ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Ijro uchun mas’ullar |
I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini va institutsional tizimni takomillashtirish | ||||
1. | Xalqaro mehnat tashkilotining “Inson resurslarini rivojlantirishda kasbga yo‘naltirish va kasbiy ta’lim to‘g‘risida”gi (142-sonli) Konvensiyasi talablarini o‘rganish va uni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. | aprel | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. | avgust | |||
Bunda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar, yoshlarni ish bilan ta’minlash va ular uchun samarali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratish. | ||||
3. O‘rganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish. | sentabr | |||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | dekabr | |||
2. | Xalqaro mehnat tashkilotining “Hamshiralarning bandligi, mehnat sharoitlari va hayoti to‘g‘risida”gi (149-sonli) Konvensiyasi talablarini o‘rganish va uni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. | aprel | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. | avgust | |||
Bunda hamshiralarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, bandligini ta’minlash, hamshiralarga yuqori malaka va kasbiy ta’lim berish, shuningdek, ularning ish joyidagi xavfsizligini ta’minlashga oid jihatlarga e’tibor qaratish. | ||||
3. O‘rganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish. | sentabr | |||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | dekabr | |||
3. | Vazirlik, idora, tashkilot va ta’lim muassasalaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashlari faoliyatini rivojlantirishning huquqiy mexanizmini yaratish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Vazirlik, idora, tashkilot va ta’lim muassasalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini o‘rganish. | iyun | |||
3. Maslahat kengashlari faoliyati tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | avgust | |||
4. | Ish joylarida xotin-qizlarning xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tartiblarini takomillashtirish choralarini ko‘rish. | 1. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganish. Bunda: mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tushunchasini ko‘rib chiqish; mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasiga rioya etish yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarning majburiyati va huquqlarini belgilash; korxonalar va tashkilotlar mehnat gigiyenasi xizmatlarini tashkil qilish; mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartib-taomillariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish borasida vakolatlar belgilashga e’tibor qaratish. | oktabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
2. O‘rganish natijalari asosida takliflar ishlab chiqish. | noyabr | |||
3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | noyabr | |||
5. | Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida ish haqi miqdoridagi tafovutlarni bartaraf etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida ish haqi miqdoridagi tafovutlarni bartaraf qilish to‘g‘risida quyidagi xalqaro tajribani o‘rganish: 25 va undan ortiq xodimi bo‘lgan barcha kompaniyalar va tashkilotlar gender asosidagi maosh tafovutlarini aniqlash va bartaraf etishda Islandiyaning “Teng maosh standarti” (Equal Pay Standard IS 16001) bo‘yicha sertifikatsiya olish tizimi; 100 nafardan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalarning gender asosidagi maosh tahlilini o‘tkazish majburiyati yuzasidan Shveysariyaning “Gender tenglik to‘g‘risida”gi (Gender Equality Act) Qonuni; 250 nafardan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalarning gender asosidagi maosh tafovutlari haqida hisobot berish majburiyati yuzasidan Buyuk Britaniyaning “Gender maosh tafovuti to‘g‘risidagi hisobot berish” Qonuni (Gender Pay Gap Reporting Regulations); | may | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
6. | Kompaniyalarni gender tenglik bo‘yicha baholash tizimi yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Fransiyadagi “Professional tenglik indeksi” (Index de l'égalité professionnelle) asosida kompaniyalarni gender tenglik bo‘yicha baholash tizimini o‘rganish. Bunda 100 balldan iborat 5 ta mezonni, xususan, ishga qabul qilish (20 ball), ishchilarning lavozimga ko‘tarilish (15 ball), maosh farqlari (40 ball), ota-onalik ta’tilidan keyin ishga qaytishi va ularning lavozimlarini saqlab qolishi (15 ball), direktorlar kengashi, boshqaruv rahbarlari kabi yuqori lavozimlarda gender tenglik (10 ball)ni ko‘rib chiqish va yetarli ball to‘plamaganlarga moliyaviy jarimaga tortilishini ko‘rib chiqish. | may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
2. O‘rganish natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
7. | Kompaniya va korxonalarning boshqaruv kengashi a’zolari orasida xotin-qizlar ulushini oshirish xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Kompaniya va korxonalarning boshqaruv kengashi a’zolarining 30 — 40 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lish majburiyati yuzasidan quyidagi xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish: Germaniya (Frauenquote, 2015) — 30 foiz; Niderlandiya (Gender Quota Law, 2012) — 30 foiz; Italiya (Golfo-Mosca Law, 2011) — 33 foiz; Belgiya (Gender Quota Law, 2011) — 33 foiz; Norvegiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2003) — 40 foiz; Fransiya (Copé-Zimmermann Law, 2011) — 40 foiz; Ispaniya (Equality Law, 2007) — 40 foiz; Shvetsiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2018) — 40 foiz; Finlyandiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2020) — 40 foiz; Daniya (Gender Representation on Company Boards Act, 2013) — 40 foiz. | aprel-may | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish yakunlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
8. | Xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlarini ta’minlash xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Xorijiy davlatlarning xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan iqtisodiy zo‘ravonlik (shaxsning moliyaviy manbalaridan foydalanishiga to‘sqinlik qilish, ish haqini yoki boshqa moliyaviy manbalarni o‘zlashtirish, kasb yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilish) yuzasidan quyidagi xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish: AQSH (Violence Against Women Act, Section 42 U.S.C. § 13925); Buyuk Britaniya (Domestic Abuse Act 2021, Section 1); Avstraliya (Family Law Act 1975, Section 4AB); Kanada (Criminal Code of Canada, Section 264.1); Germaniya (Gewaltschutzgesetz, Section 1); Fransiya (Loi Schiappa, Article 222-33-2-1); Janubiy Koreya (Act on Special Cases Concerning the Punishment of Sexual Crimes, Article 3); Yaponiya (Act on the Prevention of Spousal Violence and the Protection of Victims, Article 10); Filippin (Anti-Violence Against Women and Their Children Act of 2004”; Section 3). | may | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
9. | O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishga oid jinoyatlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish masalasini o‘rganish va takliflar tayyorlash. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 1031 (o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga insonparvarlik aktlari qo‘llanilmaslik (jazosini axloq tuzatish ishlari bilan almashtirish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va hk.) masalasini o‘rganish. | may | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
10. | Uch yoshgacha farzandi bo‘lgan talaba qizlarga masofaviy o‘qish imkoniyatini joriy etish. | 1. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va o‘rganish. | aprel-may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi |
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | may | |||
3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
11. | Iqtidorli qizlarning salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Ishchi guruh tomonida o‘rganish ishlarini olib borish. | aprel | |||
3. Iqtidorli qizlarning salohiyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | avgust | |||
12. | Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirish. | 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganlik nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish. | may | Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xatlov natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni hay’at majlislarida muhokama qilish va ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga taqdim etish. | iyun | |||
13. | Genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyatini takomillashtirish. | 1. Genderga oid auditni o‘tkazish yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha yangi tahrirdagi genderga oid audit o‘tkazish uslubiyati loyihasini ishlab chiqish va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga taqdim etish. | may | |||
II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash | ||||
14. | Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning “Ayollar qanoti” hamda “Deputat ayollar klubi” rolini kuchaytirish. | 1. Jamiyatda “Ayol siyosatchi” obrazi to‘g‘risida ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish. | doimiy | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zMTRK, O‘zA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
2. Siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash hamda markaziy, mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil etish. | har chorakda | |||
3. Siyosiy partiyalar “Ayollar qanoti”ning vazirlik va idoralar bilan hamkorligini kengaytirish. | har oyda | |||
4. Siyosiy partiyalarning “Deputat ayollar klubi” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha umumta’lim, oliy o‘quv yurtlari hamda davlat organlarida xotin-qizlar uchun maxsus “siyosat soatlari”ni tashkil etish. | har oyda | |||
15. | Gender tenglikni ta’minlash maqsadida saylovlarda xotin-qizlarning roli va ishtirokini oshirishga qaratilgan kampaniyalar tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish. | 1. Mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tashkil etish. | aprel | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zMTRK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
2. Xorijdagi taniqli saylov kampaniyalari faoliyatini o‘rganish va tahlil etish. | iyun-iyul | |||
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga takliflar kiritish. | avgust | |||
16. | Ayollar va erkaklar o‘rtasida saylov huquqlarini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda saylov huquqi, uning tamoyillari va undagi gender tenglik masalalari bo‘yicha reja-grafik asosida o‘quv seminarlarini tashkil etish. | aprel | Siyosiy partiyalar, (kelishuv asosida) Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi |
2. O‘quv seminarlari, treninglarni malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda oflayn shaklda vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda tashkil etish. | may | |||
3. Har bir o‘tkazilgan trening va seminarlarni OAV orqali keng targ‘ibotini amalga oshirish. | doimiy | |||
III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash | ||||
17. | Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish. | 1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quvlar tashkil qilish. 2. Respublika vazirliklar, idora, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari kesimida xotin-qizlarga huquqiy savodxonlik (Inson huquqlari, mehnat huquqi, tadbirkorlik huquqi, moliya huquqi, oila huquqi hamda bola huquqlari) bo‘yicha o‘quvlar tashkil qilish. 3. Qisqa muddatli o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga sertifikatlar berish. | reja asosida | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
18. | “Ayollarning davlat xizmatidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. | 1. Konferensiya ishtirokchilari ro‘yxatini va dasturini tayyorlash. 2. Respublika vazirliklar, idora, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari vakillarining konferensiyada faol ishtirokini ta’minlash. | sentabr | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat boshqaruv akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | “Rahbar ayollar maktabi” mavsum dasturi uchun tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda respublika, viloyat va tuman darajasida xotin-qizlarni o‘quvlarga jalb qilish. | 1. Hududlardan salohiyatli xotin-qizlardan iborat kadrlarni saralab olish va ro‘yxatini shakllantirish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Saralab olingan xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, strategik fikrlash, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, sun’iy intellekt asoslari va loyihalarda qo‘llanilishi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quvlarni yo‘lga qo‘yish. | reja asosida | |||
3. O‘quv yakunida a’lo natijalarni qayd etganlarni yuqori lavozimlarga tavsiya etib borish. | avgust | |||
20. | “Hokimlikka tayyorlash maktabi” dasturi orqali zaxiraga olingan xotin-qizlarning mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. | 1. Tinglovchilarni 6 hafta o‘z ish joylarida (3-marta 2 haftadan) mustaqil ta’lim olishi, 2 hafta vazirliklarda va 2 hafta hokimliklarda stajirovka o‘tashlarini tashkil etish. 2. Attestatsiya natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tinglovchilarning davlat boshqaruvi, inson resurslarini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlar, savdo, fan, ta’lim, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, transport va infratuzilma, sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishi hamda mahalliy boshqaruv sohasida Germaniyada o‘quv stajirovkasini tashkil etish. | reja asosida | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | “Ayol va jamiyat” mavzusida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibotlar olib borish. | 1. “Ayol va jamiyat” mavzusida turkum dastur (podkastlar) tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruhni shakllantirish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Siyosiy partiyalar, O‘zMTRK, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ishchi guruh tomonidan dastur ssenariysi va taklif etiladiganlar ro‘yxatini shakllantirish. | aprel | |||
3. Tayyorlangan dasturni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. | may | |||
22. | Xotin-qizlarning mansab pog‘onalarida ko‘tarilishiga ko‘maklashib borish. | 1. Davlat organi, tashkiloti va korxonasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan istiqbolli va iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va vazirlik va idoralar kesimida kadrlar zaxirasini shakllantirish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Zaxiraga kiritilgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish hamda ularni yuqori rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish. Bunda: - har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish bo‘yicha individual dastur, zaxiradagi kadrlarni o‘qitish dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; - o‘quv jarayoniga mahalliy va xorijiy yetakchi ta’lim va o‘quv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etadi; - Individual dasturda zaxiradagi mutaxassis bilan uni kasbiy yuksaltirishda olib boriladigan individual ishlar, xususan, o‘qitish, malakasini oshirish, amaliyot o‘tashi, tajribali rahbarlar va mutaxassislarga biriktirilishi, rotatsiya qilinishi masalalariga e’tibor qaratiladi. | may | |||
3. Maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari asosida o‘quvlarni tashkil qilish. | reja asosida | |||
4. Har chorakda amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganib borish va monitoringini amalga oshirish. | har chorakda | |||
23. | Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ulushini o‘rganish va uni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Ish joyida xilma-xillik va xizmat martabasi ko‘tarilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda mavjud holatni o‘rganish. | may | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va ularni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
3. Ish joyida xilma-xillik va xizmat martabasi ko‘tarilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi borasida targ‘ibot tadbirlarini olib borish. | yil davomida | |||
24. | Davlat xizmatidagi faol xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlarni “Vikipediya” ma’lumotlar bazasiga kiritish. | 1. Davlat xizmatidagi rahbar ayollarni, faol xotin-qizlarni Vikipediya ma’lumotlar bazasiga kiritib borish mexanizmini ishlab chiqish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Respublikadagi yetakchi xotin-qizlarning yutuqlari, erishgan natijalari haqida ma’lumotlar kiritish. | may | |||
3. Uni yangilab borish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish. | har chorakda | |||
25. | Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2025/2026-o‘quv yili uchun xotin-qizlarga qo‘shimcha kvota ajratish choralarini ko‘rish. | 1. Malakali mutaxassislardan iborat Ishchi guruh tuzish. | aprel | Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar oliy maktabi (kelishuv asosida) |
2. Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlarni sudyalikka jalb qilish borasida muvaffaqiyatli natijalarga erishgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyotini o‘rganish. | may | |||
3. O‘rganish natijasiga ko‘ra xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota belgilash maqbul deb topilgan taqdirda tegishli choralarni ko‘rish. | iyun | |||
26. | Davlat xizmatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga oid ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish. | 1. Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha ilmiy tahlillarni amalga oshirish. | reja asosida | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Davlat organlarida mazkur yo‘nalishda aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. | oktabr | |||
27. | Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlarida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish. | 1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlar yuzasidan e’lon qilingan tanlovlarda xotin-qizlar ishtirokini ta’minlash. | reja-grafik asosida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, vazirlik va idoralar |
2. Xotin-qizlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruv bo‘yicha o‘quv kurslariga keng jalb etish choralarini ko‘rish. | doimiy | |||
28. | Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha gender Maslahat kengashlari a’zolari malakasini oshirib borish. | 1. Maslahat kengashlari organlari ishini to‘g‘ri va samarali tashkil etish maqsadida ularning a’zolari uchun o‘quv dasturini va rejasini ishlab chiqish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
2. O‘quvlarga yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish. | reja-grafik asosida | |||
29. | Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish jarayonlarini tahlil qilish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Tahlil natijalari asosida Milliy kadrlar zaxirasida salohiyatli, faol xotin-qizlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish choralarini ko‘rish. | may | |||
30. | Ustuvor va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar asosida iqtidorli xotin-qizlarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda o‘qishini tashkil etish. | 1. “El yurt umidi” fondi tomonidan grantlar e’lon qilish. 2. Shaffoflik prinsipi asosida nomzodlarni ko‘rib chiqish. 3. Mazkur grantlar asosida ta’lim olgan xotin-qizlarni davlat xizmatiga jalb etishga ko‘maklashish. 4. Ushbu mutaxassis xotin-qizlarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan o‘sishiga ko‘maklashish. | doimiy | “El-yurt umidi” jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar |
31. | Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” (Global Gender Gap) indeksi bilan ishlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar) vakillari bilan onlayn va oflayn tarzda uchrashuvlarni tashkil etish. Indeksda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish. | aprel-may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Statistika agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, hamkorlikdagi chora-tadbirlarni belgilash. | iyun | |||
32. | Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash choralarini ko‘rish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda Indeksda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish. | aprel-may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, Indeksning har bir o‘lchov mezoni bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | may | |||
3. Chora-tadbirlar loyihasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
33. | Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi”da (The Social Institutions and Gender Index) O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘rish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi” (The Social Institutions and Gender Index) indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar |
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda Indeksning har bir o‘lchov mezonlari bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ijroga qaratish. | may | |||
34. | “Gender raqamli tafovut indeksi”da (The Gender Digital Divide Index) O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘rish. | 1. Ayollar va erkaklarning raqamli texnologiyalarga kirish darajasi, foydalanish ko‘rsatkichlari va texnologik savodxonlik darajasini aniqlash uchun milliy va xalqaro statistik ma’lumotlarni to‘plash. | may | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2. Ayollar va erkaklar o‘rtasida mavjud raqamli tafovutni aniqlash, jumladan, ta’lim, infratuzilmasi va iqtisodiy omillarning bu boradagi rolini o‘rganish. | iyun | |||
3. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash. | iyul | |||
IV. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash | ||||
35. | Davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizini aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlash holatini takomillashtirish. | 1. Xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizini aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlash holatini o‘rganish va takliflar ishlab chiqish. | may-iyun | Oila va xotin qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
