29.04.2025 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Endokrinologiya hamda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasidagi ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangani munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 26-yanvardagi PQ-102-son hamda “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qarorlariga muvofiq endokrinologiya sohasida ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda onkologiya, gematologiya va immunologiya yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 26-yanvardagi PQ-102-son qaroriga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bazasida endokrin kasalliklar epidemiologiyasi, tireoidologiya va yod tanqisligi, reproduktiv endokrinologiya, neyroendokrinologiya kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha uygʻunlashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qarorida onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish va davolashning ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 280-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovaning “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi quyidagi mazmundagi 24-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

24.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

”.

a) “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

14.

Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Direktor

1

Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

1

Ilmiy kotib

1

Laboratoriya mudirlari

5

Laborantlar

5

Jami

13

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 213-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

213.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Direktor

1

Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

1

Ilmiy kotib

1

Boʻlim mudirlari

6

Laboratoriya mudirlari

2

Laborantlar

2

Jami

13

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “277” raqami “298” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Jami tashkilotlar boʻyicha” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “340” raqami “361” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/280/0396-son)