Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2026 19.04.2025 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 245-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma faoliyatini boshqarish, uning mablagʻlarini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Vazirlikning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-mayga qadar Davlat budjetidan ajratiladigan 50 mlrd soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-sentabrga qadar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan 50 mlrd soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarini inobatga olgan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlarning Vazirlikka tushgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan foiz tarzidagi daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro donorlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar har yili 1-fevraldan kechiktirmay tushirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaga toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar hajmining toʻgʻri belgilanishi hamda belgilangan muddatda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat kasbiy taʼlim tashkilotlarining direktorlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin hamda ulardan olingan foiz daromadlari mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv-metodik taʼminotini mustahkamlash, oʻquv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʻquv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv laboratoriyalarini zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim sohasida tanlovlarni oʻtkazish hamda malakali mahalliy va chet ellik mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tizimida taʼlim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish maqsadida chet ellik ekspert va konsultantlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlarining malaka toifalarini baholashni tashkil etishda ishtirok etgan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan kasbiy taʼlimni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tizimiga jalb qilinadigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha, tanlov hamda shartnoma hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, tovar qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan deklaratsiyalash-sertifikatlash ishlari, vaqtincha ombordan foydalanish va konsalting xizmatlari uchun haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv-metodik, ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa loyihalarni tashkil etish va oʻtkazish (ishchi guruhlarning ish haqi, xizmat safari va boshqa xarajatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar yoki oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim sohasida islohotlarni amalga oshirishda faollik koʻrsatgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar xodimlari, pedagog kadrlar va boshqa xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining jamoalarini, rahbar va pedagog kadrlarini, oʻquvchilarini kasbiy taʼlim sohasidagi xalqaro musobaqalarga va konferensiyalarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovgʻa va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish) oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan sport-sogʻlomlashtirish va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim sohasiga masʼul boʻlgan Vazirlikning rahbar va xodimlarini taʼlim tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma hisobidan xodimlarni ragʻbatlantirish miqdorlarini belgilash va toʻlash yuzasidan takliflar Jamgʻarmani boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) buyrugʻiga asosan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarma mablagʻlari kasbiy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan tashkilotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kasbiy taʼlim tashkilotlari haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda, asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda hisobotni taqdim etadi va foydalanilmay qolgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga yil davomida Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va uning vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda barcha aʼzolarning teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash rais, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash Vazirlik va kasbiy taʼlim tashkilotlarining 9 nafar direktorlari hamda masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengashning shaxsiy tarkibi bir yilda bir marta vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir lavozimiga koʻra Kengash raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengash aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ovoz beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashadilar. Bunda qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, Kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengash kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi, tasdiqlangan bayonnomalarni kengash aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash kotibi Kengash aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash oʻz majlislarini zaruratga koʻra biroq har chorakda kamida bir marotaba oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa, Kengash raisi oʻrinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda, Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mutaxassislari hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarining xodimlari ham taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, Kengash mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qarorlar Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qarorlari kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda vazir buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yili yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlikning Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlari hamda Jamgʻarmadan saqlash xarajatlari moliyalashtiriladigan tashkilotlarning Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va Kengashda koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlariga asosan hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Vazirlikning Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martga qadar Vazirlikning hayʼat majlisida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanish yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlikning Ichki audit boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2025-y., 09/25/245/0363-son)