36. | Talaba qizlar o‘rtasida “STEM” (fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika) ilm-fan haftaligini tashkil etish. | 1. Haftalikni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Haftalik doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarda xotin-qizlarning faol ishtirok etishlari haqida targ‘ibot ishlarini tashkil etish. 3. Haftalik doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | 2025-yildan boshlab reja asosida | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
37. | “STEM” (fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika) sohasi o‘quv jarayoniga chet eldan professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish. 2. Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bitiruvchisi bo‘lgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni o‘quv jarayonlariga jalb etish. | 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
38. | “GAP Women IT Union” loyihasi doirasida ayollarga IT bo‘yicha ta’lim berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish. | 1. Ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish uchun o‘quv markazlarini jalb qilish. | aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Ishtirokchilarni tanlab olish uchun tanlov o‘tkazish. | aprel | |||
3. Onlayn va oflayn kurslarni tashkil etish. | may | |||
4. Natijalarni monitoring qilish va o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga ishga joylashishda ko‘mak berish. | iyun | |||
39. | Xotin-qizlarning raqamli texnologiyalardan to‘liq va teng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishlariga ko‘maklashish, ular orasidan IT-mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirish. | reja asosida | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Xotin-qizlarning IT-sohasida startap loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlariga ko‘maklashish. 3. Xotin-qizlarning IT-parklarga sayohatlarini tashkil qilish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish. | doimiy | |||
40. | Xotin-qizlarning innovatsion startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash. | 1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning ilmiy va startap g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish. | har chorakda | Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsiya ni rivojlantirish agentligi |
2. O‘rganish natijasida innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” va “Bo‘lajak olim” tanlovlarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. | aprel | |||
3. Tanlovlarda ishtirok etishning ahamiyati haqida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va xotin-qizlar uchun loyihalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish. | rejaga asosan | |||
41. | Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targ‘ib etish, erta tug‘ruq va erta nikohning oldini olish orqali xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida ta’sirchan choralar ko‘rish. | 1. “Sog‘lom turmush tarzi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi” shiori ostida mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. 2. Mahallalarda “Salomatlik maktabi” a’zolari tomonidan aholi orasida, oila va xonadonlarda jismoniy faollik, salomatlikni mustahkamlash, zararli odatlarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish. 3. O‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tib borish hamda kasalliklarni erta aniqlash va profilaktikasi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish. 4. Erta tug‘ruq va erta nikohning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. | 2025-yildan boshlab reja asosida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
42. | Ijtimoiy sohalarda, jumladan ta’lim, ilm-fan, sport va tibbiyot yo‘nalishlarida qaror qabul qilish jarayonida xotin-qizlar ishtirokini kuchaytirish. | 1. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash va shu kabi boshqa sohalarda vazirlik va idoralarning kollegial organlarini gender tenglik asosida tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish. | may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohalarida vazirlik va idoralarning kollegial organlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini ta’minlash. | yil davomida | |||
43. | Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish choralarini ko‘rish. | 1. Istiqbolli kadrlarni Milliy kadrlar zaxirasiga qo‘shish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokini ta’minlash. 2. Sovrindorlarning faoliyatini monitoring qilish hamda ularni xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila institutini mustahkamlash kabi targ‘ibot va tashviqot tadbirlariga keng jalb qilish. | doimiy | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
44. | Xotin-qizlarning barcha darajada teng huquqliligini ta’minlash hamda erkaklar va xotin-qizlar roli haqidagi gender stereotiplarga asoslangan kamsitish amaliyotlariga barham berish yuzasidan zarur choralar ko‘rish. | 1. Aholida shakllangan gender stereotiplarni hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda tahlil etish va ularni bartaraf etishga qaratilgan targ‘ibot materiallari (qo‘llanma, buklet, flaer, taqdimot, infografika va boshqalar) ishlab chiqish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Mahallalar, ta’lim muassasalari va korxona, tashkilotlarda hamda OAVda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | reja-jadval asosida | |||
V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash | ||||
45. | Xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtirokini rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Ayollar uchun moslashuvchan ish rejimi va masofadan turib ishlash tizimini rivojlantirish, bunday ish o‘rinlarini taklif etuvchi ish beruvchilarga imtiyozlar belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | rejaga asosan | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Tijorat banklari |
