ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Mas’ullar |
1. | Umummilliy birdamlik bog‘larining (keyingi o‘rinlarda — istirohat bog‘lari) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Loyihani ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilish. | 2025-yil aprel | Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. G‘olib tashkilot tomonidan namunaviy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlash. | 2025-yil aprel | ||||
3. Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
2. | Har bir tuman (shahar)da tashkil etiladigan istirohat bog‘larining manzilli ro‘yxati hamda manzilli dasturlarini tasdiqlash. | 1. Mavjud madaniyat va istirohat bog‘larini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil aprel |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
2. Istirohat bog‘larida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish. | 2025-yil may | ||||
3. Istirohat bog‘larining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
4. Istirohat bog‘larining manzilli dasturini tasdiqlash. | 2025-yil may | ||||
3. | Hududlardagi mavjud madaniyat va istirohat bog‘larini pasportlashtirish. | 1. Pasportlashtirish bo‘yicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. Hududlardagi bog‘larni pasportlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Madaniyat va istirohat bog‘larini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. | 2025-yil may | ||||
4. | Yozgi mavsum davomida aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda istirohat bog‘larining faol hududlarida festival, ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalar, turli sport musobaqalarini tashkil etish. | 1. Istirohat bog‘larida tashkil etiladigan festivallar, tanlovlar va turli sport musobaqalarining taqvim-rejasini ishlab chiqish. | Har yili fevral oyida | Ijrochilarning mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Taqvim-rejaga asosan istirohat bog‘lariga aholini keng jalb qilish. | Yil davomida reja asosida | ||||
5. | Bog‘larda sokin hududlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. | 1. Bog‘larda tashkil etilishi mumkin bo‘lgan sokin hudud chegaralarini belgilash. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. Sug‘orish tizimini tashkil etish. | 2025-yil apreldan boshlab doimiy | ||||
3. Sokin hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil mayga qadar | ||||
6. | Aholining madaniy hayotini boyitish, ularning oilaviy hordiq chiqarishlari uchun istirohat bog‘larida zarur sharoitlar yaratish. | 1. Bog‘lar hududlarini faol dam olish zonalari va tinch zonalarga ajratish. | 2025-yil aprel | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Loyihalarda piknik zonalarga tutash bo‘lgan joylarda ochiq osmon ostidagi kutubxonalarni nazarda tutish. | 2026-yil fevral | ||||
3. Sokin hududlarni bosqichma-bosqich tashkil etish. | 2025 — 2030-yillar davomida | ||||
7. | Ta’mirtalab istirohat bog‘larini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, zarur hollarda yangidan qurish. | 1. Mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida 2030-yilgacha barcha istirohat bog‘larini zamonaviy qiyofaga keltirish. 2. Istirohat bog‘larining hududiga va bog‘larda zarur bo‘lgan obyektlarning tarkibiga qo‘yiladigan talablar asosida barcha bog‘larni tartibga keltirish. | 2025 — 2030-yillar davomida | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
8. | Istirohat bog‘lari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish. | 1. Kengash tarkibiga istirohat bog‘lari direktorlari va malakali mutaxassislarni jalb etish. | 2025-yil aprel |
| Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Yo‘nalishlarni aniqlagan holda kengash faoliyati va vazifalarini belgilash. | 2025-yil may | ||||
3. Kengashning hududlar bo‘ylab sayyor yig‘ilishlarini tashkil etish. | Reja asosida muntazam | ||||
4. Istirohat bog‘larini rivojlantirish bo‘yicha konseptual tavsiyalar ishlab chiqish. | Reja asosida muntazam | ||||
9. | Bog‘larda an’anaviy ravishda milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi, qo‘g‘irchoqbozlik bayramlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish. | 1. Bayram va ko‘rgazmalarni tashkil etish va o‘tkazish konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Qiziquvchilar uchun qo‘ng‘iroq yasash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etish. 3. Tadbirlarni tizimli tashkil etish. | Har yili iyun oyida | Ijrochilarning mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
10. | Xorijiy tajribani o‘rgangan holda, “Zamonaviy bog‘” konsepsiyasi asosida istirohat bog‘larida ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, namunaviy ssenariylar ishlab chiqish. | 1. Uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar tayyorlash bo‘yicha e’lonlar berish. | 2025-yil iyun | Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari | Madaniyat vazirligi |
2. Uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha mablag‘lar ajratish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni nashr etish hamda istirohat bog‘lariga yetkazish. | 2025-yil noyabr | ||||
11. | Istirohat bog‘larini zamonaviy o‘yin qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish. | 1. Istirohat bog‘larini zamonaviy o‘yin qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlash. | 2025-yil sentabr | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Istirohat bog‘larini zamonaviy attraksion va o‘yin qurilmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash. | 2026 — 2030-yillar davomida | ||||
3. Yangi ish o‘rinlari yaratish. | 2026 — 2030-yillar davomida | ||||
12. | Xorijda ishlab chiqariladigan attraksionlar va o‘yin qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish. | 1. Hududlardagi istirohat bog‘laridagi ehtiyojni aniqlash. | 2026-yil aprel | Ijrochilarning mablag‘lari | Madaniyat vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi |
2. Xorijiy tajribani o‘rganish. | 2026-yil may | ||||
3. Mamlakatimiz iqlimi va boshqa talablariga mos zamonaviy attraksion va o‘yin qurilmalarini erkin tanlash elektron tizimini yaratish. | 2026-yil iyun | ||||
13. | Istirohat bog‘lari rahbar va xodimlari malakasini oshirish. | 1. Malaka oshirish rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Malaka oshirish o‘quv dasturlarini tasdiqlash. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 2027-yildan boshlab reja asosida |