01.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3621
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 01.05.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3621
Kuchga kirish sanasi
02.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3621]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Advokatlar palatasi va Notarial palata bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi raisi Sh. SADIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel

Notarial palata raisi D. ASHUROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 30-apreldagi 9-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari boʻyicha yuridik kadrlarning (bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tinglovchilarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish (bundan buyon matnda malaka oshirish deb yuritiladi) belgilangan davriylikka rioya qilgan holda oʻquv dasturi modullarini uzluksiz, mustaqil ravishda oʻzlashtirib borishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tashkilot — davlat organlari va tashkilotlari, Advokatlar palatasi va Notarial palata;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit — malaka oshirish natijalariga koʻra tinglovchi tomonidan muayyan oʻquv dasturi modullari boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv dasturi moduli (bundan buyon matnda modul deb yuritiladi) — bu oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladigan, tinglovchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturining tarkibiy elementi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida oʻquv fani (uning qismi yoki oʻzaro bir sohaga doir fanlar majmui);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻida real vaqt rejimida oʻzaro aloqa rejimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asinxron rejim — oʻquv jarayoni ishtirokchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasida real vaqt rejimida boʻlmagan holatda amalga oshiriladigan oʻzaro aloqa rejimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — buyurtmachi tashkilot tomonidan tegishli toʻlov amalga oshirilgandan soʻng malaka oshirish kurslariga qabul qilingan jismoniy shaxs (notarius, advokat, yuridik xizmat xodimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) — modul kontentlarini yaratish, saqlash va ularni tinglovchilarga taqdim etish, shuningdek tinglovchilarni roʻyxatga olish va ularga modullarni masofadan oʻzlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron dasturiy tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron portfolio — tinglovchilarning kasbiy faoliyati, malaka oshirish va mustaqil taʼlimiga oid maʼlumotlarni saqlaydigan onlayn maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ishtirokidagi korxonalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmat xodimlari ham malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Malaka oshirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka oshirish kurslari Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tashkilot tomonidan tuziladigan taqsimot-rejalarga asosan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tashkilot tomonidan taqsimot-rejalar har yarim yil uchun tuziladi hamda har yili iyun va dekabr oyining 15-sanasiga qadar tasdiqlanib, Institutga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut taqsimot-rejaga asoslangan holda oʻquv guruhlarini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut malaka oshirish kurslarini tashkil etishda tinglovchilarni Institutning ichki tartib va oʻquv jarayonini tashkillashtirish qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek tinglovchining oʻzlashtirish koʻrsatkichi va reytingi hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrugʻi bilan malaka oshirish kurslari boshlangan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buyurtmachi tashkilot malaka oshirish kursi boshlangan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda tinglovchilarning elektron platformada shaxsiy kabineti shakllantirilishi, ularning roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda malaka oshirish kurslarida qatnashishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tinglovchilarga elektron platformadan foydalanish uchun bir oʻquv kursi davomida amal qiladigan login va parol beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tinglovchilar elektron platforma orqali taqdim etilgan modul kontentlarini asinxron rejimda mustaqil ravishda oʻzlashtiradi. Bunda, tinglovchilar elektron platformada shaxsan oʻzlari ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari va malaka talablariga asosan ishlab chiqiladigan oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquv dasturlari buyurtmachi tashkilot bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturlari Institutning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Institut oʻquv dasturi tasdiqlangandan soʻng bir oy muddatda modulda belgilangan mavzular boʻyicha modul kontentlarini ishlab chiqadi va elektron platformaga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Institut direktori oʻquv dasturining har bir moduli boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, tinglovchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Modullar boʻyicha tinglovchilar bilimi yil davomida nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida baholab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni, yaʼni tinglovchilarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit tinglovchi tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati, mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib, Institut tomonidan belgilanadigan) bajarishga sarflanadigan vaqtdan (soatlardan) tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kreditga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tinglovchilar malaka sertifikatiga ega boʻlishi uchun belgilangan kreditlarni yigʻishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit birliklari tegishli modullar tinglovchi tomonidan oʻzlashtirilgan taqdirda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Institutda kredit modul tizimida 1 kredit miqdori 2 akademik soatga teng. Tinglovchi malaka oshirish kursining bir yili davomida 12 kredit (24 akademik soat)ga teng boʻlgan oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi lozim. Bunda, tinglovchidan har oyda 1 kredit (2 akademik soat) hajmga teng oʻquv yuklamasini oʻzlashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tinglovchi tomonidan modul mavzularini oʻzlashtirish darajasini aniqlash va baholash maqsadida har yili iyun va dekabr oyining 25-sanasiga qadar bir yillik kreditlar (12 kredit) hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil yakunida 12 kredit toʻplay olmagan tinglovchilarga oʻn kun davomida oʻzlashtirilmagan modullarni qayta oʻzlashtirish hamda tegishli modullar boʻyicha kredit birliklarini toʻplash imkoniyati taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka oshirish kurslari tinglovchidan 3 yilda 36 kredit (72 akademik soat) hajmdagi oʻquv dasturini oʻzlashtirishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirishda tegishli kredit ballarni toʻplash uchun quyidagilar ham hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy davrda ilmiy maqolalar chop etish, monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmasini nashr ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning muqobillik tamoyiliga asoslangan holda Institut tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida ixtiyoriy ravishda oʻqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning tinglovchilar kontingentiga bir oʻquv yilida 100 soatdan kam boʻlmagan hajmda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning belgilangan