2. Uy bekalari, homilador, voyaga yetmagan bolasini parvarish qilayotgan ayollar uchun “Ayol-tadbirkor” loyihalarni joriy etish orqali uyda o‘tirgan ayollarga iqtisodiy imkoniyatlar yaratish. | doimiy | |||
3. Dastur bo‘yicha ayollarni biznes yuritish bo‘yicha o‘qitish, ularga o‘z biznes loyihasini yaratishga ko‘maklashish hamda o‘qitish yakuni bo‘yicha g‘olib biznes loyihani aniqlash va uni davlat mablag‘lari asosida moliyalashtirish. | rejaga asosan | |||
46. | “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 1. Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari uchun mentorlarni tanlash bo‘yicha ishlarni boshlash. | may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi (kelishuv asosida) |
2. Yetuk mentorlar yordamida xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish. | reja asosida | |||
3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan doimiy monitoring olib borish. | doimiy | |||
47. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish. | 1. Uzoq muddatga xorijiy davlatlarda ishlab qaytib kelgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirib borish. 2. Ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish. 3. Mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lmagan migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash. | doimiy | Migratsiya agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
48. | Qishloq xo‘jaligi sohasiga xotin-qizlarni keng jalb qilish va malakasini oshirish. | 1. Qishloq xo‘jaligidagi 3 ta dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha 350 nafar xotin-qiz va yoshlar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida seminar-treninglarni tashkil etish. | har chorakda | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari uyushmasi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Qishloq xo‘jaligi sohasiga xotin-qizlar qiziqishini oshirish bo‘yicha targ‘ibotlar olib borish. | har chorakda | |||
49. | Agrar sektorida ayol rahbarlarning ulushini oshirish choralarini ko‘rish. | 1. Joylarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish. | may | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Sohada xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirish choralarini ko‘rish. | doimiy | |||
50. | Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. | 1. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalarni e’lon qilish. | har chorakda | Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zNNTMA va uning huzuridagi Jamoat fondi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Gender siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish. | har chorakda | |||
VI. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash | ||||
51. | Jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatini shakllantirish. | 1. Mahallalardagi “Huquqiy bilimlar” mavzusida uchrashuvlarni tashkil etish. | har oyning 10-sanasi | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Adliya vazirligi, Oliy sud, O‘zMTRK |
2. Muntazam ravishda televideniye va radio eshittirishlari orqali qonun majmualari sharhini xalqchil tilda berib borish, jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etish. | har oyda | |||
52. | Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan tuzatish ishlarini olib borishni yanada kuchaytirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Ishchi guruh tuzish. | aprel | Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashning tartiblarini o‘rganish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | may | |||
3. Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | sentabr | |||
53. | Axborot xizmatlari vakillarining genderga oid masalalar yuzasidan malakasini oshirish. | 1. Seminarda ishtirok etadigan axborot xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish. | may | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Seminarning dasturini (mavzular, spikerlar, interaktiv mashg‘ulotlar) tuzish. | may | |||
3. Mutaxassis va ekspertlarni jalb qilgan holda seminar o‘tkazish. | iyun | |||
54. | Hududlarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini o‘tkazish. | 1. Hududlarda o‘rganish o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh va savolnoma tuzish. | iyul | Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Reja asosida o‘rganishlar olib borish. | reja asosida | |||
3. O‘rganish yuzasidan tahliliy hisobot tayyorlash va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga kiritish. | noyabr | |||
55. | Media mahsulotlarini gender tenglik tamoyillari yuzasidan monitoring qilish. | 1. Ishlab chiqilgan tartib asosida har olti oyda media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoringdan o‘tkazish. 2. Monitoring jarayonida aniqlangan muammoli holatlar, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borish. | har 6 oy yakunlari bo‘yicha | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi, O‘zMTRK, O‘zA |
VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash | ||||
56. | Umumta’lim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazish. | 1. Umumta’lim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. | aprel | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zMTRK |
2. Rejaga asosan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga xos ochiq darslar, interfaol mashg‘ulotlar, ko‘rik-tanlovlar, viktorina o‘tkazish. | reja asosida | |||
3. O‘quvchilarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklar yaratish va targ‘ib qilish. | doimiy | |||
