ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Ariza beruvchi | “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda “Kambagʻal oilalar reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, mol-mulki boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalar (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya oluvchi oilalar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi. Bunda arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi. | Har oyning 15-sanasiga qadar* | |||
2-bosqich | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi | Kompensatsiya oluvchi oilalarning maʼlumotini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritadi. | Ariza berilgan oyning 25-sanasiga qadar | |||
3-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ | 1. Kompensatsiya oluvchi oilalarning elektr energiyasi va (yoki) tabiiy gaz isteʼmoli haqidagi maʼlumotlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va (yoki) “Hududgaztaʼminot” AJning tegishli axborot tizimlari orqali oʻrganadi. 2. Kompensatsiya oluvchi oilalarning uy-joy va (yoki) avtotransport vositalari mavjudligi hamda jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaganligi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori talablariga muvofiq oʻrganiladi. | Ariza berilgan oyning 27-sanasiga qadar | |||
4-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, AT “Xalq banki”ga yuboradi. | Ariza berilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||
5-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi. | har oyning 5 — 25-sanasiga qadar | |||
6-bosqich | AT “Xalq banki” | Kompensatsiya toʻlovini bank kartasi orqali toʻlab beradi. Agar ariza beruvchining nomida bank kartasi mavjud boʻlmasa, AT “Xalq banki”da uning oila aʼzolari nomiga ochilgan bank kartasiga toʻlab berilishi mumkin. | Ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasiga qadar |
4-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi | “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar va “Kambagʻal oilalar reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) kiritilgan oilalarning dastlabki roʻyxatini shakllantiradi va Reyestrlarga kirmagan bir martalik moddiy oluvchi oilalar (keyingi oʻrinlarda — moddiy yordam oluvchi oilalar) qoʻshimcha roʻyxatini shakllantirish uchun Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman (shahar) boʻlimlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazadi. | 1-sentabrga qadar | |||
2-bosqich | “Mahalla yettiligi” | Reyestrlarga kirmagan moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini shakllantiradi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi. Bunda: birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi; shakllantirilgan moddiy yordam oluvchi oilalar soni tegishli mahalladagi Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak. Tuman (shahar) hokimliklari tegishli tuman (shahar) boʻyicha Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmagan holda, mahallalar kesimidagi moddiy yordam oluvchi oilalar qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin. | 1-oktabrga qadar | |||
3-bosqich | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi | Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini umumlashtiradi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi. | 5-oktabrga qadar | |||
4-bosqich | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi | Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha roʻyxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirib chiqadi va yakuniy roʻyxatni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etadi. Bunda qoʻshimcha roʻyxatdagi oilalarning uy-joy va (yoki) avtotransport vositalari mavjudligi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori talablariga muvofiq avtomatik oʻrganiladi va ushbu mezonlarga mos boʻlmagan oilalar roʻyxatdan chiqariladi. | 20-oktabrga qadar | |||
5-bosqich | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi | Moddiy yordam oluvchi oilalarning qoʻshimcha yakuniy roʻyxatini tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlatib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi. | 25-oktabrga qadar | |||
6-bosqich | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi | Taqdim etilgan qoʻshimcha roʻyxat va Reyestrlarga kiritilgan oilalardan iborat moddiy yordam oluvchi oilalar roʻyxatini shakllantiradi. | 1-noyabrga qadar | |||
7-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Moddiy yordam oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini shakllantirib, AT “Xalq banki”ga yuboradi. | 20-noyabrga qadar | |||
8-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Moddiy yordam toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki”ga oʻtkazib beradi. | 25-noyabrga qadar | |||
9-bosqich | AT “Xalq banki” | Moddiy yordam oluvchi oilalarga belgilangan tartibda bir martalik moddiy yordam toʻlab beradi. | 27-noyabrga qadar | |||
”. |