davriyligi davomida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodim mos ravishda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlganda, malaka oshirish uchun belgilangan umumiy kredit ballini toʻplashdan ozod qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri yakuniy sinov imtihonini topshirishga ruxsat beriladi, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlganda esa, xodim besh yil muddatga malaka oshirish kurslarida oʻqishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirish uchun jalb qilingan xodim soʻnggi uch yildagi maʼlumotlarni elektron portfolio tizimiga shaxsan oʻzi kiritadi va koʻrsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka oshirishda tegishli kredit ballarni toʻplash uchun hisobga olinadigan maʼlumotlar uchun taqdim etiladigan kredit miqdorlari ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka oshirish davomida tinglovchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov modullarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tinglovchi kurslar boshlanish sanasidan 3 ish kuni oldin elektron platforma orqali oʻziga kerakli modullarni kredit birliklari miqdoriga mos ravishda tanlaydi. Tanlangan modullar avtomatik ravishda tinglovchining elektron qaydnoma varaqasida roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Majburiy modullar tegishli sohadagi davlat siyosati va tinglovchilarning kasbiy faoliyatiga oid mavzulardan tashkil topib, tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishi majburiy hisoblanadi. Bunda, majburiy modullarning hajmi 12 kreditdan (24 akademik soat) ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy modullar malaka oshirish kursining birinchi yilida oʻzlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov modullar qonunchilikdagi yangiliklar, ish sohasidagi ilgʻor tajriba va tinglovchilar faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mavzulardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut sohadagi islohotlar va yangiliklardan kelib chiqib, buyurtmachi tashkilot bilan kelishgan holda tanlov modullar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov modullar mazmuni turlicha boʻlgan bir nechta mustaqil modullardan iborat boʻlib, har bir modulning hajmi 2 akademik soatdan 24 akademik soatgacha boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Institut tomonidan tavsiya etilgan modulning tegishli mavzusi boʻyicha oyda bir marta sinxron rejimda onlayn seminar (vebinar) tashkil etiladi. Ushbu onlayn seminar (vebinar) yozib olinadi va Institutning elektron platformasiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut veb-sayti orqali har oyning oxirida keyingi oy uchun onlayn seminar (vebinar) oʻtkaziladigan sana, vaqt, mavzu, maʼruzachi haqidagi maʼlumot koʻrsatilgan eʼlon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kursni oʻzlashtirish davomida modulda belgilangan mavzular doirasida Institutda yoxud buyurtmachi tashkilot bazasida professor-oʻqituvchilar, amaliyotchilar va tegishli soha mutaxassislari ishtirokida konferensiya, davra suhbati, seminar, trening va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kredit-modul tizimi asosida malaka oshirayotgan tinglovchi yuridik malaka talab etadigan boshqa ishga oʻtgan taqdirda u tomonidan oʻqish davri davomida toʻplangan kredit ballari saqlab qolinadi va boshqa egallab turgan mutaxassisligi boʻyicha Institutda malaka oshirish jarayonida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Modul mavzularini oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun tinglovchi har bir mavzu boʻyicha tavsiya qilingan modul mavzulari bilan tanishib chiqqach, ushbu mavzu yuzasidan nazorat topshiriqlarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchiga nazorat topshiriqlarini bajarish uchun kamida 6 tadan mashq savoli hamda har bir mashqni ishlash uchun ikki daqiqadan vaqt beriladi. Mashqlarni bajarish natijalari shu vaqtning oʻzida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tinglovchi har bir mavzu boʻyicha tavsiya etilgan nazorat mashqlarining yarmidan koʻpini toʻgʻri bajarsa, unga navbatdagi mavzularni oʻzlashtirishga ruxsat beriladi, aks holda tinglovchidan ushbu mavzuni qayta oʻzlashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onlayn nazorat mashqlarni yechish natijalari kredit bali hisobida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar tomonidan topshirilgan nazorat mashqlari natijalari avtomatik ravishda elektron qaydnoma varaqasida umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Modul boʻyicha tinglovchining oʻzlashtirish darajasi test topshiriqlarini bajarish natijasiga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Modul boʻyicha tinglovchining oʻzlashtirish darajasi 56 foiz va undan yuqori baholangan taqdirda ushbu modul oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Modul boʻyicha test topshiriqlarini 56 foizdan kam yechgan tinglovchilarga ushbu test topshiriqlarini bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. Shundan soʻng tinglovchiga navbatdagi modulni oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Malaka oshirish kursi oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan modullar boʻyicha yakuniy sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kursining uchinchi yili yakunida tinglovchi tomonidan jami 36 kredit birligi hajmiga teng ballar toʻplanganda, u yakuniy sinov imtihoniga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Malaka oshirish kurslarida yakuniy sinov imtihonlarini qabul shakli va tartibiga doir talablar Institut kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga bir marotaba qayta topshirish uchun uch oygacha muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta topshirish natijasida yakuniy sinov imtihonidan oʻtolmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yakuniy sinov imtihonidan oʻtolmagan tinglovchilar taqsimot-rejaga muvofiq buyurtmachi tashkilot tomonidan Institutga shartnoma asosida takroriy malaka oshirish uchun yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yakuniy sinov imtihonini uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat taʼtili, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) topshira olmagan tinglovchiga natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida qayta topshirish uchun imkoniyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tinglovchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Institut direktorining buyrugʻi bilan besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasiga boshqa tashkilotlardan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yakuniy sinov imtihoni natijalaridan norozi boʻlgan tinglovchilar yakuniy sinov imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchini shikoyat koʻrib chiqilishidan 2 kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi yakuniy sinov imtihoni bilan bogʻliq materiallarni har tomonlama oʻrganadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida tinglovchiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy sinov imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy sinov imtihoni natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda tinglovchining yakuniy sinov imtihoni natijasida olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Apellyatsiya komissiyasining yakuniy sinov imtihoni natijalariga oʻzgartirish kiritish va tinglovchini yakuniy sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori asosida unga tegishli sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan tinglovchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Malaka oshirishda tegishli kredit ballarni toʻplash uchun hisobga olinadigan maʼlumotlar uchun taqdim etiladigan kredit miqdorlari

