25.04.2025 yildagi 259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar uchun servis xizmatlarini koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq yirik korxonalarga servis xizmatlarini koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha import oʻrnini bosuvchi servis xizmatlarini koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishini tashkil etish hamda korxonaning malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada belgilangan tarmoq uyushmalarining (keyingi oʻrinlarda — tarmoq uyushmalari) mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishini tashkil etishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar importi tahlili asosida iqtisodiyot tarmoqlari kesimida doimiy talab yuqori boʻlgan xizmatlar roʻyxatini shakllantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlari, ularning mahsulotlariga oid maʼlumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning buyurtmasiga asosan xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi bilan mahalliy mutaxassislarni import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatishga tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxonalarga xorijda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha import oʻrnini bosuvchi servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish va yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, berilgan buyurtmanomalariga asosan, xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) hamda malakasini oshirishni tizimli ravishda tashkil etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirib qaytgan mahalliy mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladigan import oʻrnini bosuvchi xizmatlarning iqtisodiy samarasini baholab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirish bilan bogʻliq xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishiga masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 25-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-apreldagi 259-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha import oʻrnini bosuvchi servis xizmatlarini koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Xorijda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha servis xizmatlari importini tahlil qilish.

1. Har chorakda xizmatlar importi tahlili asosida iqtisodiyot tarmoqlari kesimida doimiy talab yuqori boʻlgan xizmatlar roʻyxatini shakllantirib borish.

2. Import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mahalliy kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarni aniqlash.

3. Xizmatlar importi tahlili asosida talab yuqori boʻlgan xizmatlarni mahalliylashtirish boʻyicha aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

tarmoq uyushmalari

2.

Yirik korxonalarga mahalliy korxonalarning import oʻrnini bosuvchi servis xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini kengaytirish.

1. Yirik korxonalar va ularga xizmat koʻrsatuvchi mahalliy servis korxonalari roʻyxatini shakllantirish va faoliyatini oʻrganish.

2. Talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda mahalliy servis korxonalarini tashkil etish yoki mavjudlarining faoliyatini kengaytirishga koʻmaklashish.

3. Xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlari, ularga oid maʼlumotlar bazasini yaratish.

2025-yil davomida

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tarmoq uyushmalari

3.

Xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) va malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Mahalliy yirik korxonalar mutaxassislarining malakasini oshirishini tashkil etish boʻyicha talab va ehtiyojlarini oʻrganish.

2. Korxona talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, berilgan buyurtmanomalariga asosan xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlari bilan mahalliy mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

3. Xorijiy hamkorlar bilan mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishni va import oʻrnini bosuvchi xizmatlarni respublikada tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga erishish.

2025-yil iyun

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tarmoq uyushmalari

4.

Yirik korxonalar tomonidan yuqori texnologik uskuna va jihozlarni xarid qilish shartnomasini tuzishda va unda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning majburiyatlarini belgilashda huquqiy va amaliy koʻmaklashish.

Yirik korxonalar tomonidan yuqori texnologik uskuna va jihozlarni xarid qilish shartnomasida quyidagi ishlarni asbob-uskuna ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) majburiyati sifatida belgilanishiga alohida eʼtibor qaratish:

shef-montaj (oʻrnatish); sozlash-ishga tushirish;

shef-montaj (oʻrnatish), sozlash-ishga tushirish jarayonlari mobaynida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish);

kafolat muddati davrida servis xizmatlari koʻrsatish.

Doimiy

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tarmoq uyushmalari

5.

Xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirib qaytgan mahalliy mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladigan import oʻrnini bosuvchi xizmatlarning iqtisodiy samarasini baholab borish.

1. Mahalliy mutaxassis tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar narxining xorijiy davlatdagi (qoida tariqasida mahalliy mutaxassis malaka oshirgan davlat) mutaxassis tomonidan koʻrsatiladigan xuddi shu turdagi xizmatlar narxi bilan solishtirish.

2. Mahalliy mutaxassislar tomonidan koʻrsatilgan import oʻrnini bosuvchi xizmatning sifat kafolati (yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarning ishlash muddatining uzluksizlik) davri hisobini yuritish.

3. Mahalliy mutaxassis faoliyat yuritayotgan yirik korxonada alohida shartnoma asosida xizmatlar importi amalga oshirilmaganligini tahlil qilish.

4. Mahalliy mutaxassis tomonidan tayyorlangan shogird mutaxassislar soni hamda ularning import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatishni oʻzlashtirganligini aniqlash.

2025-yil dekabr

Tarmoq uyushmalari

6.

Tarmoq uyushmalari tomonidan baholash natijalarining yillik monitoringini yuritib borish.

Yillik monitoring natijasida yirik korxonaning kelgusida malaka oshirishga yuboriladigan mahalliy mutaxassislarini tanlash, malaka oshirish dasturini ishlab chiqish, shuningdek, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarini qayta koʻrib chiqishda foydalanish uchun malaka oshirish xarajatlari qoplab berilgan mahalliy mutaxassislar faoliyatining samaradorligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlarni Savdo-sanoat palatasiga kiritib borish.

