilar soniga qarab baholash

2.4

Oʻquvchi qizlar shaxsiy gigiyenasi uchun sharoitlar yaratilgani.

Maxfiylik, suv, gigiyena vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.

Suhbat, joyida oʻrganish

2.5

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida suv tozalash usuli joriy qilingani.

Suv tozalash filtri, qaynatish va boshqa usullardan foydalanish.

Suhbat, joyida oʻrganish

3-bosqich. Uch yulduz mezonlari (milliy standartlarga javob berish)

3.1

Gigiyena odatlari ijtimoiy norma sifatida shakllangani.

Kamida 80 foiz oʻquvchida gigiyena odatlari ijtimoiy norma sifatida shakllangan boʻlishi kerak.

Kuzatuv, soʻrovnoma

3.2

Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun talab darajasidagi hojatxona mavjudligi.

Suhbat, joyida oʻrganish

3.3

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida “Suv, sanitariya, gigiyena” dasturi (WASH) boʻyicha rasmiy tartib (buyruq, masʼul shaxs, reja) mavjudligi.

Hujjatlarni koʻzdan kechirish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bosqich mezonlari bajarilganda, ushbu umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti — bir yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1 va 2-bosqichlar mezonlari bajarilganda, ushbu umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti — ikki yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1, 2 va 3-bosqichlar mezonlari bajarilganda, ushbu umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti — uch yulduzli umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv taʼminoti mavjud boʻlmagan sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Jami

shundan

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari

Sogʻliqni saqlash tashkilotlari

Suv tashib keltiriladigan tashkilotlar soni

Suv saqlash  baki hajmi

(m3)

4 295

42 950

2 072

20 720

788

7 880

1 435

14 350

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

364

3 640

177

1 770

7

70

180

1 800

2.

Andijon viloyati

118

1 180 

78

780

24

240

16

160

3.

Buxoro viloyati

357

3 570

120

1 200

140

1 400

97

970

4.

Jizzax viloyati

173

1 730

120

1 200

36

360

17

170

5.

Qashqadaryo viloyati

947

9 470

466

4 660

256

2 560

225

2 250

6.

Navoiy viloyati

115

1 150

61

610

7

70

47

470

7.

Namangan viloyati

222

2 220

107

1 070

43

430

72

720

8.

Samarqand viloyati

341

3 410

186

1 860

61

610

94

940

9.

Surxondaryo viloyati

654

6 540

341

3 410

82

820

231

2 310

10.

Sirdaryo viloyati

158

1 580

41

410

4

40

113

1 130

11.

Toshkent viloyati

330

3 300

175

1 750

20

200

135

1 350

12.

Fargʻona viloyati

285

2 850

121

1 210

61

610

103

1 030

13.

Xorazm viloyati

231

2 310

79

790

47

470

105

1050

14.

Toshkent shahri

0

0

0

0

0

0

0

0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zaruratga koʻra ushbu manzilli roʻyxatdagi koʻrsatkichlarga tegishliligi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv tashib keltiriladigan taʼlim tashkilotlarida suv saqlash bakini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq bir martalik xarajatlar hamda tashish xizmatlari uchun har oylik toʻlovlar ularning xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini 2025-yilda rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Oʻquvchilar oʻrni
(quvvati)

Oʻquvchilar soni

Jami talab etiladigan mablagʻ,
mln soʻm

Respublika boʻyicha

61 980

70 194

100 000

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 759

2 133

3 670

Kegeyli tumani 40-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

260

155

650

Kegeyli tumani 9-son ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinfi mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi

417

681

790

Amudaryo tumani 87-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

300

227

650

Toʻrtkoʻl tumani 21-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

422

752

790

Chimboy tumani 41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

318

790

Andijon viloyati

10 355

12 849

16 290

Andijon shahri 38-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

495

673

790

Andijon tumani 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

541

790

Asaka tumani 33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

540

706

790

Asaka tumani 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

388

650

Baliqchi tumani 32-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

270

397

650

Baliqchi tumani 37-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

422

448

790

Buloqboshi tumani 7-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

336

650

Buloqboshi tumani 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

628

790

Boʻston tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

736

1 047

890

Boʻston tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

415

650

Jalaquduq tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

402

790

Jalaquduq tumani 26-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

977

790

Izboskan tumani 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

834

541

890

Marhamat tumani 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

350

483

790

Marhamat tumani 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

620

915

790

Oltinkoʻl tumani 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

840

850

890

Oltinkoʻl tumani 34-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

672

790

Ulugʻnor tumani 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

447

790

Paxtaobod tumani 21-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

230

309

650

Xoʻjaobod tumani 20-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

618

790

Shahrixon tumani 44-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

786

1 056

890

Buxoro viloyati

4 914

5 686

7 210

Buxoro tumani 51-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

396

319

790

Jondor tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

520

425

790

Vobkent tumani 13-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

453

790

Gʻijduvon tumani 30-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

911

790

Gʻijduvon tumani 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

780

1 103

890

Qorakoʻl tumani 12-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

480

582

790

Qorakoʻl tumani 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

301

790

Qorakoʻl tumani 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

540

748

790

Shofirkon tumani 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

590

844

790

Jizzax viloyati

4 148

4 546

7 950

Baxmal tumani 34-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

560

599

790

Baxmal tumani 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

286

650

Gʻallaorol tumani 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

535

790

Doʻstlik tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

134

650

Zomin tumani 19-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

480

486

790

Zomin tumani 68-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

194

650

Zomin tumani 41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

260

310

650

Zomin tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

784

846

890

Zarbdor tumani 13-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

502

790

Zarbdor tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

162

650

Sharof Rashidov tumani 47-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

300

492

650

Qashqadaryo viloyati

3 164

4 783

5 350

Kitob tumani 48-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

200

138

650

Nishon tumani 21-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

1 151

790

Chiroqchi tumani 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

393

650

Shahrisabz tumani 59-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

340

302

790

Shahrisabz tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

733

790

Qarshi shahri 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

920

1 478

890

Shahrisabz shahri 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

588

790

Navoiy viloyati

1 690

2 092

3 020

Qiziltepa tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

520

551

790

Xatirchi tumani 43-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

300

305

650

Xatirchi tumani 13-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

561

790

Qiziltepa tumani 41-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

450

675

790

Namangan viloyati

4 020

5 068

6 890

Mingbuloq tumani 33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

400

554

790

Mingbuloq tumani 37-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

552

650

Pop tumani 33-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

560

468

790

Toʻraqoʻrgʻon tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

720

971

890

Uchqoʻrgʻon tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

383

790

Chortoq tumani 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

510

864

790

Chortoq tumani 51-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

220

246

650

Yangiqoʻrgʻon tumani 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

226

650

Namangan shahri tumani 28-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

750

804

890

Samarqand viloyati

5 529

5 560

10 320

Jomboy tumani 52-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

650

Kattaqoʻrgʻon tumani 50-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

540

270

790

Kattaqoʻrgʻon tumani 58-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

440

710

790

Nurobod tumani 64-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

265

650

Pastdargʻom tumani 123-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

350

425

790

Pastdargʻom tumani 93-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

325

514

650

Pastdargʻom tumani 34-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

500

389

790

Pastdargʻom tumani 20-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

250

424

650

Paxtachi tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

220

236

650

Paxtachi tumani 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

500

581

790

Paxtachi tumani 11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

480

525

790

Paxtachi tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

844

626

890

Samarqand tumani 44-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

595

790

Toyloq tumani 50-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

300

650

Surxondaryo viloyati

2 460

3 042

4 970

Oltinsoy tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

650

484

790

Denov tumani 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

440

558

790

Jarqoʻrgʻon tumani 29-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

276

650

Sariosiyo tumani 14-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

260

292

650

Sherobod tumani 64-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

210

224

650

Shoʻrchi tumani 56-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

180

267

650

Shoʻrchi tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

540

941

790

Sirdaryo viloyati

8 086

8 778

10 530

Guliston tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

605

790

Guliston tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

626

877

790

Guliston tumani 26-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

502

401

790

Sayxunobod tumani 12-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

272

482

650

Sardoba tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

810

965

890

Sardoba tumani 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

739

790

Sardoba tumani 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

730

688

890

Sirdaryo tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

531

790

Sirdaryo tumani 7-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

960

689

890

Sirdaryo tumani 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

572

790

Sirdaryo tumani 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

420

480

790

Sirdaryo tumani 21-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

850

796

890

Yangiyer shahri 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

953

790

Toshkent viloyati

3 987

3 813

7 160

Oqqoʻrgʻon tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

160

650

Oqqoʻrgʻon tumani 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

193

650

Ohangaron tumani 51-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

210

269

650

Quyi Chirchiq tumani 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

960

702

890

Parkent tumani 43-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

530

664

790

Oʻrta Chirchiq tumani 66-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

480

328

790

Yuqori Chirchiq tumani 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

340

650

Yangiyoʻl tumani 56-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

370

560

790

Nurafshon shahri 62-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

248

650

Ohangaron shahri 6-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

317

349

650

Fargʻona viloyati

5 221

5 613

7 920

Toshloq tumani 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

720

667

890

Beshariq tumani 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

422

721

790

Rishton tumani 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

176

188

650

Soʻx tumani 3-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi

360

337

790

Oʻzbekiston tumani 63-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

240

169

650

Uchkoʻprik tumani 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

892

784

890

Fargʻona tumani 51-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

625

1 040

790

Fargʻona tumani 19-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

520

605

790

Yozyovon tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

844

1 102

890

Quvasoy shahri 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

422

790

Xorazm viloyati

6 647

6 231

8 720

Urganch tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

624

494

700

Urganch tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

836

1 033

890

Hazorasp tumani 11-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

730

863

890

Bogʻot tumani 17-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

645

511

790

Gurlan tumani 25-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

464

257

790

Qoʻshkoʻpir tumani 15-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

352

650

Xiva tumani 2-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

320

261

650

Xonqa tumani 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

704

1 101

890

Shovot tumani 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

844

592

890

Yangiariq tumani 23-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

620

405

790

Yangibozor tumani 32-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi

540

362

790

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2025-y., 09/25/297/0416-son)