T/r

Taqdim etiladigan maʼlumot turi

Taqdim etilgan maʼlumot uchun beriladigan kredit miqdori

Bir kalendar yil uchun kreditlarning cheklangan miqdori

1.

Kasbiy yoʻnalishiga oid respublika, xorij va xalqaro miqyosda joriy davrda nashr etilgan ilmiy maqolalar

Bitta ilmiy maqola uchun 2 kredit, xalqaro miqyosdagi maqola uchun 5 kredit

Kreditlarning umumiy miqdori bir yilda 10 kreditdan oshmasligi lozim

2.

Soha yoʻnalishiga doir monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanma nashr ettirish

Yakka mualliflikda tayyorlangan bitta nashr uchun 8 kredit, hammualliflikda tayyorlangan nashr uchun 5 kredit

Kreditlarning umumiy miqdori bir yilda 12 kreditdan oshmasligi lozim

3.

Malaka oshirishning muqobillik tamoyiliga asoslangan holda Institut tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida ixtiyoriy ravishda oʻqish

Bitta qisqa muddatli kursda oʻqiganlik uchun 3 kredit

Kreditlarning umumiy miqdori bir yilda 12 kreditdan oshmasligi lozim

4.

Institutning tinglovchilar kontingentiga bir oʻquv yilida 100 soat soatdan kam boʻlmagan hajmda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish

Bir oʻquv yili uchun koʻpi bilan 12 kredit

Kreditlarning umumiy miqdori bir yilda 12 kredit

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh. Soha yoʻnalishiga doir nashr etilgan monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanma hamda kasbiy yoʻnalishga oid respublika, xorij va xalqaro miqyosdagi ilmiy maqolalar, nashr etilgan yildan boshlab, 3 yil davomida kreditlarni hisoblashda inobatga olinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 10/25/3621/0400-son)