ILOVA
T/r | Tadbirlarning nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Summa | Moliyalashtirish manbalari | Ijrochilar |
I. Endokrinologiya xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||||
1. | Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq, sogʻliqni saqlashning barcha bosqichlarida endokrin kasalliklarni diagnostika qilish hamda davolashning standartlarini yangilash, qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. | Vazir buyrugʻi | 2022-yil I — III chorak | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
2. | Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq, endokrin kasalliklarni skrining va diagnostika qilish, davolash va monitoring qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, birlamchi tizim amaliyotiga tatbiq etish va monitoringini amalga oshirish. | Vazir buyrugʻi | 2022-yil II chorak | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
3. | Hududiy endokrinologiya dispanserlarida elektron tibbiy hujjatlar aylanishini amalga oshirish imkonini beruvchi yagona tibbiy-axborot tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil IV chorak | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
II. Endokrin kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish | ||||||
4. | Sogʻliqni saqlash tizimining barcha boʻgʻinlarini qamrab oluvchi, statistika, moliya va boshqa hisobotlarni birlashtirib koʻrsatgan holda endokrin patologiyali bemorlar haqidagi elektron maʼlumotlar bazasining onlayn registrini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov), RIEIATM (Turayev), “IT-Med” MCHJ |
5. | Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi endokrinolog shifokor xonalarini zarur tibbiy uskunalar bilan (shu jumladan kompyuterlar) bilan jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | 4,5 mlrd soʻm | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlari, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida birlamchi shifokor oldi koʻrigi xonalarini tashkil etish va jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | 13,5 mlrd soʻm | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Moliya vazirligi (Abruyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Tajriba sifatida har bir hududdan bittadan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi muassasalarining laboratoriyalarini markazlashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosida autsorsingga berish choralarini koʻrish. Bunda, bemorlarning oʻzlari biriktirilgan birlamchi tibbiyot muassasalaridan laboratoriya tahlillarini oʻtkazish uchun yigʻilgan biologik materiallarni markaziy laboratoriyalarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil yakuniga qadar | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Markaziy laboratoriyalar faoliyati, biologik materiallarni yigʻish va tashish hamda tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazir buyrugʻi | 2022-yil 1-aprel | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
9. | Premorbid endokrin kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollik dasturlarini aholi orasida keng koʻlamda tatbiq etish boʻyicha oilaviy shifokorlar faoliyatini kuchaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (Odilova) |
10. | Uyushgan aholi (maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, litsey, kollejlar) va uyushmagan bolalarda endokrin kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi oilaviy shifokorlari tomonidan skrining tadbirlarini (yod tanqisligi holatlari, ortiqcha vazn, pastboʻylik, jinsiy rivojlanishning buzilishi va boshqalar) bosqichma-bosqich amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), RIEIATM (Turayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida yiliga bir marta oilaviy shifokorlar tomonidan 40 yoshdan oshgan bemorlarning qandli diabet va diabet oldi holati skriningini oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida (har yili) | 14,3 mlrd soʻm | Respublika budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), RIEIATM (Turayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
12. | Oilaviy shifokorlarga endokrin kasalliklar skriningini amalga oshirishda ilmiy-amaliy va metodologik yordam koʻrsatish va kasallanish koʻrsatkichlarini personallashgan davolash protokollari asosida yuritishni yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
13. | Hududiy endokrinologiya dispanserlarida endokrin jarrohlik, qandli diabetning asoratlarini jarrohlik yoʻli bilan davolash va rekonstruktiv amaliyotlar boʻlimi, diabet nefropatiyasi va jonlantirish boʻlimlarini tashkil etish orqali tibbiy xizmatlar turini kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov), RIEIATM (Turayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
14. | Hududiy endokrinologiya dispanserlari orqali markazlashgan tartibda: | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida (har yili) | Respublika budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), RIEIATM (Turayev) | |