57. | Gender stereotiplarni o‘rganish bo‘yicha aholi o‘rtasida keng qamrovda so‘rovnoma o‘tkazish. | 1. Ijtimoiy rollar, gender tengsizlik bo‘yicha so‘rovnoma ishlab chiqish. | may | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
2. Ushbu so‘rovnomani aholi o‘rtasida keng qamrovda o‘tkazish. | iyun | |||
3. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlilini amalga oshirib, ijobiy yechim topish yo‘llarini izlash. | avgust | |||
58. | Tajriba tariqasida Samarqand shahar, Namangan va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida tashkil etilgan “Oila sudyalari”ning faoliyatini ommalashtirish. | 1. Oila sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan 32 turdagi fuqarolik ishlari monitoringini olib borish. | aprel | Oliy sud (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oila sudyalari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish. | reja-grafik asosida | |||
3. Oila sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarning natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni taqdim etib borish. | har 6 oy yakuni bo‘yicha | |||
4. Respublikaning boshqa hududlarida ham oila sudyalari tashkil etish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlash. | oktabr | |||
59. | Nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning va tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish. | 1. Nikohlanuvchilarning belgilangan tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan o‘tkazilishini ta’minlash. 2. Spinal mushak atrofiyasining gen tashuvchiligi tasdiqlangan nikohlanuvchi shaxslar ma’lumotlarini Yagona milliy reyestrga kiritib borish. 3. Genetik shifokor tomonidan kasallikning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | doimiy | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
60. | Xotin-qizlar va erkaklarning jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitilishining oldini olishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat granti e’lon qilish va ijtimoiy buyurtmasini joylashtirib borish. 2. Grantning mazmun-mohiyatini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy roliklar ishlab chiqib, davlat va televideniye kanallari va Internet saytlari hamda tarmoqlar orqali keng tarqatish. | doimiy | Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, MTRK, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi |
VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish | ||||
61. | Davlat budjetidan ajratilgan genderga doir mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish. | 1. Davlat budjetidan ajratilgan genderga doir mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash. 2. Ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish. | har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
62. | Xalqaro tashkilotlar bilan genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirishni davlat moliyasini boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish | 1. Davlat moliyasini boshqarish islohoti doirasida sinov tariqasida dasturiy budjetlashtirish amalga oshirilayotgan pilot vazirliklarda genderga doir ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish. | oktabr-noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Vazirlik va idoralar xodimlarining genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etish. | noyabr | |||
63. | Vazirlik va idoralarda gender auditni o‘tkazishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida genderga oid audit bo‘yicha treninglarni tashkil etish. | 1. Treninglar dasturini ishlab chiqish. 2. Treninglar ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish. 3. Treninglarni vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda olib borish. | reja asosida | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish | ||||
64. | Gender statistikasi uchun ma’lumotlarni yig‘ish tizimini takomillashtirish. | 1. Mas’ul xodimlarni o‘qitish uchun mutaxassis va xalqaro ekspertlarni jalb etish. | iyul | Milliy statistika qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Gender statistikasi bo‘yicha bazani takomillashtirish uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralarning xodimlarini o‘qitish. | avgust | |||
3. Gender statistikasi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | sentabr | |||
65. | Open Data Watch tashkiloti tomonidan yangi ishlab chiqilgan “Gender Data Compass” reytingida O‘zbekiston ko‘rsatkichlari aks ettirilishini ta’minlash va ularni yaxshilash choralarini ko‘rish. | 1. Open Data Watch tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. | iyun | Milliy statistika qo‘mitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, mas’ul vazirlik va idoralar |
2. Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida “Gender Data Compass” reytingida inobatga olinuvchi gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlarni xalqaro talablarga muvofiq shakllantirilish. | iyul | |||
3. “Gender Data Compass” reytingida inobatga olinuvchi gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlarni Milliy statistika qo‘mitasining gender.stat.uz portaliga joylashtirib, har yili yangilab borilishini ta’minlash. | har chorakda | |||
66. | Xalqaro tashkilotlar va boshqa foydalanuvchilarni gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini oshirish. | 1. Milliy statistika qo‘mitasining gender.stat.uz portaliga joylashtirilgan gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar tarkibini kengaytirish bo‘yicha xalqaro tajribani va shakllantirish manbalarini o‘rganish. | avgust | Milliy statistika qo‘mitasi, mas’ul vazirlik va idoralar |
2. Gender.stat.uz portaliga joylashtiriladigan gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar sonini 200 tadan oshirish. | sentabr | |||