Yil davomida

Tarmoq uyushmalari, yirik korxonalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-apreldagi 259-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishini tashkil etish hamda mahalliy korxonalarning malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom mahalliy korxonalar mutaxassislarining xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirishini tashkil etish hamda malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import oʻrnini bosuvchi xizmatlar — mahalliy korxona yoki mahalliy mutaxassis tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha koʻrsatiladigan servis xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxona — jami daromadi kalendar yil davomida 10 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish dasturi — mahalliy korxona va xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi bilan hamkorlikda mahalliy mutaxassisning yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha malakasini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish xarajati — mahalliy korxona tomonidan xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi oʻrtasida mahalliy mutaxassisni yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash boʻyicha malaka oshirish dasturiga muvofiq tuzilgan shartnomaga koʻra toʻlab berilgan xarajat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassis — mahalliy korxona bilan xodim sifatida amaldagi mehnat shartnomasiga ega boʻlgan, xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodida malaka oshirishga yuboriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish va mahalliy korxonaning malaka oshirish xarajatlarini qoplash Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda uskunalarni xarid qilish shartnomalariga muvofiq ularni ishga tushirish, xodimlarni oʻqitish va oʻrgatish xizmatlari uskunalarni yetkazib beruvchi hamkor tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahalliy mutaxassislarning xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarish talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodida mahalliy mutaxassislarni import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatishga tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada belgilangan tarmoq uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — tarmoq uyushmasi) buyurtmanoma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tarmoq uyushmasi mahalliy korxonaning buyurtmanomasiga koʻra xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi bilan mahalliy mutaxassislarni import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatishga tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha tomonlar ishtirokida muzokaralar oʻtkazishni tashkillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muzokaralar natijasi boʻyicha oʻzaro kelishuvga muvofiq mahalliy korxona hamda xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi oʻrtasida import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliy korxona hamda xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodi bilan hamkorlikda malaka oshirish dasturi ishlab chiqiladi va ikki tomonlama tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Malaka oshirishga yuboriladigan mahalliy mutaxassislarning mahalliy korxona oldidagi huquq va majburiyatlari amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq tomonlarning roziligi bilan tuzilgan, shuningdek, mehnat qonunchiligiga zid boʻlmagan muayyan shartlar, shu jumladan, import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatish majburiyati kabilarni oʻz ichiga olgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Malaka oshirishga yuboriladigan mahalliy mutaxassislar xorijiy tillarni boshlangʻich darajada bilish va amaliyotdan soʻng oʻzi ishlayotgan korxonada kelgusida kamida 2 yil ishlab berish sharti bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tarmoq uyushmalari xorijda malaka oshirib kelgan mutaxassislar ishtirokida oʻz mutaxassisligi boʻyicha “ustoz-shogird” anʼanalari asosida mahalliy korxonalarda oʻquv kurslarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahalliy korxonalarga xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirgan mahalliy mutaxassislarning malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mahalliy korxona tomonidan mahalliy mutaxassisning malaka oshirish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisida tegishli tarmoq uyushmasiga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar bilan murojaat qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxona va mahalliy mutaxassis oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxona va xorijdagi ishlab chiqarish zavodi bilan import oʻrnini bosuvchi xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov amalga oshirilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tarmoq uyushmalari tomonidan mahalliy korxonalarning mahalliy mutaxassisi malakasini oshirish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlari umumlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi oʻrinlarda — Savdo-sanoat palatasi) orqali Jamgʻarmaga talabnoma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi tomonidan tarmoq uyushmalari taqdim etgan talabnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi) toʻlov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tarmoq uyushmalari Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasida koʻzda tutilmagan “oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan” mablagʻlarni ajratish uchun talabnoma taqdim etgan taqdirda, Jamgʻarma ijro etuvchi organi tomonidan talabnoma rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabnoma rad etilgan taqdirda, bu haqida shu kunning oʻzida tegishli tarmoq uyushmasiga asoslangan xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan Jamgʻarmaning ijrochi organi taqdim qilgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan tegishli tarmoq uyushmasi hisobvaragʻiga belgilangan muddatda mablagʻ oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirib qaytgan mahalliy mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladigan import oʻrnini bosuvchi xizmatlarning iqtisodiy samarasini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tarmoq uyushmalari tomonidan xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida malaka oshirib qaytgan mahalliy mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladigan import oʻrnini bosuvchi xizmatlarning iqtisodiy samarasi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassis tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar narxining xorijiy davlatdagi (qoida tariqasida mahalliy mutaxassis malaka oshirgan davlat) mutaxassis tomonidan koʻrsatiladigan xuddi shu turdagi xizmatlar narxi bilan solishtirma dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassis tomonidan oʻrnatilgan, sozlab ishga tushirilgan yoki taʼmirlangan yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarning ishlash muddatining uzluksizligi davri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonada mahalliy mutaxassis faoliyat yuritayotganda alohida shartnoma asosida yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash servis xizmatlari importi amalga oshirilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassis tomonidan tayyorlangan shogird mutaxassislar soni hamda ularning yuqori texnologiyali uskuna va jihozlarni oʻrnatish, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash servis xizmatlari koʻrsatishni oʻzlashtirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassis tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning iqtisodiy samarasi eʼtirof etilgan munosabatlar (korxona tomonidan moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirishlar, tashakkurnoma va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tarmoq uyushmalari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan mezonlar asosida baholash natijalari yillik monitoringi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tarmoq uyushmalari tomonidan yillik monitoring natijasida malaka oshirish xarajatlari qoplab berilgan mahalliy mutaxassislar faoliyatining samaradorligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar tayyorlanadi va Savdo-sanoat palatasiga taqdim qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tarmoq uyushmalari tomonidan yillik monitoring natijasida mahalliy mutaxassislar faoliyatining samaradorligi toʻgʻrisida qabul qilingan xulosa quyidagilar uchun asos boʻlib xizmat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida xorijdagi yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar ishlab chiqarish zavodlarida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash (oʻqitish, oʻrgatish) hamda ularning malakasini oshirishni samarali tashkil etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida malaka oshirishga yuboriladigan mahalliy mutaxassislarni tanlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarini qayta koʻrib chiqishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomdan foydalanishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2025-y., 09/25/259/0386-son)