25 yoshgacha boʻlgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlarni analogli insulin va oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan; | 25,4 mlrd soʻm | |||||
qandsiz diabet bilan kasallangan, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalarni hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va oʻsish gormoni) bilan; | 5,9 mlrd soʻm | |||||
25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlarni odam insulini bilan; | 36,2 mlrd soʻm | |||||
kam taʼminlangan oilalarga mansub, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni metformin dori vositasi bilan bepul taʼminlash. | 15,3 mlrd soʻm | |||||
15. | Endokrin kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlar va ularning oila aʼzolarini kasallikni toʻgʻri nazorat qilish va boshqarish, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish boʻyicha tadbirlarni “Profilaktika maktablari”da amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | - | - | Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (Odilova) |
16. | Hududiy endokrinologiya dispanserlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash orqali ularda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sonini 15 tadan 40 tagacha yetkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sabirov), RIEIATM (Turayev) |
17. | Tuman (shahar) laborator-tashxislash markazlarini tashkil etish (qonda qand miqdori, glikirlangan gemoglobin, tireotrop gormoni, siydikda mikroalbuminuriya va keton tanachalarni aniqlash). | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
18. | Aholi oʻrtasida qandli diabetni erta aniqlash va monitoring qilish maqsadida glikirlangan gemoglobinni aniqlash uchun endokrinologiya dispanserlarini reaktivlar bilan taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida (har yili) | 8,3 mlrd soʻm | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
19. | Qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash maqsadida qalqonsimon hamda qalqonsimon oldi bezlari gormonlarini (erkin tiroksin, tireotrop gormon) immunoferment aniqlash uchun endokrinologiya dispanserlarini reaktivlar bilan taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida (har yili) | 5,4 mlrd soʻm | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
20. | Endokrin kasalligi boʻlgan bemorlarni olti oyda bir marotaba tor doira mutaxassislari (oftalmolog, kardiolog, nefrolog, pediatr, nevropatolog, qon-tomir jarrohi, podiatrist) ishtirokida dispanserizatsiyadan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Aholi va bemorlarning hayot sifatini hamda salomatligini yaxshilashga qaratilgan salomatlik dasturlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (Odilova), MTRK (Xadjayev) |
22. | Uyushgan kontingent oʻrtasida (Qurolli kuchlar, IIV, oliy taʼlim muassasalari, sanoat korxonalari va boshqalar) tor doira mutaxassislari ishtirokida dispanserizatsiya ishlarini amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022 — 2024-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Davlat budjeti va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
23. | Tasdiqlangan endokrin kasalliklar kechishini maqsadli kuzatish, tashxislash va davolash bosqichlarini belgilash uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shifoxonalarida bir kunlik statsionar kuzatish tizimini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil | Hisob-kitoblar asosida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
24. | Bir kunlik statsionar kuzatish tizimini tashkil etish tartibini hamda bemorlarga xizmat koʻrsatish va davolash bosqichlarini belgilashning yangi standartlarini tasdiqlash. | Vazir buyrugʻi | 2022-yil 1-aprel | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
25. | Zamonaviy yod aniqlovchi laboratoriya, yodlash uskunasi (dozator) va yodat kaliy bilan taʼminlanmagan osh tuzi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyati boʻyicha nazoratni kuchaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Kasimov) |
III. Endokrinologiya xizmatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, endokrinologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish | ||||||
26. | Oilaviy shifokorlarga ishlab chiqilgan protokollar va davolash algoritmlari boʻyicha ortiqcha vazn, diabet oldi holat, ikkinchi tur qandli diabet, yod tanqisligi, gipotireoz kasalliklarining oldini olish, davolash va nazorat asoslarini oʻrgatish (metformin, kaliy yodid APF ingibitorlari, aspirin, statinlarni tavsiya etish). | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov), RIEIATM (Turayev), tibbiyot oliy taʼlim muassasalari |
27. | Endokrin kasalliklarni erta aniqlash, asoratlarini oldini olish va davolashning yangi usullarini joriy etish boʻyicha viloyat va tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining shifokorlari uchun 36 soatlik sertifikatlangan uzluksiz kurslarni tashkil etish. Oʻqitishni www.endomarkaz.uz portalida interaktiv stendlar, onlayn vebinarlar, shifokorlar uchun endokrinologiya yoʻnalishida davolash va tashxislash standartlari, onlayn kurslar hamda multimediya dasturlaridan erkin foydalanish imkonini yaratish orqali amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov), RIEIATM (Turayev), tibbiyot oliy taʼlim muassasalari |
28. | Uch yarim oylik (504 soatlik) sertifikatlangan oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻygan holda, mutaxassislarni ikki yarim oy Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oʻqitish va bir oy hududiy tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish. | Reja-jadval | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblarga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev), Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov), tibbiyot oliy taʼlim muassasalari |
29. | Sogʻliqni saqlashning birlamchi tizimi uchun “Endokrinolog shifokor” yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida bir yillik (internatura) kurslarni tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bazasida tashkil etish. | Reja-jadval | Doimiy | Hisob-kitoblarga muvofiq | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), tibbiyot oliy taʼlim muassasalari |
30. | Sogʻliqni saqlashning birlamchi tizimidagi hamshiralar uchun qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish, aholining sogʻlom turmush tarzi madaniyatini oshirish boʻyicha 36 soatlik sertifikatlangan oʻquv kurslarini tashkil etish. | Reja-jadval | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblarga muvofiq | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov), tibbiyot oliy taʼlim muassasalari |
31. | Ortiqcha vazn, metabolik sindrom, ayollarda menopauza holatlari, YDX va bolalarda endokrin kasalliklar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish. | Tanlov natijalari boʻyicha ilmiy grantlar | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblarga muvofiq | Ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), RIEIATM (Turayev) |
32. | Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bazasida quyidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha uygʻunlashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish: endokrin kasalliklar epidemiologiyasi, tireoidologiya va yod tanqisligi, reproduktiv endokrinologiya, neyroendokrinologiya. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblar asosida | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
33. | Mutaxassis endokrinologlar uchun xorijdagi ixtisoslashtirilgan yetakchi klinikalar va markazlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtash kurslarini tashkil etish. | Vazir buyrugʻi | Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq | Hisob-kitoblarga muvofiq | Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
34. | Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va mahorat darslari hamda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish. | Reja-jadval | 2022-2023-yillar davomida | Hisob-kitoblarga muvofiq | Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
35. | Xorijiy ilmiy tashkilotlar, markazlar hamda ekspertlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish. | Reja-jadval | Doimiy | Hisob-kitoblarga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), RIEIATM (Turayev) |
36. | Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini ushbu yoʻnalishdagi ilmiy muassasaga aylantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-2023-yillar davomida | - | - | RIEIATM (Turayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
IV. Aholi oʻrtasida endokrinologik salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish | ||||||
37. | Qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish boʻyicha aholining xabardorligini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (Odilova) |
38. | Nodavlat notijorat tashkilotlarni qandli diabet va yod tanqisligi holatlariga qarshi kurashish, shu jumladan yuqori xavf va zaif kishilar guruhidagi bemorlarga ruhiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Adliya vazirligi (Davletov), Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi (Ishanxodjayev) |
39. | Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollikning zarurligi, sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Aholi sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash markazi (Odilova), MTRK (Xadjayev) |
40. | Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning koʻp tarmoqli klinikasi yangi binolarga koʻchishi munosabati bilan uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2022-yil | - | - | RIEIATM (Turayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
2022 — 2024-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 350,4mlrd soʻm | ||||||
Shundan: | mlrd soʻm | |||||
Davlat budjeti mablagʻlari | 350,4 | |||||
shu jumladan: mahalliy budjet mablagʻlari | 59,1 | |||||